Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
KURS ishi.Elmurodova D.Kashtachilik
So‘zana — forscha so‘zani deb ham yuritiladi,igna bilan tikilgan degan
ma’noni beradi. So‘zana matoga kashta tikib tayyorlangan badiiy buyum bo‘lib, xonani bezatish uchun devorga ilib qo‘yiladi. U satin, baxmal, shoyi va boshqa matolarga kashta tikib tayyorlanadi. U o‘ziga xos badiiy ko‘rinishga ega. Matoning rangidan ustalari Aliz kashta zamini sifatida foydalanadilar. Shuning uchun palakdan farq qiladi. So‘zana har bir xonadonda bo‘lgan, chunki bir qiz turmushga chiqishidan oldin o‘zi uchun so‘zana tayyorlagan. So‘zana kelinlarning sepi hisoblangan. Kambag‘al oilada so‘zanani malla, oq bo‘zdan, badavlatroqlarida esa shoyidan, baxmaldan tikishgan. So‘zana uchun kompozitsion joylashgan o‘simliksimon naqshlardan foydalaniladi. So‘zana o‘rtasida ko‘pincha doirasimon gul tikilib atrofi guldor islimiy naqshlar bilan bezatiladi. So‘zana tikish juda qadimdan rivojlangan bo‘lib XIX asrgacha bo‘lgan so‘zanalar saqlanmagan. Faqat XIX asrga oid Samarqand, Nurota, Farg‘ona, O‘ratepa, SHahrisabz, Toshkent, Farg‘ona va boshqa joylardagi so‘zana turlaridan namunalar bor. San’atning bu turi ayniqsa O‘zbekiston va Tojikiston 13 territoriyasida qadimdan keng tarqalgan. Keyingi paytlarda so‘zana mashinada tiqilib kelinmoqda. So‘zana. Jizzax, XIX asr oxiri. Potli materialga ipakdan kashta tikilgan, bosma chokli, yo‘rmado‘zi. O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi, Toshkent. Zardo‘zlik — hunarmandchilikning qadimiy turlaridan biri zar ip bilan naqsh (kashta) tikish kasbi. U forscha zar (tilla), do‘zi (tikmoq) so‘zini anglatadi. Zardo‘zlik san’ati uzoq tarixga ega. Zardo‘zlikning vatani Vavilon bo‘lib, u Rim imperiyasiga qarashli bo‘lgach, zar, ipak va jun ip qo‘shib tikilgan rang-barang kashtachiligi bilan butun dunyoga mashhur bo‘lgan. Vizantiyada zardo‘zi kiyim- kechaklarni faqat imperator a’yonlari, aslzodalar kiyishgan. Vizantiya bilan muntazam madaniyat hamda siyosiy hamkorlik qilishi tufayli zardo‘zlik san’ati Eron podsholigi saroyida ham rivoj topgan. Eronda zardo‘zlik san’atining rivojlanganligiga XV—XVII asrda ishlangan zardo‘zlik namunalari misol bo‘la oladi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling