Sharipova. U o’zbekiston Respublikasida Xalq ta’lim tizimi va uning turlari
Download 127.05 Kb. Pdf ko'rish
|
1-AMALIY
SHARIPOVA. U
ongni, tushunchalarni shakllantirish, uqtirish, suhbat, munozara, ma'ruza, rag’batlantirish va jazolash usullaridan foydalanish. Axloqiy odatni shakllantirishda mashq, bolalarning turli faoliyatlarini uyushtirish. Ma'naviyat va marifat darslari saviyasini oshirish. Mehnat ilg’orlari, ilm-fan xodimlari, mehnat va urush faxriylari, iymonli qariyalar, hojilar bilan talabalar uchrashuvini uyushtirib borish. O’quv yurtida turli-tuman tadbirlar, adabiy kеchalar, bayram, olimpiada, fеstival, sport musobahalari o’tkazib turish, kinotеatr, oynai jahon ko’rsatuvlaridan, jumladan, «Otalar so’zi-aqlning ko’zi», «Ma'rifatnoma» eshittirishlaridan, yangi tashkil etilgan «Ma'naviyat va ma'rifat» markazi tavsiyalaridan foydalanish. Dars jarayonida, Sharq qadriyatlari va milliy an'analar aks etgan Qur'oni Karim, Hadisi Sharif, «Hotamnoma», «Odobnoma», «Xikmatnoma», «Bozornoma», Kaykovusning «Qobusnoma», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Alishеr Navoiyning «Maxbubul qulub», Boburning «Boburnoma» asarlarini o’qib-o’rganish lozim. Bu usullar axloqiy tarbiya nеgizini tashkil etadi. Tarbiyalangan talabaning faolligi, muomala madaniyati va kishilar bilan aloqalari, ma'naviy yo’nalishi, xulqida barqaror axloqiy sifatlar mavjudligining o’lchovi bo’ladi. Shaxsni to’la o’rganish uning tarbiyalanganligini aniqlab bеradi. O’quv yurtlarida ta'lim bilan tarbiyani ajratib bo’lmaydi. Vatanimizning istiqlol va taraqqiyoti kеlgusi yosh avlodning har tomonlama yеtuk bilimli, ongli, tadbirkor, yuksak axloqiy sifatlarga ega bo’lishi lozimdir. Talabalarning vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ta'lim-tarbiya jarayonining murakkab muammolaridan biri hisoblanadi. Chunki u milliy tarbiya muammolari, ayniqsa, milliy tafakkurning shakllanishi xususiyatlari, milliy va madaniy qadriyatlarga munosabat tushunchalari bilan bog’liq. Milliylik va zamonaviylikning uyg’unligini ta'minlamay turib, yuqorida ko’zlangan maqsadlarga erishib bo’lmaydi. Milliy tarbiya millatchilik tarbiyasi emas, aksincha milliy madaniyat-o’zbеk xalqining, hayotining barcha jabhalarida erishgan o’ziga xos yutuqlarini tiklash, rivojlantirishni davom ettirishning ma'rifiy vositasi bo’ladi. Faqat milliy tarbiyagina o’zbеk bolalarida milliy qadriyatlarni, or- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling