Sharq allomalrining muomala madaniyati


Download 0.81 Mb.
bet1/3
Sana13.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1195647
  1   2   3
Bog'liq
Safarov Suhrob Pedagogik mahoratning asosiy kompanentlari

Sharq allomalrining muomala madaniyati

Sharq allomalrining muomala madaniyati

Oʻrta asrda Markaziy Osiyoda ijod etgan mutafakkirlar beqiyos ilmiy xazina yaratdilar va ularning durdona meroslari, boy ijodi, ilmiy va falsafiy fikrlari bugungi kunda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ulardan Forobiy, Ibn Sino, Xorazmiy kabi buyuk faylasuf va allomalarning asarlari jahon sivilizatsiyasining oltin xazinasidan munosib oʻrin olgan, jahon fani va madaniyati tarixida oʻchmas iz qoldirgan. Oʻrta asr Markaziy Osiy mutafakkirlarining ijodini tadqiq etgan olimlarning ilmiy tadqiqotlarida bu oʻz ifodasini topgan [2].

Maʼlumki, Markaziy Osiyo islom dunyosida yangi falsafiy va ilmiy bilim shakllangan markazlardan biriga aylandi. Bu yerdan chiqqan buyuk allomalar va mutafakkirlar falsafa xamda fanning shakllanishi va rivojlanishiga katta hissa qoʻshdilar. Jumladan, ularning ilmiy meroslarida zamonaviy ilmiy texnologiyalarning asosi boʻlgan bilimlar integratsiyasi, fanlararo yondashuv namunalarini juda koʻplab koʻrishimiz mumkin.

Maktablar tarixi

Ilk Maktablar qadimgi Sharq mamlakatlari (Xitoy, Bobil, Misr va boshqalar)da paydo boʻlgan; bu mamlakatlardagi ibodatxonalarda kohinlar va kotiblar Maktablari boʻlgan. Yevropada dastlabki Maktablar taxminan miloddan avvalgi 6-asrda Yunonistonda, miloddan avvalgi 4-asrda Qadimgi Rimda vujudga kelgan.

Oʻrta Osiyoda boshlangʻich taʼlim beradigan Maktab maktabxona deb nomlangan. Oʻrta Osiyoda Maktablar tipidan yana Madrasa, qorixonani koʻrsatish mumkin. Madrasa oʻrta va oliy tipdagi Maktab hisoblangan; qorixonada Qurʼonni tilovat qilish oʻrganilgan.

Turkistondagi rus aholi mahalliy aholiga nisbatan Maktablar bilan yaxshi taʼminlangan. 1876-yildan gimnaziya, real maktab, muallimlar seminariyasi va boshqa xil Maktablar ochilgan. Rus Maktablarining ayrimlarida mahalliy millat bolalari ham oʻqigan. 19-asr oxirlarida mahalliy millat bolalari uchun rus-tuzem maktablari tashkil etila boshladi. Bu Maktablar, asosan, chorizmning mustamlakachilik siyosatiga xizmat qilgan boʻlsada, oʻlkada ilgʻor oʻqish usullarining yoyilishida maʼlum rol oʻynadi. Sovet tuzumi davrida maktablardagi taʼlim jarayonining oʻzi va oʻqitish uslubiyatidagi har xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keldiki, oʻquvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qoldi.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling