Sharipova g., Xodjayeva z


noan’anaviy dars ishlanmasi


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/82
Sana23.10.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1716581
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   82
Bog'liq
Musiqa o\'qitish metodikasi. Sharipova G. Xodjayeva Z.

noan’anaviy dars ishlanmasi
Mavzu: Sahnaviy asarlar
Darsning mavzusi: 
“Musiqa olamiga sayohat”.
Darsning maqsadi: 
O'quvehilami mustaqil fikrlashga, erkin 
so'zlashga, o'z ustida ishlashga o'rgatish. O'z kuch sarflab ko'proq 
natijaga erishish.
Darsning jihozlari: 
Reja, konspekt, plakatlar, kartochkalar, 
CD disklar, tarqatma materiallar.
Darsning turi: 
Noan’anaviy. .
Darsning borishi: 
O'quvchilar bilan salomlashib, davomatni 
aniqlayman. Bugun sizlar bilan yangi pedagogik texnologiya 
boyicha dars o'tamiz deb, o'yin turlari va shartlari bilan 
tanishtiraman. Buning uchun sinf o'quvchilarini kartochkalar 
yordamida besh guruhga bo'laman va tayyorlab qo'yilgan partalar 
atrofiga o'tqazaman. Har guruhda (6— 7 tadan o'quvchi bo'lishi 
kerak). Birinchi guruh — «Doirachilar», ikkinchi guruh —  
«Rubobchilar», uchinchi guruh — «Dutorchilar», tortinchi guruh
— «Changchilar», beshinchi guruh — «Sumaychilar».
Bolalarga o'yin mezonlarini tushuntiraman. Har bir guruh 
belgilangan vaqtda, berilgan topshiriqlarga aniq, lo'nda, mazmunli 
javob berishi kerak.
Agar guruh to'g'ri, to'liq, tez javob bersa (qizil kartochka 3 
ball).
Agar guruh to'g'ri javob bersa (yashil kartochka 2 ball).
Agar guruh javobida kamchiliklar bo'lsa, (sariq kartochka 1 
ball) bilan baholanadi.
Buning uchun berilgan topshiriq ustida o'ylab, bir fikrga kelib, 
berilgan javobini diqqat bilan tinglab, ba’zi joylarini to'ldirib 
guruhingizga ball to'plashingiz mumkin.
Shunday qilib o'yinimizni I sharti bilan tanishtiraman.
101



Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling