«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati


Download 10.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/40
Sana05.12.2019
Hajmi10.02 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40

IR O Q

R asm iy  nomi

 

—  

Iroq  Respublikasi  (Al-Jum- 

xuriya  al-Iroqiya).  P o y ta x ti  —  B a g ‘dod.  H udu­

d i  —  434924  km2.  Aholisi

 

—  

24683300  kishi

(2003).  R a sm iy  tili  —  arab  tili.  D in i  —  islom 

( 9 5 % ) ,   x ristia n la r  ( 3 % ) .   P u l  birligi

 

—  

Iroq 

dinori.

G eografik  joylash u vi 

va 

tabiati.

 

Iroq 



Osiyoning  janubi  g‘arbiy  qismida  joylashgan  davlat. 

Shimolda  Turkiya,  sharqda  Saudiya  Arabiston  va 

Quvayt,  g‘arbda  —  Iordaniya  va  Suriya  bilan  chegara­

dosh.  Mamlakatning  janubiy  sohillari  Fors  qo‘ltig‘i 

bilan  tutashgan.  Mamlakatning  shimoliy  qismi  —  Al- 

Jazra  Arman  tog‘liklari  va  Turkiya  bilan  chegaradosh 

hududlarda  joylashgan.  Bu  hududning  eng  baland 

nuqtasi  —  2135  m.  Dajla  va  Frot  daryolari  oralig‘ida 

keng  vodiy  yastanib  yotadi.  Frotning  g‘arbiy  tarafidan 

vodiy  Suriya  cho‘llariga tutashib  ketgan.

Iqlimi  —  kotinental.  Mamlakatning  markaziy  qismi­

da  xurmo  va  terak  daraxtlari  o'sadi.  Iroqning  katta 

qismini  chalacho‘l  va  cho‘llarga  o ‘tib  boruvchi  tekislik- 

lar  egallagan.  Tog‘li  hududlarda  ninabargli  butalar  bor. 

Iroq  hayvonot  dunyosi  rang-barangdir:  mamlakatning 

o ‘rmon va  cho‘llarida  ohu,  antilopa,  gepard,  sher,  bo‘ri, 

chiyabo‘ri,  quyon  va  boshqa  hayvonlarni  uchratish 

mumkin.


D a v la t  tuzilishi  va  siy o s iy   partiyalari.

Davlat  tuzilishiga  ko‘ra  prezidentlik  respublikasi.  Iroq 

18  ta  viloyatdan  iborat.  Davlat  va  hukumat  boshlig‘i  — 

prezident.  Siyosiy  partiyalari:  Kurdiston  demokratik 

partiyasi,  Iroq  kommunistik  partiyasi,  Arab  sotsialistik 

uyg‘onish partiyasi,  Kurdiston partiyasi.



Iq tiso d i, 

transport 

kommunikatsiyalari. 

Iroq  —  agrar-industrial  davlat.  Iqtisodining  asosini  neft 

qazib  olish  tashkil  etadi.  Neftni  qayta  ishlash,  sement, 

to ‘qimachilik,  teri-poyabzal,  oziq-ovqat  sanoati  rivoj­

langan.  Kimyo-farmatsevtika,  shisha,  elektrotexnika, 

aftomobil  yig‘uvchi  korxonalar,  qishloq  xo‘jaligi  mashi- 

nasozligi  zavodlari  ishlab  turibdi.  Neft  xomashyosi, 

funduq,  quruq  mevalar  asosiy  eksport  mahsulotlari 

hisoblanadi.  Og‘ir  mashinasozlik  va  mudofaa  sanoati 

mahsulotlari,  transport  jihozlari,  temir,  po ‘lat,  asosiy 

sanoat  mahsulotlari,  g‘alla,  oziq-ovqat  mahsulotlari


importda  muhim  o ‘rin  tutadi.  2004-yil  YIM  miqdori 

54400 mln dollarni  (aholi jon boshiga — 2100 dol.) tash­

kil  etgan.  Asosiy  savdo  hamkorlari:  Iordaniya,  Turkiya, 

Braziliya, Yaponiya,  Niderlandiya,  Ispaniya,  Fransiya.

Asosiy porti:  Basra.

Tarixi.

  Qadimgi  Iroq  hududida  m.  a.  IV  ming 

yillikda  Shumer  davlati  tashkil  topgan.  М.  a.  Ill  ming 

yillikdan  I  ming  yillikgacha  bu  hududda  Akkad,  Bobil 

va  Ossuriya  davlatlari  mavjud  bo‘lgan.  M.  a.  539—331 

yilgacha  bu  hududlar  Ahamoniylar  imperiyasi  tarkibiga, 

keyin  200  y i l .  davomida  Aleksandr  Makedonskiy 

imperiyasi  tarkibida  bo‘lgan.  Undan  so‘ng  yana  forslar 

hukmronligi  ostiga  qaytgan.  VII  asrda  bu  hududlami 

arablar bosib  olgan.  XIII  asrda esa m o‘g‘ul bosqinchilari 

bu  yerlarga  bostirib  kirdi. 

XVI  asrdan  XX  asrgacha 

Iroq  Usmoniylar  imperiyasining  tarkibiy  qismi  bo‘lib 

keldi.  1916-yili  Buyuk  Britaniya  bu  hududlami  istilo 

qildi.  1932-yili  Iroq  o‘z  mustaqilligini  qo‘lga  kiritdi, 

lekin  oradan  ko‘p  o‘tmay  1941—1945-yillarda  Buyuk 

Britaniya,  Eron,  Pokiston  va  Turkiya jamoaviy  xavfsiz- 

lik  to ‘g‘risidagi  «Bog‘dod  pakti»ni  imzolashdi.  1958-yil 

monarxiya  ag'darilib,  Iroq  «Bog‘dod  pakti»dan  chiqdi.

1963-yil  AQSHning  qo‘llab-quwatlashi  bilan  Iroqda 

harbiy  davlat  to‘ntarishi  amalga  oshirildi.  1980-yil  Iroq 

va  Eron  o‘rtasida  urush  boshlanib  ketdi.  1988-yil  urush 

to ‘xtatilib,  1990-yil  Eron  bilan  tinchlik  shartnomasi 

imzolandi.  Shu  yili  Iroq  Quvayt  hududiga  bostirib  kirdi. 

BMT  Iroq  bilan  savdo  aloqalariga  embargo  e’lon  qildi. 

1991-yil  AQSH  boshchiligidagi  NATO  harbiy  kuchlari 

«Sahrodagi  bo‘ron»  deb  nomlangan  Iroqqa  qarshi 

harbiy  operatsiyani  boshladi.  1994-yil  Iroq  Quvaytga 

nisbatan  o‘z  da’vosidan  voz  kechdi.  1998-yil  qurolla- 

nishni  nazorat  qilish  bo‘yicha  BMT  maxsus  komissiyasi 

mamlakat  hududidan  chiqarib  yuborildi.  Bu  Fors 

ko‘rfazida  AQSH  harbiy  kuchlarining  to ‘planishiga  asos 

bo'ldi.  2003-yilning  mart  oyida  AQSH  va  Buyuk 

Britaniya  Saddam  Husaynni  hokimiyatdan  ag'darish 

maqsadida  Iroqqa  qarshi  harbiy  operatsiyalami  boshla­

di,  natijada  S.  Husayn  hokimiyatdan  ag‘darilib,  deyarli 

butun  Iroq hududi AQSH  nazorati  ostiga  o‘tdi.


ISLANDIYA

R asm iy  nomi  —  Islandiya  Respublikasi.  P o y ­

ta x t i

 

—  

R e y k y a v ik .  H u d u d i  —  103000  km2. 

Aholisi  —  280800  kishi  (2003).  D a v la t  tili  —  is­

land.  D in i

  —  

lyuteranlar  ( 9 5 % ) ,  protestantlar 

( 2 % ) ,   katoliklar  ( 1 % ) .   Pul  birligi  —  island  kro- 

nasi.

G eografik  jo yla sh u vi  va  tabiati.

  Islandiya 

Atlantika  okeanining  shimoliy  qismidagi  Islandiya  oroli- 

da  joylashgan.  Orol  yuzasini  vulqonli  tog‘liklar,  ko‘p 

sonli  muz  bilan  qoplangan  tog‘li  massivlar  egallagan. 

Orolda  200  dan  ortiq  vulqonlar  qayd  etilgan,  ularning 

ko‘plari  —  Gekla,  Lake,  Askya va boshqalar harakatdagi 

vulqonlardir.  Gidroenergiya  resurslari  va  baliq  mamla­

katning  asosiy tabiiy resurslari  hisoblanadi.

D a v la t  tuzilishi,  siyosiy  partiyalari.

  Davlat 

tuzilishiga  ko‘ra  parlam entar  respublika.  M a’muriy 

jihatdan  23  okrugga  bo ‘linadi.  1944-yil  17-iyunda 

Daniyadan  ajralib,  mustaqillika  erishgan.  (Milliy  bayra- 

mi  —  Respublika  e’lon  qilingan  kun.)  Ijro  etuvchi 

hokimiyatni  prezident  (davlat  boshlig‘i)  va  hukumatni 

boshqaradigan  prem yer-m inistr  boshqaradi.  Qonun 

chiqaruvchi  hokimiyat  —  ikki  palatali  (yuqori  va  quyi) 

parlament  (Alting)dan  iborat.  Asosiy  siyosiy  partiyalari: 

Mustaqillik  partiyasi  (MP),  Progressiv  partiya  (PP), 

Islandiya  sotsial-demokratik  partiyasi  (ISDP),  Xalq  itti­

foqi  (XI).

Iq tiso d i, 

transport 

kommunikatsiyalari.

Mamlakat  iqtisodi  amaliy jihatdan  baliqchilik va baliqni 

qayta  ishlash  bilan  cheklangan.  Asosiy  qishloq  xo‘jalik 

mahsulotlari  kartoshka  va  sholg‘om.  Qo‘ychilik  va  sut 

yetishtiradigan  chorvachilik  ham  rivojlangan.  2004-yil 

YIM  miqdori  9373  mln  dollami  (aholi jon  boshiga  — 

31900  dol.)  tashkil  etgan.  Asosiy  savdo  hamkorlari:  YH 

mamlakatlari,  Norvegiya,  AQSH,  Yaponiya.

Avtomobil 

yo‘llarining 

umumiy 

uzunligi 



— 

12343  km.  Dengiz  portlari:  Keblavik,  Reykyavik, 

Seydisfordyur.


Tarixi.

  Islandiya  yerlari  VIII  asrda  irland  mo- 

naxlari  tomonidan  ochilgan,  865-yilda  esa  bu  hudud- 

larga  norveglar  ko‘chib  kelgan.  930-yilda  mustam- 

lakachilar  orolda  respublika  barpo  etdilar.  Taxminan 

1000-yilda  mamlakatda  dastlabki  xristian  missionerlari 

paydo  bo‘ldi.  1262-yilda  Islandiyada  Norvegiya  qirolligi 

hukmronligi o‘rnatildi.



ISPANIYA

R asm iy  nomi

 

—Ispaniya  Qirolligi.  P o y ta x ti  — 

M a drid .  H u d u d i  —  504,70  ming  km2.  Aholisi  — 

40217400  kishi  (2003).  Tili

 

—  

ispan.  D in i  — 

ko'pchiligi  katoliklar.  Pul  birligi  —  yevro.

Geografik  joylashuvi  va  tabiati.

  Yevropaning 

janubi  g‘arbida  Pireney  yarimorolida  joylashgan  0 ‘rta 

Yer  dengizidagi  Balear,  Atlantika  okeanidagi  Kanar 

orollari,  Afrikaning  shimoliy  qirg‘og‘idagi  Seuta  va 

Melilya shaharlari va unga yondosh Velesde-le  Gomera, 

Alu-Semas,  Chafarinos  orollari  ham  Ispaniyaga  qarash- 

li.  G ‘arbda  Portugaliya  (chegara  uzunligi  —  1214  km), 

shimolda  Fransiya  (623  km)  va  Andorra  (65  km), 

janubda  Gibraltar  (1,2  km)  bilan  chegaradosh.

Ispaniya  subtropik  mintaqada  joylashgan.  Hududi­

ning  aksar  qismi  yassitog‘lik,  o‘rtacha  balandlikdagi 

tizmalar,  yassitog‘liklar  va  pasttekisliklardan  iborat. 

Serra-Nevado  tizmasidagi  Mulasen  tog‘i  (3478  m) 

Ispaniyadagi  eng  baland  tog‘dir.  Mamlakatning  asosiy 

daryolari:  Tixo,  Ebro,  Gvadalkvivir,  Deero,  Gvadiana 

va  boshqalar.  Ispaniyada  uran,  mis,  simob,  qo‘rg‘oshin, 

temir,  volfram,  qalay,  oltin,  kumush,  margimush, 

marganets  konlari  bor.  Hududning  31%  i  ekin  ekiladi- 

gan  yerlar.  31%  o ‘rmonlar  va  butazorlar,  21%  o‘tloq  va 

yaylovlardan iborat.

D a v la t  tuzilishi  va  siy o s iy   partiyalari. 

Davlat  tuzilishi  —  konstitutsion  monarxiya.  Ma’muriy 

jihatdan  17  ta muxtor hududga,  ular o‘z navbatida ellik- 

ta  viloyat  (provinsiya)ga  bo‘linadi.  Milliy  bayrami  — 

12-oktabr  —  Ispan  millati  kuni.  1492-yildan  boshlab


mustaqil  davlat.  Davlat  boshlig‘i  —  qirol  (1975-yil  22- 

noyabrdan  Xuan  Karlos  I),  uning  huquqi  konstitutsiya 

bilan  chegaralangan.  Qonun  chiqaruvchi  hokimiyatni 

General  Korteslar  (parlament)  amalga  oshiradi.  Kor- 

teslar  ikki  palata  —  Deputatlar  Kongressi  va  Senatdan 

iborat.  Ijroiya  hokimiyatni  hukumat  amalga  oshiradi. 

Hukumat  raisini  qirol  parlamentning  ikkala  palatasi 

raislari 

bilan 

maslahatlashib 



tayinlaydi. 

Asosiy 


partiyalari:  Ispaniya  sotsialistik  ishchi  partiyasi  (ISIP), 

Xalq  partiyasi  (XP),  Ispaniya  kommunistik  partiyasi 

(IKP),  Basklarnnig  millatparvar  partiyasi  (BMP), 

Kataloniya 

demokratik 

konvergensiyasi 

(KDK), 

Valensiya  Ittifoqi  (VI).



Iq tiso d i, 

tran sport 

kommunikatsiyalari. 

Ispaniya  industrial-agrar  mamlakat.  YMMda  sanoatning 

ulushi  23%,  qishloq  xo‘jaligining  ulushi  35%,  xizmat 

ko‘rsatish  sohasining  ulushi  60%  dan  ortadi.  2004-yil 

YIM  miqdori  937600  mln  dollami  (aholi  jon  boshi­

ga  —  23300  dol.)  tashkil  etgan.  Sanoatida  og‘ir  sanoat 

yetakchi  o ‘rinda  turadi.  Mashinasozlik,  avtomobilsozlik, 

kemasozlik, 

elektrotexnika,  stanoksoziklik,  kimyo 

sanoati  rivojlangan. 

Qishloq  xo‘jaligining 

asosiy 


tarmog‘i  dehqonchilik.

Temiryo‘llarining  umumiy  uzunligi  —  14378  km. 

Avtomobil  yoMlari  uzunligi  —  324  ming  km.  Portlari: 

Kartaxena, Alxesiras,  Barselona,  Bilbao,  Santa-Krus-de- 

Tenerife,  Vigo,  Kadis,  La-Korunya,  Malaga,  Santaner, 

Tarragona, Valensiya, Xixon, Alekante, Almeriya.

Asosiy savdo  hamkorlari:  YH  mamlakatlari,  AQSH.

Tarixi.

  М.  a.  VII  asrdan  Ispaniyaning  janubiy  va 

sharqiy 

sohilbo‘ylari 

flnikiyaliklar 

va 


yunonlar 

tomonidan  o ‘zlashtirila  boshlangan.  M.  a.  7000-5000- 

yillarda  0 ‘rta  Yer  dengizi  sohilida  iberlar  madaniyati 

paydo  bo‘ldi.  М.  a.  I ll  asr  oxirlarida  Ispaniya  hududi­

ning  ko‘p  qismi  Karfagen  qo‘l  ostiga  o ‘tdi.  М.  a.  II  asr 

boshlariga  kelib  rimliklar  karfagenliklami  siqib  chiqardi- 

lar.  Mavrlar 711—718-yillarda  Pireney yarimorollarining 

ko‘p  qismini  bosib  oldilar  va  bu  qismlar  Damashq  xali- 

faligi  qo‘l  ostiga  o ‘tdi.  756-yil  mustaqil  davlat  — 

Qurdoba  amirligi,  929-yilda  esa  Qurdoba xalifaligi  tuzil-



di.  X—XI  asrlarda  musulmonlar  Ispaniyasi  bir  necha 

mustaqil  davlatlarga b o ‘linib  ketdi.  1212-yilda  mavrlarga 

qarshi  hujum  (Rekonkista)  natijasida  Aragoniya, 

Kastilya  va  boshqa  ispan  qirolliklari  vujudga  keldi. 

Kastilya  va  Aragoniya  bitta  qirollikka  birlashib  (1469- 

yil),  mamlakatni  1492-yilda  mavrlardan  ozod  qildi. 

Ispaniya  qirolligi  XVI  asrda  gullab-yashnadi,  Janubiy  va 

Markaziy  Amerikada  mustamlakalarini  kengaytirdi, 

1580-yilda  Portugaliyani  zabt  etdi,  lekin  XVII  asrda 

ko‘p  hududlaridan  ajraldi.  1640-yil  Portugaliya,  1648- 

yil  Niderlandiya,  1649-yilda  esa  Artua  va  Rusilon 

provinsiyalarini  Fransiyaga  boy  berdi.  XIX  asr  boshlari­

da  mamlakat  Napoleon  qo'shinlaridan  ozod  qilindi. 

0 ‘sha paytda  ispanlar Janubiy va  Markaziy Amerikadagi 

deyarli  barcha  mustamlakalaridan  ajraldi.  XIX  asrda 

Ispaniyada  absolyut  hokimiyat  tarafdorlari  va  liberallar 

o'rtasida  kurash  bo‘lib  o‘tdi.  1923-yilda  davlat  to ‘nta- 

rishi  natijasida  mamlakatda  diktatura  o ‘matildi.  1931- 

yilda  Ispaniya  Respublika  deb  e ’lon 

qilindi.  Qirol 

Alfons  XIII  taxtdan  voz  kechmay  mamlakatni  tark  etdi. 

1936-yilda  Xalq  fronti  hokimiyat  tepasiga  kelgach, 

fuqarolar  urushi  avj  oldi  va  1939-yil  mamlakatda 

Franko  fashistik  rejimining  o‘matilishi  bilan  tugallandi. 

1975-yilda 

Franko 


vafotidan 

keyin 


Ispaniyada 

Konstitutsion  monarxiya  o‘matildi.  1976-yilda  mamla­

katda  parlament  tizimi  joriy  etildi,  1978-yilda  yangi 

Konstitutsiya qabul  qilindi.



ISROIL

R asmiy  nomi

 

—  

Isroil  d avlati.  P o y ta x ti  — 

Tel-Aviv.  H u d u d i  —  20770  km1.  Aholisi

 

—  

6116500  kishi  (2003).  Tili

  —  

ivrit,  shuningdek, 

arablar  yashaydigan  yerlarda  arab  tili.  D in i

  —  

iudaizm  ( 8 2 % ) ,  islom  ( 1 4 % ) ,  xristian  ( 2 % ) .   Pul 

birligi

  —  

shekel.

Geografik  joylashuvi  va  tabiati.

  Isroil  davlati 

Janubi  G ‘arbiy  Osiyoda  joylashgan.  Sharqda  Iordaniya, 

shimolda  Livan,  shimoli  sharqda  Suriya,  janubi  g‘arbda



Misr,  sharqda  va janubi  g‘arbda  Falastin  bilan  chegara­

dosh.  Bu  davlatni  bir  necha  qismga  shartli  ravishda 

ajratish  mumkin.  Galiley  yassitog‘ligi,  M eron  tog‘i 

(1208  m),  Esdrayelon  vodiysi,  Samariy  va  Yahudiy 

tepaliklari  (yassitog‘),  Negev  cho‘li  va  qirg‘oq  tekislik- 

lari.  Mamlakatning  asosiy  daryosi  —  Iordan.  Foydali 

qazilmalaridan  mis,  fosfor,  oltingugurt,  marganets,  kam 

miqdordagi  neft  va  gaz  zaxirasi  ham  bor.  Ekin  ekiladi- 

gan  yer  mamlakat  maydonining  17%,  yaylov  maydoni 

esa 40%  ni tashkil  etadi.



D a v la t  tuzilishi  va  s iy o s iy   partiyalari. 

Davlat  tuzilishi  —  parlamentar  respublika.  Mamlakat 

6  ta  okrugdan  iborat:  Markaziy  Xayfa,  Quddus, 

Shimoliy,  Janubiy,  Tel-Aviv.  Ijroiya  hokimiyat  prezi­

dent  (davlat  boshlig‘i)  va  premyer-ministr  rahbarligidagi 

hukumatga 

qarashlidir. 

Qonun 


chiqaruvchi 

oliy 


organ  —  Knesset  (bir  palatali).  Asosiy  siyosiy  par­

tiyalari  —  Likud,  Avoda  (mehnat).



Iq tiso d i, 

transport 

kommunikatsiyalari. 

Iqtisodni boshqarishda  davlat  asosiy rol  o ‘ynaydi.  Tabiiy 

resurslarining  chegaralanganligiga  qaramasdan,  keyingi 

o ‘n  yilliklarda  Isroilda  qishloq  xo‘jaligi  va  sanoat  jadal 

sur’atlar  bilan  rivojlanmoqda.  2004-yil  YIM  miqdori 

129000  mln  dollarni  (aholi jon  boshiga  —  20800  dol.) 

tashkil  etgan.  Sanoat  tarmoqlaridan  olmoslarni  qirra- 

lash,  to'qimachilik,  oziq-ovqat,  kimyo,  harbiy  va  trans­

port  jihozlarini  ishlab  chiqarish,  yuqori  texnologiyali 

elektronika  kabilar  mavjud.  Qishloq  xo‘jaligi  mahsulot­

lari  yetishtirish  yalpi  ichki  mahsulotning  3%  ini  tashkil 

etadi.  Sitrus  mevalar,  sabzavotlar,  paxta,  chorva  mahsu­

lotlari  yetishtiriladi.  Eksportning  asosiy  qismini  olmos 

tashkil  etadi.  Shuningdek,  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlari, 

yuqori texnologiyali jihozlar eksport  qilinadi.

Temiryo‘llarining  umumiy  uzunligi  —  600  km. 

Avtomobil  yo‘llari  —  4750  km.  Asosiy  portlari  — 

Ashdot,  Xayfa.  Asosiy  savdo  hamkorlari:  AQSH,  YH 

mamlakatlari,  Yaponiya.

Tarixi.

  1948-yil  18-mayda  yahudiylar  tomonidan 

hozirgi  Isroil  davlati  tashkil  etildi.  Ushbu  davlat jahon- 

ning  ko‘pgina  davlatlari  tomonidan  darhol  tan  olindi,



lekin  bu  davlatning  tashkil  topishi  qo'shni  davlatlarda 

norozilikni  keltirib  chiqardi.  Oqibatda  1947—1948- 

yillardagi  birinchi  arab—isroil  ziddiyati  yuzaga  keldi. 

Urushda  Isroil  yangi  hududlami  qo‘lga  kiritib,  g'olib 

chiqdi.  1956-yilda  Suvaysh  kanalining  natsionalizatsiya 

qilinishi  va  Misming  arab  davlatlari  bilan  shartnoma 

tuzishi  natijasida  Isroil  Misrga  qarshi  urush  boshladi  va 

bu  urush  Isroil  qo‘shinlarining  Sinay  yarimorolidan 

chiqib  ketishi  bilan  yakunlandi.  1967-yilning  iyunida 

Isroil  Misr,  Suriya  va  Iordaniyaga  qarshi  urush  boshlab, 

Sinay  yarimoroli,  G ‘azo  sektori,  Iordan  daryosining 

g'arbiy qirg‘og‘idagi  yerlar,  Quddusning  arablar yashay- 

digan  qismi,  Jo‘lan  tepaliklarini  qo‘lga  kiritdi.  1973-yil 

oktabrda  Misr  va  Suriya  Isroilga  qarshi  harbiy  harakat- 

lar  olib  bordi.  Isroil  Sinay  yarimorolidan  ajraldi.  1979- 

yil  m artda  Kemp-Devid  bitimi  (1978-yil  sentabr, 

AQSH)  asosida  Misr va  Isroil  o‘rtasida tinchlik shartno- 

masi  tuzildi.  1982-yilning  iyunida  Isroil  Livanga bostirib 

kirdi  va  Bayrutni  bombardimon  qildi.  1982-yil  Rabin 

boshchiligidagi  leyboristlar  hukumat  tepasiga  kelgach 

tinchlikni  yo‘lga  qo‘yish  jarayoni  boshlandi.  1993-yilda 

Isroil  hukumati  va  Falastin  Ozodlik  tashkiloti  o ‘rtasida 

Falastin  avtonomiyasini  nazarda  tutgan  tinchlik  shart- 

nomasi  imzolandi.



ITALIYA

R a sm iy  nomi  —  I ta liy a   Respublikasi.  P o y ­

ta x ti  —  Rim.  H ududi  —  311230  km2.  Aholisi  — 

57998400  kishi  (2003).  Tili  —  italyan.  D in i

  —  

aholisining  asosiy  qism i  p ro testa n tla r,  musul- 

monlar,  yahudiylar.  Pul  birligi

  —  

yevro.

G eografik  joylash u vi  va  tabiati.

  Janubiy 

Yevropada,  Apennin  yarimorolida  joylashgan.  Shimol­

da  —  Avstriya  (chegara  uzunligi  —  430  km)  va 

Shveysariya  (740  km),  shimoli  g‘arbda  —  Fransiya 

(488ч km),  sharqda  —  Sloveniya  (199  km)  bilan 

chegaradosh.  Sardiniya,  Sitsiliya,  Elba  orollari  va  bir 

qancha  kichik  orollar  ham  Italiyaga  qarashli.  Italiya



hududi  janubda  va  g‘arbda  0 ‘rta  Yer  dengizi,  sharqda 

Adriatika  dengizi  bilan  tutash.  Chegarasining  umumiy 

uzunligi  1899,2  km.  Hududining  80%  i tog‘  va qirlardan 

iborat.  Italiyaning  shimolida Alp  tog‘lari joylashgan.  Alp 

va  Apennin  tog‘lari  oralig‘ida  Po  daryosi  vodiysi  bilan 

Lombard  tekisligi  joylashgan.  Harakatdagi  vulqonlar 

ко‘p.  Ular  orasida  Vezuviy  (1277  m)  va  Etna  (3323  m) 

Sitsiliya  orolida  joylashgan. 

Italiyaning  asosiy  dar- 

yolari  —  Po  va  Tibr.  Mamlakatda  ko‘llar  ko‘p,  asosiy- 

lari  Garda,  Lago-Madjore,  Komo.  Asosiy  foydali  qazil- 

malari:  simob,  marmar,  ishqor,  ko‘mir,  oltingugurt, 

kam  miqdorda  tabiiy  gaz  va  neft.  Haydaladigan  yerlar 

mamlakat  hududining  32%,  o ‘rmon  va  butazorlar  — 

22%,  yaylov va o ‘tloqlar  17%  ni tashkil  etadi.

D a vla t  tuzilishi  va  siyosiy  partiyalari.

  Dav­


lat  tuzilishi  —  parlamentar  respublika.  M a’muriy jihat­

dan  20  ta  viloyatga bo‘linadi.  Italiya  1961-yil  17-martda 

mustaqil  davlatga  aylangan.  Milliy  bayram  —  iyunning 

birinchi  yakshanbasi  —  Respublikaning  e’lon  qilinishi. 

Ijroiya  hokimiyat  prezident  (davlat  boshlig‘i)  va  prem- 

yer-m inistr  rahbarligida  hukumatga  tegishli.  Qonun 

chiqaruvchi  hokimiyat  —  ikki  palatali  parlament  — 

Senat  va  Deputatlar  palatasidan  iborat.  Asosiy  siyosiy 

partiyalari:  Italiya  xalq  partiyasi  (IXP),  Italiya  sotsialis- 

tik  partiyasi  (ISP),  So‘l  kuchlar  demokratik  partiyasi 

(SKDP).

Iq tiso d i  va  transport  kommunikatsiyalari.

Hozirgi  kunda  Italiya  Yevropaning  yetakchi  mamlakat- 

laridan  biri  hisoblanadi.  Sanoatning  asosiy  tarmoqlari: 

avtomobilsozlik  (dunyoda  5-o‘rinda),  kimyo  sanoati, 

metallurgiya,  po‘lat  eritish,  oziq-ovqat  sanoati,  to ‘qi- 

machilik,  kiyim-kechak  va  poyabzal  ishlab  chiqarish. 

Qishloq  xo‘jaligi  go‘sht  va  sut  mahsulotlaridan  tashqari, 

mamlakatning  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlariga  bo‘lgan 

ehtiyojini  to ‘liq  qondiradi.  Italiyada xizmat  ko‘rsatish va 

turizm  rivojlangan.  2004-yil  YIM  miqdori  1609000  mln 

dollarni  (aholi jon boshiga  —  27700  dol.)  tashkil  etgan. 

Asosiy  savdo  hamkorlari:  YH  mamlakatlari,  AQSH, 

OPEK mamlakatlari.

Temiryo‘llarning  umumiy  uzunligi  —  20011  km,



avtomobil  yo‘llari  —  294410  km,  ichki  yo'llari  — 

2400  km.  Dengiz  portlari:  Ankona,  Venetsiya,  Genuya, 

Sardiniya, 

Spetsiya, 

Livorno, 

Neapol, 


Palermo 

(Sitsiliya),  Taranto,  Triyest.



Tarixi.

  Italiya  tarixi  m.  a.  X  asrda  bu  yerda  yasha- 

gan  turli  qabilalar  (ligurlar,  etrusklar,  lotinlar  va 

boshqalar)  greklar  va  finikiyaliklar  madaniyatiga  katta 

ta ’sir  ko‘rsatgan  etrusklar  madaniyati  bilan  boshlanadi. 

Lotinlar  tomonidan  miloddan  awalgi  VIII  asrda  asos 

solingan  Rimni  m.  a.  VI  asrda  etrusklar  zabt  etdilar  va 

ko‘plab  buyuk  me’moriy  yodgorliklarini  barpo  etdilar. 

Etrusklar  Rimdah  quvib  chiqarilgandan  keyin  respublika 

o‘matildi,  asosiy  siyosiy  kurash  esa  Rim  aristokratiyasi 

(patritsiylar)  va  plebeylar  o'rtasida  kechdi.  0 ‘sha  paytda 

Rim  o‘zining  tashqi  dushmanlari  bilan  ham  kurash  olib 

borib,  m.  a.  Ill  asrda  butun  Apennin  yarimorolini  zabt 

etdi.  M.  a.  264—118-yillarda  Rim  Sitsiliya,  Gretsiya, 

Makedoniyani,  Osiyo  va  Afrikadagi  bir  qancha  hudud- 

lami  o‘z  provinsiyalariga  aylantirib,  o‘z  mustamlakala- 

rini  kengaytirdi.  Fuqarolar  urushi  davridan  keyin  Okta- 

vian  Avgust  Respublikani  imperiyaga  aylantirdi.  II  asr­

dan  keyin  buyuk  imperiya  inqirozga  yuz  tuta  boshladi. 

IV  asrda  xristianlik  dini  tarqaldi.  IV  asr  oxirlarida 

qadimgi  Rim  vestgotlar  hujumlariga  qarshi  turolmadi, 

410-yilda  shahar talon-taroj  qilindi.  476-yilda  esa  oxirgi 

Rim  imperatori  Romul  taxtdan  ag‘darildi.  VI—VIII 

asrlarda  mamlakat  shimoli  langobardlar  tom onidan 

ishg‘ol  etilgan  bo‘lsa,  janub  qismi  Vizantiya  imperiyasi 

tarkibiga  kiritildi.  IX—X  asrlarda  Italiyaning  shimoliy 

qismi  german  imperatorlari  hukmronligiga  o ‘tdi.  Lekin 

XV  asrda  Italiya  shaharlari  rivojlanib,  Yevropaning 

yetakchi  moliyaviy  va  savdo  markazlariga  aylandi. 

XVI—XVIII  asrlarda  qudratli  Yevropa  davlatlari  Italiya- 

dagi  tarqoqlikdan  foydalanib,  mamlakat  ichki  ishlariga 

faol  ravishda  aralashar  edilar.  Napoleon  urushlari  davri­

da  Italiya  Fransiya  tom onidan  okkupatsiya  qilindi. 

Italiya  ozodlikka erishgandan keyin  mamlakatda tarqoq- 

lik davom  etdi va Avstriya ta’siriga tushib  qoldi.

1851-yilda  Sardiniya  qiroli  Viktor  Emmanuil  II 

tomonidan  Italiyani  bitta  davlatga  birlashtirish  uchun


boshlangan  harakat  1870-yilda  yagona  Italiya  davlati- 

ning  tashkil  topishi  bilan  yakunlandi.  (Rim  —  1870-yil 

2-oktabr  mamlakat  poytaxti  deb  e’lon  qilindi.)  I  jahon 

urushi  davrida  Italiya  Antanta  tomonida  bo‘ldi,  lekin 

Avstro—Vengriya  imperiyasi  tarkibidagi  yerlarni  qaytarib 

olishga  muvaffaq  bo‘la  olmadi.  Millatchilik  kayfiyati- 

ning  o ‘sishi,  iqtisodiy  inqiroz  va  ishsizlik  natijasida 

hokimiyat  tepasiga  qirol  Viktor  Emmanuil  III  qo'llab- 

quwatlagan  Mussolini  boshchiligidagi  fashistik  partiya 

keldi.  1840-yil  10-iyunda  Italiya  Germaniya  tomonida 

II  jahon  urushiga  kirdi.  Italiyada  fashistik  rejim  1945- 

yilgacha,  diktator  Mussolinining  partizanlar  tomonidan 

qatl  etilishigacha  (28-aprel)  davom  etdi.  1946-yil 

2-iyunda  Italiya respublika deb  e’lon  qilindi.





Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling