Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti intelektual tizimlar va innvation tizimlar fakulteti dasturiy injinirngi yo
Download 37.08 Kb.
|
Psixalogiya ABDULLAJONOV A
Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to`plash usulidir. Erkin kuzatuv ko`pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o`rganish maqsad qilib qo`yilganda qo`llaniladi. Testlar oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga kiradi. Ular yordamida biror o`rganilayotgan hodisa xususida ham sifat, ham miqdor xarakteristikalarini olish, ularni ko`pchilikda qayta-qayta sinash va ma’lumotlarni analiz orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin bo`ladi. Test – so`rov oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan javoblarni taqozo etadi. Test – tushunchasini ilk bora Amerikalik psixolog D.Kettel 1890 yilda «Mind» maqolasida kiritgan. Eksperiment – zamonaviy psixologiya metodlaridan biri bo`lib, u mustaqil bo`lgan o`zgaruvchilarni, mustaqil bo`lmagan o`zgaruvchilarga ta’siri aniq hisobga olishga asoslanadi. Ilk bora psixologik tajribalar X1X asrning P yarmida V.Vundt (Germaniya) laboratoriyasida o`tkazilgan. Laboratoriya eksperimenti – psixologik metodi bo`lib, u sun’iy sharoitda unga ta’sir etuvchi barcha omillar nazoratida amalga oshiriladi. Tabiiy tajriba ilk bor 1910 yilda rus psixologi L.F.Lazurskiy tomonidan qo`llanilgan. Tabiiy eksperiment shunday tajriba turiki, u o`z ichiga tajriba ishtirokchilariga bildirilmagan holda o`yin, mehnat, o`quv faoliyatini qamrab olishi mumkin. Umumiy psixologiyaning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat. 1. Determinizm 2. Ong va faoliyat birligi 3. Psixikaning faoliyatda rivojlanish printsipi. Determinizm (lotincha – determinata – belgilayman) printsipi tabiat va jamiyat hodisalari, shu jumladan psixik hodisalarning ob’ektiv sabablar bilan belgilanishi haqidagi ta’limotdir. Shu boisdan psixika, ongning ob’ektiv borliq va nerv sistemasi bilan belgilanishi ilmiy psixologiyaning buyuk yutug`i hisoblanadi. Shuning uchun determinizm psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush tarzi o`zgarishiga mutanosib ravishda u o`zgarishini anglatadi. Ong va faoliyat printsipini psixologiya fanida qabul qilinishi shunday ma’noni anglatadi: a) ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi voqelik emas; b) ong bilan faoliyat aynan bir-biriga o`xshash ham emas; v) ong bilan faoliyatning birligi ularning hukm surishi mexanizmidir. Faoliyat o`zining tuzilishi bo`yicha ichki va tashqi tarkiblariga bo`lsada, voqelik tashqi ifodasi bilan ajralib turadi. Ong bo`lsa faoliyatning ichki rejasini, uning dasturiy jabhasini aks ettiradi. Faoliyat ong yordamida amalga oshadi va o`z navbatida ong mazkur jarayonda takomillashadi (Muammo va echimi uning turtki vazifasini o`ynaydi). Ushbu printsip rus psixologlari L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leont’ev, B.M.Teplov, B.G.Anan’ev va boshqalarning tadqiqotlarida o`z ifodasini topgan. Psixikaning taraqqiyotini dialektika nuqtai nazaridan tushunish taraqqiyot insonning mehnat faoliyatiga, ta’limga, o`yin faoliyatiga bog`liq ekanligidan aniqlashdan dalolat beradi. Ijtimoiy tajribani o`zgartirish jarayonning yuz berishi shaxs uchun psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi va dasturiy bilimlarni egallashga mustahkam zamin hozirlaydi. Har qaysi faoliyat turi inson psixikani rivojlantirish manbai va mexanizm roli vazifasini bajaradi. 1. L.S.Vigotskiy ta’lim psixikaning rivojlanishini yo`naltiradi, shu bilan birga shu jarayonda ongli faoliyatning yangi mutlaqo boshqacha shakllari yaratildi. 2. P.P.Blonskiy tafakkur kichik maktab yoshida o`yin bilan, o`spirinlik yoshida o`qish bilan bog`liq tarzda rivojlanadi. 3. S.L.Rubinshteyn ong faoliyatdan paydo bo`lib, ana shu faoliyatda shakllanadi. 4. B.M.Teplov qobiliyat faqat rivojlanishda mavjud bo`ladi, lekin rivojlanish faoliyat boshqacha muhitda yuz bermagandek, qobiliyat tegishli yaqqol faoliyatdan ajralmagan holda paydo bo`la olmaydi. Insonning bilish faoliyati rivojlanishi unga o`zini qurshab turgan borliqni yanada chuqqurroq, to`laroq, aniqroq aks ettirish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli yo`sindagi o`zaro bog`lanishlari, murakkab munosabatlari va aloqalarini tobaro aniqroq yaratadi. Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o`ziga munosabati vujudga keladi. Download 37.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling