«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati


GABON R asm iy  nomi  —  Gabon  Respublikasi.  P o y ta x ­


Download 10.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/40
Sana05.12.2019
Hajmi10.02 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40

GABON

R asm iy  nomi  —  Gabon  Respublikasi.  P o y ta x ­

ti  —  Librevil.  H u du di

  — 


267667  km2.  Aholisi

  — 


1321600  kishi  (2003). 

D a v la t  tili

  — 


fransuz. 

D in i  —  xristianlik  ( 6 0 % ) ,  m ajusiylik  ( 3 9 % ) , 

islom  ( 1 % ) .   Pul  birligi

  — 


A frika  franki.

G eografik  jo yla sk u vi  va  tabiati.

  Markaziy 

Afrikaning  g‘arbida  joylashgan  davlat.  Sharqda  va 

janubda  Kongo  (chegara  uzunligi  —  1903  km),  shimol­

da  va  g‘arbda  Kamerun  va  Ekvatorial  Gvineya  bilan 

chegaradosh  (648  km).  G ‘arbda  G abon  Atlantika 

okeaniga  tutashib  ketgan.  Asosiy  yirik  daryosi  —  Ogove. 

Asosiy tabiiy boyliklari  —  neft,  uran,  oltin,  temir  rudasi,



marganets.  Hududining  78%  i  namlik  darajasi  yuqori 

b o ‘lgan  tropik  o ‘rm onlar  bilan  qoplangan.  Gabon 

hududining  deyarli  o‘rtasidan  ekvator kesib  o ‘tadi.

Iqlimi  —  nam  va  issiq.  Hayvonot  dunyosi  o ‘ta  boy 

va  xilma-xil.  Fil,  qo‘tos,  antilopa,  qoplon  va  boshqalar 

shular jumlasidandir.



D a v la t  tuzilishi,  siyosiy  partiyalari.

  Davlat 

tuzilishi  —  prezidentlik  respublikasi.  Mamlakat  9  ta 

viloyatdan  iborat.  Gabon  1960-yilning  17-avgustida  o ‘z 

mustaqilligiga  erishgan.  17-avgust  Milliy  mustaqillik 

kuni  sifatida  bayram  qilinadi.  Davlat  boshlig‘i  —  prezi­

dent.  Hukumat  va  Bosh  vazir  prezident  tomonidan 

tayinlanadi.  Qonun  chiqaruvchi  oliy  organ  bir  palatali 

parlament  —  Milliy  Majlis.  Mamlakatda  70  dan  oshiq 

siyosiy  partiyalar  mavjud.  Ularning  eng  yiriklari  — 

Gabon  Dem okratik  Partiyasi,  Gabon  Taraqqiyoti 

Partiyasi va  Milliy  Uyg‘onish  harakati.



Iqtisodi,  transport  kommunikatsiyalari.

  Yirik 


miqdordagi  tabiiy  boyliklarga  ega  bo‘lganligi  sababli 

G abon  Afrikaning 

rivojlangan  davlatlaridan  biri 

hisoblanadi.  Iqtisodiyotning  yetakchi  sohasi  neft  ekspor- 

tidir.  Bundan  tashqari  sanoatning  boshqa  sohalari  — 

yog‘ochni  qayta  ishlash,  to ‘qimachilik,  kon  ishlari 

yaxshi  rivojlangan.  Qishloq  xo‘jaligida  asosan  shakar- 

qamish,  какао,  banan,  makkajo‘xori  va  sholi  yetishtiri­

ladi.  Eksportga  neft,  marganets,  toshko‘mir,  uran  xom- 

ashyosi  chiqariladi.  2004-yil  YIM  miqdori  7966  mln 

dollami  (aholi  jon  boshiga  —  5900  dol.)  tashkil  etgan. 

Asosiy  savdo  hamkorlari  Fransiya,  AQSH  va  Yaponiya. 

Yirik portlari:  Libervil,  Port-Jantil.

Tarixi.

  Bugungi  Gabon  hududi  XV  asrda  portugal­

lar  tomonidan  ochilgan.  Gabonni  mustamlakalashtirish 

jarayoni  uning  1889-yilda  Fransuz  Kongosiga  qo‘shilishi 

bilan  yakunlandi.  Gabon  1910-yilda  Fransuz  Ekvatorial 

Afrikasining  tarkibiy  qismiga  aylandi.  1960-yildan 

Gabon  o‘z  mustaqilligiga erishdi.


GAITI

R a sm iy  nomi

  — 


G a iti  R espublikasi.  P o y ­

ta x t i

  — 


Port-o-Prens.  H u d u d i

  — 


27750  km2. 

Aholisi  —  7527800  kishi  (2003). 

D a v la t  tili  — 

fransuz.  D in i  —  xristianlik  ( 9 5 % ) .  Pul  birligi  — 

gurd.

G eografik  jo yla sk u vi  va  tabiati.

  G aiti  — 

Karib  dengizi  havzasidagi  Gaiti  orolining  g'arbiy  qismi­

da  joylashgan  davlat.  Sharqda  quruqlik  orqali  orolning 

sharqiy  qismida  joylashgan  Dominikan  Respublikasi 

bilan  chegaradosh.  Janubda  Karib  dengizi,  shimolda 

Atlantika  okeani  bilan  tutashgan.  G ‘arbdan  tor  bo‘g‘oz 

Gaitini  Kubadan  ajratib  turadi.  Gaiti  hududi  asosan 

tog‘  tizmalaridan  iborat  boMib,  eng  baland  cho‘qqisi  — 

La-Sel  (2680  m).  Daryolari  uncha  katta  bo‘lmagan  tog1 

daryolari  bo‘lib,  ular  asosan  2  ta  —  Guayamuk  va 

Artibonite.  Hududida  ikkita  yirik  ko‘l  —  Somatr  va 

Pligr  mavjud  bo‘lib,  ular  sho‘r  suvli.  Asosiy  tabiiy 

boyliklari:  mis,  molibden,  boksit,  oltin va  kumush.

Iqlimi  —  tropik.  0 ‘simlik  dunyosi  o ‘ta boy va  xilma- 

xil.  G ‘arbiy  hududlari  o ‘rmon  va  butazorlar,  tog‘li 

hududlar  esa  tog‘  o'rmonlari  bilan  qoplangan.  Gaitida 

palmaning  bir  necha  turi  uchraydi.  Mapu  daraxti  va 

antil  emanining  balandligi  30  m  gacha  yetadi.  Bundan 

tashqari,  qizil  daraxtning  qimmatbaho  navlari  ham 

saqlanib  qolgan.  Gaiti  hayvonot  dunyosining  asosiy 

qismi  inson  tomonidan  qirib  tashlangan.  Shu  sababli 

uning  hududida  yirik  jonzotlar  deyarli  saqlanib  qolma- 

gan.  Sohil  hududlarida  yirik  dengiz  toshbaqalarini 

uchratish  mumkin.

D a v la t  tuzilishi,  siyosiy  partiyalari.

  Davlat 

tuzilishi  —  respublika.  Mamlakat  9  ta  departamentga 

bo‘lingan.  Gaiti  1804-yil  1-yanvarda  o‘z  mustaqilligini 

qo'lga  kiritgan.  Davlat  boshlig‘i  —  prezident.  Eng  yirik 

siyosiy  partiyalari:  0 ‘zgarishlar  va  Demokratiya  milliy 

fronti,  Demokratiyani  tiklash  harakati,  Gaiti  kommu- 

nistlari birlashgan partiyasi.



Iqtisodi,  transport  kommunikatsiyalari.

  Gaiti


-------------------------------------------------------------- ~85l

g‘arbiy  yarim  shaming  eng  qoloq  va  qashshoq  agrar 

davlatlaridan  biri  hisoblanadi.  Mamlakat  tabiiy  boylik- 

laming  yirik  zaxirasiga  ega  bo‘lishiga  qaramay  sanoat 

o‘ta  sust  rivojlangan.  Sanoat  butunlay  xorijiy  sarmoya 

nazoratida.  Qishloq  xo‘jaligi  umumiy  milliy  mahsulot- 

ning  40%  ini  yetkazib  beradi.  Uning  asosini  qahva, 

paxta,  shakarqamish,  какао,  tamaki  yetishtirish  tashkil 

etadi.  Qishloq aholisining deyarli yarmini yersiz dehqon- 

lar  tashkil  etadi.  2004-yil  YIM  miqdori  —  12050  mln 

dollami  (aholi  jon  boshiga  —  1500  dol.)  tashkil  etgan. 

Asosiy savdo  hamkorlari:  AQSH va  Fransiya.

Tarixi.

 

Gaiti 



1492-yilda 

Xristofor 

Kolumb 

tom onidan  kashf  qilingan  va  Espanola  nomi  bilan 



Ispaniyaning  birinchi  mustamlakasi  hamda  Lotin 

Amerikasidagi  ispan  ekspansiyasining  asosiy  markaziga 

aylangan.  Mahalliy  hindular  butunlay  qirib  tashlangan 

va  oroldagi  plantasiyalarda  ishlatish  uchun  Afrikadan 

qullar  olib  kelingan.  XVII  asr  o ‘rtalarida  orol  ikkiga 

bo‘lindi  va  sharqiy  qismi  (hozirgi  Dominikan  respub­

likasi)  Ispaniya  mustamlakasi,  g‘arbiy  qismi  esa  (hozirgi 

Gaiti)  Fransiya  mustamlakasiga  aylandi.  1791-yilda 

Tussen  Luvertyur  boshchiligidagi  qullar  qo‘zg‘oloni 

ko‘tarildi.  Tussen  Luvertyur  1802-yilda  o'zining  asir 

qilinishigacha  butun  Gaitini  boshqardi.  1804-yili  Gaiti 

Yevropa  davlatlari  mustamlakalari  ichida  o ‘z  mustaqil­

ligini  qo‘lga  kiritgan  birinchi  davlat  bo‘ldi.  1811 -yil 

mamlakatda  monarxiya  o ‘matildi.  1820-yil  —  Respub­

lika,  1849-yili  Imperiya  deb  e’lon  qilindi.  1859-yilda 

Gaitida  yana  Respublika  boshqaruvi  o ‘matildi.  1915-yil 

mamlakatga  AQSH  qo'shinlari  bostirib  kirdi  va  1934- 

yilgacha  boshqaruvni  o ‘z  qo‘llariga  olishdi.  Shundan 

so‘ng  1986-yilgacha  Gaitida  boshqaruv  diktatorlik  yo‘li 

bilan  amalga  oshirildi.  1986-yili  harbiylar  hokimiyatni 

o‘z  qo‘llariga  olishdi.  1994-yildan  hokimiyat  fuqarolik 

hukumati qo‘liga  o'tdi.



GAYANA

I

 

R asm iy  nomi

  — 


Gayana  K oo p era tiv  Respubli­

kasi.  P o y ta x ti  — Jorjtaun.  H u d u d i

 — 


214969  km1.

I

  86


Aholisi  —  702100  kishi  (2003).  D a v la t  tili  — 

ingliz.  D in i 

-  

in duizm   ( 5 4 % ) ,   x r is tia n lik  

( 2 7 % ) .  Pul  birligi  ~   G ay ana  dollari.

G eografik  jo yla sk u vi  va  tabiati.

  Janubiy 

Amerikaning  shimoliy  qismida joylashgan  davlat  bo‘lib, 

janubda  va  g‘arbda  Braziliya,  shimoliy  g‘arbda  Vene­

suela  va  sharqda  Surinam  davlatlari  bilan  chegaradosh. 

Shimolda  Gayana  Atlantika  okeani  bilan  tutashgan. 

Markaziy  va  janubiy  hududlarini  Gvian  yassitog‘liklari 

egallagan.  Eng  baland  cho‘qqisi  Rorayma  (2772  m). 

Mamlakat  zamini  boksit,  oltin,  olmos  kabi  tabiiy 

boyliklarga boy.

Iqlimi  —  subekvatorial.  0 ‘simlik dunyosi  o ‘ta xilma- 

xil.  Gayana  hududida  dunyoning  boshqa joylarida  kam 

uchraydigan  qizil  daraxt  va  tem ir  daraxti  o ‘sadi. 

Hayvonot  dunyosi  bo‘yicha  Gayana  dunyoning  eng  boy 

davlatidan biri  desa  bo‘ladi.  Uning  hududida  dunyoning 

boshqa  hududlarida  o‘ta  noyob  hisoblangan  100  dan 

oshiq  tur mavjud.  Timsoh va  maymunlaming  eng  noyob 

turlarini  Gayanada uchratish  mumkin.



D a v la t  tuzilishi,  siyosiy  partiyalari.

  Davlat 

tuzilishi  —  respublika.  Britan  H am do‘stligi  a’zosi. 

Mamlakat  10  ta  okrugga  bo‘lingan.  Gayana  1966-yil 

26-mayda  Britaniya  istibdodidan  chiqib  o ‘z  mustaqilli­

gini  e’lon  qilgan.  1970-yilning  23-fevralida  Gayana 

respublika  deb  e’lon  qilingan.  Ijroiya  hokimiyat  prezi­

dent  va  Bosh  vazir  boshchiligidagi  hukumatga  tegishli. 

Qonun  chiqaruvchi  oliy  oigani  bir  palatali  parlament  — 

Milliy  Majlis.  Asosiy  siyosiy  partiyalari:  Xalq taraqqiyoti 

partiyasi  (XTP),  Xalq  Milliy  Kongressi  (XMK).

Iq tiso d i, 

transport 

kommunikatsiyalari. 

Gayana  aholi jon boshiga  tushadigan daromadi bo‘yicha 

dunyoning  eng  qashshoq  davlatlaridan  biri.  Elektro- 

energetika  sohasining  sust  rivojlanganligi  va  elektr  quv- 

vatining  yetishmasligi  xalq  xo‘jaligining  rivojlanishiga 

juda katta to ‘siq bo‘lmoqda.  Sanoatning  asosiy sohasi  — 

tog‘-kon  sanoati  hisoblanadi.  Gayana  agrar  davlat 

bo'lganligi  sababli,  mamlakat  xalq  xo‘jaligi  hayotida 

qishloq  xo‘jaligi  asosiy  o ‘rinni  egallaydi.  Qishloq


xo‘jaligida  asosan  shakarqamish  va  sholi  yetishtiriladi, 

bundan  tashqari  banan,  qahva  va  sitrus  mevalari 

yetishtirish  ham yaxshi  yo‘lga  qo‘yilgan.

2004-yil  YIM  miqdori  2899  mln  dollarni  (aholi jon 

boshiga  —  3800  dol.)  tashkil  etgan.  Asosiy  savdo 

hamkorlari:  Buyuk  Britaniya,  AQSH,  Yaponiya.



Tarixi.

  Tub  aholisi  hindular  hisoblangan  Gayana

XVII  asrga  kelib  Gollandiya  istibdodiga  tushib  qoldi. 

1914-yilda  Buyuk  Britaniya  mulkiga  aylandi.  1931 - 

yildan  butunlay  Britaniya  mustamlakasiga  aylantirildi.

II  jahon  urushidan  keyin  mustamlakalarda  yuzaga 

kelgan  o‘zgarishlar  tufayli,  1953-yilda  Buyuk  Britaniya 

Gayanaga  o‘z-o‘zini  boshqarish  huquqini  berdi.  1966- 

yilda  esa uning  mustaqilligini  tan  oldi.

GAMBIYA

R a s m iy  

nomi

  — 


G a m b iya  

R espublikasi. 

P o y ta x ti  —  Banjul.  H u du di

  — 


10402  km3.  Aho­

lisi  —  1400000  kishi  (2001). 

D a v la t  tili

  — 


ingliz.  D in i  —  islom.  Pul  birligi  —  dalasi.

G eografik  jo yla sh u vi  va  tabiati.

  Gambiya 

G ‘arbiy  Afrikada  joylashgan  davlat.  Janubda,  shimolda 

va  sharqda  yagona  Senegal  bilan  chegaradosh.  G ‘arbda 

Atlantika  okeani  bilan  tutashgan.  Mamlakat  maydoni 

asosan  tekisliklardan  iborat.  Eng  yirik  daryosi  — 

Gambiya.

D a v la t  tuzilishi,  siyosiy  partiyalari.

  Davlat 

tuzilishi  —  respublika.  Mamlakat  6  ta  m a’muriy viloyat- 

ga  bo‘lingan.  Ijroiya  hokimiyat  prezidentga  tegishli. 

Qonun  chiqaruvchi  oliy  organi  bir  palatali  parlament. 

Gambiya  1965-yilning  18-fevralida  o‘z  mustaqilligini 

e ’lon 

qilgan. 


Asosiy 

siyosiy 


partiyalari: 

Milliy 


Taraqqiyot partiyasi,  Gambiya Xalq partiyasi.

Iq tiso d i, 

transport 

kommunikatsiyalari. 

Tabiiy  resurslaming  yetishmasligi  va  dehqonchilikning 

rivojlanishi  uchun  tabiiy  sharoitning  o‘ta  noqulayligi 

Gambiyani  dunyodagi  eng  qashshoq  mamlakatlardan 

biriga  aylantirgan.  Mamlakat  sanoati  o‘ta  zaif  rivojlan-


gan.  Qishloq  xo‘jaligi  YMMning  30%  ini  yetishtirib 

beradi.  2004-yil  YTM  miqdori  2799  mln  dollarni  (aholi 

jon  boshiga  —  1800  dol.)  tashkil  etgan.  Eksportga 

chiqaradigan  mahsulotlarining  75%  ini  turli  yong‘oqlar 

va yong‘oq  mahsulotlari tashkil  etadi.

Tarixi.

  Bugungi  Gambiya  hududlari  X III—XV 

asrlarda  Mali  imperiyasi  tarkibiga  kirgan.  XV  asr  oxiri 

va  XVI  asrda  Songay  imperiyasi  bu  yerlarni  o ‘z  tarkibi­

ga  qo‘shib  olgan.  XV  asrda  ilk  bor  portugallar  Gambiya 

sohillariga  kelib  joylashgan.  XVIII  asrga  kelib  portugal- 

larni  inglizlar.  Gambiyadan  siqib  chiqarishdi.  Versal 

shartnomasiga  ko‘ra  Gambiya 

1888-yilda  Buyuk 

Britaniya  mulki  deb  e’lon  qilindi.  Gambiya  1965-yil

18-fevralda  mustaqillikka  erishdi.  1981-yil  12-dekabrda 

Gambiya  va  Senegal  o‘rtasidagi  o ‘zaro  kelishuvga  ko‘ra 

bu  ikki  davlat  Senegambiya  erkin  konfederatsiyasiga 

birlashdi.  Lekin  1989-yil bu  kelishuv bekor qilindi.



GANA

R a s m iy   nomi  —  Gana  R espublikasi.  P o y ­

ta x ti  —  Akkra  shahri.  H u d u d i

  — 


238305  km2. 

Aholisi

  — 


20467700  kishi  (2003).  D a v la t  tili  — 

ingliz.  D in i  —  aholining  asosiy  qismi  mahalliy 

turli  dinlarga  e ’tiqod  qiladi,  qolgan  qismi  xris- 

tianlik  va  islom  dinlariga  e ’tiq o d   qilishadi.  Pul 

birligi

  — 


sedi.

G eografik  jo yla sk u vi  va  tabiati.

 

G ana 



G ‘arbiy  Afrikada  joylashgan  davlat.  Sharqda  Togo, 

shimolda  va  shimoli  g‘arbda  Burkina-Faso,  g‘arbda 

K o t-d 'Iv u ar  davlatlari  bilan  chegaradosh.  Janubda 

Gana  Atlantika  okeani  bilan  tutashgan.  Gana  hududi­

ning  asosiy  qismi  tekisliklardan  iborat.  Mamlakatning 

sharqida  dunyoning  eng  katta  sun’iy  ko‘llaridan  biri 

hisoblangan  Volta  ko‘li  joylashgan.  Gana  hududidagi 

yirik  daryolar:  Qora  Volta,  Oq  Volta  va  Volta  daryola- 

ridir.  Oltin,  sanoat  olmosi,  boksit,  marganets,  yog‘och, 

baliq  va  kauchuk  bu  mamlakatning  asosiy  boyliklaridan 

hisoblanadi.  Sohilbo‘yi  o ‘simlik  dunyosi  unchalik  boy


emas.  Asosan  past  bo‘yli  butazorlar  va  baobab  daraxt- 

laridan  iborat.  Markaziy  hududlardagi  o ‘rmonzorlarda 

qizil  va  qora  daraxtning  turli  navlari  va  paxta  daraxti 

o‘sadi.  Gananing  hayvonot  dunyosi  o‘ta  xilma-xil. 

Savanna  o‘rmonzorlarida  iser,  qoplon,  antilopa,  fil,  turli 

maymunlami  va  suvli  hududlarda  timsoh  va  begemot- 

larni  uchratish  rnumkin.

D a v la t  tuzilishi,  siyosiy  partiyalari.

  Davlat 

tuzilishi  —  prezidentlik  respublikasi.  Mamlakat  10  ta 

viloyatga  bo‘lingan.  Gana  1957-yilning  6-martida  o‘z 

mustaqilligini  qo‘lga  kiritgan.  Davlat boshlig‘i  —  prezi­

dent.  Yirik  siyosiy  partiyalari:  Milliy  Demokratik 

Kongress  (MDK),  Xalq Vatanparvar partiyasi  (XVP).

Iq tiso d i, 

tran sport 

kommunikatsiyalari. 

Xo‘jalikning  asosiy  tarmog‘i  qishloq  xo‘jaligi.  Qishloq 

xo'jaligi  Gana  umumiy  milUy  mahsulotining  50%  ini 

yetishtiradi.  Gana  какао  eksporti  bo‘yicha  dunyoda 

uchinchi  o‘rinda  turadi.  Bundan  tashqari,  eksportga 

oltin,  boksit,  alyuminiy,  yog‘och va  baliq  mahsulotlarini 

chiqaradi.  2004-yil  YIM  miqdori  48270  mln  dollami 

(aholi  jon  boshiga  —  2300  dol.)  tashkil  etgan.  Asosiy 

savdo  hamkorlari:  Buyuk  Britaniya,  AQSH,  Germaniya 

va Yaponiya.



Tarixi.

  Hozirgi  Gana  hududlarida  yevropaliklar 

tom onidan 

kashf 


qilingungacha, 

Dogomba 


va 

Mamprusi  qirolliklari  mavjud  bo‘lgan.  1471-yil  portu­

gallar  Gana  qirg‘oqlaridagi  o‘zlarining  birinchi  qo‘nal- 

g‘alariga  asos  solishgan.  Ko‘p  yillar  davomida  Gana 

Afrika  qit’asidagi  qul  savdosining  markazi  bo‘lib  kelgan. 

1642-yilga  kelib  portugallar  gollandlar  tom onidan 

Ganadan  butunlay  siqib  chiqarildi.  1871-yilgacha  Gana 

Gollandiya  mustamlakasi  b o ‘lib  qoldi.  1871-yilda 

Angliya  Ganani  Gollandiyadan  sotib  olib,  Oltin  qirg‘oq 

deb  nomladi.  1957-yilda  Gana  mustaqillikka  erishdi. 

1960-yili  respublika deb  e’lon qilindi.

GVADELUPA

I

 

R asm iy  nomi

  — 


G vadelupa  (Fransiyaning

  


d e ­

n gizorti  d e p a r ta m e n ti

» 

va  regioni).  P o y t a x ti  —



Bas-Ter.  H u du di  —  1780  km2.  Aholisi  448700  kishi 

(2005).  D a v la t  tili  —  fransuz.  D in i

  — 


xristianlik. 

Pul  birligi

  — 


fransuz franki.

G eografik  jo yla sk u vi  va  tabiati.

 

Karib 



dengizidagi  Kichik Antil  orollari  arxipelagida joylashgan 

davlat.  Gvadelupa  oroli  va  unga  yaqin  bo‘lgan  bir  qator 

orollar  (Mari-Galant,  Dezirad,  Le-Sent,  Sen-Bartelmi, 

Ptit-Ter  va  Sen-Marten  orolining  shimoliy  qismi)dan 

tashkil  topgan.  Gvadelupa  oroli  vulqonli  kelib  chiqishga 

ega.  Tor  bo‘yin  orolning  ikki  qismini  —  Bas-Ter  va 

Grand-Terni birlashtirib  turadi.

Iqlimi  —  tropik,  passat.  Tog‘lar  nam   tropik 

o ‘rm onlar  bilan  qoplangan.  Hasharotlarning  noyob 

turlari,  dengiz  hayvonlari,  qushlar mavjud.



D a v la t  tuzilishi  va  siyosiy  partiyalar.

  Davlat 

tuzilishi  —  Fransiyaning  «dengizorti  departamenti»  va 

regioni.  Departamentni  keng  vakolatlarga  ega  bo‘lgan 

Fransuz  hukumati  vakili  —  prefekt  boshqaradi. 

Gvadelupa  hududi  uch  okrugga  bo‘lingan.  Xalqaro 

aeroporti  Reze  Puent-a-Pitradan  3  km  uzoqlikda 

joylashgan.  Siyosiy  partiyalari:  Fransuz  sotsialistik 

partiyasi,  Gvadelupa  Kommunistik  partiyasi,  Gvadelupa 

progressiv  demokratik partiyasi  va  boshqalar.



Iq tiso d i, 

transport 

kommunikatsiyalari. 

Hudud  iqtisodiyotining  asosini  yengil  sanoat  mahsulot- 

larini  ishlab  chiqarish  va  turistlarga  xizmat  ko‘rsatish, 

qishloq  xo‘jaligi  tashkil  etadi.  Rom,  alkagolsiz  ichimlik- 

lar,  qurilish  materiallarini  ishlab  chiqarish  korxonalari 

mavjud.  Kokos  yong‘oqlari,  shakarqamish,  banan, 

ananas,  baqlajon  yetishtiriladi.  Dengiz  baliqlari  va 

hayvonlari  ovlanadi.  2004-yil  YIM  miqdori  3513  mln 

dollami  (aholi  jon  boshiga  —  7900  dol.)  tashkil  etgan. 

Asosiy  savdo 

hamkorlari: 

Fransiya, 

Germaniya, 

Yaponiya,  AQSH,  Italiya,  Martinika.



Tarixi.

  Gvadelupa  1493-yilda  X.  Kolumb  tom o­

nidan  kashf qilingan.  1635-yilda  orol  Fransiya  mustam- 

lakasiga  aylandi.  XVII—XVIII  asrlar  davomida  Afrika- 

dan  banan  va  shakarqamish  plantatsiyalarida  ishlatish 

uchun  olib  kelingan,  qullar  bu  yerga  istiqomat  uchun

91


joylashtirilgan.  1816-yilgacha  Fransiya  Angliyaga  qarshi 

bu  hudud  egaligi  uchun  kurash  olib  bordi.  1848-yilda 

qullik  bekor  qilindi  1946-yilda  orollar  hududi  «dengiz­

orti  departamenti»  statusini  oldi.  1973-yilda  esa 

Fransiya  regioni  deb  e’lon  qilindi.

GVATEMALA

R a sm iy  nomi  — 

G va tem a la   Respublikasi. 

P o y ta x ti

  — 


Gvatemala.  H u du di  —  108889  km2. 

Aholisi

  — 


13909400  kishi  (2003).  D a v la t  tili  — 

ispan.  D in i

  — 


xristianlik  ( 7 0 % ) .  Pul  birligi  — 

ketsal.

Geografik  joylashuvi  va  tabiati.

  Gvatemala 

Markaziy  Amerika  davlati.  Shimol  va  g‘arbda  Meksika, 

sharqda  Beliz,  janubi  sharqda  Salvador  va  Gonduras 

davlatlari  bilan  chegaradosh.  Janubda  Gvatemala  Tinch 

okean  bilan  tutashgan. 

Mamlakat  shimoli  yassi 

tog‘lardan,  markaziy  viloyatlari  esa  tog‘li  hududlardan 

iborat.  Eng  yirik  tog‘  tizmasi  —  Serra-Madreda  bir 

qancha  harakatdagi  vulqonlar  mavjud.  Mamlakatning 

eng  yuqori  nuqtasi  Taxumulko  vulqoni  (4220  m).  Eng 

yirik  daryosi  —  Motagua.  Gvatemalada  qo‘rg‘oshin, 

nikel,  volfram,  kumush  va  neftning  unchalik  katta 

bo‘lmagan  zaxiralari  mavjud.

Iqlimi  —  tropik.  Mamlakat  hududining  yarmi  doimo 

yashil  o ‘rmonlar bilan  qoplangan.  0 ‘simlik  dunyosi  o ‘ta 

xilma-xil  bo‘lib,  dunyoning  boshqa joylarida  uchramay- 

digan  o ‘simliklar  Gvatemala  o ‘rmonlarida  mavjud. 

Hayvonot  dunyosi  bo ‘yicha  Gvatemala  Markaziy 

Amerikaning  eng  boy  davlatlaridan  biridir.  Uning 

o ‘rmonlarida  tropik  hayvonot  dunyosining  barcha 

turlarini  uchratish  mumkin.  Qushlarning  2000  dan 

oshiq  turi  mavjud.

D a vla t  tuzilishi,  siyosiy  partiyalari.

  Davlat 

tuzilishi  —  prezidentlik  Respublikasi.  Mamlakat  22  ta 

departamentdan  iborat.  1821-yil  15-sentabrda  Gvate­

mala o‘z mustaqilligiga erishdi.  Davlat boshlig‘i  — prezi­

dent.  Qonun  chiqaruvchi  oliy  organi  bir  palatali  parla-



ment  —  Milliy  Kongress.  Eng  yirik  siyosiy  partiyalari: 

Milliy  Markaz  Ittifoqi  (MMI),  Xristian  Demokratik 

Partiya  (XDP),  Gvatemala  Mehnat  Partiyasi.

Iq tiso d i, 

transport 

kommunikatsiyalari. 

Gvatemala  qoloq  agrar  mamlakat  hisoblanadi.  Umumiy 

milliy  mahsulotning  30%  ini  qishloq  xo‘jaligi  yetishtirib 

beradi.  Asosiy  qishloq  xo'jalik  ekinlari:  qahva,  paxta, 

shakarqamish  va  banan.  Importga  asosan  shakar 

chiqaradi.  2004-yil  YIM  miqdori  59470  mln  dollami 

(aholi  jon  boshiga  —  4200  dol.)  tashkil  etgan.  Asosiy 

savdo  hamkorlari:  AQSH,  Meksika,  Yaponiya.



Tarixi.

  Bugungi  Gvatemala  hududida  eramizning

III 

asrida 


mayyalar  imperiyasi 

tashkil 


topgan. 

Imperiyaning  gullab-yashnash  davri  V II—IX  asrlarga 

to ‘g‘ri  keladi.  1513-yil  ispanlar  Gvatemala  hududlarini 

kashf  qilishdi  va  bu  yerlarda  o ‘zlarining  talonchilik 

urushlarini  olib  borishdi.  1821-yil  Gvatemala  o ‘z 

mustaqilligini  e ’lon  qilgan  bo ‘lsa-da,  1847-yilgacha 

Meksika  homiyligi  ostida  bo‘ldi.  1985-yilda  birinchi 

marta  erkin  demokratik  saylovlar  o‘tkazildi  va  hokimi­

yat  fuqaro  hukumati qo‘liga  o‘tdi.




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling