Sharq mutafakkirlarining inson huquqi to’G’risidagi ta'limoti reja: kirish
Inson huquqlari to’g’risidagi Qadimgi Sharqda mutafakkirlari fikrlari
Download 36.65 Kb.
|
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING INSON HUQUQI TO’G’RISIDAGI TA\'LIMOTI
Inson huquqlari to’g’risidagi Qadimgi Sharqda mutafakkirlari fikrlari
Chinakamiga insoniy hulk-atvorga oid ushbu alomatlarni atomlar harakati doirasidan tashqariga olib chiqish, "sharbatlar" aralashmasi yoki miyaning tashqi tuzilishi bilan tushuntirish mumkin emas edi. Bu esa quldorlik jamiyati manfaatlarini himoya qiladigan faylasuflarning psixika hakidagi idealistik karashlarning rivojlanishi uchun - sharoit yaratib berdi. Bu faylasuflar orasida Aflotun (eramizdan oldingi (427 - 347 yillar) alohida ajralib turadi. U jonning qismlari to’grisidagi tushunchani yaratdi. Shunday qismlardan: a) aql-idrokni, b) jasoratni, v) orzu- istakni alohida ajratib ko’rsatdi va ular tananing turli qismlari (bosh, kukrak, qorin bo’shligi) ga joylashgan bo’ladi degan fikrni ilgari surdi. Aflotunning fikricha, jonning qismlari odamlarda bir hil taqsimlangan bo’lib, ulardan birining boshqalariga qraganda ustun bo’lishi individning u yoki bu soqial guruhga mansubligini belgilaydi. Jumladan, oddiy mehnatchilar jon kuchi qismining, ya’ni nafsning ustunligi bilan ajralib turadilar. Ularning azaliy qismatlari- o’zlarida ruhning aql-idrokli, oliy qism hukmron bo’lgan aristokrat(aslzoda)larga - faylasuflarga hizmat qilish emish. Bu o’rinda Aflotun dunyoqarashlarining sinfiy mohiyati yaqqol namoyon bo’ladi. Uning "goyalar" ko’rinmas, lekin tabiatning narigi tomonidagi oliy dunyoni tashqil etuvchi azaliy va o’zgarmas mohiyatlar ekanligi to’grisidagi ta’limoti katta ahamiyatga ega bo’ldi. sonning aql-idroqli qismi omonat tanaga joy bo’lgunga qadar ana shu dunyoga daxldor. U tanaga joy bo’lib olgach, to’gilishga qadar kurilgan narsalarni eslay boshlaydi. Xotiralar qanchalik erkin bo’lsa, unda haqiqiy bilimlar shunchalik ko’p ochilib boraveradi. Aflotun, psixologiyada dualizmning, ya’ni moddiy va ruxiy olamni, tana bilan psixikani ikkita mustaqil va antagonistik ibtidolar tarzida tushuntiradigan ta’limotning asoschisidir. Aflotunning dualizmiga qaraganda uning shogirdi Arastu (eramizga qadar 384 - 322 yillar) ning ta’limoti ancha muvaffaqiyatli ravishda ilgarilab ketdiki, u psixologik fikrlarni tabiiy-ilmiy asosga qayta ko’rib, uni biologiya va tibbiet bilan bogladi. Arastuning "Jon to’g’risida"gi asari psixologiyaning bu davrga kelib o’ziga hos bilimlar sohasi sifatida ajralib chiqqanligidan dalolat beradi. Uning yutuqlari ham hayvonlardagi, ham odamlardagi konkret haetiy urinishlarni kuzatish, tasvirlash va tahlil qilish bilan bog’liq edi. Arastu ruhiy faoliyatni o’rganishning tajriba metodini, ob’ektiv metodni himoya qilib chikkan edi. Iskandar Zulkarnaynning yurishlari davrida uning tarbiyachisi bo’lmish tabiatshunos Arastuning kuz o’ngida turli tabiiy sharoitlarga muvofiqlashgan rang barang hayvonot dunyosi namoen bo’ldi. Bu esa Arastuning jon hakidagi ta’limotni yaratishi uchun shart-sharoit yaratdi. Arastuga hadar materialistlar ham (ular ruhni materiyaning bir turi deb hi soblashardi), idealistlar ham (ular ruxni tanadan boli deb izohlashardi) ruh va tana bir-biridan alohida yashashi mumkin, deb hisoblashardi. Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo’lib ruh, va jonli tananing ajralmas ekanligi goyasini ilgari surdi. "Ruh dargazab bo’layotir deb aytish biron- bir kimsaning ruhi mato tuqiyapti yoki uy kuryapti deyishi bilan barobardir",- deb yozgan edi Arastu. Jon qismlarga bo’lina olmaydi, lekin u faoliyatning oziklanish, his etish, harakatga keltirish; aul-idrok kabi turlariga zid qobiliyatlarda namoyon bo’ladi. Birinchi kobiliyat o’simliklar uchun, ikkinchisi va uchinchisi hayvonlar uchun, to’rtinchisi odam uchun hosdir. Usimliklar, hayvonlar ruhi va aql-idrokli zot ruxi to’grisidagi ta’limotlari bilan Arastu oliy qobiliyatlar sodda qobiliyatlardan va ularning negizida paydo bo’lishini bildiradigan rivojlanish printsipini joriy etdi; odamda xayot va psixika rivojlanishining ibtido darajasi mavjuddir. Sezgi dastlabki bilish qobiliyati hisoblanadi. U "mum temir va oltindan yasalmagan bo’lsada, muxrning izini qabul qilganidek", predmetlarning materiyasiz holida xis etilgan shaklini qabul qilardi. Sezgi tasavvurlar shaklida iz qoldiradi. Arastu ilgari sezgi a’zolariga ta’sir o’tkazgan narsalar obrazlarining tasavvur tarzida mavjudligini kashf etdi. U shuningdek bu tasvirlar o’hshashligi, turdoshligi va keskin farqlanishi kabi uchta yo’nalishda birlashuvini ham ko’rsatdi, bu bilan psixik hodisalar assoiiaiiyasi (bog’lanishi)ning asosiy turlarini ochib berdi. Arastu organizmning tabiatdan olgan imkoniyatlarni faqat o’zining hususiy faol- ligi orqali ro’ebga chiqarishiga asoslangan holda xarakterning real faoliyatida shakllanishi to’g’risidagi nazariyani ilgari surdi. Kishining adolatparvar va ko’ngilchan bo’lishi uning adolatli va me’yoridagi harakatlarni tez-tez taqrorlayverishi natijasida ro’y beradi. Geraqlit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta’limotlari keyingi asrda psihologik goyalarning rivojlanishida tayanch nukta, asos bo’ldi. Asta-sekin ruh hakidagi tushuncha haetning barcha ko’rinishlariga (usimliklarni, ya’ni sof biologik jarayonlarni ham qo’shib) nisbatan qo’llanilavermasdan, faqat hozir biz psixika deb atayotgan darajaga nisbatan qo’llanila boshlandi. Psixika kategoriyasining zamirida ong hakidagi tushuncha maydonga keldi. Kishi faqat idrok va tafakko’rga ega bo’lib qolmasdan, balki ularning o’nga mansubligini e’tirof etishga, ihtiyoriy harakatlar qilibgina qolmasdan, balki bu xarakatlarni uning .... qilayotganini bilishga ham qodirdir. Bir vaqtlar yagona hisoblangan ruh hakidagi tushuncha organizmning tuzilishi va funkqiyalarini tajriba tariqasida: tadqiq etish borasidagi tarahietnnng, shuningdek soqial ehtiejlarning ta’siri ostida bir qancha mayda tushunchalarga bo’linib ketdi. Eramizdan oldingi III asrda aleksandriya- lik vrachlar Gerofil va Erazistrat nervlarni kashf etishdi va ularning pay va chandirlardan farqini annqlab berishdi. Bu vrachlar psixik funkqiyalar (sezgilar va harakatlar) miyaning ko’zg’atilishiga bog’lik ekanligini muntazam ravishda o’rganib borishdi. Umuman gavda emas, balki tananing ayrim a’zolarigina (nervlar, miya) psixika bilan chambarchas bog’likligi aniqlandi. Xayotning har qanday qurinishiga asos bo’ladigan ruh bilan sezgilar va barakat (nervlardan ajral- maydigan)larning asosi sifatidagi ruh ikkita har hil guruhlar bo’lib chiqdi. Eramizdan oldingi II asrda rumolik vrach Galen fiziologiya va tibbiyotning yutuqlarini umumlashtirib, psixikaning fiziologik negizi hakidagi tasavvurlarni boyitdi va ong tushunchasiga yaqinlashnb keldi. U diqqat, xotira, muloxaza ishtirok etadigan harakatlarning kishi, masalan, uyqusida bajaradigan harakatlardan chegaralanishini ko’rsatib berdi. Unisi ham, bunisi ham ruh bilan idora qilinadi, lekin birinchi holda qo’shimcha momentlar ishtirok etadi. Ong to’g’risida paydo bo’lgan tushuncha idealistik falsafa tomonidan foydalanildi. Idealistik falsafa qo’llar revolyutsiyasi va grajdanlar urushi Rim imperiyasini larzaga keltirib to’rgan sharoitda din va mistika bilan til biriktirilgan gullab- yashnaetgan idealistik filosofiya toionilan foylalanilgan edi. Oldiniga Plotin (eramizning III asri), so’ngra esa Avgustin (eramizning 1ch.- U asrlari) ong haqidagi tushunchaga faqat idealistik tus berishgan edi. Barcha bilimlar ruhda mujassamlashgan, u esa o’ziga qaytish qobiliyatiga ega bo’lib, o’z xususiy faoliyatini va uning ko’z ilg’amaydigan mahsulini haddan ziyod aniqlik bilan egallaydi deb, hisoblanadi. Ruhning o’z o’zini bu hildagi bilishi odamning ichki tajribasi hisoblanadi va bu tajriba odamning tashqi sezgi a’zolari orkali hosil qilnnadigan tajribasidan tubdan farq qiladi. Keyinchalik bu nuqtai nazar introspektsionizm nomi bilan atala boshladi. Bu bilimlarning eng muhim manbai Vizantiya mutafakkirlari Ioann Damaskinning (673—777) grek tilidan slavyan tiliga tarjima qilingan «Dia-lektika» va «haqiqiy imon haqida» degan asarlari edi. I. Damaskin ta’limotiga ko’ra, ruh alohida ilohiy substansiyadir. U so’z, aql-idrok hamda erkin irodaga ega bo’lgan g’ayri jismiy, oddiy, tirik va abadiy mohiyatdir. Ayni vaqtda ruh inson tanasi bilan birikib bitta mavjudotni tashkil qiladi. Uni insonning o’sish va ko’payish kabi funksi-yalaridan ajratish mumkin emas. Ruh tana organlaridan o’z qurollari sifatida foydalanadi va xulq hamda xatti-harakatlarda namoyon bo’ladi. Ayni vaqtda Damaskin ruh tanaga bog’liq. Masalan, u biologik o’sishga va boshqa tashqi sabablarga qarab o’zgaradi, deb ta’kidlaydi. Biroq Damaskin ruh va tananing birligini yashirin, qanday birlash-ganligi sirli bir hodisa va insonning aqli buni bilishda ojizlik qiladi, deb hisoblaydi. Bu fikrlarda Aristotelning ta’siri va obro’si ko’rinib turibdi. Ratsionalistik psixologiya psixologiya fani taraqqiyot idagi bosqich laming biridir. Hozirgi vaqtda bu psixologiyani bilish tarixiy jihatdan qiziqarli, xolos. Bu psixologiya qandaydir ilmiy yoki amaliy ahamiyatga ega emas. Shu psixologiya negizida ishlab chiqilgan terminologiyanigina undan qolgan meros deb hisoblash mumkin. O’rta asrlarda psixologiya falsafaning bir qismi edi. Falsafaning esa mustaqil ahamiyati yo’q edi, u teologiyaning — dinning xizmatkori deb hisoblanardi. Psixologik ta’limotlar ham shulardan kelib chiqqan edi, chunki faqat mulohaza qilish yo’li bilan dinning ba’zi qonun-qoidalarini — ruhning abadiyligi, odamning kelib chiqishi, narigi dunyodagi hayot va hokazolarni asoslash mumkin edi. Binobarin, kapitalizmning taraqqiyoti va shu munosabat bilan ilmiy metodlarning kelib chiqishi va mukammallashuvi tufayli sxolastik falsafa, uning bilan birga ratsionalistik psixologiya ham o’z o’mi va ahamiyatini yo’qotgan. Download 36.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling