mumtoz musiqa tinglash hamda idrok qilishga o'rgatish.
Darsni jihozlash:
Reja-konspekt, plakatlar, kartochkalar, CD
disklar, tarqatma materiallar, magnit tasmalar.
Darsning turi:
Aralash.
Darsning borishi:
O'quvchilar bilan salomlashib, davomatni
aniqlayman. Uyga berilgan vazifani tekshirish uchun savollar
beraman. O'tgan darsda qanday qo'shiqni o‘rganganmiz?
Bu qo'shiqning mualliflari kimlar, mazmuni kim haqida?
107
Musiqa savodidan qanday topshiriq berilgan?
Mumtoz musiqa haqida qanday ma’lumotga egasiz?
So'ngra o'quvchilarga kuylash.. holatini eslatib, ulaming
ovozlarini sozlayman.
1. Artikulatsiya apparatini ishga solish uchun mashqlar
kuylataman. \
v
2. Sof intonatsiyaga erishish uchun mashqlar kuylataman.
3. Ikki ovozda kuylash uchun mashqlar kuylataman.
O'tgan darsda o'rgatilgan M.Burxonov, musiqasi A.Oripov
she’ri “O'zbekiston davlat madhiyasi» qo'shig'ini ifodali qilib
takrorlab, mustahkamlayman.
Yangi Muqimiy she’ri, o'zbek xalq kuyi, «Ey nozanin»
qo'shig'ining mazmuni,tarixi bilan tanishtirib, kuylab beraman. Bu
qo'shiqda insonning mehr-muhabbati, iztirobi, bir-biriga hurmati,
rashki haqida kuylanadi. Bu qo'shiq re-minor tonligida / kuplet
shaklida, og'ir xarakterda, o'rtachq tempda 2/4 o'lchovida
yozilgan. Endi qo'shiqni o'quvchilarga ifodali qilib, may in ovozda
ijro etib beraman. So'ngra o'quvchilarga qo'shiq mazmuniga oid
savollar beraman.
Qo‘shiq nomi va mualliflari kimlar?
Qo'shiq qanday ladda, tempda yozilgan?
Qo'shiq mazmuni nima haqida?
Do'stlaringiz bilan baham: |