Sharipova g., Xodjayeva z
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Musiqa o\'qitish metodikasi. Sharipova G. Xodjayeva Z.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar cholg’u asboblarida jor bo’lish
Musiqa tinglash
Musiqa tinglash musiqa madaniyati darslarining asosiy omili hisoblanadi. Chunki musiqaning yangrashi ongli ravishda idrok etilib, uning xarakteri, mazmuni o'zlashtiriladi. O'quvehilami hayotiy tajribalariga tayangan holda har bir musiqa asari zamirida ma’lum his-tuyg'u va fikr aks ettiriladi. Biz musiqa darsining qaysi faoliyatini olmaylik u aw al musiqani tinglab, musiqani idrok etish boshlanadi va o'quvchilaming ruhiyatiga ta’sir etadi, shuning uchun musiqa tinglash darsning yetakchi faoliyati bolib hisobla. Darsda tinglanadigan har bir musiqiy asar badiiy-g'oyaviy mazjihatdan chorak dars mazmuniga bog'liq boladi va ilmiylik, davomiylik, izchillik tamoyillariga amal qiladi. Musiqa tinglash bir necha bosqichlar orqali amalga oshiriladi: 1. O'quvchilar e’tiborini musiqiy asarga jalb qilish va o'qituvchining kirish sozi. 2. O'qituvchi ijrosida yoki magnit yozuvda asami tinglash. 3. Asami suhbat yoli bilan musiqiy va badiiy-go'yaviy jihatdan oddiy tahlil qilish. 4. Asami bir butunligicha qayta tinglash va asar haqida o'quvehilami umumiy taassurotlari yuzasidan yakuniy suhbat o'tkazish. Bolalar cholg’u asboblarida jo'r bo’lish Bolalar cholg'u asboblarida jo 'r bo'lish. Bu faoliyat turi eng qiziqarli mashg'ulotdir. Chunki cholg'u asboblari jonli, tovushli o'yinchoqlar sifatida har bir o'quvchini qiziqtiradi. Bolalar cholg'u asbirinchi navbatda o'quvchilarda ijrolik elementlari orqali ijodkorlik, musiqiy uquv qobiliyatlarini rivojlantiradi. Musiqa madaniyadarslarida bolalar cholgu asboblaridan foydalanish yaxshi natijalar berish bilan birga o'quvehilami darsga intiluvchanligini, qiziqishini, musiqiy uquvini oshiradi. Musiqa darslarida qo'llaniladigan bolalar cholg'u asboblari ikki turga bo'linadi. kuychang va kuychang bolmagan (shovqinli) cholg'u asboblar 31 kiradi. Kuychang cholg'u asboblariga metalafon va kselafon kiradi. Kuychang bo'lmagan cholg'u asboblariga: doirachalar, odchop qo'shiqlar, shaqildoqlar, barabanchalar, uchburchak, marava rumbalar kiradi. Bolalar cholg'u asboblarida jo 'r bo'lish turli metodlar orqali amalga oshiriladi: 1. A w al bolalar kuyni tinglab, chapak chalish, ritmik jo 'r bo'ladilar. 2. Musiqaga ritmik jo 'r bo'lishni aniq bajargan faol bolalar bir guruh bo'lib cholg'u asboblarida jo 'r bo'ladilar. 3. Keyinchalik esa passiv bolalar togri ijro etishga intilish maqsadida jo 'r bo'ladilar. 4. Bolalar cholg'u asboblarida jo 'r bo'lish har gal har xil cholg'u asboblarida bajariladi. 5. Sinfni ikki guruhga bo'lib, galma-galdan 1-guruh cholg'uda, 2-guruh esa, ovoz usul berish (bum-baka, baka-baka- bum) bilan amalga oshirish mumkin. 6. Bolalar cholgu asboblarida ritmik jo 'r bo'lish grafik ko'rsatilgan ritmik tuzilmalarga qarab, chalish ham o'quvchilar ijodkorligini oshiradi, faollashtiradi, ijrochilik malakalarini, xotiralarini va musiqiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantiradi. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling