ulaming istagi va qoorasida tafovutlar sodir bolib turadi. Bulaming
hammasi o'qituvchidan yuqori malaka va konikmalami talab etadi.
Bunday holatda o'qituvchi o'quvchilami quyi sinflarda olgan
bilim va malakalariga va hayotiy dalillarga suyanib ish tutishi
yaxshi natija beradi.
Buning uchun dars mazmunini hayot bilan bog'lab olib borish
zarur. Qo'shiq o'rgatish va musiqa tinglash jarayonida asarlardan
parchalar kuylab ovozlarini sozlashi bolalarda qiziqish uyg'otadi.
Bunda ijro uslublarini batafsil tushuntirish lozim. Asarlami tahlil
etishda bolalami aktiv qatnashtirish maqsadga muvofiqdir. Har bir
104
xalqning o'z milliy musiqa san’ati mavjudligi, musiqa har bir
tarixiy davming badiiy aksi ekanligi haqida noaniq tushuncha hosil
qilishi lozim. Shu asosda o'zbek musiqa tarixi cholg'u asboblari va
o ‘zbek xalq musiqa janrlari, maqomlari, mumtoz qo'shiqlari,
zamonaviy qo‘shiqlarini taqqoslab ko'rsatish mumkin.
Masalan, «Shashmaqom» tojik va o'zbek xalqiarining azaliy
birodarlik ramzi ekanligi, ulaming ko'p cholg'u asboblari bir xilda
ekanligi va boshqa xalqlar foydalanishi mumkinligi haqida xalq
musiqasi asosida yaratilgan kompozitorlik asarlar, zamonaviy
musiqa va Sharq xalqlari musiqasi bilan tanishtirish, taqqoslash
lozim.
Musiqa savodidan o ‘lchovlar, ladlar, ton va yarim ton,
alteratsiya belgilari, dinamik belgilari, intervallar, reprizalar bilan
tanishtirib, musiqiy asarlari tahlil qilish yaxshi natija beradi.
Oltinchi sinfda o'quvchilami ovoz diapazoni l-ovozlar uchun (Do,
- Fa2). II-ovozlar uchun (S i^ -R e ^ , bu davrda o'quvchilarga
qo'shiqlami ikki ovoz qilib o'rgatish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |