Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat univeersiteti tarix fakulteti


XX-asr boshlarida Turkiston. Birinchi jahon urushining Turkiston o‘lkasiga ta’siri. 1916 yil milliy ozodlik harakati


Download 1.15 Mb.
bet25/44
Sana17.11.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1782559
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44
Bog'liq
Ўзб тарихи мажмуа 3 курс 2022-2023

XX-asr boshlarida Turkiston. Birinchi jahon urushining Turkiston o‘lkasiga ta’siri. 1916 yil milliy ozodlik harakati
REJA
1. XX asr boshlarida Turkistonda siyosiy vaziyat
2. Birinchi Rus inqilobi sababi, natija va oqibatlari.
3. Birinchi Rus inqilobi va uning Turkiston o‘lkasiga ta’siri.
4. XX asr boshlaridagi xalq harakatlari va uning natijalari.
1-masala
Mustamlakachilar istilosi davrida ushbu holatlar yanada ko‘proq ko‘zga tashlanadigan bo‘ldi. Yevropa davlatlarining XX asr boshidagi mustamlakachilik siyosati oqibatida musulmon Sharqi xalqlari o‘rtasidagi an’anaviy aloqalar zaiflashib qoldi. Shu bilan birga, ayni shu davrda tashqi madaniy omillar bosimi ostida musulmon tamaddunining “omon qolish” muammosi keskin tarzda o‘rtaga chiqdi. Makkiavellining “Bo‘lib tashlayu boshqar” prinsipiga amalga qilgan mustamlakachi davlatlar necha o‘n yillar davomida qo‘l ostidagi musulmon Sharqining – nafaqat uning – hududlarida o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, elatlarlaro, dinlararo va kastalararo mojaro va ziddiyatlarni ustomonlik bilan o‘t oldirar, rag‘batlantirar va ulardan foydalanib qolishga urinar edi. Bunday siyosatning oqibati ushbu hududlarda yashaydigan millionlab kishilarning taqdiriga qayg‘uli va fojiali tarzda daxl qilar edi.
XX asr boshlarida Turkistonda podsho Rossiyasining mustahkam o‘rnashib olishi kuzatildi. U o‘z siyosiy agentlari (vakillari) yordamida Buxoro amiri va Xiva xoni vakolatlarini cheklabgina qolmay, ularni qo‘g‘irchoqqa aylantirib rus va g‘arb sarmoyadorlarining ishlashi va yashashi uchun sharoit yaratadi, turli kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari manfaatini ko‘zlaydi. Ayni chog‘da mahalliy aholining talabi va ehtiyojlari nazarga olinmay qo‘yildi, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslik kuchaydi. Hayotiy, ilmiy saviyasi yuqori bo‘lgan qozilar tajribasiz kishilar bilan almashtirildi, poraxo‘rlik, ijtimoiy–siyosiy adolatsizlik avj oldirildi. Turkiston mintaqasi XX asr boshlarida uchta siyosiy birlik: Turkiston general–gubernatorligi, Buxoro amirligi, Xiva xonligi hududlaridan iborat edi. Turkiston general-gubernatorligi yohud Turkiston o‘lkasi Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan bo‘lsa, Buxoro amirligi va Xiva xonligi Rossiyaga qaram bo‘lgan yarim mustaqil davlatlar edi. Turkiston general-gubernatorligining umumiy maydoni XX asr boshlarida 1.738.918 km2 ni tashkil etgan. Aholi soni 1897 yilga birinchi Butunrossiya aholini ro‘yxatga olishning to‘la bo‘lmagan ma’lumotlariga ko‘ra, 5.280.983 kishidan iborat bo‘lgan. Rossiya statistik boshqarmasining 1914 yilda to‘lmagan ma’lumotlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich 6.492.692 kishiga yetgan. Turkiston aholisining umumiy miqdorida o‘zbeklar, qozoqlar, qirg‘izlar, tojiklar, turkmanlar, qoraqolpoqlar, ko‘pchilikni tashkil etganlar. Ularning miqdori 1897 yilda–4.986.324, 1914 yilda–5.941.604 kishidan iborat bo‘lgan. Slavyan aholisi (ruslar, ukrainlar, beloruslar) ning soni 1897 yilda – 197.240, 1914 yilda–406.607 kishini tashkil etgan. Bundan tashqari Turkiston aholisining etnik tarkibida boshqa xalqlar ham mavjud bo‘lgan. XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida mustamlakachilik va ulug‘ millatchilikka asoslangan siyosiy–ma’muriy tizim hukm surgan. Rossiya hukumati o‘zbek va boshqa tub xalqlarga siyosiy va insoniy huquqlar berishni xayoliga ham keltirmagan. Rossiya matbuoti va ilmiy asarlarida Turkiston o‘lkasi ochiqdan–ochiq «Rossiya mustamlakasi» nomi bilan izohlangan. Xatto ahvol shu darajaga borib yetganki «Russkiy Turkestan» («Rus Turkistoni») atamasini ishlatish odat tusiga aylandi. Shuningdek, tub xalqlar, o‘zbeklar, qozoqlar deb asl nomlari bilan emas, balki «inorodes» («begona zot»), tuzemes («erli aholi») deb yuritilgan. Mustaqillikning yo‘qotilishi, siyosiy xavfsizlik va adolatsizlik, butun jamiyat aholini Rossiya davlatiga qarshi kuchni muxolifatga aylantirdi. Ularning orasida tub xalqlar yuqori tabaqalarining ilg‘or vakillari ham bo‘lib, ozodlik g‘oyalari borgan sari kuch-quvvatga to‘lib bordi. Bu ilg‘or keyinchalik jadidlar siyosiy faoliyatining asosini tashkil qildi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling