№
|
Mashg’ulotlar nomi
|
Mashg’ulotni o'tkazish bo’yicha tavsiyalar
|
O’tkazish vaqti
|
Mas`ul
|
1
|
«Dugona qizlarjon uchun 7 oltin qoida»
|
Mashg’ulotlaming ilk mavzusini muammoli vaziyat uslubida saxna ko’rinishida taqdim etib,uning xususida fikr-mulohazalar to’planadi.Xulosa qismida esa qizlarning o’zaro kelishib, yurish-turishlari,odoblariga oid o’zgarmas qoidalar qabul qilib olishlariga erishish kerak.
|
Sentyabr
|
Mamarasulova Manzura va sinf rahbarlari
|
2
|
«Ozodalik-salomatlik kaliti».Qizlar gigiyenasi masalalari nima?
|
Mashg’ulotlami qizlaming onalari va o’smirlar yoki ginekolog shifokor bilan hamkorlikda o'tkazish zarur. Qizlarga reproduktiv salomatlik, gormonal o`garishlar sog'lom turmush tarzi kabi tushunchalarni batafsil izohlab,yon daftarchalariga qayd etib qo`yishlariga erishish zarur. Ushbu mavzuni AKTlardan keng foydalanib, qizlarning aynan o`zlari bilan ijtimoiy roliklar tayyorlasa ham bo`ladi.
|
Sentyabr
|
Mamarasulova Manzura, Nishonova Gulnoza targ`ibotchi
|
3
|
“Ustoz otangdek ulug’” davra suhbati
|
Qizlarimizni kattalarni e’zozlash, hurmatlarini joyiga qo’yish, aytgan gaplarini quloqqa ilish, ularning duolarini olishga harakat qiishdek eng muhim axloqiy normani onglarida bir umrlik ko’nikma hosil qilishimiz kerak bo’ladi. Aynan ushbu tarbiyaviy jihat maktabda ustozlar misolida singdirilsa, ta’sir doirasi keng bo’ladi. Mashg’ulotga Yoshi ulug’ insonlarni taklif etib, ularning hayotiy tajriba va o’gitlariga e’tiborini qaratish kerak.
|
sentabr
|
Mamarasulova Manzura
|
|
“Yosh kitobxon qiz” ko’rik tanlovi
|
Ushbu mashg’ulotni o’tkazishda qizlarga bir hafta avval u yoki bu badiiy asarni o’qib, tahliliy taqdimot qilishlari vazifasi berilsa, mashg’ulot jarayoni jonli va mazmunan boy o’tishi ta’minlanadi. Mashg’ulotga onalar, ustozlar va kutubxonachini taklif etish esa ijobiy samara beradi.
|
oktabr
|
Mamarasulova M,
Tangirberganova M
|
4
|
“Tabiat va biz” ekomadaniyat kunlarini o’tkazish
|
Ma’lumki, uyimiz, ko’chamiz, mahallamiz sarishtaligi tom ma’noda bo’lg’usi bekalar bo’lmish qizlarimizga bog’liq. Lekin biz ma’lum hududni ozoda qilish asnosida ko’pincha tabiatning ekobalansini buzayotganimizni sezmaymiz ham. Mashg’ulotdan maqsad qizlarga ekologiya, ekomuvozanat, tabiatni asrash kabi muhim tushunchalar , hayotiy misollar, sahna ko’rinishlari yoki roliklar ta’sirida singdirilishi kerak.
|
I chorakda
|
Mamarasulova Manzura, Normatova Shaxnoza, biologiya va geografiya o’qituvchilari bilan hamkorlikda
|
5
|
«Ovqatlanish ratsioni nima?», «Sehrli Yod haqida bilimlarimizni oshiramiz»
|
Mashg’ulotlar tor mutaxassis shifokor va maktab kimyo-biologiya o’qituvchilari bilan birgalikda o’tkazilishi, to’g’ri ovqatlanish tamoyillari va yod tanqisligining qizlar salomatligiga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot berish tavsiya etiladi.
|
Dekabr
|
Mamarasulova Manzura
|
6
|
“Bugun uyda onam yo`q…” Qizlarning kun tartibi qanday bo`lishi kerak?
|
Mashg`ulotda mahalla maslahatchilari, keksa buvijonlar, qizlarning onalari hamda shifokor taklif etilib, hamkorlikda kun tartibi tuzilishi, unga rioya etish esa nechog`li ahamiyatli ekani qizlarga hayotiy misollar bilan singdirilishi kerak. Bundan tashqari mehmon kutish va dasturxon tuzash kabi chiroyli urf- odatlarimizning muhim elementlarini ham kiritish mumkin.
|
Yanvar
|
Mamarasulova Manzura va Egamqulova Saodat
|
7
|
«Kiyinishimiz va muomalamiz-ichki dunyomiz ko’zgusi»
|
Ushbu mavzu «Uchburchak» uslubida bahs-munozara tarzida o’tkazilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. «Ommaviy madaniyat»ga taqlid qilishdek salbiy illatlar xususida mavzuga ijodiy yondoshgan holda mashg’ulot uy ushtirish kerak bo’ladi.
|
Fevral
|
Mamarasulova Manzura va Normatova Shaxnoza
|
8
|
Madaniy sayohat
|
Qizlarga nafaqat oilada, balki jamoat joylarida ham yurishning o’z odobi borligini, qayerga borishlariga qarab kiyinish madaniyatiga xos liboslanish ko’nikmalarini singdirish va teatr, kino, rassomchilik, amaliy san’at bilan yaqindan tanishtirish maqsadida sayohatlar tashkil etilishi kerak. Sayohat taassurotlari o’rtoqlashish uchun uy insholari vazifa qilinsa bo’ladi.
|
aprel
|
|
9
|
«Yaxshi dugona bo’lish sirlari».Do’stlik,mehr- pqibat - insoniy tuyg’ulardir.
|
Ushbu mavzu bu yoshdagi qizlar uchun o’ta dolzarb bo’lganligi sababli,unga maktab ruxshunosi, endokrinolog shifokor va onalarni taklif etgan holda, davra suxbati tarzida o’tkazish tavsiya etiladi.
|
Aprel
|
Mamarasulova Manzura, Normatova Shaxnoza
|
10
|
“Sog’lom turmush tarziga biz bilan” salomatlik va sport haftaligi
|
Sport haftaligi musobaqalarida nafaqat o’quvchi qizlar, balki ulaming onalari, oila a’zolarini farzandlari bilan ishtirok etishga jalb qilish kerak. Shunda biz qizlargina emas, mahallalardagi oilalarni ham sog’lom turmush tarziga, sportga oshno qilgan bo’lamiz. Haftalik albatta maktab jismoniy tarbiya o’qituvchisi va shifokor ishtirokida o’tkazilishi kerak
|
may
|
Mamarasulova Manzura, Normatova Shaxnoza, jismoniy tarbiya o’qituvchilari
|