«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati


Download 10.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/40
Sana05.12.2019
Hajmi10.02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40

BELGIYA

Rasmiy  nomi

  — 


Belgiya  Qirolligi.  Poytaxti  — 

Bryussel. 

H ududi  —  30500  km2.  Aholisi  — 

10289100  kishi  (2003).  D avlat  tili

  — 


flamand, 

fransuz,  nemis.  D ini  —  katolik.  Pul  birligi

  — 


yevro.

G eo g ra fik   jo y la sk u v i  va  tabiati.  Yevropaning 

shimoli  g‘arbida joylashgan  davlat.  Belgiya  shimolda — 

Niderlandiya,  sharqda  —  Germaniya, janubi  sharqda  — 

Lyuksemburg,  janub  va  janubi  g‘arbda  Fransiya  bilan 

chegaradosh.  G ‘arbiy  qirg‘oqlari  Shimoliy  dengiz  bilan 

tutashgan.  Belgiyani  uch  geografik  hududga  bo‘lish 

mumkin,  bular:  sohilbo‘yi tekisligi,  markaziy yassitog‘  va 

Ardenn  tepaliklari.  Sohilbo‘yi  tekisliklari  mamlakatning 

shimoli  g‘arbida  joylashgan  bo‘lib,  qumli  tepaliklar  va 

to‘g‘onlar vositasida  dengizdan  ajratib  olingan  yer  may- 

donlaridan  iborat.  Markaziy  yassitog‘liklar  past  tepalik- 

lardan  iborat  unumdor joylardir.  Ardenn  tepaligi  mam­

lakatning janubi  sharqida joylashgan bo‘lib,  o‘rtacha ba- 

landligi  460  m  ni  tashkil  etadi.  Belgiyaning  eng  yuqori 

nuqtasi  — Ardenndagi  Botranj  tog‘i  (694  m).

Iqlimi  —  mo‘tadil.  Mamlakatning  asosiy daryolari  — 

Shelda  va  Maas.  Foydali  qazilmalardan  ko‘mir,  tabiiy 

gaz  mavjud.  Keng  bargli  o‘rmonlarda  eman,  buk,  grab 

kabi  daraxtlar  o‘sadi.  Qo‘riqxonalar  va  tabiat  parklari 

ko‘p.  Hayvonlardan  qobon,  quyon,  o‘rmon  sichqonlari, 

olmaxon,  ohularni  uchratish  mumkin.  Valdshnep, 

tustovuq,  o'rdak,  kaklik kabi qushlar mavjud.



D a v la t  tuzilishi,  s iy o s iy   p a rtiyalari.  Davlat 

tuzilishi  —  konstitusion  monarxiya.  Ijro  etuvchi 

hokimiyat  monarx  va  Vazirlar  Mahkamasi  boshlig'i  — 

premyer-ministrga 

tegishli. 

Qonun 


chiqaruvchi 

hokimiyat  ikki  palatali  parlament  (yuqori  palata  — 

Senat  va  Vakillar  palatasi)dan  iborat.  Mamlakat 

9  provinsiyadan  tashkil  topgan,  bular:  Antverpen, 

Brabant,  Sharqiy  Flandriya,  G ‘arbiy  Flandriya,  Lyej, 

Limburg, 

Lyuksemburg, 

Namyur, 


Eno. 

Siyosiy 


partiyalari: 

Sotsialistik  partiya, 

Sotsial-xristianlar 

partiyasi,  Flamand  liberallari  va  demokratlari  partiyasi, 

Belgiya kommunistlari  ittifoqi.

I q tis o d i, 

tr a n s p o r t 

k o m m u n ikatsiyalari. 

Asosiy  sanoat  tarmoqlari  —  oziq-ovqat,  kimyo,  metal- 

lurgiya, 

metallni 

qayta 

ishlash, 



mashinasozlik, 

to‘qimachilik,  oyna  ishlab  chiqarish  (oyna  va  toshoyna 

eksporti  bo‘yicha  dunyoda  birinchi  o‘rinda  turadi). 

Qishloq  xo'jaligida  qandlavlagi,  meva  va  sabzavotlar, 

bug‘doy  yetishtiriladi.  Chorvachilik  ham  rivojlangan. 

Belgiya  Yevropada  yirik  sut  mahsulotlari  ishlab  chiqa- 

ruvchilaridan  biridir.  Asosiy  savdo  hamkorlari:  YH 

mamlakatlari,  AQSH.

2004-yil  YIM  miqdori  —  316200  mln  dollarni 

(aholi jon  boshiga  —  27178  dol.)  tashkil  etgan.  Asosiy 

portlari:  Antverpen,  Bryugge,  Gent,  Ostends  va 

Zebryugge.



Tarixi.  Mamlakat  hududida  qadimda  belg  qabi­

lalari  istiqomat  qilishgan.  M.  a.  57-yilda  Belgiya  Sezar 

tomonidan  bosib  olindi  va  Rim  imperiyasi  takibiga 

qo‘shildi.  0 ‘rta  asrlarda  Belgiya  hududlari  (Braband 

gersogligi,  Flandriya,  Lyuksemburg  grafliklari)  tarixiy 

Niderlandiya tarkibiga kirgan.  XVI  asrdagi Niderlandiya 

burjua  inqilobi  Belgiya  hududida  mag‘lubiyat  bilan 

yakunlandi.  Ispan  merosi  uchun  olib  borilgan  urushlar 

oqibatida  Belgiya  Avstriya  Gabsburglari  hukmronligi 

ostiga  o‘tdi.  1813—1830-yillarda  mamlakat  Niderlan­

diya  qirolligi  tarkibida  bo‘ldi.  1830-yildagi  Belgiya 

inqilobi  mustaqil  Belgiya  qirolligining  e’lon  qilinishiga 

olib  keldi.  Tez  orada  uning  umrbod  betarafligi  e’lon 

qilindi.  1908-yilda  Belgiya  mustamlaka  mulk  —  Belgiya



Kongosiga,  1922-yilda  esa  Ruanda-Urundu  mandatiga 

ega  bo‘ldi.  I  va  II  jahon  urushlari  davrida  Belgiya 

hududlari  nemis  qo‘shinlari  tomonidan  ishg‘ol  qilingan. 

1960-yilda  Belgiya  Kongoga,  1962-yili  esa  Ruanda- 

Urunduga  mustaqillik  berdi.  1949-yildan  buyon  Belgiya 

NATO  a’zosi.  Bryusselda  Yevropadagi  qo'shma  qurolli 

kuchlar  Bosh  qo‘mondonligi  va  NATO  kengashi  shtab- 

kvartiralari joylashgan.  1958-yilda  Belgiya  Niderlandiya 

va  Lyuksemburg  bilan  bojxona  ittifoqchilik  shartno- 

malarini  imzolaydi.  XX  asming  60—70-yillarida  Bel- 

giyadagi  flamandlar  va  vallonlar  o'rtasidagi  munosabat- 

lar  keskinlashuvi  oqibatida  vaziyat  birmuncha  murak- 

kablashdi.  1993-yilda  ushbu  mojaro  koristitutsiyaga 

o‘zgartirish  kiritilishiga  olib  keldi  va  unga  ko‘ra  Belgiya 

federativ davlat bo‘lib,  Flandriya va Valloniya o‘z huku- 

matlariga ega bo‘lish huquqini qo‘lga kiritishdi.



BENIN

Rasmiy  nomi  —  Benin  Respublikasi.  Poytax- 

ti

  — 


Porto-Novo.  H ududi  —  112622  km2.  Aholi­

si  —  7041500 kishi (2003).  D avlat tili  —  fransuz. 

Dini  —  majusiylar  (70% ),  xristianlar  (15% ), 

musulmonlar (15% ).  Pul  birligi  —  Afrika franki.

G e o g r a fik   j o y la s k u v i  va   ta b ia ti.  G ‘arbiy 

Afrikada joylashgan  davlat.  Shimolda  —  Burkina-Faso, 

Niger,  sharqda  —  Nigeriya,  g‘arbda  Togo  davlati  bilan 

chegaradosh.  Janubda  sohillari  Gvineya  ko‘rfazi  bilan 

tutashgan.  Mamlakat  yuzasi janubda pastlikdan,  shimol­

da  yassitog‘likdan,  shimoli  g‘arbda  Atakora  tog‘laridan 

iborat.  Asosiy daryosi  — Veme.

Iqlimi  —  ekvatorial  va  subekvatorial.  Mamlakatda 

marmar  va  neft  zaxiralari  mavjud.  Hududning  katta 

qismi  savannalar,  janubda  daryo  bo‘ylarida  nam  tropik 

o‘rmonlar  bilan  qoplangan.  Hayvonlardan  fil,  antilopa, 

qo‘tos,  maymun,  timsohlar mavjud.  Qushlar ham ko‘p.



D a v l a t   tuzilishi,  s iy o s iy   p a rtiyalari.  Davlat 

tuzilishi  —  respublika.  Davlat  va  hukumat  boshlig‘i  — 

prezident.  Benin  6  ta  viloyatga  bo‘lingan.  Siyosiy


partiyalari:  Benin  Tiklanishi,  Demokratik  yangilanish 

partiyasi,  Alafiya  —  yangilanish  va  rivojlanish  uchun 

harakatlar  Fronti.

I q tis o d i, 

tr a n s p o r t 

k o m m u n ik a tsiya la ri. 

Benin  —  agrar  mamlakat.  Qishloq  xo'jaligi  mahsulotla- 

rini  qayta  ishlash,  oziq-ovqat,  to‘qimachilik  korxonalari 

faoliyat  ko‘rsatmoqda.  Chorvachilik  rivojlangan.  Paxta, 

yeryong‘oq,  qahva  yetishtiriladi.  2004-yil  YIM  miqdori 

8338  mln  dollami  (aholi  jon  boshiga  —  1200  dol.) 

tashkil  etgan.  Asosiy  savdo  hamkorlari:  Marokash, 

Fransiya,  Portugaliya,  AQSH,  Xitoy,  Gana,  Italiya, 

Gollandiya,  Nigeriya,  Kot-d'Ivuar.

Asosiy porti:  Kotonu.



Tarixi.  XV  asrda  Beninning  qirg‘oq  hududlariga 

yevropaliklar  kirib  keldi  va  uni  qul  savdosining  yirik 

tumanlaridan  biriga  aylantirdi.  Benin  hududida  vujudga 

kelgan  Dagomeya  davlati  to‘grisidagi  birinchi  ma’lu- 

motlar  XVII  asrga  oiddir.  1890-yillarning  boshida 

Dagomeya  fransuz  istilochilari  tomonidan  bosib  olindi.

XIX  asrning  oxirlarida  Benin  hududi  ingliz  mustam- 

lakachilari tomonidan bosib  olinib,  keyinchalik Nigeriya 

mustamlakasi  tarkibiga  qo‘shib  yuborildi.  Dagomeya 

1904-yilda  fransuz  mustamlakasi  bo‘lib  qoldi  va  hozirgi 

kungacha  Fransiya  mamlakatining  asosiy  savdo  hamkori 

bo‘lib  qolmoqda.  1960-yilning  1-avgustidan  Benin 

Dagomeya  Respublikasi  nomi  ostidagi  mustaqil  davlat- 

dir.  1960— 1972-yillarda  mamlakatda  10  ta  hukumat 

almashib,  5  ta  harbiy  to‘ntarish  bo‘lib  o‘tdi.  1972-yilda 

hokimiyat  tepasiga  Harbiy-inqilobiy  hukumat  keldi.

1990-yil  martidan  mamlakat  Benin  respublikasi  deb 

atala  boshlandi.  1990-yil  dekabrida  yangi  konstitutsiya 

qabul qilindi.

BERMUD  OROLLARI

Rasm iy  nomi

  — 


Bermud  orollari  ( Buyuk 

Britaniya  mulki).  Poytaxti

  — 


Gamilton.  H udu­

di  — 58,8  km2.  Aholisi  —  65300  kishi  (2005). 

D avlat  tili  —  ingliz.  D ini  —  xristianlik.  Pul 

birligi

 

—Bermud  dollari.



G e o g r a fik   jo y la s h u v i  va   ta b ia ti.  Orollar 

Atlantika  okeanining  shimoli  g‘arbiy  qismida  joylash­

gan,  360  ta atrofidagi orollar va qoyalardan iborat,  ular­

dan  20  tasida  odam  yashamaydi.  10  ta  orol  o‘zaro 

ko‘priklar  bilan  birlashib  asosiy  orol  —  Meyn-Aylendni 

tashkil etadi.  Orollar tekisliklardan iborat.

Iqlimi  —  tropik,  issiq.  Tabiiy  o‘simliklari  saqlanib 

qolmagan.  Qayta ekiladigan tropik o‘simliklar va daraxt- 

lar bor.  Mayda kemiruvchilar ko‘p.  Qushlarning bir qan- 

cha turlari  (to‘tiqush,  dengiz qushlari),  hasharotlar bor.



D a v la t  tuzilishi,  s iy o s iy   p a rtiya la ri.  Davlat 

tuzilishi  —  Buyuk  Britaniya  mulki.  Davlat  boshlig‘i  — 

Buyuk  Britaniya  qirolichasi  tomonidan  tayinlanadigan, 

tashqi  siyosat,  mudofaa,  politsiya,  ichki  xavfsizlik 

masalalari  bilan  shug‘ullanadigan  gubernator.  Ma’mu- 

riy-hududiy  jihatdan  9  okrug  va  2  munitsipalitetga 

bo‘linadi.  Siyosiy  partiyalari:  Birlashgan  Bermud 

partiyasi,  Leyboristik  taraqqiyot  partiyasi,  Milliy  liberal 

partiya.

I q ti s o d i   va   tra n s p o rt  kom m unikatsiyalari.

Iqtisodining  asosini  chet  el  turizmi  tashkil  etadi. 

Bermud  orollari  muhim  moliyaviy  markazdir.  Orollarda 

6  mingdan  ortiq  chet  el  kompaniyalari  ro‘yxatga  olin­

gan.  Bermud  orollari  ro‘yxatga  olingan  chet  el  kemala- 

rining  hajmi  jihatidan  5-o‘rinni  egallaydi.  Kemalami 

ta’mirlash,  qayiqlar  yasash,  farmatsevtik  mahsulotlar 

ishlab  chiqarish,  qurilish  materiallari  korxonalari  faoli- 

yat  yuritadi.  Kartoshka,  karam,  pomidor,  banan,  gullar 

yetishtiriladi.  Baliqchilik  rivojlangan.  2004-yil  YIM 

miqdori  2498  mln  dollarni  (aholi jon  boshiga  —36000 

dol.)  tashkil  etgan.  Asosiy  savdo  hamkorlari:  AQSH, 

Buyuk Britaniya,  Venesuela.

Tarixi.  Orollar  1522-yilda  ispan  dengiz  sayyohi 

X. Bermudes  tomonidan  kashf etilgan.  1609-yilda  orol­

larga  inglizlar  kelib  joylasha  boshladi.  1684-yilda  bu 

hududlar  Angliya  mustamlakasiga  aylandi.  1968-yilda 

orollarga  ichki  o‘z-o‘zini  boshqarish  huquqi  berildi. 

1989-yilda  Britaniya  hukumati  Bermud  orollariga 

mustaqillik  berish  talabini  rad  etdi.  1995-yil  avgust 

oyida  o'tkazilgan  referendumda  aholining  ko‘pchilik



qismi qaram hudud maqomini  saqlab  qolish uchun ovoz 

berdi.


BIRLASHGAN  ARAB AMIRLIKLARI

Rasmiy  nomi  —  Birlashgan  Arab  Amirliklari. 

P oytaxti

  — 


Abu-Dabi.  H ududi  —  83657  km2. 

Aholisi  —  2484800  kishi  (2003).  D avlat  tili  — 

arab.  D ini  —  islom.  Pul  birligi  —  dirham.

G e o g r a fik   j o y la s k u v i  va   ta b ia ti.  Arabiston 

yarimorolida  joylashgan,  yetti  arab  davlatidan  iborat 

federatsiya.  Janub  va  g‘arbda  Saudiya  Arabistoni 

(chegara  uzunligi  —  457  km),  shimolda  —  Ummon 

(410  km),  shimoli  g‘arbda  esa  Qatar bilan  chegaradosh. 

Shimolda  Fors  ko‘rfazi,  sharqda  Ummon  ko‘rfazi  bilan 

tutashib  ketgan.  Sohil  bo ‘ у lab  chegara  uzunligi  — 

1318  km.  Mamlakat  landshaftida  tekisliklar  ustunlik 

qiladi.  Unumsiz  qirg‘oq  tekisliklari  qumli  barxanlarga 

aylanib  boradi.  Mamlakat  ichkarisidagi  yirik  maydonlar 

cho‘llar  va  sho'rxok  yerlardan  iborat.  Sharqda  Hojar 

tog‘  cho‘qqilari  joylashgan  (balandligi  1127  km).  BAA 

uchun  cho‘l  o‘simliklari  dunyosi  xosdir:  yantoq va  cho‘l 

iqlimiga  chidamli  o‘tlar.  Mamlakatning  sug‘oriladigan 

maydonlarida  yowoyi  va  xo‘jalik  mevali  daraxtlari  — 

xurmo,  akatsiya  o‘stiriladi.  Hayvonot  dunyosi  —  kiyik, 

quyon  hamda  ilon  va  kaltakesaklaming  har  xil  turlari 

uchraydi.  Fors va  Ummon ko‘rfazi suvlari baliqqa boy.



D a v l a t  

tu zilishi, 

s iy o s i y  

p a r tiy a la r i. 

Markaziy  hokimiyati  maxsus  vakolatlarga  ega  bo‘lgan 

amirliklar federatsiyasi.  Federatsiyaga  yetti  arab  amirlik­

lari:  Abu-Dabi,  Ajiman,  Dubay,  Ras-al-Xayma,  Umm- 

al-Kavayn,  Shaija hamda Al-Fujayra kiradi.  BAA  1971- 

yil  2-dekabrda  mustaqillikga  erishdi.  Mustaqillikka 

qadar  u  Buyuk  Britaniya  protektorati  (qaram  davlati) 

hisoblanib,  uning  oldingi  nomi  Shartnomaviy  Ummon 

bo‘lgan.  Buyuk Britaniya  BAAga mustaqillik bergan kun 

(1971-yil  2-dekabr)  milliy  bayram  —  Federatsiyaning 

tashkil  topgan  kuni  sifatida  nishonlanadi.  Ijro  etuvchi 

hokimiyat  Prezidentga  hamda  hukmdorlarning  Oliy



Kengashiga  tegishlidir.  Qonun  chiqaruvchi  hokimiyatni 

bir  palatali  Federal  Milliy  Kengash  amalga  oshiradi. 

Siyosiy partiyalar mavjud emas.

I q tis o d i, 

tr a n s p o r t 

k o m m u n ikatsiyalari. 

Mamlakat  iqtisodi  neft  va  gaz  eksportiga  asoslangan. 

1973-yilda  dunyoda  neft  xarid  narxining  keskin  ko‘tari- 

lishi  mamlakatdagi  iqtisodiy  ahvolning  vaqtinchalik 

o‘zgarishiga  olib  keldi.  Qishloq  xo‘jaligida  mehnatga 

layoqatli  aholining  5%  i  band  bo‘lib,  yetishtiriladigan 

mahsulotlar  quyidagilar  —  xurmo,  sabzavotlar,  tarvuz, 

parranda,  sut  mahsulotlari  va  baliq.  Mamlakat  o‘z  ichki 

oziq-ovqat  mahsulotlariga  bo'lgan  talabining  chorak 

qisminigina  ta ’minlaydi. 

2004-yil  YIM  miqdori 

63670  mln  dollami  (aholi  jon  boshiga  —  25200  dol.) 

tashkil  etgan. 

Asosiy  savdo  hamkorlari:  Yaponiya, 

Buyuk Britaniya,  Germaniya,  Janubiy Koreya.

Avtomobil  yo'llarining  umumiy  uzunligi  2000  km 

(asfalt  yotqizilgan  yo‘llar  —  1800  km).  Mamlakatning 

asosiy portlari:  Abu-Dabi,  Dubay,  Shaija, Al-Fujayra.



Tarixi.  XIX  asr  oxirlarigacha  BAA  Ummon  tar­

kibida  bo‘lgan.  1892-yilda  Arabiston  yarimorolining 

sharqiy  qismida  joylashgan  Arab  davlatlari  federatsiyasi 

Fors  ko‘rfazidagi  dengiz  qaroqchilariga  qarshi  kurashish 

maqsadida  Buyuk  Britaniya  bilan  kelishuv  imzoladi. 

1971-yil,  ya’ni  BAA  davlat  mustaqilligi  e’lon  qilingunga 

qadar u  Buyuk Britaniya protektorati edi.

BOLGARIYA

Rasm iy  nomi

  — 


Bolgariya  Respublikasi. 

P o yta xti

  — 


Sofiya. 

H ududi

  — 


110912  km2. 

Aholisi

  — 


7537900  kishi  (2003).  D avlat  tili

  — 


bolgar.  D ini

  — 


pravoslavlar  (85% ),  musulmonlar 

(13% ).  Pul  birligi

  — 


lev.

G e o g r a fik   jo y l a s k u v i   v a   ta b ia ti. 

Bolqon 


yarimorolidagi  Janubi 

Sharqiy  Yevropa 

davlati. 

Shimolda  —  Ruminiya,  g‘arbda  —  Yugoslaviya  va 

Makedoniya,  janubda  —  Gretsiya  va  Turkiya  bilan 

chegaradosh.  Shimolda  Qora  dengiz  bilan  tutashgan.



Hududining  katta  qismini  tog1  va  tepaliklar  egallagan. 

Mamlakat  markazida  shimoli  g‘arbdan  Qora  dengiz- 

gacha  cho‘zilgan  Bolqon tog'lari joylashgan.  Janubda  — 

Rodopi  tog‘lari,  janubi  g‘arbda  esa  mamlakatning  eng 

yuqori  nuqtasi  Musala  cho‘qqisi  (2925  m)  joylashgan 

Rila  tog‘lari  mavjud.  Bolqon  tog‘larining  janubiy 

yonbag‘irlari  va  Rodopi  tog‘lari  orasida  Meritsa  daryosi 

vodiysi yastanib yotibdi.

Iqlimi  —  mo‘tadil  kontinental.  Asosiy  daryolari: 

Dunay,  Iskar  va  Maritsa.  Foydali  qazilmalardan  boksit- 

lar,  mis,  qo‘rg‘oshin,  ko‘mir,  yog‘och  mavjud. 

Mamlakat  hududining  katta  qismini  o‘rmonlar  egalla­

gan.  Vodiylarda  bargli,  tog‘larda  esa  ninabargli  o'rmon- 

lar  ustunlik  qiladi.  Hayvonlardan  quyon,  tulki,  qobon, 

bo‘rsiq,  yumronqoziq,  kiyik,  ohu kabilar mavjud.

D a v l a t  

tu zilishi, 

s i y o s i y  

p a r tiy a la r i. 

Bolgariya  —  prezidentlik  respublikasi.  Davlat  bosh- 

lig‘i  —  prezident.  Ijro  etuvchi  hokimiyat  premyer- 

ministr  boshchiligidagi  Ministrlar  Kengashiga  tegishli. 

Qonun  chiqaruvchi  hokimiyat  bir  palatali  parlament  — 

Xalq  yig‘ini  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Siyosiy 

partiyalari:  Demokratik  kuchlar  ittifoqi,  Bolgariya 

sotsialistik  partiyasi,  Xalq  ittifoqi,  Huquq  va  erkinliklar 

uchun harakat.

I q tis o d i, 

tra n s p o rt 

kom m u n ik a tsiya la ri. 

Rivojlangan  sanoat  sohalari:  mashinasozlik,  metal- 

lurgiya,  oziq-ovqat,  to‘qimachilik,  kimyo,  yog‘ochni 

qayta  ishlash.  Mashinasozlik  —  xalq  xo‘jaligining 

muhim  tarmog‘idir.  Mashinasozlik  korxonalari  respub- 

likaning  ko'pgina  shaharlarida  qurilgan,  ulardan  eng 

yiriklari  —  Sofiya,  Varna,  Gusa,  Burgos,  Plovdiv. 

Bolgariya  mineral  resurslar  bilan  nisbatan  yaxshi 

ta’minlangan.  Qishloq xo‘jaligi  Bolgariya  YMMning  1/8 

qismini  tashkil  etib,  iqtisodiy  faol  aholining  1/5  qismini 

ish bilan band qilgan.  Donli ekinlar uchun haydaladigan 

yerlaming  3/5  qismi  ajratilgan.  Makkajo‘xori,  sholi, 

arpa,  bug'doy  ekiladi.  Texnikaviy  o‘simliklardan janub­

da  ekiladigan  tamakiga  va  kungaboqarga  alohida  e’tibor 

beriladi.  Shuningdek,  mamlakat  pomidor  va  uzumning 

yirik  eksportchilaridan  biridir.  So‘nggi  yillarda  turizm



ham  yaxshi  rivojlanmoqda.  2004-yil  YIM  miqdori 

61630  mln  dollami  (aholi  jon  boshiga  —  8200  dol.) 

tashkil  etgan.  Asosiy  savdo  hamkorlari  —  Rossiya, 

Germaniya,  Italiya,  Turkiya,  Gretsiya.

Asosiy portlari:  Burgos, Varna.

Tarixi.  М.  a.  VIII  asrda  zamonaviy  Bolgariya 

hududida  frakiyaliklar  qabilalari  istiqomat  qilishgan.  M.  a. 

VII  asrda  mamlakat  qirg‘oqlarida  grek  shaharlari  — 

Apolloniya  (zamonaviy  Sozopol),  Odessos  (zamonaviy 

Varna),  Mesembri  (zamonaviy  Nesebir)ga  asos  solindi. 

I  asrda  bu  yerlaming  Rim  tomonidan  bosib  olinishi 

oqibatida  Rim  provinsiyalari  Meziya  va  Frakiya  tashkil 

topdi.  395-yili  Rim  imperiyasi  inqirozga  yuz  tutganidan 

so‘ng  bu  ikki  provinsiya  Vizantiya  imperiyasi  tarkibiga 

kirdi.  VI  asrdan  boshlab  mamlakatga  slavyan  qabilalari 

kirib  kela boshladi.  680-yilda  xon Asparux boshchiligida 

birinchi  bolgar  qirolligi  tashkil  etildi.  Vizantiya  yangi 

davlatni tan  oldi.  894-yilda  aka-uka  Kirill va  Mefodiylar 

slavyan  yozuvini  kiritdilar.  1014-yilda  Vizantiya  impe- 

ratori  Vasiliy  II  Bolgaroboysa  Belasitsa  yonidagi jangda 

bolgar  qo‘shinlarini  tor-mor  qildi.  Tez  orada  mamlakat 

Vizantiya  tarkibiga  qo‘shildi.  1187-yilda  mustaqil 

ikkinchi  Bolgar qirolligi  tashkil  etildi.  XIV asr oxirlarida 

Bolgariya  turklar  tomonidan  ishg‘ol  qilindi.  1878-yili 

rus—turk  urushi  oqibatida  mamlakatning  shimoliy 

qismida  mustaqil  Bolgar  knyazligi  tashkil  topdi.  Janubiy 

qismi  —  Sharqiy  Rumeliya  Turkiyaning  avtonom 

provinsiyasi  edi.  1885-yildagi  turklarga  qarshi  ko‘taril- 

gan  Plovdiv  qo‘zg‘oloni  mamlakatning  birlashishiga  olib 

keldi.  1908-yilda  Bolgariya  Turkiyadan  to‘la  mustaqil­

ligini  e’lon  qilib,  qirollik  sifatida  qayta  tashkil  etildi.

I  jahon  urushida  Bolgariya  Germaniya  tarafida  turib 

urush  olib  bordi  va  buning  oqibatida  Janubiy  Dobruja 

hududini  boy  berdi.  1940-yili  fashistik  davlatlar  bilan 

hamkorlik shartnomasini imzoladi va Janubiy Dobrujani 

Ruminiyadan  qaytarib  oldi.  1941 —1944-yillarda  Bolga­

riya  II  jahon  urushida  fashistik  blok  tarafida  ishtirok 

etdi.  1944-yilda  mamlakatga  sovet  qo‘shinlari  kirib 

keldi.  Shu vaqtda  Sofiyada  davlat to‘ntarilishi  o‘tkazilib, 

yangi  tuzilgan  hokimiyat  Germaniyaga  qarshi  urush


e’lon qildi.  1946-yilda monarxiya yo‘q qilinib,  Bolgariya 

Xalq  Respublikasi  tashkil  topganligi  e’lon  qilindi. 

Bolgariya  1949-yilda  OTYK  (SEV)ga,  1955-yilda 

Varshava  Shartnomasi  uyushmasiga  a’zo  boiib  kirdi. 

40-yildan  ortiq  vaqt  davomida  mamlakatda  Todor 

Jivkov  boshchiligidagi  kommunistik  tuzum  hukmronlik 

qildi.  1990-yilda  bu  tuzum  ag‘darilib,  Bolgariya 

demokratik  hukumatini  tashkil  etish jarayoni  boshlandi. 

1991-yilda  yangi  konstitutsiya  qabul  qilinib,  mamlakat 

nomi  Bolgariya  Respublikasi deb o‘zgartirildi.



BOLIVIYA

Rasmiy  nomi  —  Boliviya  Respublikasi.  Poy­

taxti  —  Sukre  (rasmiy  hukumat  joylashagan  sha- 

har La-Pas).  Hududi  —  1  098  581  km2.  Aholisi  — 

8586400  kishi  (2003).  D avlat  tili  —  ispan. 

Dini  —  katoliklar (95% ),  protestanlar (5% ).  Pul 

birligi  —  boliviano.

G e o g r a fik   jo y la s h u v i  v a   ta b ia ti.  Janubiy 

Amerikaning  markaziy  qismida  joylashgan  davlat. 

Boliviya  shimolda  va  sharqda  Braziliya,  janubi  sharq­

da  —  Paragvay,  g‘arbda  —  Chili  va  Peru,  janubda 

Argentina  davlatlari  bilan  chegaradosh.  Boliviyaning 

janubi  g‘arbi  And  togiarida  joylashgan.  Ikkiga  ajralgan 

tog‘  tizmasi  G ‘arbiy va  Sharqiy tog‘  tizmalariga  ajralgan 

bo‘lib,  ularning  orasida  dengiz  sathidan  4000  m baland­

likda joylashgan  Puna tekis tog‘ligi  (ploskogrye) joylash­

gan.  G ‘arbda  yassi  tog‘lar,  so‘ngan  vulqonlar  zanjiri. 

Shu  yerda  dunyodagi  eng  sirli  tog‘  ko‘li  Titikaka 

joylashgan.  Sharqda  And  tog‘larning  eng  yuqori 

cho‘qqilari  Illimani  (6682  m),  Ankouma  (6550  m), 

Illampu  (6485  m) joylashgan.

Iqlimi  —  tropik,  subekvatorial.  Asosiy  daryolari: 

Benin  Mamorye,  Desaguadero,  Madeyra  (Amazonka- 

ning  yirik  irmog‘i).  Boliviyada  ko‘llar  ko‘p  bo‘lib, 

ularning  orasida  Titikaka  va  Poopo  eng  kattalari 

hisoblanadi.  Boliviyada  foydali  qazilmalardan  qalayi, 

rux,  kumush,  oltin,  mis,  qo‘rg‘oshin,  volfram,  surma,

53


tabiiy  gaz,  neft  zaxiralari  mavjud.  Sudralib  yuruvchi 

hayvonlar,  qushlar va hasharotlar ham keng tarqalgan.



D a v l a t   tu zilish i  va   s iy o s i y   p a r tiy a la r i. 

Davlat  va  hukumat  boshlig‘i  —  prezident.  Shuningdek, 

ijro  etuvchi  hokimiyat  Vazirlar  Mahkamasiga  ham 

tegishlidir.  Qonun  chiqaruvchi  hokimiyat  ikki  palatali, 

Senatorlar  va  Deputatlar  palatasidan  iborat  —  Milliy 

Kongress  tamonidan  amalga  oshiriladi.  Boliviya  9  de- 

partamentdan  iborat  respublika.  Siyosiy  partiyalari: 

Milliy  inqilobiy  harakat,  So‘l  inqilobiy  harakat,  Milliy 

demokratik faoliyat,  «Birdamlik»  fuqarolik ittifoqi.

I q tis o d i, 

tr a n s p o r t 

k o m m u n ikatsiyalari. 

Boliviya  tabiiy  resurslarga  boy  bo'lishiga  qaramasdan, 

Lotin  Amerikasidagi  iqtisodiy  jihatdan  eng  qoloq 

mamlakatlardan  biri.  Asosiy  sanoat  tarmoqlari  —  tog‘- 

kon  va  tabiiy  gaz  qazib  olish.  Qalay,  volfram,  surma, 

rangli  metallami  qazib  olish  bo‘yicha  Boliviya  dunyoda 

birinchi  o‘rinlardan  birida  turadi.  Neftni  qayta  ishlash, 

metallga  ishlov  berish,  to ‘qimachilik  sanoati,  shu­

ningdek,  tamaki  va  oziq-ovqat  ishlab  chiqarish  rivoj­

langan.  Madaniy  o‘simliklardan  kartoshka,  sholi, 

boshoqlilar,  shakarqamish,  qahva  o‘stiriladi.  2004-yil 

YIM  miqdori  22330  mln  dollarni  (aholi jon boshiga  — 

2600  dol.)  tashkil  etgan. 

Asosiy  savdo  hamkorlari: 

AQSH,  Argentina,  Braziliya,  Peru,  Chili,  Yaponiya, 

YH  mamlakatlari.

Avtomobil  va  temiryo‘llardan  tashqari  ichki  suv 

yo‘llari ham mavjud.



Tarixi.  Titikaka  ko‘lining  janubida  qadimda 

inklargacha  bo‘lgan  davrda  Tiaxuanako  davlati  mavjud 

bo‘lgan.  Bu  davlat  X  asrgacha  gullab-yashnagan.  XIII 

asrda  davlatni  aymora  hindulari,  keyinchalik  zamonaviy 

Boliviya  hududini  inklar  ishg‘ol  qildi.  XVI  asrda  ispan- 

lar  bosib  olib,  Boliviya  Peru  vitse-qirolligi  tarkibiga 

kirdi.  1825-yilda  mustaqillik  uchun  kurash  rahbari 

Simon  Bolivar  qo‘shinlari  ispanlar  ustidan  g‘alaba 

qozondi.  1964-yilda  harbiy  to‘ntarish  amalga  oshirildi. 

Harbiy  xunta  bilan  kurashish  uchun  inqilobiy  harakat 

tashkil  etilib,  unga  Ernesto  Che  Gevara boshchilik qildi. 

Mamlakatda  bir  necha  marotaba  davlat  to‘ntarilishlari


1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling