Ishlab chiqarishdagi testlash (Development testing).
Ishlab chiqarishdagi testlash dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchilari tomonidan shu jarayonda olib boriladigan barcha testlarni o’z ichifa oladi. Odatda testlovchi dasturiy ta’minotni ishlab chiqarishda ishtirok etgan dasturchi hisoblanadi. Lekin ba’zan dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchi jamoa alohida testlovchi va dasturchilardan ham tashkil topgan bo’lishi mumkin.
Ishlab chiqarishdagi testlash, odatda quyidagi 3 bosqichni o’z ichiga oladi:
Unit testing – dasturiy ta’minotning alohida olingan bo’limlari(sinflar, usullar)ni testlash.
Misol tariqasida ob-havoni aniqlovchi stansiya uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqarilayotgan bo’lsa unit testing da uning yuqorida ko’rsatilgan ma’lum bir usullarini tekshirish yetarlidir.
Component testing – ma’lum bir umumiy vazifani bajaruvchi bir nechta bo’limlardan tashkil topgan biror bir komponentani testlash
Bunda bitta koponentani tashkil qilgan A, B va C bo’limlar umumlashtirilgan holda testlanadi.
System testing – ba’zi yoki barcha komonentalarni o’z ichiga olgan butun bir tizimni yaxlit holda testlash jarayoni. Bunda testlash butun bir tizimga qaratilgan bo’ladi.
O’z nomi bilan ma’lumki bunda barcha komponentalarni o’z ichiga olgan butun bir tizim yakuniy bosqichda teslanadi.
Testlashning ishlab chiqarish jarayonidagi bosqichi (development testing) testlarning professional dasturchilar tomonidan amalga oshirilganligi bilan muhim va aniqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |