Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish
© Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, 2022
Download 1.37 Mb.
|
darslik KIB (2)
© Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, 2022
KIRISH Jahonda globallashuv jarayonining chuqurlashuvi va ilmni ko‘p talab qiluvchi texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishning ustuvor rivojlanishi har qanday mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va turmush sifati oshishining zaruriy sharti innovatsion faollik bilan belgilanadi. Innovatsion faollik, o‘z navbatida, davlatning iqtisodiy va ilmiy-texnik imkoniyatlari, uning innovatsiyaga oid siyosati va salohiyati, shuningdek, jamiyatning ma’naviy holatiga bog‘liq. Innovatsiya faoliyati umumiy boshqarishning mustaqil yo‘nalishi sifatida XX asrning 10-20 yillarida ajralib chiqdi. Bu davr tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning texnologik va texnik bazasi vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Dunyoda global umumjahon bozori vujudga keladi. Ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibida yangi ilmiy tadqiqotlar natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ulushi oshib boradi. Texnik jihozlar ko‘pgina modellarining (radio-telejihozlar, hisoblash mashinalari, avtomobillar va h.k) hayot davri qisqaradi. Hozirgi paytda har qanday mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va turmush sifati oshishining zaruriy sharti innovatsion faollik bilan belgilanadi. Yuqori sifatli insoniy salohiyatini shakllantirish uchun sharoit yarata oladigan xalqlar va mamlakatlar dunyoda har doim yetakchi mavqega ega bo‘lib kelmoqdalar va uning yordami bilan o‘z davri uchun eng ilg‘or mahsulotlar va texnologiyalarni ishlab chiqargan va o‘zlashtirgan. Buni butun insoniyat taraqqiyoti tarixi davomida – neolit davrining boshidan to hozirgi kungacha aniq kuzatish mumkin. Hozirgi vaqtda innovatsion sohadagi yetakchilik ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda ustunlikni oldindan belgilashi aniq bo‘ldi. O‘tgan asrda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirishning jahon tajribasi, mamlakatlarning ushbu maqsadga o‘tishlari uchun turli xil yo‘llar mavjudligini ko‘rsatdi. Innovatsion iqtisodiyotga yo‘naltirilgan tadrijiy olg‘a intiluvchi harakat texnologik taraqqiyoti xos bo‘lgan yetakchi mamlakatlari: Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh, Fransiya uchun xarakterlidir. Ba’zi mamlakatlar yetakchilar tajribasini o‘rganib, innovatsion yo‘lini tanladilar – tezlashtirilgan texnologik rivojlanish natijasida ular yuqori texnologik jihatdan rivojlanganlar qatoriga kirib, YaIM va aholi turmush darajasining o‘sishini ta’minladilar, bunga Xitoy, Braziliya, Janubiy Koreya va boshqalar misol bo‘la oladi. Zamonaviy postindustrial davrda uglevodorodlar va boshqa tabiiy boyliklar emas, balki aholining faollashgan intellektual salohiyatidan maksimal darajada foydalanadigan mamlakatni ilg‘or qilishi bugungi dunyoda yaqqol misol bo‘la oladi. Kadrlarni innovatsion boshqarish – innovatsion menejment va personalni boshqarish o‘rtasidagi chegara sohasidir. Kadrlar ishida innovatsion boshqaruv obyekti bo‘lib, yangilanish va rivojlanish jarayonlari, korxonalar va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalarning kadrlar hamda kadrlar tizimlariga bo‘lgan ehtiyoj hisoblanadi. Mehnatni innovatsion boshqarish yetakchilikning ilgari hukmron bo‘lgan texnokratik tamoyillaridan sifat jihatidan farq qiladi. Bu tashkilotda intensiv gorizontal o‘zaro ta’sirlarni saqlashga, ijodiy faoliyatni faollashtirishga, turli xil xodimlar guruhlarining sa’y-harakatlarini birlashtirishga asoslangan. Korxonalarning innovatsion strategiyalari va boshqaruvdagi innovatsiyalar yuqori raqobat sharoitida iste’molchi uchun kurash bilan bog‘liq hisoblanadi. Ushbu kurashda yangi texnologiyalarni ishlab chiqishda innovatsion salohiyatga ega va yangi texnikani tez o‘zlashtira oladigan, uning faoliyatini eng oqilona rejimlariga mos keladigan yangi ishlab chiqarish tizimlarini ishlab chiqish qobiliyatiga ega yuqori malakali kadrlarga faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarda ustuvor ahamiyat beriladi. Shuningdek, korxonalar va tashkilotlarda iqtisodiy va ma’naviy rag‘batlantiruvchi ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirgan holda personalni o‘z mehnat salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga undaydi. O‘zbekistonni ishlab chiqarishda innovatsiya va intellektual hissaning yuqori ulushi bo‘lgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, zamonaviy va global bozorda raqobatbardosh sanoatga, shuningdek, qulay investitsiyaviy va ishchanlik muhitiga ega bo‘lgan jadal rivojlanayotgan mamlakatga aylantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Qo‘yilgan maqsadlarga O‘zbekistonni rivojlanishning innovatsion modeliga to‘liq o‘tkazmasdan turib erishish mumkin emas, bu mamlakatda innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning hamda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot ustuvor tarmoqlari va ijtimoiy sohaga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalda joriy qilishni rag‘batlantirish ham kadrlarni innovatsion boshqarishning samarali tizimini yaratish zaruratini taqozo etadi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling