Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti intelektual tizimlar va kompyuter


Download 28.67 Kb.
bet7/7
Sana16.06.2023
Hajmi28.67 Kb.
#1506678
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ Microsoft Word (1)

Statistik formulyar - kuzatish ma’lumotlari qayd qilinadigan hujjat.
Yo‘riqnoma har bir statistik formulyar uchun alohida tuziladi. Kuzatish ma’lumotlari qayd qilinadigan hujjat statistik formulyar deb ataladi. U har xil nom bilan yuritiladi, jumladan hisobot formasi, ro‘yxatga olish varaqasi, so‘rovnoma (anketa), tabel, nakladnoy, yo‘l varaqasi va hokazolar.
Statistik formulyar ikki xil bo‘ladi:
Yakka predmetli formulyar.
ko‘p predmetli formulyar.
Kuzatish joyi - bu kuzatish birligi joylashgan makon.
Kuzatish joyi deganda makon yoki boshqa so‘z bilan aytganda o‘rganilayotgan hodisa ro‘y berayotgan joy tushuniladi.
Hisobotda, asbob-uskunalar ro‘yxatida va boshqa iqtisodiy resurslarni har xil shakl va usullarda kuzatishda korxona, tashkilot va muassasa joylashgan joy kuzatish joyi hisoblanadi.
Statistik kuzatish vaqti - bu kuzatish tenglashtirilgan fursat (payt) va o‘tkaziladigan muddat.Umuman keng ma’noda qaralganda, kuzatish vaqti hodisani o‘rganish davridir, ya’ni uni tekshirish boshlangandan, to ma’lumotlarni olish nihoyasiga yetguncha o‘tgan vaqt oralig‘i (davr)dir. Bu holda u ma’lumotlar tegishli bo‘lgan vaqtni ham, ularni to‘plash vaqtini ham o‘z ichiga oladi. Statistik kuzatish tor mazmunga ega bo‘lib, faqat ma’lumotlarni to‘plash jarayonini anglatgani uchun, uning vaqti deganda mazkur ishni (ma’lumotlar to‘plash)ni bajarish uchun belgilangan vaqt oralig‘i tushuniladi. U hodisani o‘rganish, ro‘yobga chiqish davrini, ya’ni u haqidagi ma’lumotlar tegishli bo‘lgan vaqt oralig‘ini o‘z ichiga olmaydi. Hisobotda bu vaqt oralig‘i hisobot davri deb ataladi.
Hisobot davri uning birinchi kuni 00 soatdan boshlab to oxirgi kuni 2400 soatgacha o‘tgan vaqt uzunligi bilan o‘lchanadi. Kuzatish muddati esa hisobotni taqdim etish uchun belgilangan vaqt oralig‘i hisoblanadi.
Hodisalar holatini, mavjud sonini aniqlashda kuzatish vaqti qilib vaqt oralig‘ini belgilab bo‘lmaydi, chunki uning davomida hodisa holatida, demak mavjud sonida katta o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu holda suratga olish jarayonida qo‘llaniladigan usuldan foydalanish kerak. Ma’lumki, surat fotoapparat obyektivi ochilish onida (paytida) foto obyekt (masalan, biror kimsa) ega bo‘lgan qiyofani aks ettiradi. Hodisalar holati ustidan statistik kuzatish tashkil etish uchun ham shunday qayd qilish paytini belgilash lozim. Bu esa muayyan fursatda mavjud bo‘lgan hodisalar soni va tuzilishini aniqlash imkonini beradi.
Hodisani hisobga olish, qayd qilish tenglashtirilgan bunday payt keskin fursat (kritik moment) deb ataladi. Aholi ro‘yxatida va boshqa tez harakatchan hodisalar ro‘yxatida hamda ularning joriy hisobi asosida mavjud soni aniqlanayotganda keskin fursat belgilanadi. 1989 yil aholi ro‘yxatida keskin fursat qilib 11 yanvardan 12 yanvarga o‘tar kechasi 2400 soat belgilangan edi. Aynan shu fursatda yashash joyida mavjud bo‘lgan shaxslar ro‘yxatga olindi, ya’ni 12 yanvar 00 soatgacha tug‘ilgan bolalar ro‘yxatga olingan, undan keyin tug‘ilganlar esa ro‘yxatga olinmagan, shu vaqtgacha o‘lgan shaxslar ro‘yxatdan o‘tmagan, keyin o‘lganlar esa mavjud aholi sifatida ro‘yxatga olingan. Ro‘yxatda kuzatish vaqti – bu ro‘yxatga olish ishi davom etadigan vaqt oralig‘idir. 1989 yil aholi ro‘yxatida 12 yanvardan boshlab 20 yanvargacha bo‘lgan muddatdan iborat.
Kuzatishni o‘tkazish bir qator tayyorgarlik va tashkiliy ishlarni bajarish bilan bog‘liqdir. Birinchidan, kuzatiladigan birliklarning taxminiy ro‘yxati tuziladi va kuzatish joylari belgilanadi. Masalan, aholini ro‘yxatga olish uchun dastavval aholi yashaydigan punktlar, shaharlarda esa bundan tashqari uy daftari tartibga solinadi. Bular ro‘yxat o‘tkazilayotganda kuzatish birliklarini tushirib qoldirmaslik va ro‘yxat o‘tkazish uchun zarur mablag‘lar miqdorini va kadrlar sonini aniqlash uchun kerak. Ikkinchidan, kuzatish formulyarlari, blanklar, varaqalar, ularni tuzish yo‘riqnomalari tayyorlanadi va joylarga yetarli miqdorda tarqatiladi. Uchinchidan, kuzatiladigan makon hududi uchastkalar (qismlar)ga bo‘linadi, kerakli kadrlar soni va aniq shaxslar belgilanadi. To‘rtinchidan, kuzatishga jalb qilingan mas’ul shaxslar bilan maxsus mashg‘ulotlar olib boriladi.
Anketa orqali kuzatish - bu to‘ldirilishi ixtiyoriy bo‘lgan savolnoma tuzib, kuzatiluvchi subyektlarga tarqatish yo‘li bilan ma’lumotlar to‘plash
Download 28.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling