Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universitetining tarix fakulteti milliy gʻoya maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi yo‘nalishining 201-guruh talabasi Sharopova Zarina Shuhrat qizi
Tavsiyanoma
Sharopova Zarina Shuhrat qizi 2022 yilning 22 oktyabridan boshlab o’quv yili davomida Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi 8-son maktabda 2-kurs oʻquv amaliyotini oʻtadi. Maktabdagi amaliyot davomida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan dars jarayonlarida metodlarni qoʻllash, pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda dars oʻtish, jamoat ishlarini tashkillashtirish, maktab ma’muriyatining faoliyati, sinf oʻquvchilari bilan ishlash, tarbiyasi ogʻir ijtimoiy himoyaga muhtoj, oila farzandlari bilan ochiq muloqotlar tadbirlar tashkil qilishni o‘rgandi. Hamda oʻquv jarayonlarining dars tahlillarini olib bordi. Oʻqituvchilarga bayram tadbirlari va ochiq darslarni tashkil qilishda yordam berdi. Bundan tashqari talabalar maktab maʼmuriyatiga, maktab oʻquvchilarining saflanishlarini o‘tkazish hamda oʻquvchilar davomadini o‘rganib umumlashtirishga ko‘maklashib keldi. Amaliyot davomida 5-11 sinflarda huquq, tarbiya va tarix sohasidagi darslarni turli metod texnologiyalardan foydalangan holda tashkil qildilar.
Sana: 06.05.2023
Maktab direktori: __________ I. D . Umarova
Do'stlaringiz bilan baham: |