Sharipova g., Xodjayeva z


Ikkinchi sinfda yil mavzusi: «Musiqa nimani ifodalaydi va


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/82
Sana23.10.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1716581
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82
Bog'liq
Musiqa o\'qitish metodikasi. Sharipova G. Xodjayeva Z.

Ikkinchi sinfda yil mavzusi: «Musiqa nimani ifodalaydi va
tasvirlaydi»
I chorak: «Yakkanavozlik, jo'm avozlik, jorsozlik».
П chorak: «Yakkanavozlik va yakkaxonlik cholg'u va 
xonandalar dasturi».
III chorak: «Kuy nima? Kuyda nima ifodalanadi?»
IV chorak: «Musiqaning ifoda vositalari».
O 'qituvchi dars rejasini ushbu mavzular asosida tuzib, ulami 
bir-biri bilan uzviy bog'lab olib borishi zarur.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1.Ikkinchi sinfda qanday qo'shiqlar o'rgatiladi?
2 .Ikkinchi sinfda qanday asarlar tinglanadi?
3. Ikkinchi sinf o'quvchilari qanday psixologik va fiziologik
72


harakatga ega bo'ladilar?
4. Ikkinchi sinfda musiqa o'qitishning maqsad va vazifalari 
nimalardan iborat?
5. Ikkinchi sinfda qo'shiq o'rgatishni o'zig a xos xususiyatlarini 
aytib bering.
Tayanch tushunchalar
Musiqa nazariyasi 
— musiqa tahlili, ijrochiligini o'rgatuvchi 
fan. 
• 
v
Musiqa tarixi 
— M usiqa san’atining paydo bo'lishidan 
hozirgi zamonga qadar taraqqiyoti.
Vokal 
— xor m ashg'uloti — yakka holda ansambl va xor bilan 
jam oa bo'lib ashula aytish.
Laboratoriya mashg'uloti. 2-sinfuchun noan’anaviy bir 
soatlik dars ishlanmasi
Mavzu: «Kuy nima? Kuyda nimalar ifodalanadi?»
Darsning mavzusi: 
«Kuy nima? Kuyda nimaiar ifodalanadi?»
Darsning maqsadi: 
O 'quvchilam i mustaqil fikrlash, erkin 
so'zlash, o'zining mehnati bilan ko'proq natijaga erishishga 
o'rgatish.
Darsni jihozlash: 
Reja-konspekt, 2-sinf uchun darslik, 
rasmlar, tarqatma kartochkalar, test savollari.
Darsning turi: 
Noan’anaviy.
Darsning borishi: 
O 'quvchilar bilan salomlashib, davomatni 
aniqlayman. O'quvchilarga bugungi darsimiz noan’anaviy tarzda, 
o 'y in shaklida o'tilishini tanishtirib o'tam an. Buning uchun turli xil 
rasmli kartochkalar yordamida sinf o'quvchilarini uch guruhga 
bo'lib, maxsus tayyorlangan partalar atrofiga o'tkazaman. Uch 
gugullar tasvirlangan kartochkalar yordamida nomlayman.
I guruh: «Rayhon» guruhi.
II guruh: «Lola» guruhi.
III guruh: «Binafsha» guruhi.
73


Наг bir guruhda (7-8 tadan o'quvchi bo'Iishi mumkin). 
O'quvchilarga o'yin shartlari va mezonlari tushuntiriladi. Наг bir 
guruh belgilangan vaqtda, berilgan topshiriqni shoshmasdan o'ylab 
ko'rib, fikrlab, hamjihat bo'lib savollarga javob berishi kerakligini
eslatib o'tam an. Javoblar quyidagicha baholanadi: 5 ball —
qizil kartochka (to 'g 'ri, toliq, tez javob uchun). 4 ball — yashil 
kartochka (to 'g 'ri lekin to 'liq emas). 3 ball — oq kartochka 
(javobda kamchiligi bor). O 'yinim iz uch shartdan iborat boladi. 
Shunday qilib 1-shart bilan tanishtiraman.
Aqliy hujum texnologiyasi: fikriy bog'liqlik, xotira, mantiqni 
shakllantirish uchun.
Uch guruh uchun sharlar ichiga savollar solib doskaga ilib 
qo'yam an (har bir guruh uchun 3 tadan savol solingan sharlar). Har 
bir guruhdan bittadan o'quvchilam i navbat bilan doskaga chiqarib, 
shami yorib, savolga komanda bilan muhokama qilib javob berish 
uchun topshiriq beraman.

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling