Sharipova g., Xodjayeva z
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Musiqa o\'qitish metodikasi. Sharipova G. Xodjayeva Z.
Musiqa tinglash
darsning boshidan oxirgacha amalga oshiriladigan faoliyat turidir. Agar bolalar sinfga musiqa sadolari ostida kirsa, demak, ular musiqani idrok etib kiradilar. Q o'shiq aylsalar, uni a w a l eshitib, idrok etib, so'ng o'rganib kuylaydilar. Raqsga tushganda ham musiqani tinglab, uning badiiy ifodasini raqs harakatlari bilan tasvirlaydilar. M usiqa tinglashga doir asarlar shakl va jan r jihatidan xilma-xil b o'lm og 'i lozim. Aynan musiqa tinglash vositasida bolalar turli o'zbek xalq cholg'u sozlari, o'zbek xalq musiqasidan namunalar («Chertmak», «Dutor bayoti», «Alla», «Diixiroj») kabi asarlar bilan bolalar kompozitorlari va bastakorlar hayoti va ijodi, milliy musiqa an’analari kuy ya qo'shiqlar bilan tanishadilar. Musiqiy o'quvi bosh bolgan bolalar har tomondan jarangdor ovozlami eshitib, ularga taqlid qilib, chiroyli, sof intonatsiyada kuylashga harakat qiladilar. Boshlang'ich sinf o'quvchilari oz diqqat-e’tiborini uzoq vaqt bir narsaga qaratib 60 turolmaydilar, ju d a tez charchab qoladilar. Shuning uchun ham musiqa madaniyati darslarida musiqiy ijroga ahamiyat berib borish, chapak chalish, qadam tashlash kabi xilma-xil harakatlardan foydalanish zarur. Ayniqsa, bolalar musiqiy cholg'u asboblari (doiracha, bubencha, shiqildoq, marakassa, uchburchak, rumba, barabancha)da j o 'r bo‘lish va ritmik raqs harakatlarini bajarish, bolalami faollashtiradi va dars qiziqarli, mazmunli o'tadi. Kuylar ohangini o'quvchilam ing xotirasida chuquro'm ashib qolishi uchun ular bilan birga kuylash tavsiya etiladi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, musiqa asarlarini yaxshi esda saqlab qolish uchun kamida 2-3 marta eshittirish, har gal kuyning yangi qirralari bilan tanishtirib boriladi, musiqa tinglashni esa sodda sozli asarlardan boshlab asta-sekin murakkablashtirib borishi lozim. Darsning har beshta faoliyati bir-biri bilan uzviy bog'liq holda darsning mazmunini bir butun bo'lishini taminlash lozim. Darsning chorak yil mavzulari bir-biri bilan izchil bog'lanib, bir-birini to'ldirish kerak. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling