Sharq mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy tizimi va siyosiy madaniyati tarixi


Fan bo’yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar


Download 171 Kb.
bet3/26
Sana28.10.2021
Hajmi171 Kb.
#169104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
001 siyosiy madaniyat

Fan bo’yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar
“Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy tizimi va siyosiy madaniyati tarixi” fanini o‘zlashtirish jarayonida Sharq mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy rivojlanishining o‘ziga xos belgilari, Sharqdagi qadimgi va zamonaviy siyosiy tizimlarning xususiyatlari, siyosiy madaniyat shakllanishining tarixi, Sharq xalqlarining ozodlik kurashi va ularning o‘ziga xosligi, mamlakat va mintaqaning ijtimoiy-sinfiy tarkibi, mintaqa mamlakatlari ikki jahon urushlari davrida, milliy-ozodlik haraktlari, musamlakachilik tizimidan keyin siyosiy tizimlarning shakllanishi, kapitalizm rivojlanishining o‘ziga xosligi, jahon iqtisodi va xalqaro munosabatlarda mintaqa mamlakatlarining o‘rni va roli haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerak;

- Sharq mamlakatlaridagi tarixiy jarayonlar bilan bevosita bog‘langan holda xalqaro vaziyatni tahlil qilish usullarini, mintaqaga xos bo‘lgan tarixiy jarayonlarga nisbatdan metodologik asoslarni, mamlakatlarning tarixiy rivojlanishi tendensiyalariga nisbatan qonuniy rivojlanish asoslarini, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy konsepsiyalarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

- tarixiy tadqiqot jarayonida ilmiy ma’lumotlarni izlash va ularadn foydalanish, zamonaviy texnologiyalar asosida materiallarni yig‘ish, tahlil qilish va tizimlashtirish, tarixiy rivojlanishning muhim tamoyillaridan foydalanish asosida mintaqaviy tasniflashtirish, o‘zaro qiyoslash va umumlashtirishni bilish, o‘rganilayotgan mintaqani ijtimoiy-siyosiy rivojlanishining har tomonlama to‘liq tahlilini o‘tkazish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

Kurs yakunida talabalar Sharq mamlakatlarning siyosiy tizimlari va siyosiy madaniyatlari haqida ma’ruzla va amaliy mashg’ulotlar o’tkaza olish malakalarga ega bo’lishi kerak.




Download 171 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling