«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati


Download 10.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/40
Sana05.12.2019
Hajmi10.02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40

BURUNDI

R a s m iy  

nomi 

— 

Burundi 

Respublikasi. 

P o y ta x ti

  — 


Bujumbura.  H u du d i

  — 


27834  km2. 

Aholisi  —  6069200  kishi  (2003).  D a v la t  tili  — 

fransuz,  kirundi.  D in i

  — 


k a to lik la r   ( 7 3 % ) ,  

majusiylar  ( 2 2 % ) ,  protestantlar  ( 5 % ) .   Pul  birli­

g i

  — 


Burundi  franki.

G eografik  joylash uvi  va  tabiati.

  Sharqiy 

Afrikada  joylashgan  davlat.  Shimolda  Ruanda,  sharqda 

va  janubda  —  Tanzaniya,  g‘arbda  Kongo  Demokratik 

Respublikasi  bilan  chegaradosh.  G ‘arbiy  chegarasining 

bir  qismi  Tanganika  ko‘li  bo‘ylab  o‘tgan.  Mamlakat 

hududining  katta  qismi  asosan  slanets  va  qum-toshdan 

iborat  bo‘lgan  yassitog‘liklar  egallagan.  Eng  yuqori 

nuqtasi  —  Xexa tog‘i  (2670  m).

Iqlimi  —  subekvatorial.  Tabiati  o ‘ziga  xos  bo‘lib, 

yassitog‘li  hududlarida  akatsiyalar va palmalar uchraydi­

gan  savannalar hukmron.  Ba’zi joylarda  park  o ‘rmonlari 

uchraydi.  Hayvonot  dunyosi  boy  bo‘lib,  bu  yerda  fil, 

timsoh,  qoplon,  begemot,  yow oyi  cho'chqa  kabi 

hayvonlarni  uchratish  mumkin.  Qushlar  ham  ko‘p. 

Qazilma  boyliklaridan  uran,  nikel,  mis,  kobalt,  vanadiy, 

torf mavjud.

D a v la t  tuzilishi  va  siy o siy   partiyalari.

Davlat  tuzilishi  —  respublika.  Davlat  boshlig‘i  —  prezi­

dent.  Hukumat  boshlig‘i  —  premyer-ministr.  Burundi 

15  ta  viloyatga  bo‘lingan.  Siyosiy  partiyalari  —  Burundi



demokratiya  tarafdorlari  fronti,  Milliy  birdamlik  va 

taraqqiyot partiyasi.



Iq tiso d i, 

transport 

kommunikatsiyalari.

Burundi  —  agrar  mamlakat.  Yog‘ochni  qayta  ishlash, 

to ‘qimachilik,  sement  ishlab  chiqarish,  qishloq  xo‘jaligi 

xomashyosini  qayta  ishlash  korxonalari  faoliyat  ko‘rsat- 

moqda.  Baliqchilik,  chorvachilik,  qahva,  choy,  paxta 

yetishtiriladi.  2004-yil  YIM  miqdori  4001  mln  dollarni 

(aholi  jon  boshiga  —  600  dol.)  tashkil  etgan.  Asosiy 

savdo  hamkorlari:  Belgiya,  Fransiya,  Germaniya, 

Tanzaniya,  Yaponiya,  AQSH.

Tarixi.

  Tva  pigmeylari  Burundining  tub  aholisi 

hisoblanadi.  Tvalarning  katta  qismini  assimiliatsiya 

qilgan  xutular XIV asrda  paydo  bo‘lgan.  XV asrda  tutsi- 

lar  kirib  kelganidan  so‘ng  Ruandadagi  kabi  bu  yerda 

ham  qirollik  tashkil  etildi. 

XIX  asrning  80-yillarida 

Burundi  (bu  davrda  Urundi)  Ruanda  bilan  birga  nemis- 

lar  tomonidan  ishg‘ol  qilinib,  German  Sharqiy  Afrikasi 

tarkibiga  qo‘shildi.  Birinchi  jahon  urushidan  so‘ng 

Belgiyaga 

Ruanda—Urundi 

hududlari 

boshqaruv 

mandati  topshirildi.  1962-yil  1-iyulda  Burundi  konsti­

tutsion  monarxiya  sifatida  mustaqillikka  erishdi.  1966- 

yilgi  harbiy  to ‘ntarishdan  so‘ng  mamlakat  respublika 

deb  e’lon  qilindi.  1990-yillarda  davlatda  xutu  va  tutsilar 

o ‘rtasida harbiy to'qnashuvlar boshlandi.

BUTAN

R asm iy  nomi

  — 


Butan  Qirolligi[■  P o y ta x ti

  — 


Tximpxu.  H u d u d i  —  47000  k m .  Aholisi  — 

2139500  kishi  (2003).  D a v la t  tili  —  dzong-ke. 

D in i  —  m axayan  b u d d a v iy lig in in g   lam aistik 

shakli.  Pul  birligi  —  ngultrum.

G eografik  jo yla sk u vi  va  tabiati.

  Markaziy 

Osiyo  janubida,  Malayning  sharqida  joylashgan  davlat. 

Sharqda, janubda va janubiy g‘arbda  Hindiston,  shimol­

da  va  shimoliy  g‘arbda  Tibet  bilan  chegaradosh.  Tog‘li 

mamlakat.  Sharqiy  Himolayning janubiy  qismini  egalla­

gan.  Eng baland tog‘i  —  Jamolxari  (7314  m).


Iqlimi  —  tropik.  Daryolari  Braxmaputra  havzasiga 

tegishlidir.  Mamlakat  kalsiy  karbiti,  gips  zaxiralariga 

ega.  Grafit,  mis,  qo‘rg‘oshin,  toshko‘mir,  volfram  qazib 

olinadi.  Haydaladigan  yerlar  mamlakat  maydonining 

2,8%  ini  tashkil  etadi.  Tog‘  cho‘qqilari  qor  bilan 

qoplangan.  Biraxmaputra  irmoqlari  vodiysida  bananlar 

o‘sadi.  Hayvonot  dunyosida  maymun,  yo‘lbars,  himolay 

ayiqlari,  kiyik,  fil  kabi  hayvonlami  uchratish  mumkin.



D a v la t  tuzilishi  va  siy o s iy   partiyalari. 

Davlat  8  ta  viloyatga  bo'lingan.  Davlat  tuzilishi  — 

konstitutsiyaviy  monarxiya.  Davlat  boshlig‘i  —  qirol. 

Hukumat  boshlig‘i  —  Ministrlar  Kengashi  raisi.  Siyosiy 

partiyalar  rasman  mavjud  emas.

Iqtisodi,  transport  kommunikatsiyalari.

  Iqti­


sodi  natural  xo‘jalik  va  feodal  munosabatlari  ustun 

bo‘lgan  agrar  mamlakat.  Tog‘lardagi  ekin  maydonlarida 

mango,  boshoqlilar,  sitrus  o ‘simliklar,  ananas  yetishtiri­

ladi.  Hunarmandchilik  rivojlangan  bo‘lib,  ustaxonalarda 

sovuq  qurol,  gilam,  mato  to ‘quvchiligi,  yog‘ochga  ishlov 

berish  amalga  oshiriladi.  Tog‘-kon  va  qishloq  xo‘jaligi 

mahsulotlarini  qayta  ishlash  korxonalari  faoliyat  yurit- 

moqda.  2004-yil  YIM   miqdori  2638  mln  dollarni 

(aholi  jon  boshiga  —  1180  dol.)  tashkil  etgan.  Asosiy 

savdo  hamkorlari:  Hindiston,  Yaqin  Sharq  mamlakat­

lari,  Yevropa  mamlakatlari,  Singapur.

Tarixi.

  Zamonaviy  Butan  hududi  m.  a.  VIII  asrda 

Hindiston  hukmronligi  ostiga  o‘tdi.  XVI  asrda  Butan 

Tibet  hukmdorlariga  bo‘ysundi.  1774-yilda  zamonaviy 

Butan  hududida  yashagan  xalqlar  Xitoy  hukmronligi 

ostida  qoldi.  XIX  asrda  inglizlar  bostirib  kirdi.  1907- 

yilda  Tongsi  hukmdori  Ugiyen  Vangchuk  monarx  deb 

e’lon  qilindi  va  o ‘z  sulolasiga  asos  soldi.  1949-yilda 

Butan  Hindistondan  mustaqillik  oldi.  1954-yilda  o ‘z 

parlamentini  tashkil  etdi.  1998-yilda  qirol  o‘z  vakolat- 

larining  bir  qismidan  Milliy  Assambleya  foydasiga  voz 

kechdi.


BUYUK  BRITANIYA

R asm iy  nomi

  — 


Buyuk  B ritan iya  va  Shimoliy 

I r la n d iy a  

birlashgan 

qirolligi. 

P o y t a x t i  

 

London.  H u du di

  — 


244100  km2  (S h etla n d   orollari 

bilan  birga).  Aholisi  —  60094600  kishi  (2003). 

D a v l a t   ti l i   —  ingliz.  D in i  —  p r o te s ta n tlik  

( 9 0 % ) .  Pul  birligi  —  funt-sterling.

Geografik  joylaskuvi  va  tabiati.

  Yevropaning 

shimoli  g‘arbida,  Britan  orollarida  joylashgan  davlat. 

Buyuk  Britaniya  orolida  Angliya,  Shotlandiya  va  Uels 

joylashgan.  Shimoliy  Irlandiya  Irlandiya  orolining  shi­

moliy  qismida  joylashgan.  Shimolda  Irlandiya  bilan 

chegaradosh, g‘arbda Atlantika okeani,  sharqda Shimoliy 

dengiz,  janubi  sharqda  Buyuk  Britaniyani  Yevropadan 

ajratib  turadigan  La-Mansh  bo‘g‘ozi  bilan  tutashib  ket- 

gan.  Angliya  hududida  Pennin  tog‘lari  (eng  yuqori  nuq- 

tasi  —  Skeyfel-Payk  —  978  m)  joylashgan.  Pennin 

tog‘laridan  janubda  va  Uelsdan  sharqdan  Markaziy  va 

Janubiy Angliyaning katta qismini egallagan keng tekislik 

joylashgan.  Mintaqaning chekka janubida Dortmur tepa- 

liklari  (dengiz  sathidan  610  m  baland)  bor.  Asosiy  dar- 

yolari: 


Temza, 

Severn, 


Tayn, 

Mers. 


Shimoliy 

Irlandiyaning  katta  qismini  tekisliklar  egallagan  bo‘lib, 

markazida  Britan  orollaridagi  eng  yirik  ko‘l  —  Lox-Ni 

(maydoni  —  390  km2)  joylashgan.  Shimoliy  Irlandiya­

ning  eng  baland  nuqtasi  Muri  tog‘laridagi  Sliv-Donord 

(852  m)  cho‘qqisidir.  Shimoliy  Irlandiyaning  eng  yirik 

daryolari:  Foyl,  Yuqori  Bon  va  Quyi  Bon.  Shotlandiya 

hududlari  asosan  tog‘lardan  iborat,  biroq  uni  o‘z  nav- 

batida  uch  qismga  bo ‘lish  mumkin:  shimolda  — 

Xeylands,  markazda  —  Sentral  Loupends  va  janubda 

Sazen Aplends.  Shotlandiyaning asosiy  daryolari:  Kloyd, 

Tey,  Fors,  Tvid,  Di  va  Spey.  Ko‘p  sonli  ko‘llar  orasida 

Lox-Ness,  Lox-Tea  va  Lox-Ketrinlar  alohida  ajralib  tu­

radi.  Uels  ham  Shotlandiya  kabi  tog‘li  hudud,  biroq 

tog‘lar  bu  yerda  unchalik  baland  emas.  Asosiy  tog‘  tiz- 

masi  Uels markazidagi  Kembri tog‘laridir.  Uelsning yirik 

daryolari:  Di,  Usk,  Teyfi.  Eng yirik  ko‘li  —  Bala.

67


Iqlimi  —  yumshoq  va  nam.  Foydali  qazilmalardan 

Shimoliy  dengizdan  qazib  olinadigan  neft  va  gaz 

konlariga,  shuningdek,  ko‘mir  va  ohaktosh  konlariga 

egalik  qiladi.  Buyuk  Britaniyaning  77%  yerlari  dehqon- 

chilik  uchun  yaroqlidir.  Angliyaning  o'simlik  dunyosi 

ancha  kambag‘al,  o‘rmonlar  faqat  4%  hududini  egalla­

gan.  Hayvonot  dunyosida  kiyik,  tulki,  quyon  va  bo‘rilar 

ko‘plab  uchraydi.  Qushlardan  kaklik,  kabutar,  qarg‘a  va 

boshqalar  ko‘p  tarqalgan.  Ko‘llar  va  daryolarda  turli 

baliqlar ko‘p.



D a vla t  tuzilishi,  siyosiy  partiyalari.

  Davlat 

tuzilishi  —  parlamentar  monarxiya.  Davlat  boshlig‘i  — 

qirol  (qirolicha).  Monarx qonun loyihalarini tasdiqlaydi, 

titul  va  unvonlar  beradi,  biroq  amalda  faqat  ramziy 

hokimiyatga  ega.  Oliy  qonun  chiqaruvchi  organi  — 

Jam oa  palatasi  (630  deputat)  va  Lordlar  palatasi 

(1000  ta  zodagonlar  va  diniy  perlar)dan  iborat  parla­

ment.  Oliy  ijroiya  organi  —  premyer-ministr  bosh­

chiligidagi  M inistrlar  Kabineti. 

Buyuk  Britaniya 

m a’muriy  jihatdan  4  ta  m a’muriy-siyosiy  qism  (tarixiy 

provinsiyalar)dan:  Angliya  (39  graflik,  6  metropoliya 

grafligi  va  Katta  London),  Uels  (8  graflik),  Shotlandiya 

(9  rayon  va  3  orol  hududlar),  Shimoliy  Irlandiya 

(26  okrug)lardan  tashkil  topgan.  M en  va  Norm and 

orollari  ustidan  alohida  nazorat  o ‘matilgan.  Buyuk 

Britaniyaga  qaram  hududlar:  Angilya,  Bermud  orollari, 

Hind  okeanidagi  Britan  hududlari,  Britan  Virgin  orol­

lari,  Kayman  orollari,  Folklend  orollari,  Gibraltar, 

Jersi,  Gernsi,  Mel  oroli,  Montserrat,  Pitkerka  orollari, 

Muqaddas  Yelena  oroli,  Janubiy  Jorjiya  va  Janubiy 

Sandvich  orollari,  Terks  va  Kaykos  orollari.  Qaram 

hududlar  hozirgacha  Buyuk  Britaniyaning  dengizorti 

mulklari  deb  nomlanib,  to‘liq  mustaqil  davlat  hisoblan- 

maydi.  Shunga  qaramasdan  ular  o ‘z-o‘zini  idora  qilish 

huquqiga  ega  bo‘lib,  o‘z  qonunchilik  organlariga 

egadirlar.  Asosiy  siyosiy  partiyalari:  Konservatorlar 

partiyasi,  Leyboristlar  partiyasi,  Liberal  demokratlar 

partiyasi,  Shotland  milliy partiyasi.



Iq tiso d i, 

transport 

kommunikatsiyalari. 

Buyuk  Britaniya  iqtisodi  rivojlangan  davlat  bo£lib,



jahondagi  sakkizta  rivojlangan  davlatlar  qatoriga  kiradi. 

Mamlakat  sanoatida  qazib  olish  sohalari  alohida 

ahamiyat  kasb  etadi.  0 ‘z  hududidagi  shaxtalarning 

yopilishi  va  ko‘mir  qazib  olishning  qisqarishi  bilan  bir 

vaqtda  Shimoliy  dengizdan  neft  va  gaz  qazib  olish 

ko‘paytirilmoqda.  Sanoatning  boshqa  tarmoqlaridan  — 

transport  mashinasozligi  (avtomobilsozlik,  kemasozlik), 

aerokosmik  sanoat  (AQSH  va  Fransiyadan  keyin 

uchinchi  o ‘rinda)da  oddiy  va  harbiy  samolyotlar, 

vertolyotlar  va  aviadvigatellar  ishlab  chiqariladi,  oziq- 

ovqat  sanoati  (mashhur  shotland  viskisi,  jun  va  sut 

ishlab  chiqariladi),  umumiy  mashinasozlik  (qishloq 

xo‘jaligi  texnikasi,  stanoklar,  to‘qimachilik  asbob-usku- 

nalari),  elektronika  va  elektrotexnika  (kompyuterlar, 

dasturlashtirish,  protsessorlar,  superkompyuterlar,  tele- 

kommunikatsiya  vositalari,  tibbiyot  anjomlari,  maishiy 

texnika),  kimyo  sanoati  (dori  ishlab  chiqarish  —  jahon- 

da  4-o‘rinda,  agroximiya,  parfyumeriya,  yangi  material- 

lar  va  biotexnologiya),  metall  ishlab  chiqarish,  sellyu- 

loza-qog‘oz  sanoat  sohalari  yuksak  taraqqiy  etgan. 

Zamonaviy  sanoatning  taraqqiyoti  yuksak  texnologiya- 

larning  taraqqiy  etganligi  bilan  belgilanadi.  Buyuk 

Britaniya  ilmiy-texnikaviy  potensial  darajasi  bo‘yicha 

Yevropada  eng  yuqori  o ‘rinni  egallaydi.  Mamlakat 

olimlari  olgan  Nobel  mukofotlari  soni  bo ‘yicha 

AQSHdan  keyin  2-o‘rinni  egallaydi.  Buyuk  Britaniya 

mehnat  zaxiralarining  12%  i  moliya  sektorida  band. 

London  jahon  moliya  markazi  —  sayyoramizning 

moliya  poytaxti  hisoblanadi.  Shuningdek,  Manchester, 

Kardiff,  Liverpul,  Edinburg  shaharlari  ham  yirik 

moliyaviy  markazlardir.  Ahamiyati  bo‘yicha  2-o‘rinda 

turadigan  soha  —  turizm.  Bu  sohada  mehnatga layoqatli 

aholining  7%  i  band  bo‘lib,  yiliga  8  mlrd  dollardan 

oshiq  daromad  keltiriladi.  London  dunyoning  yirik 

turistik  markazi  hisoblanadi.  Buyuk  Britaniyaning 

qishloq  xo‘jaligi  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  o‘z  ehti- 

yojlarining  faqat  yarminigina  qoplaydi.  Asosiy  qishloq 

xo‘jaligi  ekinlari:  bug‘doy,  tariq,  qandlavlagi,  arpa. 

Mamlakat  chorvachilik sohasiga  asr boshlarida tarqalgan 

epidemiya  sezilarli  darajada  zarar  yetkazdi.  Eksporti:



sanoat  mahsulotlari,  yoqilg‘i,  kimyo  sanoati  mahsulot­

lari,  oziq-ovqat.  Importi:  sanoat  mahsulotlari,  oziq- 

ovqat.  2004-yil  YIM  miqdori  1782000  mln  dollarni 

(aholi jon  boshiga  —  29600  dol.)  tashkil  etgan.  Asosiy 

savdo  hamkorlari:  YH  mamlakatlari,  AQSH.

Buyuk  Britaniya  ilq‘or  mamlakatlar  qatori  rivojlan­

gan  transport  infrastrukturasiga  ega.  Yevrotunnelning 

ochilishi  mamlakatning  materik  bilan  aloqasini  yanada 

yaxshiladi.  Asosiy  portlari:  Aberdin,  Belfast,  Bristol, 

Kardiff,  Duvr,  Glazgo,  Liverpul,  London,  Manchester, 

Plimut,  Sautgempton.

Tarixi.

  М.  a.  VIII  asrdayoq  orollarga  kelt-brittlar 

kelib  joylashgan  edilar.  43-yilda  Britaniya  Rim 

imperiyasi  tarkibiga  kirdi.  VI  asrda  bir  nechta  mustaqil 

feodal  qirollik va  grafliklar  tashkil  topdi.  Brittlaming  bir 

qismi  Fransiyaning  shimoliga  kelib joylashdi.  VIII  asrda 

norm annlar  asosan  Daniyadan  tez-tez  mamlakat 

qirg‘oqlariga  hujum  qilib  turdilar.  Ular  orolning  shimoli 

sharqiy  qismini  egallab  olishga  muvaffaq  bolishdi.  IX 

asrda  qirol  Egbert  katta  hududlarni  bir  davlatga 

birlashtirdi  va  bu  davlat  «Angliya»  deb  atala  boshladi. 

1066-yili  Buyuk  Britaniyadagi  mayda  qirolliklar 

normand  sarkardasi  Vilgelm  tomonidan  bosib  olinib 

yagona  davlatga  birlashtirildi.  1265-yili  tarixda  dastlabki 

ingliz  parlamenti  tuzildi.  1338-yili  Angliya  Fransiyaga 

qarshi  yuz  yillik  urushga  kirdi.  Bu  urush  1453-yilga 

qadar  davom  etdi.  Bu  urush  tugashi  bilan  Angliya  taxti 

uchun  urushlar  («gullar  urushi»)  boshlanib,  1485-yili 

tyudorlar  sulolasining  g‘alabasi  bilan  yakunlandi.  1588- 

yili  «Yengilmas  Armada»ning  (ispan  floti)  yakson  qili- 

nishi  Angliyani  dengizda  asosiy  hukm ron  davlatlar 

qatoriga  olib  chiqdi.  XVII  asrning  boshlarida  Angliya 

o‘zining  Yangi  dunyodagi  mustamlakalariga  ega  bo‘ldi. 

1603-yili  shotland  qiroli  Yakov  VI  Yakov  I  nomini  olib 

ingliz  taxtiga  o ‘tirishi  bilan  amalda  Shotlandiya  va 

Angliya  bitta  davlatga  birlashdi.  Biroq  Buyuk  Britaniya 

qirolligi  1707-yili  birlashish  to ‘g‘risidagi  hujjat  imzolan- 

gandan  keyingina  e’lon  qilindi.  Shu  paytdan  boshlab 

London  yagona  davlat  poytaxtiga  aylandi.  1642—1649- 

yillarda  Styuartlar  bilan  parlament  o ‘rtasidagi  tortishuv-



lar  qonli  fuqarolar  urushining  boshlanishiga  olib  keldi. 

Natijada  Oliver  Kromvel  boshchiligida  respublika  e’lon 

qilindi.  Monarxiya  tez  orada  qayta  tiklandi,  biroq  qirol- 

ning  huquqlari  sezilarli  darajada  kamayib,  amalda 

hokimiyat  parlament  qo‘liga  o‘tdi.  1651-yili  Irlandiya, 

1652-yili  esa  Shotlandiya  bosib  olindi.  Britan  kolonial 

imperiyasi  asosan XVIII  asrda  shakllandi.  XVIII  asming 

oxirlarida  Buyuk  Britaniya  Amerikadagi  13  ta  mustam- 

lakasidan  ajraldi,  biroq  Kanada  va  Hindistonda 

mustahkamlanib  oldi.  1805-yili  Trafalgar  yaqinida 

admiral  Nelson  tom onidan  ispan-fransuz  flotining 

yakson  qilinishi  bilan  Buyuk  Britaniya  «dengizlar 

xo‘jayini»ga  aylandi. 

1793—1815-yillarda  Angliya 

Fransiyaga  qarshi  urushlarda  ishtirok  etdi.  1815-yili 

ingliz  sarkardasi  gersog  Vellington  pruss  qo‘shinlari 

bilan  birga  Vaterloo  yaqinidagi  jangda  Napoleon  usti- 

dan  yirik  g‘alabaga  erishdi.  Shundan  so‘ng  mamlakatda 

butun  yuz  yil  davomida  tinchlik  hukm  surdi.  Ayniqsa, 

qirolicha  Viktoriya  (1837—1901)  davrida  Buyuk  Brita- 

niya  mulklari  juda  kengaydi.  Angliya  Antanta  tarkibida 

Birinchi  jahon  umshida  faol  ishtirok  etdi.  Urush  nati­

jasida  mamlakat  Afrika  va  Osiyodagi  nemis  koloniyala- 

rining  bir  qismini  qo‘lga  kiritdi.  1931-yili  Britan 

M illatlar  H am do‘stligi  tuzildi.  1939—1945-yillarda 

Angliya  Ikkinchi  jahon  urushida  qatnashdi.  1947-yili 

Hindiston  va  Pokistonga  mustaqillik berdi,  1949-yili  esa 

mamlakat  NATOga  a ’zo  bo‘ldi.  1982-yili  Folklend 

orollari  uchun  Angliya  Argentina  bilan  to ‘qnashuvga 

bordi.  Qisqa  davom  etgan jangovar  harakatlardan  so‘ng 

inglizlar  bu  hududlar  ustidan  o‘z  nazoratlarini  o‘rnat- 

dilar.  1979—1990-yillarda  konservatorlar  hukumati 

Margaret  Tetcher  boshchiligida  iqtisodiy  islohotlar 

o‘tkazdi.  1997-yili  umumiy  saylovlarda  Leyboristlar 

partiyasi  g‘alaba  qozondi  va  Toni  Bier  premyer-ministr 

lavozimini egalladi.



VANUATU

R asm iy  nomi  —  Vanuatu  Respublikasi.  P o y ­

ta x t i 

—  P o r t-V ila .  H u d u d i 

— 

14800  km2. 

Aholisi  —  199400  kishi  (2003).  D a v la t  tili  — 

bislama,  ingliz,  fransuz.  D in i

  — 


p rotestan tlar 

( 5 8 % ) ,  katoliklar  ( 1 5 % )   va  boshqalar.  Pul  birli­

g i  —  vatu.

Geografik joylashuvi  va  tabiati.

  Tinch  okean- 

ning  janubi  g‘arbiy  qismidagi  Yangi  Gibrid  orollarida 

joylashgan  Okeaniya  davlati.  Vanuatu  davlati  o‘z  ichiga 

80  dan  ortiq  orolni  qamrab  olgan  bo‘lib,  ulardan  yirik- 

lari  —  Espiritu-Santo,  Malakula,  Ambrim,  Efate, 

Eframango.  Orollar  sathi  kelib  chiqishi  vulqonli  bo‘lgan 

tog‘lar  bilan  qoplangan.  Jami  60 

dan  ortiq  vulqon 

mavjud bo‘lib,  ularning ba’zilari  hamon  harakatdadir.

Iqlimi  —  nam,  tropik.  Asosiy  tabiiy  zaxiralari: 

marganets,  oltin,  kumush,  mis,  baliq,  yog‘och,  neft. 

Shamolli  sharqiy  so‘qmoqlari  nam  tropik  o ‘rmonlar 

bilan  qoplangan.  Orollarda  kemiruvchilar,  kaltakesaklar, 

toshbaqalar,  qush va hasharotlar mavjud.

D a v la t  tuzilishi,  siyosiy  partiyalari.

  Vanuatu 

davlati  Buyuk  Britaniya  rahbarligidagi  H am do‘stlik 

tarkibiga  kiruvchi  respublika.  Davlat  boshlig‘i  —  prezi­

dent,  hukumat  boshlig‘i  —  premyer-ministr.  Mamlakat 

m a’muriy jihatdan  6  ta  provinsiyaga  bo‘lingan.  Poytaxti 

Efate  orolida joylashgan.  Qonun  chiqaruvchi  hokimiyat 

bir  palatali  Milliy  Assambleyadan  iborat.  Siyosiy 

partiyalari:  Milliy  birlashgan  partiya,  Vanuatu  partiyasi, 

Yangi xalq partiyasi.



Iq tiso d i, 

transport 

kommunikatsiyalari. 

Mamlakat  iqtisodining  asosini  qishloq  xo‘jaligi  tashkil 

etadi.  Madaniy  o‘simliklardan  какао,  qahva,  kopra, 

banan,  yams,  maniok,  mevalar,  shokolad  daraxti  o'stiri- 

ladi.  Iqtisodning  boshqa  sohalaridan  baliqchilik  va 

turizm  ham  rivojlangan.  Chorvachilik  rivojlanmoqda. 

Sanoat  sust  rivojlangan  bo ‘lib,  korxonalar  asosan 

qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarini  qayta  ishlashga,  yog‘och 

va  to ‘qimachilik  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishga  ixti-


soslashgan.  2004-yil  YIM  miqdori  5788  mln  dollami 

(aholi  jon  boshiga  —  2900  dol.)  tashkil  etgan.  Asosiy 

savdo  hamkorlari:  Niderlandiya,  Yaponiya,  Avstraliya, 

Yangi  Zelandiya,  Yangi  Kaledoniya.  Transport  kommu- 

nikatsiyalarida  avtomobil  yo‘llar mavjud.  Asosiy porti  — 

Port-Vila.



Tarixi.

  Orollar  aholisi  ajdodlari  m.  a.  I ll  ming 

yilliklarda  Osiyodan  ко‘chib  kelishgan.  1774-yilda  orol­

lar  portugallar  tomonidan  kashf  qilindi.  XVIII  asrda 

orollar  mashhur  ingliz  dengizchisi  J.  Kuk  tomonidan 

o ‘rganildi.  XIX  asrda  orollarni  fransuz  va  inglizlar 

mustamlakaga  aylantirishdi.  1887-yilda  Yangi  Gibrid 

orollarini boshqarish uchun  fransuz va  ingliz  komissiyasi 

tashkil  etiladi.  1906-yilda  ushbu  komissiya  kondomi- 

nium  deb atala boshladi.





Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling