Shakli va mazmuni


Download 17.89 Kb.
bet1/2
Sana21.02.2023
Hajmi17.89 Kb.
#1216843
  1   2
Bog'liq
mustaqil menejment sirtqi 4 semestr (2)


MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING
SHAKLI VA MAZMUNI
“Menejment” fani bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan. Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, amaliy misollar echadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan topshiriqlarni bajaradi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni uqib referat (taqdimot)lar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar echadi. Mavzuga doir masalalar, keys-stadi va o‘quv loyihalarini Axborot resurs markazi manbalari hamda izlanish ob’ekti bo‘lmish korxona va tashkilotlarning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarini to‘plagan holda bajaradi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga berilgan vazifalarni bajarish, yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, Internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola (tezis) va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. SHuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas. Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasinitekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Talaba ruyxatdagi mustaqil ishlardan reyting daftarchsining oxirgi raqamga mos ravishda tanlaydi. Masalan: reyting daftarchani raqami 1254810, oxirgi raqam 0 bo’lsa, talaba 10 variantni tanlaydi. Agar 1 raqami bo’lsa 1 variantni tanlaydi va shu kabi.
Fandan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan quyidagi mavzu ko‘rinishida shakllantirilgan:



Download 17.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling