Sharq ma’naviy merosida ma’naviyat va ma’naviy barkamollik masalalariga boʻlgan qarashlar Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda milliy va xalqaro huquq normalarning roli


Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda qonun hujjatlarini takomillashtirish masasalalari


Download 33.67 Kb.
bet3/4
Sana09.05.2023
Hajmi33.67 Kb.
#1448836
1   2   3   4
Bog'liq
Yoshlar manaviyatining yuksaltirish omillari

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda qonun hujjatlarini takomillashtirish masasalalari

Mamlakatimiz mustaqillika erishgan dastlabki yillaridanoq huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yoʻlidan dadil odimlamoqda. Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati barpo etishda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirishda aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy ongini va madaniyatini oshirish muhim ahamiyatga ega. Parlamentimiz tomonidan qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga va tegishli ijrochilarga yetkazish, targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish muhim vazifa hisoblanadi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “Jamiyatni demokratiya yoʻlidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati, koʻp jihatdan odamlarning huquqiy madaniyati darajasiga bogʻliqdir”. Chunki, huquqiy ongning yuksak darajasi demokratik davlat fuqarolik jamiyati poydevori va huquqiy tizimining yetuklik koʻrsatkichidir.
Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichida eng muhim yoʻnalishlardan biri, bu-qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, huquqiy tizimni izchil demokratlashtirish va liberallashtirish, jamiyatda huquqiy ongni yuksaltirishdan iboratdir.
Bugungi kunga qadar bevosita yoshlarga taalluqli boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining 100 dan ziyod Qonun hujjatlari, shundan Oʻzbekiston Respublikasining 10 dan ortiq Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30 dan ortiq farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 40 dan ziyod qarorlari qabul qilingan. Jumladan,
-Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
-Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid Davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida;
-Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston respublikasining qonuni;
-Ta’lim toʻgʻrisida qonun;
-Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida;
-Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida;
-“Yoshlar yili” davlat dasturi toʻgʻrisida;
-“Barkamol avlod yili” davlat dasturi toʻgʻrisida;
-“Barkamol avlod yili” davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida;
-2010-2015 yillarda bolalar va oʻsmirlarni ma’naviy kamol toptirishga yoʻnaltirilgan noshirlik mahsulotlarini nashr etish dasturi toʻgʻrisida;
-Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan oʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida;
-Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan yotoqxonalar, uylar va koʻp xonadonli uylardagi boʻsh turgan xonalarni yosh oilalarga berish tartibi toʻgʻrisida Nizom;
-Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizom;
-Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida;
-Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joylarni xarid qilish uchun ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisida;
-Yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida;
-Chet tillarini oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida;
-Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013 yil dasturi toʻgʻrisida;
-Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida;
-“Sogʻlom bola yili” davlat dasturi toʻgʻrisida; 1 gi qonun, qaror, dastur va normativ-huquqiy hujjatlarni misol qilib aytish mumkin.
Ushbu me’yoriy huquqiy hujjatlar yoshlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, Oʻzbekiston jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun hizmat qilib kelmoqda.
Yoshlar bu-ijtimoiy shakllanish davrini oʻtayotgan va kattalar davrasiga qadam qoʻyayotgan, yangi hayotga moslashayotgan va uni kelgusida yangilaydigan jamiyatdagi alohida ijtimoiy- demografik guruhdir.
Shunday ekan, Oʻzbekistan zaminida yashayotgan har qaysi odam mamlakatimizda olib borilayotgan va koʻzda tutilayotgan barcha islohotlar avvalambor uning manfaati, uning oilasi va farzandlari uchun, shu yurtning farovonligi va taraqqiyoti uchun amalga oshirilayotganini aniq-ravshan anglab etishi nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʻzbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisidagi qonunining 1-moddasida: “Yoshlarga oid siyosat Oʻzbеkiston Rеspublikasi davlat faoliyatining ustuvor yoʻnalishi boʻlib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yoʻlida imkoni boricha toʻla-toʻkis roʻyobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir.
Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati quyidagi qoidalarga asoslanadi:
millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqei, jinsi, ma’lumoti va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar yoshlar toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish...”1 -deb ta’kidlangan.
Ushbu qonunning mazkur normasidan bilish mumkinki, jamiyatni katta qismi boʻlgan yoshlarni har tamonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni orzu-intilishlarini, iqtidori va salohiyatini namoyon etish uchun barcha imkoniyatlarni
millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqei, jinsi, ma’lumoti va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar ta’minlash, jamiyatni rivojlantirishga, ayniqsa yoshlar hayotiga oid siyosat va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ularning bevosita ishtirok etishiga shart-sharoit yaratib berishdir.
Oʻzbekiston Respublikasida “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida” gi qonun qabul qilingan kundan, to shu kungacha yoshlar istak va hohishlarini, orzu-umidlarini, ilmiy va amaliy koʻnikma olishlarini va ma’naviy yuksalishlari uchun oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib, takomillashtirib kelindi.


Download 33.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling