Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy siyosiy munosabatlar fakulteti


Download 73.18 Kb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi73.18 Kb.
#1593490
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
muxlisa

Noto’g’ri. Bunday qarashning ikki o’ziga xos xususiyati mavjud. Bir tomondan irodasi mustahkam odamlargina o’z emosiyalarini jilovlay oladidar. Ikkinchi tomondan, o’zbeklarning milliy mentalitetida o’z xis-tuyg’ularini (ular ijobiy bo’ladimi, yoki salbiy bo’ladimi, baribir) ko’z-ko’z qilish, boshqalarga ko’rsatish, ularni ro’kach qilish uyat hisoblanadi. Aslida konfliktda o’z xissiyotlarini yashirish noto’g’ri hisoblanadi. Xis-tuyg’ular turlicha bo’lishi mumkin. Ular ham ijobiy, ham salbiy bo’lishi mumkin. Ular mazmunining qandayligidan qat’iy nazar o’z xissiyotlarini, ayniqsa ular salbiy bo’lsa, yashirish, ularni ochiq namoyon etmaslik, ichga solish, ezilib yurish, yomon xissiyotlarning domiga tushib qolish aslida to’g’ri emas. Salbiy xissiyotlar inson sog’lig’ini ichdan yemiradi, ular sog’liqqa zarar hisoblanadi. Bunday xis-tuyg’ularning chuqurlashib ketib, kuchayishi oqibatida depressiv holatlar vujudga kelishi mumkin. Ular esa o’z holida insonni kasalliklarga duchor qilishi, yoki uni ―suisid‖ – o’z joniga qasd qilish vaziyatlarga olib kelishi mumkin. His-tuyg’ularni ifoda etish inson sog’lig’i uchun foydalidir. Bu yerda gap – xis to’ylarni jilovlash haqida emas, balki ularni qanday ifoda etish ustida ketyapti. Salbiy xis-tuyg’ularni ham ifoda etish darkor. Shuningdek, ijobiy xis-tuyg’ularni ham ifoda qilish usullarini bilish darkor. Xis-tuyg’ularni ichda saqlashning me’yorlari mavjud. Ular, ya’ni xissiyotlar insonga zarar keltirmasligi darkor. Biroq, xis-tuyg’ularni ifoda qilish, agar ular salbiy bo’lsa, birovlarga baqirish, ularni haqorat qilish, g’azab otiga minib olib, barchaga o’zni qarama-qarshi qo’yish, birovlar ustidan hukm o’tkazish, do’pposlash, urish, so’kinish, mazah qilish, birovlarni pastga urish, ular nafsoniyatiga tegish degani emas. Xis-tuyg’ularni ifodalashda ham muomala madaniyati zarur. Ammo shunga qaramasdan, o’z xis-tuyg’ularimizga erk berganimizda birovning nafsoniyatiga tegmaslik, uning xis-tuyg’ulariga hurmat bilan munosabatda bo’lish zaruriy talabdir. Bizni qiynab turgan salbiy emosiyalarga erk berganimiz, biz uchun yaxshi holat. Ammo mana shu salbiy emosiyalarimiz birovga tahdid ekanligi oldini olish va emosiyalarni jilovlay bilish konfliktlar yechimidagi zaruriy malakadir. Ijobiy emosiyalarni mustahkamlash, salbiy emosiyalardan ozod bo’lish zamonaviy insonni turli ziddiyatlardan asrab qoluvchi xususiyat hisoblanadi. Demak, his-tuyg’ularni jilovlay bilish har qanday konflikt vaziyatni kuchaytirmaslikning eng oson yo’li bo’lmay, balki muomala madaniyati qonuniyatlarini, o’z emosiyalarini ifoda etish uslublarini bilish konflikt vaziyatni kuchaytirmaslikning maqbul yo’li hisoblanadi. Emosiyalarni ichga solish emas, ularni ifoda qilish, shuningdek ularni ifoda qilish usullarini bilish zarur.


Download 73.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling