va tartibga solinib, vokal mashqlari yordamida ovozlar sozlanadi
So'ngra qo'shiq ijro etiladi. Hamda ijro yutuq va kamchiliklari
baholanadi. Qo'shiq mazmuni suhbatda aniqlanib asar xarakteri,
tempi, shakli belgilanadi va talablarga ko'ra qayta kuylanadi, toki
o'quvchilarda darsning professional darajasi sezilsin. Natijada
o'quvchilami qo'shiq kuylashga, musiqa tinglashga, asarlami
savodli tahlil qilishga, to'garaklarga qatnashishga, chiroyli ovoz
hosil qilib kuylashga qiziqishi va mas'uliyati oshib boradi.
Keyinchalik esa ikki ovozli qo'shiq kuylashga qiziqishi ham ortib
boradi. Ikki ovozli kuylash malakasi asta-sekin singdiriladi. Bu
to'garak ishlarida o'z natijasini ko'rsatadi. Musiqiy asarni tinglang
va kuylash uchun albatta, musiqiy bilim va ko'nikmalarga ega
bo'lish kerakligi va hayotda musiqa tarbiyasining ahamiyati haqida
musiqa o'qituvchisi tushuntirib borishi lozim.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1.
Beshinchi sinfda musiqa o'qitishning ish mazmuni va
metodinimalardan iborat?
2.
Beshinchi sinf o'quvchilarining fiziologik-psixologik
xususiyati nimada?
3.
Beshinchi sinfda ikki ovozda kuylashning ahamiyati va
o'rgatish yo'liari qanday?
4.
Beshinchi sinfda o'quvchilaming o'qish davomida
o ‘zlashtirgan ko‘nikma va malakalari nimalardan iborat?
Tayanch tushunchalar
Katta ashula
— Farg'ona vodiysi, qisman Toshkentda ijro
etiladigan jo'rsiz ashula turi.
Interval
— aniq balandlikka ega bo'Igan ikki tovush balandligi
bo'yicha oralig‘i.
Opera —
Do'stlaringiz bilan baham: |