Chunki bu paytda, ayrim o'quvchilarda mutatsiya davri boshlanadi.
Mutatsiya davridan oldin o'g'il va qiz bolalar ovozi o'rtasidagi
farq uncha sezilmaydi. Mupaytida qo'shiq o'rgatish o'qituvchidan
katta mas'uliyatni talab etadi. Qo'shiqlar bolalaming ovoz
imkoniyatlariga mos tushishi va dars davomida ulaming ovozlarini
asrab-avaylash ishlariga yordam berishi lozim. Darsning asosiy
qismini ashula aytishga sarf etib, ovozlarini charchatmaslik kerak.
O'quvchilami ikki ovozga ajratib qo'shiqlami ikki ovozlik
qilib, ulaming ovozlariga moslash ovoz tarbiyasining muhim
vositasidir. Xor bolib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash
faoliyatlari, asarlami tahlil qilishda mavzular asosi mantiqan
bog'lanadi. Yangi dastur asosida yil mavzusi, chorak mavzusi va
dars mavzusi bir-biri bilan bog'lanadi.
Oltinchi sinfda musiqa madaniyati darslarida quyidagi
qo'shiqlar o'rgatiladi: «Bolalar», J. Jabborov she’ri, H. Rahimov
musiqasi. «Munajjib bobo», P. Mo'min she’ri, N. Norxojayev
musiqasi. «Xush keldingiz», H. G'ulomov she’ri, S. Boboyev
105
musiqasi. «Dono bola»,
M. Mirzayev sheri, N. Norxojayev musiqasi. «Goshtlar», K.
Ganev she’ri, V. Ahmedov musiqasi.
Oltinchi sinfda quyidagi asarlar tinglanadi: O'zbek xalq
kuylari, «Jonon», «Norim-norim», «Gulizorim», A. Navoiy she’ri,
Hoji Abdulaziz Abdurasulov musiqasi. «Sharq taronalari», U.
Azim she’ri,
D. Omonullayeva musiqasi. «Qaydasan», T. Toli she’ri, I.
Akbarov musiqasi. «Elizaga», L.V. Betxoven musiqasi.
Oltinchi sinf vil mavzusi: «Mumtoz musiaqa»
I chorak: Mumtoz musiqa haqida ma'lumot.
П chorak: Zamonaviy musiqa va uning asosiy xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |