4. Darsni pedagogik kuzatilishi va bilimlarni baholash
maqsadga qarab bir necha turlarga bo' linadi: a) o'quvchilami bilish
faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi turi; b) bilim
faoliyatini rag'batlantirish va tanbehlash; c) o'qish, bilish
faoliyatini samaradorligini boshqarish va nazorat qilish.
Baholashda shunday ehtiyotkor bo'lish kerakki, o'quvchilami
kayfiyati tushib ketmasin. Darsga, qo'shiq kuylashga qiziqishi
so'nmasin. Rag'batlantirishda esa aksincha. O'qituvchi va
o'quvchi munosabatlari me’yordan chiqib ketmasligi kerak. Balki,
rag'batlantirish sinfda boshqa o'quvchilarga namuna bo'lib xizmat
qilish va ular odobli, aqlli bo'lishga intilishi kerak. Shunday qilib,
musiqa o'qitish metodlarini umumiy turlari ham mavjud.
1. Musiqa o'qitishning og'zaki metodi.
2. Ko'rgazma o'qitish metodi.
3. Amaliy o'qitish metodi.
4. O'yin metodi.
5. Taqqoslash metodi.
6. Musiqiy o'quvi bo'sh bo'lgan bolalar bilan ishlash metodi.
Musiqa o'qitishning og'zaki metodi
Musiqa darsida o'qituvchining soz mahoratiga alohida talab
qoyiladi. 0 ‘qituvchi o'zining asar haqidagi badiiy kirish so'zi bilan
o'quvchilami ajoyib va sehrli musiqa olamiga olib kiradi. Hikoya
yoki suhbat yoli bilan bolalar diqqatini jalb qilib, musiqani badiiy
idrok etishlariga erishadi. Asosan, bu metoddan boshlang'ich
sinfda ko'proq foydalaniladi. Hikoya — bu o'qituvchining musiqa
asari haqida jonli, emotsional yorqin bayoni.
Hikoya qisqa, obrazli, jonli, qiziqarli bo'lib, uning maqsadi
o'quvchilami asami badiiy idrok etishga o'rgatish. Suhbat —
o'qituvchi va o'quvchilar orasidagi dialog shaklidagi faoliyatidan
iborat bo'lib, o'quvchilami mustaqil fikrlashga undaydi. Ulami
nutqini o'stiradi, fikrlash faoliyatini kuchaytiradi, bilish qobilyatini
faollashtiradi hamda dunyoqarashini kengaytiradi. Tushuntirish —
ilmiy isbotlash metodi sifatida musiqa darsida qo'llaniladi. Bu
39
Do'stlaringiz bilan baham: |