Shark mutafakirlirining pedogagik karashlari a. Desterverg


Download 6.11 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi6.11 Kb.
#1578957
Bog'liq
Sharq uyğonish davrida pedagogik fikrlar

Sharq uyğonish davrida pedagogik fikrlar

Tayyorladi:Tillabekova Mavjuda

ADOLF DISTERVEG

  • (1790-1866) pedagoglik sohasida samarali ish olib borish bilan bir vaqtda, matematika, nemis tili, geografiya, matematik geografiya, astronomiyaga doir yigirmadan ortiq darslik va o’quv qo’llanmalari nashr qildi; bu darsliklar va o’quv qo’llanmalari Germaniyada va boshqa ko’pgina mamlakatlarda katta shuhrat qozondi. U «Nemis muallimlarining muallimi» degan faxrli unvonga sazovor bo’ldi.
  • Disterveg ham xuddi Pestalotstsi singari tarbiyaning eng muhim printsipi – uning tabiatga uyg’un bo’lishidir, deb hisobladi. U tarbiyaning tabiatga uyg’un bo’lishini quyidagi mazmunda talqin qildi, ya’ni tarbiya odamning tabiiy kamol topishiga qarab olib borilishi, o’quvchining yoshi va o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi kerak, dedi. O’qituvchilar o’quvchi-talabalar diqqati, xotirasi, tafakkurining o’ziga xos belgilarini sinchiklab o’rganishlari kerak, deb psixologiyani «tarbiya to’g’risidagi fanning asosi» deb bildi.
  • Uning katta xizmati shundaki, pedagoglik tajribasini pedagogikani taraqqiy ettirishning manbai deb hisobladi. U mohir pedagoglarning yoshlarni tarbiyalash va bu sohadagi ish tajribalarini o’rganish zarurligini ta’kidlab o’tdi.
  • DISTERVEG TABIATGA UYG’UN BO’LISH PRINTSIPIGA QO’SHIMCHA RAVISHDA TARBIYA MADANIY UYG’UN XARAKTERDA BO’LISHI HAM KERAK, DEB TALAB QILDI.
  • U ta’limning asosiy vazifasi ta’lim oluvchilarning aqliy kuchlarini va qobiliyatlarini o’stirishdan iboratdir, deb hisoblaydi. Lekin u formal ta’lim moddiy ta’lim bilan chambarchas bog’langanligini ko’rsatib, Pestalotstsiga nisbatan olg’a tomon katta qadam qo’ydi. Disterveg, ta’lim oluvchining sof formal ta’lim bo’lmaydi, lekin ta’lim oluvchining o’zi mustaqil olgan bilimlari va malakalarigina qimmatga egadir, deb uqtirdi.
  • TA’LIM YOSH AVLODNING HAR TOMONLAMA KAMOLOTGA ETISHIGA VA UNING AXLOQIY TARBIYASIGA YORDAM BERISHI LOZIM. O’QITILAYOTGAN HAR BIR NARSA TA’LIM JIHATDAN QIMMATGA ZGA BO’LISH BILAN BIR QATORDA, AXLOQIY AHAMIYATGA HAM EGADIR.
  • Disterveg takomillashib boruvchi ta’lim didaktikasini yaratdi, bu didaktikaning asosiy talablarini ta’limning 33 qonuni va qoidasi tariqasida bayon qilib berdi. Disterveg avvalo tabiatga uyg’un qilib, bola idrokining xususiyatlariga muvofiq qilib, o’qitishni talab qildi. U misollardan qoidalarga: buyumlar va bu buyumlar to’g’risidagi aniq tasavvurlardan shu buyumlarni ifodalovchi so’zlarga o’tishni taklif qildi.
  • Disterveg o’quvchi-talabalarni ularning sezgi organlari bevosita his qila oladigan buyumlar bilan tanishtirishga juda katta ahamiyat berish bilan bir vaqtda, shaxsning o’z sezgi a’zolari bilan idrok qilayotgan butun materialni o’ylab ko’rishi va anglab olishi zarurligini uqtirib o’tadi. Disterveg taklif qilgan ko’rsatmali ta’lim «yaqindan uzoqqa», «oddiy narsalardan murakkab narsalarga», «osonroq narsalardan qiyinroq narsa-larga», «ma’lum narsadan noma’lum narsaga» o’tish kerak, degan qoidalar bilan bog’langan ta’limdir.
  • Disterveg o’rganilayotgan materialni ongli o’zlashtirishga katta ahamiyat beradi. O’quvchi-talabalarning o’rganilgan material mohiyatini ravshan va aniq bayon qilib bera oladigan bo’lishi shu materialning o’zlashtirilganligini ko’rsatuvchi belgilarning biridir.

U o’qitilayotgan materialning mustahkam o’zlashtirilishiga ko’p e’tibor beradi va o’tilgan material esdan chiqib qolmasligi uchun uni tez-tez takrorlab turishni maslahat beradi.

  • U o’qitilayotgan materialning mustahkam o’zlashtirilishiga ko’p e’tibor beradi va o’tilgan material esdan chiqib qolmasligi uchun uni tez-tez takrorlab turishni maslahat beradi.
  • Distervegning haqqoniy ravishda ta’kidlashicha, muvaffaqiyatli ta’lim hamisha tarbiyalovchi xarakterda bo’ladi. Bunday ta’lim o’quvchi-talabalarning aqliy kuchlarinigina o’stirib qolmay, balki uning shaxsini, irodasini, sezgilarini, xulqatvorini ham kamol toptiradi.

E’TIORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 6.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling