«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati


Download 10.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/40
Sana05.12.2019
Hajmi10.02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40

ANDORRA

Rasmiy  nomi

  — 


Andorra  Knyazligi.  Poytaxti  —

Andorra-la-Velya.  Hududi  —  465  km2.  Aholisi  —

70500 kishi  (2005).  Davlat tili

  — 


katalon.  D ini  — 

katolik.  Pul  birligi

  — 


yevro.

G eo g ra fik   jo y la sh u v i  va  ta b ia ti.  Yevropaning 

janubi  g‘arbida  joylashgan  (Sharqiy  Pireney)  davlat. 

Janubda  va  g'arbda  Ispaniya  (chegara  uzunligi  — 

65  km),  sharq  va  shimolda  Fransiya  (60  km)  bilan 

chegaradosh.  Mamlakat  hududi  asosan qoyali  tog‘lardan 

iborat,  eng  yuqori  nuqtasi  —  Kama  Pedrosa  tog‘i 

(2946  m).  Ko‘p  miqdorda muzlik davrida tashkil topgan 

ko‘llar  mavjud.  Tabiiy boyliklari:  gidroenergiya,  mineral 

suv,  temir rudasi,  qo‘rg‘oshin,  yog‘och.

Iqlimi  —  mo‘tadil.



D a v l a t   tuzilishi,  s iy o s iy   p a rtiya la ri.  Davlat 

tuzilishi  —  suveren  parlament  knyazligi.  Andorra  ikkita 

knyaz  —  Fransiya  prezidenti  hamda  Ispaniya  yepiskopi


mahalliy  vakillari  tomonidan  boshqariladi.  Bir  palatali 

parlamenti  —  Vodiylar  Bosh  Kengashi,  Sud  hokimiyati 

quyidagicha  taqsimlangan:  fuqarolik  ishlarini  Perpinyan 

(Fransiya)dagi  Andorra  Oliy  sudi  yoki  yepiskop 

Urnelskiy  cherkov  sudi  (Ispaniya)  hal  qilsa,  jinoiy 

ishlami  —  Sudlar  Tribunali.  Birinchi  siyosiy  partiya  — 

Demokratik ittifoq  —  1976-yilda tashkil topgan.

I-qtisodi, 

tr a n s p o r t 

k o m m u n ikatsiyalari. 

Andorra  iqtisodining  asosini  turizm  tashkil  qiladi  (yiliga 

13  mln  turist).  Sigaretlar,  sigaralar  va  mebel  ishlab 

chiqish  yo‘lga  qo‘yilgan.  Ekinga  yaroqli  yer  kamligi 

uchun  oziq-ovqatning  asosiy  qismi  import  qilinadi. 

Chorvachilikning  asosiy  turi  —  qo‘ychilik.  2004-yil 

YIM  miqdori  2113  mln  dollami  (aholi  jon  boshiga — 

26800  dol.)  tashkil  etgan.  Asosiy  savdo  hamkorlari  — 

Fransiya va  Ispaniya.

Temiryo‘llari  yo‘q.  Avtomobil  yo‘llari  uzunligi  — 

96  km.

Tarixi.  Andorra  tarixiy  manbalarda  805-yilda  dast- 

lab  tilga  olingan.  XIII  asrda  graf  Fua  (Fransiya)  va 

katalon  yepiskopi  Urnel  boshqaruviga  o‘tadi.  Ispaniya 

va  Fransiya  protektorati  ostida  bo‘lgan  Andorra  1993- 

yilda mustaqil davlat deb  e’lon qilinadi.

ANTIGUA  va  BARBUDA

Rasmiy  nomi  —  Antugua  va  Barbuda  davlati. 

P o yta xti  —  Sent-Djons.  H ududi

  — 


442  km2. 

Aholisi  —  79000  kishi  (2005). 

D avlat  tili

  — 


ingliz.  D ini  —  protestantlik.  Pul  birligi  —  Shar­

qiy Karib  dollari.

G e o g r a fik   jo y la s h u v i  va   ta b ia ti.  Vest- 

Indiyada  Karib  dengizining  sharqiy  qismida  joylashgan 

orol-davlat.  Mamlakat  Antigua,  Barbuda  va  deyarli 

kimsasiz  Redonda  orollaridan  iborat.  Maijon  orollarida 

vulqonlar bor.  Tabiiy boyliklari kam.

Iqlimi  —  tropik.



D a v l a t   tuzilishi,  s iy o s iy   p a rtiya la ri.  Davlat 

tuzilishi  —  konstitutsion  monarxiya.  1981-yil  1-noyabr



Buyuk Britaniyadan  mustaqillikka erishgan  (1-noyabr — 

Milliy  bayrami).  Davlat  boshlig‘i  —  Britaniya  monarxi 

nomidan  general-gubernator  boshqaradi.  Ikki  palatali 

parlament  yuqori  (Senat)  va  quyi  (Vakillik  palatasi) 

palatalardan  iborat.  Siyosiy  partiyalari  —  Antigua 

leyboristlar partiyasi,  Birlashgan progressiv partiya.



I q ti s o d i , 

tr a n s p o r t 

kom m u n ik a tsiya la ri. 

Turizm  —  iqtisodning  muhim  sohalaridan  bo‘lib 

(YMM  -   17%),  2004-yil  YIM  miqdori  769  mln 

dollami  (aholi jon boshiga  —  11000  dol.)  tashkil  etgan. 

Asosiy  savdo  hamkorlari:  AQSH,  Buyuk  Britaniya, 

Kanada,  Yaponiya,  Xitoy  va  Karib  davlatlari.  Qishloq 

xo'jaligi  YMMning  5%  ini  beradi.  Paxta,  meva  va 

sabzavotlar yetishtirish,  chorvachilik rivojlangan.

Temiryo‘llari  uzunligi  —  64  km,  avtomobil  yo‘l- 

lari  —  240 km.



Tarixi.  Antigua  va  Barbuda  orollari  Kolumb 

tomonidan 1493-yilda kashf etilgan bo‘lib, ispan mustam- 

lakasiga  aylandi.  1632-yili  Buyuk  Britaniya  boshqaruvi 

o'rnatiladi,  1967-yilda  Britaniyaning  tarkibiy  qismiga 

aylandi.  1981-yilda  mustaqillikka  erishgan  Antigua  va 

Barbuda Britaniya Hamdo'stligi a’zosi bo‘lib qolgan.



ANTIL  OROLLARI

Rasmiy  nomi

  — 


A ntil  orollari  (N iderlndiya 

m ulki).  P o yta xti  —  Villem stad. 

H ududi  — 

960 km2.  Aholisi  —  219900  kishi  (2005).  D avlat 

tili

  — 


niderland.  D ini  —  katoliklar  (85% ), 

protestantlar  (15% ).  Pul  birligi

  — 


Niderlandiya 

A ntil guldeni  (florin).

G e o g ra fik   jo y la sk u v i  v a   tabiati.  Venesuela- 

dan  shimolroqda,  Karib  dengizi  havzasida  joylashgan 

Niderlandiya  mulki.  Tarkibiga  Bonayre,  Kyurasao, 

Saba,  Sint-Estatius  va  Sen-Marten  orolining  janubiy 

qismi  kiradi.  Kyurasao  va  Bonayre  do‘ngliklar,  marjonli 

qoyalar bilan o‘ralgan orollardir.  Kyurasao  orolida  fosfat 

konlari,  Sen-Marten  va  Bonayre  orollarida  tuz  konlari 

mavjud.


Iqlimi  —  subekvatorial.  Janubiy  orollarda  quruq 

o‘rmonlar  va  kseraflt  o‘simliklar  bilan  qoplangan 

changalzorlar  mavjud.  Bonayre  orolida  flamingolar  va 

noyob quslilaming  koloniyalari bor.



D a v l a t   tuzilishi,  s iy o s iy   p a rtiy a la ri.  1954- 

yilgi  Niderlandiya  qirolligi  maqomiga  ko‘ra,  Antil  orol­

lari  qirollikning  bir  qismi  bo‘lib,  ichki  ishlarda 

muxtoriyatga  ega.  Niderlandiya  qirolichasining  shaxsiy 

vakili  gubernatordir.  Hukumat  rahbari  —  Bosh  vazir. 

Har  bir  orolda  mahalliy  boshqaruv  organi  —  vitse- 

gubernator,  kengash  va  hukumat  mavjud.  Siyosiy 

partiyalari:  Antil  islohot  partiyasi,  Milliy  xalq  partiyasi, 

Yangi  Antil  harakati,  Kyurasao  demokratik  partiyasi, 

Ozodlik  ishchi  fronti,  Bonayre  vatanparvarlari  ittifoqi, 

Sen-Marten demokratik partiyasi.

I q tiso d i,  tra n sp o rt  kommunikatsiyalari.  Iqti- 

sodiyotining  asosini  chet  el  turizmi  tashkil  etadi.  Neftni 

qayta  ishlash  sohasi  rivojlangan.  To‘qimachilik,  sellyu- 

loza-qog‘oz,  oziq-ovqat,  tamaki,  spirtli  ichimliklar 

ishlab  chiqaruvchi  sanoat  korxonalari  mavjud.  2004-yil 

YIM  miqdori  2500  mln  dollami  (aholi jon  boshiga  — 

11400  dol.)  tashkil  etgan.  Asosiy  savdo  hamkorlari: 

AQSH,  Niderlandiya,  Buyuk  Britaniya,  Venesuela, 

Kanada.

Tarixi.  XV  asr  oxirlarida  orollarga  dastlab  ispanlar 

kelishadi.  1630—1640-yillarda  orollar  gollandlar  tomo­

nidan,  keyinchalik  ispanlar,  inglizlar,  fransuzlar 

tomonidan  istilo  qilingan.  1816-yildan  Niderlandiya 

mulkiga  aylangan.  1954-yildan  Niderlandiya  qirolligi- 

ning  o‘z-o‘zini  boshqaruvchi  hududidir.  Ilgari  hudud 

tarkibiga  Aruba  oroli  ham  kirgan.  Biroq  1986-yil 

1-yanvardan  Aruba  oroli  Niderlandiya  qirolligi  tar- 

kibidagi alohida hududga aylangan.

AOMIN

Rasmiy  nomi  —  Xitoyning  ma’muriy  markazi 

Aomin  (Portugal  Makaosi).  M a ’muriy  markazi  — 

Aomin.  H ududi  —  15,51  km2.  Aholisi  —  400000 

kishi  (1992). 

Davlat  tili

  — 


portugal.  Dini

  —


I

buddistlar (45% ),  katoliklar (7% ).  Pul  birligi  — 

pataka.

G eo g ra fik   jo y la sh u v i  va  tabiati.  Ushbu  sobiq 

Portugal  mustamlakasi  hozirgi  kunda  Xitoyning  bir 

qismi  hisoblanadi.  Aomin  yarimorolida  joylashgan, 

janubi  —  Xitoy dengizi bilan o‘ralgan.

Iqlimi  —  subtropik.

D a v l a t   tuzilishi,  s iy o s iy   p a rtiya la ri.  Davlat 

boshqaruvi  —  Portugaliya  dengizorti  avtonom  hududi. 

Qonunchiligi  Portugaliya  fuqarolik  huquqi  tizimiga 

asoslangan.  Milliy  bayrami  —  10  iyun  —  Portugaliya 

kuni.  Davlat  boshlig‘i  —  Portugaliya  prezidenti 

hisoblanib,  uning  nomidan  gubernator  ish  yuritadi. 

Ikkita asosiy siyosiy partiyasi mavjud: Aomin manfaatlari 

himoyasi Assotsiatsiyasi va Aomin demokratik markazi.



I q tis o d i, 

tr a n s p o r t 

kom m u n ik a tsiya la ri. 

Iqtisodining  asosiy  sohalari  —  turizm  (bunga  qimor 

biznesi  ham  kiradi),  (YMM  25%)  va  pirotexnika 

mahsulotlarini  ishlab  chiqarish.  1991-yilda  YMM 

3,1  mlrd  (aholi  jon  boshiga  —  6900)  dollami  tashkil 

qildi.  Asosiy  savdo  hamkorlari:  (Xitoy  Aominni  oziq- 

ovqat,  chuchuk  suv  va  elektroenergiya  bilan  ta’minlay- 

di), AQSH,  Yaponiya va Gonkong.

Temiryo‘llari  yo‘q.  Bitta  avtomobil  yo‘li  va  bitta 

ko‘prik bor.  Porti  —  Makao.



Tarixi.  Makao  shahriga  1557-yilda  asos  solingan. 

1987-yil  shartnomasiga  binoan Aomin  (boshqa  nomi  — 

Makao)  1999-yil  20-dekabrda  Portugaliya  tasarrufidan 

Xitoyga  o‘tishi  ko‘rsatilgan  edi.  Qo‘shma  dekloratsiyada 

Xitoy  Makaoning  ijtimoiy-iqtisodiy  tizimini  Makao 

uning  yuridiksiyasiga  o‘tgandan  keyin  50  yil  davomida 

o‘zgartirmaslik majburiyatini  o‘z zimmasiga oldi.

ARGENTINA

Rasmiy  nomi

  — 


Argentina  Respublikasi.  Poy- 

ta xti  —  Buenos-Ayres.  H ududi

  — 


2778417  km2. 

Aholisi

  — 


38740800  kishi  (2003).  D avlat  tili  — 

ispan.  D ini  —  katolik.  Pul birligi

  — 


pyeso.

G e o g r a fik   jo y la s h u v i  v a   ta b ia ti.  Janubiy 

Amerikaning  janubiy  qismida  joylashgan.  Janubda  va 

g'arbda  Chili  (chegara  uzunligi  —  5150  km),  sharqda 

Braziliya  (1224  km)  va  Urugvay  (579  km),  shimolda 

Boliviya  (832  km)  va  Paragvay  (1880  km)  chegaradosh. 

Sharq  va janubda  Atlantika  okeani joylashgan.  Urugvay 

va  Buyuk  Britaniya  bilan  hududiy  kelishmovchiliklar 

mavjud.  Chili  va  Argentina  chegarasida  And  tog‘lari 

mavjud.  Janubiy Amerikaning  eng  baland  cho‘qqilari  — 

Akonkagua  tog'i  (6959  m),  Mersedario  tog‘i  (6770  m). 

Tinch  oqar  daryo  va  o‘simliklarga  boy  Gran-Chako 

tekisligi;  Parana  va  Urugvay  daryolari  o‘rtasidagi 

Argentina 

Mesopotamiyasi; 

Patagoniya 

cho‘llari 

Argentinaning  shimolidan janubigacha joylashgan.  Yirik 

daryolari:  Parana,  Paragvay,  Rio-Salado,  Rio-Kolorado. 

Foydali  qazilmalari  —  qo£rg‘oshin,  rux,  qalay,  mis, 

temir  rudasi,  neft,  uran.  Haydaladigan  yerlar  —  9%, 

o‘tloq  va  yaylovlar  —  52%,  o‘rmon  va  butazorlar 

hududning  22%  ini egallagan.

Iqlimi  —  tropik,  subtropik  va  mo‘tadil.  Mamlakat 

qarag'ay,  kedr,  evkalipt,  palma  kabi  daraxtlarga  boy. 

Argentina  shimolida  maymunlar,  puma  va  yaguarlar, 

otselot  va  tapirlar  ko‘p.  Qushlardan  —  to ‘tiqush, 

flamingo  va  kolibri  uchraydi.  Sharqdagi  pampaslarda 

tulkilar,  yowoyi mushuklar,  kiyiklar ko‘p.



D a v l a t   tuzilishi,  s iy o s iy   p a rtiya la ri.  Davlat 

tuzilishi  —  respublika.  Ma’muriy-hududiy  bo‘linishi: 

22 provinsiya,  1  milliy hudud va  poytaxt federal  okrugi. 

1816-yil  9-iyulda  Ispaniyadan  mustaqil  bo‘lib  ajrab 

chiqqan.  Milliy  bayramlari:  25-may  —  May  inqilobi 

kuni  (1810)  va  9-iyul  —  Mustaqillik  kuni.  Davlat  va 

hukumat  boshlig‘i  —  prezident.  Parlamenti  ikki  pala- 

tali  —  yuqori  (Milliy  kongress)  va  quyi  (Deputatlar 

palatasi).  Nufuzli  siyosiy  partiyalari:  Xustisialistlar 

partiyasi  (XP),  Fuqarolar  radikal  ittifoqi  (FRI),  De­

mokratik markaz  ittifoqi  (DMI),  Konservativ partiya.

Iq tiso d i,  tra n sp o rt  kommunikatsiyalari.  Sa- 

noatning  asosiy  sohalari:  oziq-ovqat,  avtomobil, 

to ‘qimachilik,  kimyo  va  neftkimyo,  metallurgiya, 

matbuot.  Qishloq  xo‘jaligi  (bunga  baliq  ovi  ham  kiradi)



YMM  8%  ini  beradi.  Yetishtiriladigan  asosiy  qishloq 

xo‘jalik  mahsulotlari  —  bug‘doy,  sorgo,  soya,  shakar- 

qamish.  2004-yil  YIM  miqdori  483500  mln  dollami 

(aholi  jon  boshiga  —  12400  dol.)  tashkil  etgan. 

Argentina  bug'doy  va  mol  go‘shti  eksport  qiluvchi 

dunyodagi  5  eng  yirik  davlatlar  qatoriga  kiradi. 

Mamlakatga  mashina  va  asbob-uskunalar,  ximikatlar, 

metall,  yonilg‘i  va  h.k.  import  qilinadi.  Asosiy  savdo 

hamkorlari:  AQSH,  Braziliya,  Germaniya,  Boliviya, 

Yaponiya,  Italiya.

Temiryo‘llari  uzunligi  —  34572  km,  avtomobil 

yo‘llari  —  208350.  Dengiz  portlari:  Buenos-Ayres,  La- 

Plata,  Banya-Blanka.

Tarixi.  Argentina  ispaniyalik  Dias  de  Solis 

tomonidan  1516-yilda  kashf  etilganda,  bu  yerda  kam 

sonli  hindu  qabilalari  yashashardi.  1536-yilda  asos 

solingan  Buenos-Ayres  hududi  Peru  vitse-qirolligiga 

qo‘shib  olingan edi.  Hozirgi kunda Argentina,  Paragvay, 

Urugvay  va  Boliviya joylashgan  hududda  1776-yili  La- 

Plata  vitse-qirolligi  tashkil  topgan.  1810-yilda  qo‘z- 

g‘olon  ko'targan  kreol  aholisi  vitse-qirolni  taxtdan 

ag‘darib  La-Plata  birlashgan  provinsiyalar  mustaqilligini 

e’lon  qiladi.  1816-yilda  ispan  qo‘shinlari  uzil-kesil 

mag'lubiyatga  uchraydilar.  1826-yilda  La-Plata  birlash­

gan  provinsiyalari  Argentina  Federativ  Respublikasi 

deb  ataladi.  XX  asrda  bir  qator  harbiy  to‘ntarishlar 

amalga  oshirilib,  oqibatda  1946—1955  va  1973-1974- 

yillarda  Argentinada  hukmronlik  qilgan  X.  D.  Peron 

keladi.  1982-yilda  Malvin  (Folklend)  orollari  masalasi 

bo'yicha  harbiy  to ‘qnashuvda  Buyuk  Britaniyadan 

mag‘lubiyatga  uchragan  Argentinada  harbiy  xunta 

ag‘darilib,  1983-yildan  hokimiyat  tepasiga  fuqarolik 

hukumati keladi.



ARMANISTON

Rasm iy  nomi

  — 


Armaniston  Respublikasi. 

P o yta xti

  — 


Yerevan.  H ududi

  — 


29800  km2. 

Aholisi  —  3326400  kishi  (2003).  D avlat  tili  — 

arman.  D ini  —  xristianlik.  Pul  birligi  —  dram.

G e o g r a fik   j o y la s h u v i  v a   ta b ia ti.  G ‘arbiy 

Osiyo  (Kavkazorti)dagi  davlat.  Sharqda  —  Ozarbayjon 

(chegara  uzunligi  566  km),  g‘arbda  —  Turkiya 

(268  km),  janubda  —  Ozarbayjon  (Naxichevan, 

221  km)  va  Eron  (35  km),  shimolda  Gruziya  (164  km) 

bilan  chegaradosh.  Tog‘li  Qorabog4  muammosi bo‘yicha 

Ozarbayjon  bilan  jiddiy  hududiy  kelishmovchiliklar 

mavjud.  Armaniston  balandligi  dengiz  sathidan  1700  m 

bo‘lgan  Arman  yassitog‘ligida  joylashgan  tog‘li  o‘lka. 

Eng  yuqori  nuqtasi  —  Ararat  tog‘i  (4090  m). 

Armanistonda  yuzdan  ortiq  ko‘llar  bor.  Eng  yirigi  — 

maydoni  1200  km2  bo‘lgan  Sevan  ko‘li.  Yirik  daryo- 

lari  —  Kaspiy  dengiziga  quyiladigan  Araks  va  Kura. 

Mamlakat mineral buloqlari bilan mashhur.  Uncha ko‘p 

bo‘lmagan  oltin,  molibden,  mis,  rux  zaxiralari  bor. 

Ko‘p  miqdorda  qurilish  toshlari  mavjud.  Haydaladigan 

yerlar  hududning  17%,  yaylov  va  o‘tloqlar  20%  ini 

tashkil qiladi.

Iqlimi  —  quruq  kontinental.  Armanistonning  tog‘- 

oldi  hududlari  o‘rmonlar,  tog‘lar  esa  alp  yaylovlaridan 

iborat.  Milliy  qo‘riqxonalarda  qo‘ngir  ayiq,  yowoyi 

cho‘chqa,  shoqol va boshqa hayvonlar uchraydi.



D a v l a t   tuzilishi,  s iy o s iy   p a rtiya la ri.  Davlat 

tuzilishi —  demokratik respublika.  1920-yil  29-noyabrda 

tuzilgan  Armaniston  Respublikasi  1922-yil  30-dekabrda 

SSSR tarkibiga  kirgan.  1991-yili Armaniston mustaqilli- 

gi  to‘g‘risidagi  Deklaratsiya  imzolangan.  Milliy  bayra- 

mi  —  28-may  —  Mustaqillik  kuni.  Davlat  boshlig‘i  — 

prezident.  Bir  palatali  parlament  —  Oliy  Kengash.  Eng 

nufuzli  siyosiy  partiyalari:  Arman  umummilliy  hara- 

kati,  Liberal-demokratik  partiya,  Respublika  par­

tiyasi,  Xristian-demokratik  partiya,  Dashnoqsutyun  va 

h.k.

I q tis o d i, 

tr a n s p o r t 

kom m u n ik a tsiya la ri.

Iqtisodning  asosiy  sohalari: 

rangli  metallurgiya, 

mashinasozlik,  kimyo,  metallni  qayta  ishlash,  yengil 

oziq-ovqat  sanoati,  qurilish  materiallarini  ishlab  chiqa- 

rish.  Qishloq  xo‘jaligida  ishchi  kuchining  31%  i  band. 

Sitrus  mevalar,  paxta  yetishtiriladi;  chorvachilik  rivoj- 

langan;  mashhur konyak va vino  turlari  ishlab  chiqiladi.



2004-yil  YIM  miqdori  13650  mln  dollami  (aholi  jon 

boshiga  —  4600  dol.)  tashkil  etgan. 

Eksportga 

mashinalar  va  transport  uskunalari,  qora  va  rangli 

metall,  kimyoviy  o‘g‘itlar  chiqariladi.  Asosiy  savdo 

hamkorlari  —  MDH  davlatlari.

Temiryo‘llari  uzunligi  —  840  km,  avtomobil 

yo‘llari  —  11300 km.



Tarixi.  Hozirgi  Armaniston  hududidagi  dastlabki 

davlat  tuzilmasi  —  Urartu  (m.  a.  XIII  asr).  Mamlakat 

ko‘p  yillar  davomida  ossuriyaliklar,  VII  asrda  esa 

mahalliy  aholi  bilan  aralashib  arman  millatiga  asos 

solgan  hind-yevropa  qabilalari  bosqiniga  duchor 

bo'lgan.  Yangi  davlat  Ahamoniylar,  Iskandar  Zul- 

qamayn,  Rim  imperiyasi  hukmronligi  ostida  bo'lgan. 

VII—XV  asrlarda  Armanistonga  arablar,  vizantiyaliklar, 

saljuqiy turklar,  mo‘g‘ul-tatarlar hujum qilishgan.  XVI—

XVIII  asrlarda  mamlakatni  Eron  va  Turkiya  bo‘lib 

oladi,  XIX  asr boshlarida Armanistonning  sharqiy  qismi 

Rossiyaga  qo‘shib  olinadi.  Armanlarning  Turkiyaga 

qarshi  milliy-ozodlik  kurashining  1894—1896-yillari  va 

1915—1916-yillari  bu  millat  ommaviy  qirg‘in  qilingan 

(2  million armani halok bo‘lgan).

ARUBA

Rasmiy  nomi  —  Aruba.  Poytaxti  —  Oranes- 

tad.  H ududi

  — 


193  km2.  Aholisi

  — 


71500  kishi 

(2005).  Davlat  tili  —  golland.  D ini  —  katolik 

(82% ).  Pul  birligi  —  Aruba  florini.

G e o g r a fik   jo y la s h u v i  v a   ta b ia ti. 

Karib 


dengizining  sharqiy  qismida  Kichik  Antil  orollarining 

birida  joylashgan  Vest-Indiyadagi  davlat.  O'simlik 

dunyosi unchalik boy emas.

Iqlimi  —  subekvatorial.



D a v l a t   tuzilishi,  s iy o s iy   p a rtiya la ri.  Davlat 

tuzilishi — 

konstitutsion 

monarxiya. 

Niderland 

Qirolligining  sobiq  avtonom  qismi  bo‘lgan  Aruba  1966- 

yilda  mustaqillikka  erishgan.  Qonunchiligi  niderland 

fuqarolik  huquqi  tizimiga  asoslangan.  Milliy  bayrami  —



18-mart  —  Aruba  bayrog‘i  kuni.  Davlat  boshlig‘i  — 

golland  monarxi  (uning  nomidan  gubemator  ish  yurita- 

di).  Asosiy  siyosiy  partiyalari:  Xalq  saylov  harakati  va 

Aruba xalq partiyasi.



I q tis o d i, 

tr a n s p o r t 

k o m m u n ikatsiyalari. 

Iqtisodining  muhim  sektorlaridan  biri  —  turizm. 

Offshor  bank  biznesi,  neft  tozalash  va  yuk  saqlash  ham 

rivojlangan.  Qishloq  xo'jaligi  aloe  yetishtirish,  uy 

hayvonlarini  boqish  va  baliq  ovlashdan  iborat.  2004-yil 

YIM  miqdori  2324  mln  dollami  (aholi jon  boshiga  — 

28000  dol.)  tashkil  etgan.  Asosiy  savdo  hamkorlari  — 

AQSH va YH  davlatlari.

Temiryo‘llari  yo‘q.  Avtomobil  yo‘llari  uzunligi  — 

380 km.  Dengiz portlari:  Oranestad,  Sent-Nikolas.



Tarixi.  XV  asrda  ispanlar  Antil  orollarini  kashf 

etganidan  so‘ng  Aruba  dastlab  Ispaniya,  keyin 

Gollandiya  mustamlakasiga  aylanadi.  1986-yili  orol 

muxtoriyat  maqomiga,  1996-yildan  esa  mustaqillikka 

ega bo‘ldi.

AFG‘ONISTON

Rasm iy  nomi 

—  A fg ‘on  Islom  davlati. 

P o y ta x ti  —  Qobul.  H ududi

  — 


652090  km2. 

Aholisi  —  28717200  kishi  (2003).  D avlat  tili  — 

doriy  (50% ),  pushtun  (35%  aholi  so‘zlashadi). 

Dini  —  islom.  Pul  birligi  —  afg‘oni.

G e o g r a fik   jo y la s h u v i  v a   ta b i a t i   Osiyoning 

janubi  g‘arbidagi  davlat.  Janubda  —  Pokiston  (chegara 

uzunligi  2430  km),  g‘arbda  —  Eron  (936  km),  shimol­

da  —  Tojikiston  (1206  km),  Turkmaniston  (744  km)  va 

0 ‘zbekiston  (137  km),  sharqda  —  Xitoy  (76  km)  bilan 

chegaradosh.  Tog‘lar  mamlakat  hududining  75%  ini 

egallaydi.  Asosiy  tog‘  tizimi  —  Hindikush  —  Afg‘onis- 

tonning  shimoli  sharqida  joylashgan.  Afg‘onistonning 

eng  yuqori  nuqtasi  —  Novshak  tog‘i  (7475  m).  Shimoli 

va  janubi  g‘arbida  Baqtriya,  Registon,  Dashti-Margo 

tekisliklari  mavjud.  Yirik  daryolari  —  Amudaryo, 

Gilmend,  Gerirud,  Qobul.  Foydali  qazilmalari  —  tabiiy



gaz,  neft,  ko‘mir,  mis,  oltingugurt,  sink,  temir  rudasi, 

qimmatbaho  va  yarim  qimmatbaho  toshlar.  Haydaladi- 

gan  yerlar  —  12%,  yaylov  va  o‘tloqlar  —  46%,  o‘rmon 

va butazorlar —  3%.

Iqlimi  —  kontinental,  subtropik.  Mamlakatda  cho‘l 

va  chala  cho‘l  o'simliklari  ko‘p,  1800  m  dan  balandlik­

da  ninabargli  o‘rmonlar,  janubda  esa  xurmo  va  sitrus 

daraxtlari  o‘sadi.  Yowoyi  hayvonlardan  tog‘  echkilari, 

bo‘rilar,  shoqollar,  ayiqlar,  ohular,  tulkilar,  yowoyi 

mushuklar uchraydi.



D a v l a t   tuzilishi,  s iy o s iy   p a rtiya la ri.  Davlat 

boshlig‘i  —  prezident.  Davlat  30  viloyatga  bo‘lingan. 

Mustaqillikka  1919-yil  19-avgustda  erishgan.  Milliy 

bayramlari:  19-avgust  —  Mustaqillik  kuni,  4-may  — 

Xotira  kuni.  Qonun  chiqaruvchi  hokimiyat  —  bir 

palatali  parlament.  Asosiy  siyosiy  partiyalari:  Afg‘onis- 

ton  Islom jamiyati,  Afg‘oniston Islom partiyasi va h.k.

I q tis o d i, 

tra n s p o rt 

k o m m u n ikatsiyalari. 

Iqtisodi  asosan  qishloq  xo‘jaligiga  yo‘naltirilgan.  2004- 

yil  YIM  miqdori  21,5  mln  dollami  (aholi  jon  boshi­

ga  —  800  dol.)  tashkil  etgan. 

Eksportga  tabiiy  gaz, 

meva  va  yong‘oq,  qo‘lda  to£qilgan  gilamlar,  movut, 

paxta,  qorako‘1  chiqaziladi.  Oziq-ovqat  va  neft  mahsu­

lotlari  import  qilinadi.  Sanoati  sust  rivojlangan.  Qish­

loq xo£jaligida natural xo£jalik hukmronlik qiladi.

Temiryo‘llari  uzunligi  —  24,6  km;  avtomobil 

yo‘llari  —  21000  km;  asosan  Amudaryodan  o£tadigan 

suv  yo£llari  uzunligi  1200  km  (500  tonnagacha  bo£lgan 

kemalar suzishi mumkin).

Tarixi.  Eron,  Xitoy  va  Hindistonga  boradigan 

yo‘llarda  joylashgan  Afg'oniston  Iskandar  Zulqarnayn, 

hindlar,  forsiylar,  arablar,  mo£g£ul-tatarlar,  Bobur 

tomonidan  zabt  etilgan  edi.  1747-yilda  Ahmadshoh 

boshliq  dastlabki  afg£on  davlati  tuziladi.  Durroniylar 

sulolasi  1818-yilgacha,  aniqrog£i,  Buyuk  Britaniya 

Afg£onistonni  o£z  nazorati  ostiga  olgunga  qadar  hukm­

ronlik  qilgan.  1919-yilda  hokimiyatni  egallagan  Omo- 

nulloxon  Sovet  Rossiyasi yordamida  mustaqilligini  e’lon 

qiladi.  1929—1973-yillarda  hokimiyat  Nodirshoh  sulo­

lasi  qo‘lida  bo‘lgan.  1978-yilgi  navbatdagi  harbiy


to ‘ntarishdan 

so‘ng 


hokimiyat 

tepasiga 

kelgan 

Muhammad  Taraqqiy Afg‘onistonni  demokratik  respub­



lika  deb  e’lon  qiladi.  1979-yili  hokimiyat  tepasiga 

kelgan  Babrak  Karmalni  qo‘llash  uchun  sovet  qo‘shin- 

larining  «cheldangan kontingenti»  mamlakatga kiritiladi. 

1986-yilda uning o‘miga  Najibullo keladi.  Afg‘on qurol- 

langan  muxolifatchilariga  qarshi  kurashda  15000  sovet 

askari  halok  bo'lgan.  1989-yilda  sovet  qo‘shinlari 

Afg'onistondan  chiqarilgandan  keyin  ham  hukumat  va 

mujohidlar  o‘rtasidagi  kurash  davom  etgan.  Pokiston 

yordamida  hokimiyat  Tolibon  islom  harakati  qo‘liga 

o‘tadi.  2001—2002-yillarda  AQSH  boshchiligida  toli- 

bonlarga  qarshi  olib  borilgan  antiterroristik  harakat 

natijasida  hokimiyat  demokratik  fuqarolar  hukumati 

qo‘liga  o‘tdi.  Hozirgi  kunda  prezident  etib  Hamid 

Karzay saylangan.





Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling