Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy tarbiya haqidagi


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1532025
1   2   3
Bog'liq
Muhammadiyeva Mushtariy 45-53 JUSR (1)

Asosiy qism 


46 
Arab mamlakatlari va Markaziy Osiyoda o’rta asrlarda islom dini katta ta’sir 
kuchiga ega bo’ldi. Markaziy Osiyo xalq ommasining iqtisodiy bilimlar, tadbirkorlik 
madaniyati ko’proq diniy xarakterga ega bo’ldi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashlari 
bo’yicha, islom qolgan diniy ta’limotlar ichida yaqqol ifodalangan iqtisodiy g’oyalari 
bilan ajralib turadi. 
Bundan tashqari, Qur’oni Karimda savdoga, uni halol va adolatli yuritishga, 
savdo va tijoratdan foyda olishda insofni unutmaslikka katta o’rin berilgan, ayni 
chog’da, sudho’rlikka, boshqalar rizqiga ko’z olaytirmaslikka qarshi fikrlar bildirilgan. 
Ollohning kalomi bo’lgan bu muqaddas kitobda mulkning daxlsizligi e’tirof etilgan, 
boshqalar mulki va davlatiga xiyonat qilishga katta, kechirilmas gunoh deb qaralgan, 
qarz berish va qarz olish qoidalari, meros taqsimlash, yetim-yesirlarga alohida 
muruvvat ko’rsatish, xayr-ehson qilib turish g’oyalari ilgari surilgan. Ushbu muqaddas 
kitobda: kasb egallashga, dehqonchilik qilishga, qo’y boqishga, mehnat orqali hayot 
kechirishga da’vat qilingan; mehnat har bir musulmon uchun ham bu dunyo, ham u 
dunyoda rohat manbai deb tushuntirilgan.
Qur’oni Karimda va Payg’ambarimiz hadislarida ilgari surilgan eng muhim 
g’oyalardan biri iste’mol me’yori, iste’mol chegarasi, ya’ni iste’mol madaniyati 
masalasidir. Ularda qayd qilinadiki, Alloh Taolo bandalariga dunyodagi barcha noz-
ne’matlarni ularning iste’mol qilishlari uchun, farovon va to’q hayot kechirishlarini 
tashkil qilishlari uchun in’om etgan. Bandalarim yenglar-ichinglar, isrof qilmanglar, 
iste’mol me’yoridan (qorin to’ygandan keyin) ortgandan keyin ham iste’mol qilish 
(ortiqcha yeb-ichish) makruhdir, deb farz qilingan. Bu islomiy g’oya ostida juda katta 
mazmun bor. Buning ma’nosi, bizning nazarimizda, iqtisodiy- ijtimoiy farovonlik, 
yaxshi turmush darajasi, noz-ne’matlarning mutloq ko’paytirilishi bilangina 
shakllanmaydi. Ne’matlar mo’l-ko’l bo’lishi mumkin, biroq uni isrof qilish, ikkilamchi 
va boshqa chiqindilarga ajratib tashlovchi texnologiyalarni qo’llash, iste’mol me’yori 
va madaniyatini bilmaslik qashshoqlik yoki iqtisodiy tanglikka olib kelishi mumkin. 
Islom iqtisodiy-tadbirkorlik g’oyalari Markaziy Osiyo allomalarining iqtisodiy 
tafakkuri rivoji manbai bo’lib qoldiki, bu Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, 
Nizomul-Mulk, Amir Temur, Ulug’bek, Navoiy, Bobur va boshqa ko’plab 
mutafakkirlar ijodida o’z ifodasini topdi. 
Markaziy Osiyoda tadbirkorlik g’oyasi, ijtimoiy ongning taraqqiyoti Abu Nasr 
Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy kabi jahonga 


47 
mashhur olimlarning nomlari bilan bog’liqdir. 
Abu Nasr Forobiy va Abu ali ibn Sinolarning qarashlarida inson ehtiyojlari 
xaqidagi ta’limot markaziy o’rinni egallaydi. Forobiy fikri bo’yicha, kishilarning 
moddiy ehtiyojlari jamiyat shakllanishining birlamchi sababi hisoblanadi. 
Abu Nasr Farobiy o’zining Fozil odamlar shahri asarida Kasb- hunarni ish 
tajribada jahd va g’ayrat bilan o’z vujudlariga singdirganlaridan so’ng ularni asta-sekin 
egallay boradilar degan fikrni ilgari surgan
1
. Allomaning fikricha, muayyan kasb-
hunarni o’rganishda, avvalo hunarga qanoat, g’ayrat va shijoat bilan yondashilsa, 
undagi bu intilish ravon harakatga kelib, shu hunarga nisbatan ko’nikish hosil qiladi. 
Abu ali ibn Sino o’rta asrning buyuk mutafakkirlaridan biri, qomusiy olimi, eng 
avvalo, tibbiyot sohasidagi asarlari bilan butun dunyoga mashhur, ammo, olimni 
tadbirkorlik masalalari ham qiziqtirgan. Uning oila, shahar va jamiyat doirasidagi 
daromadlar va harajatlar borasidagi mulohazalari ayniqsa, diqqatga sazovordir. Uning 
fikricha, davlat budjetida ta’limga, tabiiy ofatlarga va urush (mudofaa) ga zarur 
vositalarni ajratishni hisobga olgan holda daromadlar va harajatlar mutanosibligiga 
erishish zarur. 
Abu Nasr Forobiy va Abu ali ibn Sinolarning tadbirkorlik faoliyatiga doir merosi 
markazida inson va uning ehtiyojlarini qondirish masalasi turadi. Zero, yuqorida 
aytilganidek, inson bu dunyoning oliy ne’mati va uning ehtiyojlarini qondirish har 
qanday jamiyatning yashash va rivojlanish shartidir. Albatta, inson ehtiyojlari turli-
tuman va doimiy o’sib boruvchidir. Odamlar ehtiyojlarini iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, 
ma’naviy kabi guruhlarga ajratish mumkin. Ammo inson ehtiyojlari ichida ustuvor 
o’rinda iqtisodiy-ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish yotadi. 
Beruniyning Markaziy Osiyoda tadbirkorlik asoslari taraqqiyotidagi xizmati 
shundan iboratki, u pulning kelib chiqishini birinchi bo’lib tadqiq qildi. Olimning 
pulning kelib chiqishi mehnat mahsulotlarini almashuvga ehtiyojning vujudga kelishi 
bilan bog’liqligi xaqidagi mulohazalari diqqatga sazovor. 
Sharq falsafasida, umuman odamlar ehtiyojlari va ularning qondirish vositalarini 
qidirish emas, balki har bir odamning shaxs sifatidagi zaruriy ehtiyojlarini tadqiq qilish 
va ularni qondirish muammolari muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu ehtiyojlar
tizimida odamning shunday fiziologik ehtiyojlari mavjudki, ular faqat harakat qilish, 
mehnat va yaratuvchanlik (ishlab chiqarish) bilan qondiriladi. Demak, inson 
ehtiyojlarining eng muhimi mehnat qilish (yaratuvchilik) ehtiyojidir, barcha 


48 
ehtiyojlarni qondirish ham xuddi ana shu mehnatga bo’lgan ehtiyojni qondirish orqali 
erishiladi. Sharq tadbirkorlik tafakkuri markazida inson va uning ehtiyojlari, ularni 
qondirish masalasining turishi bejiz emas. 
Sharq tadbirkorlik tafakkurining rivojlanishida Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u 
bilig» nomli tarixiy asari alohida ahamiyat kasb etadi. Asarda mehnatga to’g’ri haq 
to’lash, mehnatni taqdirlash, boshqalar mehnatining qadriga yetish, moddiy manfaat, 
kasb-hunar egallash, kuchli ijtimoiy himoya masalalariga katta o’rin berilgan. Bu 
asarda hunarmandlarga, savdogarlarga, dehqonlarga, chorvadorlarga alohida-alohida 
boblar bag’ishlangan
1

Yusuf Xos Hojibning fikricha, Xizmat ahli o’z mehnati natijasidan umidvor 
turadi. Umidini topmagan xodimning ko’ngli sinadi. Xizmatiga loyiq taqdir ko’rgan 
xodimning boshi ko’kka yetadi. Haqiqatan ham, iqtisodiy inqirozlar zaminida ish 
unumining pasayishida tadbirkorlarning o’z mehnatidan naf ko’rmaganligi yotadi. 
Olim davlat, el- yurt va uning boshlig’i boyishi uchun, olamga uning nomi ketishi 
uchun qudratli davlatga ega bo’lishi uchun u odamlarni, yumushchilarni boyitishi 
kerak, degan g’oyani ilgari suradi. U yozadi: Xodim boyisa davlat, el boshlig’i boyiydi, 
el boshlig’ining kuchi xalq bilan. Shuning uchun ... xalq to’q bo’lsin. 
Sharqda tadbirkorlik tafakkurining rivojlanishida ulug’ bobokalonimiz, 
sohibqiron, buyuk sarkarda Amir Temurning iqtisodiy g’oyalari, u ishlab chiqqan va 
amalda yuritgan iqtisodiy siyosat mislsiz ahamiyatga ega. Amir Temur iqtisodiy 
g’oyalarining o’ziga xos ulug’vorligi shundaki, ular hayoliy emas, balki haqiqiy 
hayotdan kelib chiqqan va unda o’z ifodasini topgan. Shuning uchun ham bu g’oyalar 
ilgari surilganiga uzoq yillar o’tganiga qaramay, o’zining amaliy ahamiyatini 
yo’qotmay kelayotir. Amir Temurning iqtisodiy g’oyalari Temur tuzuklari asarida 
bayon etilgan. Unda sohibqironning mamlakatni boshqarish, uni rivojlantirib borish 
qoidalari, tamoyillari, yo’l-yo’riqlari o’z ifodasini topgan. Bu asarda tadbirkorlik 
faoliyatini tashkil etish, tartibga solib borish, uni barqaror sur’atlar bilan yuksaltirib 
borishga oid qimmatli iqtisodiy tavsiyalar jamlangan. 
Sohibqironning tadbirkorlik siyosati zamirida inson, uning manfaati, farovon va 
tinch hayot kechirish tashvishlari yotadi. U odamlarga kasb-hunar berish, ish bilan 
ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati va tijorat ishlari bilan mashg’ul bo’luvchilarga yetarli 
sarmoya berish, yetarli uy-joylar qurib berish haqida qayg’uradi. «Temur tuzuklari» da 
quyidagilarni o’qiymiz: Kasb-hunar va ma’rifat ahllariga saltanatim korxonalaridan 


49 
ulush berilsin. Sarmoyasi qo’lidan ketgan savdogarga o’z sarmoyasini qaytadan tiklab 
olishi uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilsin. Dehqonlar va raiyatdan qay 
birining dehqonchilik qilishga qurbi yetmay qolgan bo’lsa, unga ekin-tikin uchun zarur 
urug’ va asboblar tayyorlab berilsin. 
Sohibqironning yuqoridagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tashkil etishga 
doir tamoyillari innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish, tadbirkorlik pedagogikasini 
rivojlantirishda biz uchun muhim qo’llanma, tarixiy yo’l-yo’riq bo’lib xizmat qiladi. 
Qizig’i shundaki, bunday tadbirkorlik faoliyatiga doir qoidalar g’arbdagidan 300-
400 yil ilgari bayon etildi, hayotiy tajribadan o’tdi. 
Sohibqiron Amir Temur tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlab va 
tadbirkorlarni ulug’lab, ularning nafaqat o’zi balki jamiyat uchun ham katta nafi 
tegishini, inson doimo faol bo’lishini ta’kidlab, o’z tuzuklarida Ishbilarmon, mardlik va 
shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi, ming-minglab, tadbirsiz, 
loqayd kishilardan yaxshidir, deb ko’rsatadi
1

O’zbek xalqining ma’naviy merosida, uning madaniyati xalqaro miqyos kasb 
etishida ulug’ shoirimiz, buyuk Alisher Navoiyning o’rni beqiyosdir. Biroq uning ilmiy 
merosi shu qadar boy va keng qirraliki, unda tadbirkorlik masalalariga doir ko’pgina 
qimmatli g’oyalar o’z ifodasini topgan. Buyuk mutafakkirning tadbirkorlika doir 
qarashlari Mahbub ul- qulub asarida bayon qilingan. 
Hech kimga sir emaski, insoniyat doimo ijtimoiy adolat tamoyillari o’rnatilgan 
demokratik jamiyat qurishni orzu qilib keladi. Bugungi O’zbekiston respblikasini 
yanada rivojlantirishning maqsadi ham xuddi ana shu ezgu maqsadni ro’yobga 
chiqarishga qaratilgan. Alisher Navoiy ham o’zining butun ongli faoliyatini mazkur 
umuminsoniy maqsadga qaratgan edi. U asarlarida taqsimot masalalariga, ularning 
adolatli tashkil etilishiga e’tibor qaratdi, xususan, xizmatga yarasha taqdirlash (haq 
to’lash) masalasi diqqat markazida turdi. Xususan, yasovul misolida shunday deydi: 
agar u xizmatiga yarasha haq olishi xayolida bo’lsa, u ota merosi va ona suti kabi 
haloldir. 
Bu yerda Alisher Navoiy tadbirkorlik bilan bog’liq ikkita g’oyani ilgari suradi: 
birinchidan, mehnatning miqdori va sifatiga muvofiq taqdirlanish fikri bo’lsa, 
ikkinchidan, mehnatga yarasha haq olish ona sutidek halol ekanligi haqidagi fikr 
uqtirilgan. Aytib o’tish kerakki, hozirgi davrda ham bu masala dolzarb bo’lib 
qolmoqda. Ko’rinib turibdiki, bu g’oya qanday qilib bo’lmasin, tirikchilik o’tkazilsa 


50 
bo’ldi-da, qabilidagi fikrga tamomila ziddir. Yoshlarda, barcha fuqarolarni tadbirkorlik 
bilan keng shug’ullanishi masalasi ilgari surilayotgan bir vaqtda buyuk shoirning 
yuqoridagi g’oyasi naqadar ahamiyatli ekanligini anglash qiyin emas. 
Uning Mahbub ul-qulub asarini o’qib shunday xulosaga kelish mumkinki, 
Navoiy jamiyatning boyishida savdo-sotiq, tijorat ishlari muhim rol o’ynashi haqidagi 
tadbirkorlik g’oyasini markantilistlardan bir asr ilgariyoq asoslab bergan. Savdogar,
deb yozadi alloma, yolg’iz foydani niyat qilmasligi, savdo qilib foyda topaman, deb 
ortiqcha kema surmasligi, mol va pul ko’paytiraman, deb jonsarak bo’lmasligi kerak. 
Savdogar boj-xirojni berish o’rniga o’z molini yashirib, o’z obro’sini to’kmasa yoki 
topgan-tutganini merosxo’rlari sotib sovurishi uchun to’plab qo’ymasa yoki biror 
yomon hodisa qo’zg’ash uchun sarflamasa, jamg’armasi yaxshi bo’ladi. 
Ko’rinib turibdiki, bu g’oyalarda tadbirkorlikning mazmuni chuqur mantiqiylik 
bilan bayon qilingan, ularda inson aql-zakovat bilan ish yuritishga da’vat etilgan. 
Alisher Navoiy tadbirkorlik tarbiyasini rivojlantirishga alohida xizmat qilgan. 
Navoiyning tadbirkorlik g’oyalari o’z ifodasini topgan 22 ta asaridan Vasfiya va 
Munshaot alohida qiziqish uyg’otadi. Bularda jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy tuzilishi 
haqidagi Navoiyning asosiy fikrlari o’z ifodasini topgan. Boylik yaratishda mehnatning 
rolini ta’kidlab, olim boylik faqat undan butun xalq foydalangandagina farovonlik 
keltiradi, deb hisoblagan. Uning fikricha, jamiyat boyishining manbai soliqlardir
shuning uchun u adolatli soliq tizimini yaratish zarurligini ko’rsatadi. 
Alisher Navoiy iqtisodiyotning muhim jihati bo’lgan mulk masalasiga e’tiborni 
qaratadi. U mulkni to’g’ri tasarruf etish, resurslar, iqtisodiy shart-sharoitlardan unumli 
foydalanish, isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik kerak, deydi. Ana shunda odamlar to’q 
va farovon yashashlari mumkinligi haqidagi iqtisodiy qarashni ilgari suradi. Isrof qilish 
saxiylik emas, o’rinsiz sovurishni aqlli saxiylik demas. Halol molni kuydirganni 
devona, deydilar; yorug’ joyda sham yoqqanni aqldan begona, deydilar, deb yozadi 
alloma. 
A.Islomov, E.Egamovlar Iqtisodiy ta’limotlar tarixi nomli o’quv qo’llanmasida 
A.Navoiyning iqtisodiy qarashlarini shunday izohlaydilar: Navoiy boylikni ikki yo’l 
bilan topish mumkinligini aytadi: birinchi yo’l o’z mehnati bilan boylik to’plash va 
yig’ish. Bunday boylikni u qo’llab- quvvatlagan. Navoiy olingan boylikni uch qismga 
bo’lib, ya’ni birinchi qismini ketgan harajatlarga, ikkinchi qismini o’zining va 
oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlariga 


51 
sarflashni tavsiya etgan. Boylik topishlikning ikkinchi yo’li bu o’g’irlik, ta’magirlik va 
zo’rlik hisobiga boylik orttirishdir. Navoiy bunday boylik orttirishga keskin qarshi 
chiqdi va qoraladi. Ko’rinib turibdiki, Navoiy mehnat va kasb-hunarga nisbatan muhim 
ijtimoiy burch sifatida yondashish, pul topish yo’lida vijdonan, halol mehnat qilish, 
uning mahsulini qadrlash, ishbilarmonlik va tadbirkorlik yo’li bilan topilgan boylikni 
tejash, maqsadli sarflashni yuqori o’ringa qo’yadi. 
Oilada tadbirkorlik masalalari Abdurauf Fitrat tomonidan yaratilgan Oila yoki 
oila boshqarish tartiblari asarida bayon etilgan bo’lib, oilaviy hayotni yo’lga qo’yish, 
oila a’zolarining ahil bo’lishlari, oilaviy farovonlikni ta’minlash shartlari kabi 
masalalarga e’tibor qaratilgan. Asarda, shuningdek, oilada tadbirkorlik tarbiyasini 
yo’lga qo’yishda qo’llaniluvchi uslublar borasida ham so’z yuritiladi. Tushuntirish, 
hikoya qilish, namuna ko’rsatish, rag’batlantirish, bolani haqoratlash va qo’rqitishdan 
saqlanish kabi uslublardan foydalanish oilada bolalarda tashabbuskorlikni 
tarbiyalashda samarali ekanligiga e’tibor qaratiladi. 
Muallifning qayd etishicha, ertak orqali bo’lsa ham ularga (bolalarga) doim 
fidokor odamlar haqida, muruvvatli va saxovatli, uddaburon, tadbirkor shaxslarning 
fe’llari haqida, mo’min va Allohdan qo’rquvchi odamlar haqida hikoya qilib, yaxshi 
amallarning foydasini eslatib turish lozim. Devu pari, jin va cho’lu biyobon alvastilari 
haqidagi qissalarni bolalarga aytmanglar. Yomon xulq va ishyoqmaslikning zararlari 
haqida bolalarga aytib berish va zehniga buni joylash ota-ona uchun ajibdur. Bunday 
hissa va hikoyalar vaqt o’tishi bilan eslaridan chiqsa, ta’siri zehnlarida qoladi va 
hayotlariga katta ta’sir ko’rsatadi. 
Innovatsion iqtisodiyot rivojlanib borayotgan davrda tadbirkorlik oilaning 
daromadini ko’paytiradi, farovonligini ta’minlaydi. Bugungi kunda zamonaviy 
tadbirkorlikning eng muhim belgilari doimo yangilikka intilish, xom ashyodan unumli, 
oqilona foydalanish, iqtisodiy o’sishni ta’minlashdan iborat. Tadbirkorlik jamiyatdagi 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning muhim belgisi sifatida ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotni ta’minlaydi. Har bir insonning shaxsiy qobiliyati, mehnat va kasb 
mahoratini namoyon qilish imkoniyatini beradi. 
Xulosa 
O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab tadbirkorlikka katta 
e’tibor berilmoqda. Tadbirkorlikning jamiyat ijtimoiy hayotida tutgan o’rni haqida 
ko’plab ilmiy-ijtimoiy qarashlar mavjud. Tadbirkorni tavsiflovchi shaxsiy sifatlarini 


52 
aniqlash murakkab masalalardan biridir. Tadbirkor bir qator axloqiy me’yorlarni 
egallagan bo’lishi lozim. Ular jumlasiga burch hissi, muayyan tanlovga ega bo’lish, 
shaxsiy javobgarlik, mas’uliyat, halollik kabilarni kiritish mumkin. 
Liberal-demokratik islohotlar davrida tadbirkorlik O’zbekistonning ijtimoiy-
madaniy, iqtisodiy taraqqiyoti va siyosiy tizimining ajralmas elementiga aylangan. 
Ammo tadbirkorlik faoliyatining barcha sohalari huquqiy me’yorlar bilan tartibga 
solinganligiga qaramay, amalda esa o’z yechimini kutayotgan kamchiliklar 
mavjud. Rivojlangan mamlakatlarda tadbirkorlik hal qiluvchi omil bo’lib, ijtimoiy-
iqtisodiy madaniyat rivojlanishi hamda tadbirkorlik madaniyatining yuksalishi 
kuzatilgan. Tadbirkorlik madaniyati kishilarni xo’jalik faoliyatini ko’plab ijtimoiy-
iqtisodiy tomonlariga tegishli va ular nafaqat moddiy ishlab chiqarish jarayonlarida 
qatnashishi bilan, balki aniq iste’mol ehtiyojlari va ularga erishish bilan ham bog’liq. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tadbirkorlik bilan shug’ullanish uchun zarur 
huquqiy baza yaratildi. Kichik biznes vakillarining kasbiy bilim va ko’nikmalarini 
oshirish, ularga boshlang’ich mablag’ (startap va kapital) bilan ta’minlash uchun keng 
imkoniyat va imtiyozlar yaratilmoqda
1

Eng asosiy vazifa sifatida o’quvchilarda tadbirkorlik ko’nikma va malakalari, 
kompetensiyalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Pirovard natijada 
o’quvchi-yoshlarda tadbirkorlik madaniyatini tarkib toptirishga erishiladi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling