Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana15.06.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1482365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
KURS ishi.Abdumuminov H.Ustoz-shogird

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH. 
Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol inson sifatida 
tarbiyalash uchun imkon beruvchi, mukammal ta’lim tizimini yaratish, uning 
samaradorligini oshirish bugungi kunning muhim masalalasi hisoblanadi. 
Bugungi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablari va san’at maktablarida tasviriy va 
amaliy san’at fani ta’lim jarayoniga qo’yilgan talablar asosida o’qitilib 
kelinmoqda. Amaliy san’atda ustoz va shogird an'analari o’rganish esa amaliy 
san’at darslarini o’tishda muhim ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. 
O’quvchilarning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini shakillantirishda ushbu 
dars mashg’ulotlarining o’rni nihoyatda ahamiyatlidir.
O‘zbek rassomlari va amaliy san’at ustalaridan Chingiz. Axmarov, Mahmud 
Usmonov, Usta Shirin Murodov, Olimjon Qosimjonov, Jalij Hakimov, Anvar 
Ilhomov, Toshpo’lat Arslonqulov, Saidaxbor Bulatovlarning asarlarini ijobiy 
jihatlarini tahlil qilib, ibrat olishimiz, ularning hayoti va ihjodini o’rganishimiz
mumkin. 
Amaliy san’at va naqqoshlikni o‘qitish umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar va san’at 
maktablarida tasviriy va amaliy san’at san`at fanlari shuningdek, umumiy o‘rta 
ta’lim, kasb-hunar va san’at maktablarida amaliy san’at fani mashg`ulotlarini 
to’g`ri tashkil qilish, o’quvchilarda shu fan bo’yicha puxta bilim, ko’nikma va 
malakalarni shakllantirishni asosiy maqsad qilib belgilaydi. 
Tasviriy va amaliy san’at jumladan naqqoshlikni o’qitishda o’quvchilarni 
borliqdagi va san’at asarlaridagi nafosatni ko’rishga, idrok etishga undan 
zavqlanishga hamda qadirlashga o’rgatish o’qituvchining etibor berishi lozim 
bo’lgan asosiy jihatlar hisoblanadi.
Mustaqil O‘zbekistonimizning turli sohalaridagi o‘zgarishlar jamiyatimiz oldiga 
o‘sib kelayotgan yosh avlod bilimi, ma’naviyati, ilmiy dunyoqarashini 
boyitishning samarali vositalarini izlash, zaruriyatini qo‘ymoqda. Yoshlarimizdan 
ular egallagan bilimlarini jamiyatimiz ravnaqi yo‘lida qo‘llay bilish talab 
etilmoqda. Yosh avlodning istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalanib, ulug‘



ajdodlarimizga munosib bo‘lib voyaga etishishlari, eng avvalo ularning bugungi 
olayotgan saboqlari va bilimiga bog‘liqdir. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling