Sharipova g., Xodjayeva z
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Musiqa o\'qitish metodikasi. Sharipova G. Xodjayeva Z.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Innovatsion texnologiya deganda nimani tushunasiz? 2. Innovatsion texnologiyalar yordamida dars olib borishni maqsadi va vazifalalri? 3. Darsning texnologik xaritasi qanday tuziladi va uning maqsadi? 4. Qanday pedagogik texnologiyalar musiqa darslarida qo'llaniladi? 5. Interaktiv metod deganda nimani tushanasiz? 5S II BOB. MUSIQA 0 ‘QITISHNING METODOLOGIK ASOSLARI 2.1. Boshlang'ich sinflarda musiqa o'qitishning maqsad va vazifalari Yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda maktabda o'qitiladigan barcha fanlar qatori nafosat tarbiyasining tarkibiy qismi bo'lgan musiqa madaniyati darslarini ahamiyati katta. Musiqa inson his-tuygularini, orzu-istaklarini o'ziga xos badiiy tilda ifoda etadi va bolaning hissiyotlariga faol tasir korsatadi. M usiqa fani maktabda boshqa fanlami o'zlashtirishga ham bevosita ta’sir ko'rsatadi. M usiqa jonli san’at turi sifatida davr, hayot, tabiat va inson his-tuygularini, orzu-istaklarini aks ettiradi. Uni quvontiradi, o'ylantiradi va hayotdan ozuqa olishga xizmat qiladi. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu N asr Forobiy aytganlaridek, «Bu fan tana sog'ligiga foydalidir» . Bobomiz Shayx Sadiy «M usiqa odam ruhining yo'ldoshidir» , degan edilar. Shunday ekan, biz musiqa oqitishni boshlang‘ich sinf o'quvchilaridan boshlashim iz lozim. Chunki, boshlang'ich sinfda musiqa ta ’limotining poydevori qo‘yiladi. Boshlang'ich maktabda musiqa o'qitishning asosiy maqsadi boshlang'ich sinf o'quvchilariga m usiqa san’atining go'zallik qonunlari asosida o'rganish malakasini singdirish va ularga musiqa madaniyat tarkib toptiriishdir. B oshlang'ich sinflardagi musiqa madaniyati darslari, umumiy ta ’limning axloqiy-estetik tarbiya berish tizimining ajralmas bir qismi bo 'lib hisoblanadi. B oshlang4ich sinflarda musiqa o'qitish quyidagi vazifalami amalga oshirishni maqsad qilib qo'yadi: 1. O cquvchilarda musiqaga ixlos uyg'otish va ulaming musiqiy qobiliyatlarini, ritm tuyg'usini o'stirish, musiqiy o'quv, xotira, diqqat va badiiy didni shakllantirish. 2. O 'quvchilarda milliy musiqa merosimizga va u orqali ona- Vatanga muhabbat hissiai tarbiyalash. 56 B oshlang'ich sinf o'quvchilarini har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda maktabda o'qitiladigan barcha fanlar qatori musiqa madanidarslarining ahamiyati katta. Musiqa inson his-tuyg'ularini orzu-isoziga xos badiiy tilda ifoda etadi. Kichik yoshdagi o'quvchilar musiqa san’ati bilan bolalar bog'chalarida, oilada, radio va televideniyeda beriladigan ko'rsatuvlar orqali tanish bo'ladilar. Musiqa madaniyati darslarida quvnoq kuy va qo'shiqlam i tinglash, kuylash, raqs elementlarini bajarish, chapak chalish hamda bolalar cholg'u asboblarida jo 'r bolish musiqaga ishtiyoqlarini yanada tez oshirib boradi. Chunki bu yoshdagi bolalarda hali diqqat-e‘tibor uncha to'liq shakllanmagan boladi, ular ko'proq serharakat va o'yinga moyil bo'ladilar. Shuningdek, birinchi sinf o'quvchilari psixologik-Fiziologik xarakterga ko'ra m a’lum darajada xotirasi, nutqi, diqqati-etibori, ovoz apparatlari to 4liq rivojlanmagan, ovoz pardalari nozik, kuchsiz boladi. Shunga kora bolalami musiqaga tobora qiziqtirishda, butun dars davomida ulami kayfiyatini saqlashda, o'qituvchi ochiq, sa, shirin muomalasi va yoqimli xatti-harakatlari bilan erishishi lozim. Birinchi darsdan boshlab o ‘quvchilami musiqaga qiziqtirish yo'li bilan ulami musiqaviy o'quvlari, qobiliyatlarini kuylash hamda ovoz sifatlarini sinchiklab o'rganib olishi va yuqoridagi sifatlarga ko'ra ulami uch differensional guruhga bolish lozim. I guruhga — iqtidorli, musiqiy o'quvi, musiqiy qobiliyati rivojlangan bolalar kiradi; II guruhga — musiqani aniq eshita oladigan, ammo sozga o'qituvchi ovoziga tayangan holda tushadigan bolalar; III guruhga — sozga umuman tusha olmaydigan musiqiy o'quvi bo'sh bolalar kiradi. Musiqa madaniyati darslarida o'qituvchi o'quvchilam i quyidagi o'tkazishi lozim. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling