«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana19.10.2017
Hajmi1.23 Mb.
#18223
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15

34-rasm. Qandning suvda

erishi.

maydi. Bunday eritma to‘yingan eritma deb ataladi, chunki unda ortiqcha



miqdor qandni eritib bo‘lmaydi.

Eruvchanlik  o‘lchami  moddaning  ma’lum  sharoitda  to‘yingan

eritmadagi miqdori bilan belgilanadi.

To‘yingan  eritma  – ayni  haroratda eruvchi moddadan  ortiqcha

erita olmaydigan eritma.

Eruvchanlik 100 g erituvchida moddadan qancha erishi bilan bel-

gilanadi.

Agar 100 g erituvchida modda 10 g

dan ortiq erisa – yaxshi eruv chan, 10 g

dan  kam  erisa –  oz  eruv chan,  0,01  g

dan  kam  erisa  –  amalda  erimaydigan

modda hi sob lanadi.

Ko‘pchilik  qattiq  moddalar ning

eruv    chanligi  harorat  ortishi  bilan  orta-

di.  Buni  grafik  tarzda  ifodalash  mum -

kin (35-rasm).

Masalan,  ayni  haroratda  tuzning

eruv chanligi 30 ga teng. Bu degan so‘z

100 g suvda ayni haroratda shu tuzdan

30 g eriy oladi degan ma’noni anglatadi. 

Demak, moddaning ayni sha roitdagi

to‘yingan  eritmasini  haroratni  oshirish

bilan to‘yinmagan eritmaga yoki aksin-

cha, haroratni ka maytirish bilan to‘yin-

magan  eritmani  to‘yingan  eritmaga

aylantirish mum kin.

Gazlarning eruvchanligi harorat ortishi bilan kamayib boradi (suv qay-

naganda undagi erigan gazlar chiqib ketadi). Lekin bosim ortishi ularning

eruvchanligi ortishiga olib keladi (mineral suvli idish ochilsa, idish ichida-

gi bosim kamayadi va erigan karbonat angidrid shiddat bilan ajra lib chiqa

boshlaydi).

1-misol: 20°C dagi 500 g to‘yingan eritma bug‘latilganda 120 g kaliy

nitratning quruq tuzi olindi. Kaliy nitratning shu haroratdagi eruvchanligi-

ni toping. 

Yechish: 1) 500 g eritmadagi eruvchi va erituvchining massasini topish: 

35-rasm. Turli tuzlarning 

eruvchanlik egri chiziqlari.

Er

uv



ch

an

lik



, g/

l

Er



uv

cha


nl

ik, 


g/

l

Temperatura



88

89

m/eruvchi/ = 120 g.            m/erituvchi/ = 500 – 120 = 380 g. 



2) 380 g erituvchida 120 g eruvchi erib to‘yingan eritma hosil qilgan.

Shunday to‘yingan eritmadagi eruvchining (KNO

3

) eruvchanligini topish. 



380 g suvda 120 g tuz erigan 

100 g suvda x g tuz erigan 

100⋅120

x = ——— = 31,6 g.       Javob: 31,6.



380

2-misol: Bariy xloridning 40°C dagi eruvchanligi 50 ga teng. Shunday

sharoitda  125  g bariy  xloridni  eritib  to‘yingan  eritma  hosil  qilish  uchun

qancha suv kerak? 

Yechish:  1)  Bariy  xloridning  40°C  dagi  eruvchanligi  50  ga  teng  –

ya’ni 100 g suvda 50 g bariy xlorid tuzi eriy oladi. 

2) 125 g bariy xloridni eritish uchun: 

50 g BaCl

2

uchun 100 g suv kerak 



125 g BaCl

2

uchun x g suv kerak 



125 · 100

x = ——— = 250 g.  Javob: 250 g suv kerak.

50

Tayanch iboralar:



eruvchanlik, eritma, to‘yingan eritma.

Savol va topshiriqlar:

1. Xona haroratidagi 660 g qandning to‘yingan eritmasi bug‘latil-

sa, idish tubida qancha qand qoladi? 

2. KCl  ning  10ºC  dagi  to‘yingan  eritmasini  qanday  yo‘llar  bilan

to‘yinmagan eritmaga aylantirish mumkin?

3. Natriy  nitritning  10ºC  dagi  eruvchanligi  80,5  g ga  teng.  Shu

haroratda 500 g suvda qancha natriy nitrit erishi mumkin?

31-§. ERITMALAR

Eritma – erituvchi, erigan modda va ularning o‘zaro ta’sirlashuv

mahsulotlaridan iborat bir jinsli tuzilmadir.

Eritmada  modda  molekula  yoki  atom  o‘lchamlarida  bo‘lgani  uchun

erituv chi molekulalari orasida taqsimlangan va tarqalgan bo‘ladi. Masalan,

dorixo na lardagi  yodning  spirtdagi  eritmasida  yod  molekulalari  spirt

molekulalari  orasida  tarqalgan  bo‘ladi.  Bu  eritma  tiniq,  filtrdan  o‘tganda

hech narsa qolmaydi. Bunday eritmalar haqiqiy eritmalar deb ataladi.

Eritmalar  suyuq,  qattiq,  gazsimon  bo‘ladi.  Suyuq  eritmalarga:  tuz,

qand,  spirtning  suvdagi  eritmasi;  qattiq  eritmalarga:  metallarning  qotish-

malari,  tilla  buyumlar,  duralumin;  gazsimon  eritmalarga:  havo  yoki

gazlarning boshqa aralashmalari misol bo‘ladi. 

Eritmalar  hosil  bo‘lishida  issiqlik  yutilishi  yoki  chiqishi  kuzatiladi.

Eritmalar elektr tokini o‘tkazishi yoki yaxshi o‘tkazmasligi mumkin.

Eritmalar  mexanik  aralashmalarning  ham,  kimyoviy  birikmalarning

ham xossalariga ega bo‘ladi.

8-jadval

Eritmalarning xossalari

Mexanik aralashma

Eritmalar

Kimyoviy birikma

O‘zgaruvchan tarkib

O‘zgaruvchan tarkib

Doimiy tarkib

Eritmalarni  amaliyotda  qo‘llashda  erigan  modda  shu  eritma  massasi -

ning qancha miqdorini tashkil qilishini bilish muhim ahamiyatga ega.

Eritma tarkibini turli usullar bilan o‘lchash yoki o‘lchamli (konsentra -

tsiyalar) kattaliklar bilan ifodalash mumkin.

Eritmaning  tarkibiy  qismlari  deganda  ara lashtirilishidan  eritma  hosil

bo‘ladigan  toza  moddalar  tushuniladi.  Bunda  ko‘proq  miqdordagisi  eri -

tuvchi, ozroq miqdorda gisi erigan modda deb qabul qilinadi.

Toza suyuqlik va qattiq moddadan eritma hosil qilishda, odatda, suyuq

komponent  erituv chi  deb  qabul  qilinadi.  Ma’lum  massa  yoki  hajmdagi

eritmada  erigan  moddaning  miqdoriga  uning  konsentra tsiyasi  de yiladi  va

uni ifodalashda turli kattaliklardan foydalaniladi.

Odatda, kimyoda konsentratsiya 1 og‘irlik qism eritmada mavjud erigan

modda massa ulushlarida, 100 g eritmada mavjud erigan modda foiz larida,

1 l eritmada mavjud erigan moddaning mollar soni bilan ifodalanadi.

Hosil bo‘lganda issiqlik

chiqishi yoki yutilishi

kuzatilmaydi

Hosil bo‘lishi issiqlik chiqishi yoki yutilishi

bilan sodir bo‘ladi

Tarkibiy qismlarini fizik usullar 

yordamida ajratish mumkin

Tarkibiy qismlarini fizik

usullar yordamida ajratib

bo‘lmaydi



90

91

Tayanch  iboralar:



eritma,  erituvchi,  erigan  modda,  konsentra -

tsiya.


Savol va topshiriqlar:

1. Eritma ta’rifini izohlab bering.

2. Eritma qanday tarkibiy qismlardan tashkil topadi?

3. Eritmalar  mexanik  aralashmalar  va  kimyoviy  birikmalardan

nimasi bilan farq qiladi va o‘xshaydi?

32-§. ERITMADA ERIGAN MODDANING MASSA ULUSHI,

FOIZ, MOLAR KONSENTRATSIYASI

Oldingi mavzuda aytib o‘tilganidek, eritma tarkibini ifodalashda kom-

ponentlar tabiati va miqdori ko‘rsatilishi lozim. 

Kimyoda  ko‘pincha  to‘yinmagan  erit-

malardan foydalaniladi.

To‘yinmagan  eritma  –  ayni  haroratda

to‘yingan  eritmada  mavjud  erigan  mod-

dadan kam miqdorini tutuvchi eritma.

Erigan  modda  miqdori  juda  oz  bo‘lsa,

suyulti rilgan eritma deb ataladi.

Erigan modda miqdori yetarlicha yuqori

bo‘lsa,  konsentrlangan  eritma  deb  ataladi

(36-rasm).

Kimyoviy  amaliyotda  eritmada  erigan

modda  miqdorini  ifodalovchi  quyidagi  katta-

liklardan ko‘p foydalaniladi:

1. Massa ulushi ( ) – erigan modda massasini (m

1

) eritma massasiga (m



2

)  


m

1

nisbati bo‘lib, odatda 1 dan kichik sonlarda ifodalanadi:



1;  =  ——.

m

2



2.  Foiz  konsentratsiya  (C,  %) –  erigan  modda  massasining  (m

1

)  eritma



massasiga (m

2

) nisbatining foizlarda ifodalanishi. Bunda eritma massasi



100% ni tashkil etadi deb olinadi, demak C %<100. 

m

1



C% = —— · 100%

yoki


C% =  ·100%

m

2



Eritmaning massasi eruvchi va erituvchi massalarining yig‘indisiga teng

36-rasm. Ruxning turli

konsentratsiyali sulfat kis -

lotasi eritmasi bilan ta’sir-

lashuvi.

bo‘lganligi  sababli  formulani  quyidagi  ko‘rinishda  ham  yozish  mumkin:

m

eruvchi


C% = –––––––––– ⋅100%. 

Eritmalar suyuq holatda bo‘lganligidan ularning 

m

eruvchi


+ m

erituvchi

massasini  tarozida  tortgandan  ko‘ra,  uning  hajmini  o‘lchash  osonroq.

Shuning uchun eritmaning zichligi asosida hajmiy birlikka o‘tib olinadi. 

Eritmaning massasi, hajmi va zichligi asosidagi bog‘lanish quyidagi for-

mulaga mos keladi. m = V ⋅ ρ. Bunda m – eritma massasi, V – eritmaning

hajmi, ρ – eritmaning zichligi. 

Hosilaviy formulalar: 

m

m

m = V ⋅  ρ;   V= — ;   ρ = —. Demak, eritmaning massasi uning hajm



ρ

V

m



1

bilan zichligining ko‘paytmasiga tengligini bilgan holda C% = — ⋅100% for-                          

m

2

mulani quyidagi ko‘rinishda ifodalab, amalda qo‘llashimiz mumkin. m



2

= V · ρ 


m

1

m



1

C% = — ⋅ 100%    yoki  w = — 

V.ρ                                      V.ρ

3. Molar konsentratsiya (C

M

) – erigan modda miqdorining (mollarda – M)



eritma hajmiga (V) nisbati, ya’ni 1 l (1000 ml) eritmada 1 mol modda 

m

·



1000

erigan bo‘lsa, 1 M (bir molar) li eritma deb ataladi: C

M

= ———— . Bu



M

·

V



yerda 

M – moddaning molar massasi.

ERITMALARNING  INSON  HAYOTIDAGI  AHAMIYATI

Eritmalar inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega. Eritmalarning eng

katta sinfi, albatta, suvli eritmalardir. Suv tirik organizmda erituvchi, ozuqa

moddalarni tashuvchi, hayotiy faoliyatni ta’minlovchi turli jarayonlar amal-

ga  oshuvchi  muhit  (tana  haroratini  me’yorlashtirish,  tanadan  turli  zararli

moddalarni  chiqarib  yuborish  kabi)  sifatida  alohida  o‘ringa  ega.  Inson

tanasining uchdan ikki qismi turli eritmalar shaklidagi suvdan iborat. Qon

83%,  miya  va  yurak  80%, suyaklar  20–25% atrofida suv  tutadi. Baliqlar

tanasining  80%,  meduzalar  tanasining  95–98%,  suvo‘tlari  tanasining

95–99%,  quruqlik  o‘simliklari  tanasining  50–75%  qismini  turli  eritmalar

shaklidagi suv tashkil etadi. 

Tirik  organizmlar  hujayrasining  asosiy  komponenti  suvli  eritmalar

bo‘lib, ular tiriklikni ta’minlovchi hayotiy jarayonlar borishi uchun muhit

yoki bevosita ishtirokchi sifatida ahamiyatga ega.



92

93

Asosiy  ozuqa  manbalarimizdan  bo‘lgan  o‘simliklarga  suv  asosan



tuproq orqali o‘tadi. Hosildorlikning asosiy sharti ham suvdir. Suv tuproq -

dagi organik va mineral moddalarni eritib, o‘simlikka yetkazib beradi.

Suvsiz sanoat jarayonlarini ham tasavvur qilish qiyin. Suv juda ko‘plab

kimyoviy reaksiyalar amalga oshishi uchun ajoyib muhit bo‘lib hisoblana-

di.  Suvsiz  terini  oshlash  va  qayta  ishlash,  gazlamalarni  ohorlash  va

bo‘yash, sovun va boshqalarni ishlab chiqarish mumkin bo‘lmay qolar edi.

Suv  tibbiyotda turli dorivor eritmalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Oddiy

mi nerallashtirilgan  suv  har  xil  dorivor  tuzlar  eritmasi  bo‘lib,  bir  qancha

kasalliklarni davolash, oldini olish uchun iste’mol qilinadi.

Turli  moddalarning  suvli  eritmalari  inson  hayotini  turli  qulayliklar

bilan  ta’minlashda  keng  ishlatiladi,  masalan,  kislota  va  asoslar  eritmalari

oddiy  energetik  akkumulatorlarda  qo‘llanilib,  harakat  vositalari,  avtomo-

billarni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi. 

Suvdan  tashqari  benzin,  turli  spirtlar  va  organik  kislotalar  eritmalari

ham inson hayotida alohida o‘ringa ega. Turli xil spirtlardan tayyorlanadi-

gan oziq-ovqat mahsulotlari, dorivor preparatlar, turli mexanizmlarni sovi-

tishda  ishlatiladigan  antifrizlar  turmushda  keng  foydalaniladi.  Kiyimlarni

turli  dog‘lardan  kimyoviy  tozalashda  benzin  va  shu  kabi  erituvchilar ish-

latiladi. Turli pardoz vositalari, bo‘yoqlar, loklar asosini ham erituvchilar

tashkil etadi. Ularning barchasi eritmalardir.

Umuman olganda, inson hayoti eritmalar bilan bog‘liqdir.

Tayanch iboralar:

to‘yingan eritma, to‘yinmagan eritma, suyul-

tirilgan  eritma,  konsentrlangan  eritma,  konsentratsiya,  massa

ulushi, foiz konsentratsiya, molar konsentra tsiya.

Savol va topshiriqlar:

1. Eritma tarkibini ifodalovchi o‘lchamsiz kattaliklarni izohlang.

2. Eritma tarkibini ifodalovchi o‘lchamli kattaliklarni izohlang.

3. 30 g shakarni 170 g suvda eritish yo‘li bilan necha foizli eritma

olinadi?


4. 50  g eritmani  bug‘latish  yo‘li  bilan  10  g quruq  tuz  olindi.

Bug‘latish  uchun  olingan  eritmani  foiz  konsentratsiyasini

aniqlang.

5-amaliy mashg‘ulot.

1. ERIGAN MODDANING KONSENTRATSIYASI 

MA’LUM BO‘LGAN 

ERITMALARINI TAYYORLASH

Osh tuzi eritmasini tayyorlash.

1. Massa ulushi 0,06 bo‘lgan osh tuzining eritmasidan 50 g tayyorlash

uchun zarur bo‘lgan osh tuzi va suvning massalari hisoblab topiladi. (Izoh:

Laboratoriya imkoniyatlaridan foydalanib, turli moddalarning har xil kon -

sentra tsiyalardagi eritmalarini tayyorlash mumkin).

2.  Hisoblab  topilgan  tuz  miqdori  tarozida,  suv  esa  o‘lchov  probirkasi

yordamida o‘lchab olinadi (37-rasm). (Izoh: Tarozida tortish qoidalari va

suyuqliklarni o‘lchash qoidalarini eslang).

3. Tortib olingan tuzni kolbaga solib, ustiga o‘lchangan suv quyiladi va

bir jinsli eritma hosil bo‘lguncha aralashtiriladi.

4.  Tayyorlangan  eritma  idishga  quyiladi.  Idishga  tuzning  formulasi,

eritmaning  konsentratsiyasi  va  tayyorlangan  vaqti  yozilgan  yorliq

yopishtiriladi.

5. Olib borilgan hisoblashlarni kiritgan holda bajarilgan ish yuzasidan

hisobot tayyorlanadi.

37-rasm. Modda eritmasini tayyorlash.


94

95

2. TUPROQNING SUVLI ERITMASINI TAYYORLASH VA



UNDA ISHQOR BORLIGINI ANIQLASH

Tuproq ko‘pincha kislotali muhitga ega bo‘lib, qishloq xo‘jalik ishlari-

da  kislotali  tuproq  ohak  yordamida  neytrallanadi,  ba’zida  esa  ortiqcha

olingan ohak tuproqning ishqorlashishiga olib keladi.

Tuproq eritmasini tayyorlash.

5 g atrofida tuproq namunasi tarozida tortib olinadi va probirkaga soli-

nadi.  So‘ngra  1  molarli  kaliy  xlorid  eritmasidan  12,5  ml olib  probirkaga

quyiladi. Probirka og‘zi tiqin bilan berkitilib, ichidagi aralashma yaxshilab

aralashishi  uchun  bir  muddat  to‘xtovsiz  silkitiladi.  10  minut  tindirib

qo‘yilgan  probirka  devoridagi  tuproq  qoldiqlarini  yuvib  idish  tubiga

tushirish  uchun  u  o‘z  o‘qi  atrofida  qiyalatilgan  holda  aylantiriladi.

Shundan  so‘ng  probirka  ertasi  kungacha  shtativga  mahkamlangan  holda

qoldiriladi.

Tuproq eritmasini filtrlash yo‘li bilan olish. Filtr qog‘oz tayyorlang,

tayyorlangan filtrni shtativ halqasiga o‘rnatilgan stakanga qo‘ying. Sekin-

astalik bilan tuproqning suvli eritmasini quying. Tuproqni suvda erimaydi-

gan  qismi  filtrda  qoladi.  Voronka  ostidagi  stakanga  o‘tgan  tiniq  filtrat

tuproq eritmasidir. Tuproq eritmasidan namuna olib fenolftalein yoki lak-

mus qog‘ozi bilan tekshirib ko‘ring. Olingan natijani izohlang.

Tuproq muhitini aniqlash.

Bir  kun  turgandan  so‘ng  probirka  tubidagi  cho‘kmani  qo‘zg‘atib

yubormagan holda tinib qolgan eritmadan pipetka yordamida 5 ml olinadi

va boshqa probirkaga quyiladi. Shu probirkaga maxsus universal indikator

qog‘ozi tush i riladi. Natijada uning rangi sariqdan pushtiga, lakmus qog‘ozi

esa  binafshadan  ko‘k  rangga  o‘tishi  bu  –  tuproq  ishqoriy  muhitga  ega

ekanligini bildiradi.

IV BOBGA DOIR MASALALAR YECHISH

Eritmada erigan moddaning massa ulushini (foiz miqdorini) topish

1. 50 g osh tuzining 450 g suvda eritib olingan eritmasining konsentra -

t siyasi qanday bo‘ladi?

Yechish:

m

1



C% = —— · 100% formula yordamida eritmada erigan moddaning foiz

m

2



konsentratsiyasini topamiz. Buning uchun erigan 50 g osh tuzi va erituv -

chi  450  g  suv ning  massasini  qo‘shib,  500  g eritma  hosil  bo‘lganligini

hisoblab topib olamiz:

m

1



50

m

1



=50;

m

2



=450+50=500;

C% = —— · 100 = —— ·100 = 10%.

m

2

500



Javob: 10%.

2. Orol dengizi atrofidagi ayrim ko‘llar suvidagi tuzlar konsentratsiyasi

4% ni tashkil qiladi. 10 kg shunday ko‘l suvi bug‘latilganda qancha miq-

dor tuz qoladi?

Yechish:

1-usul. 4%  li  degani  100  g eritmada  4  g (100  kg eritmada  4  kg)  tuz

borli gini bildiradi.

100 kg eritmada 4 kg tuz bo‘lsa,

10 · 4

10 kg eritmada x kg tuz bo‘ladi:  x = ———= 0,4 kg yoki 400 g.



100

Javob: 0,4 kg yoki  400 g.

m

1

m



2

·C%


10 ·4

2-usul. C% = —— · 100% formuladan  m

1

= ———— = ——— = 0,4 kg yoki 400



g.

m

2



100%

100


Javob: 0,4 kg yoki 400 g.

Ma’lum hajm eritmadagi erigan moddaning molar konsentratsiyasini

topish. Molar konsentra tsiya

1. Natriy gidroksidning suvdagi eritmasining 2 litrida 16 g NaOH bor.

Shu eritma ning molar konsentratsiyasini hisoblang.

Yechish:


1) Ma’lumki, natriy gidroksidning nisbiy molekular massasi: M

r

= 40. 



1 mol NaOH = 40 gramm. Uning molar massasi 40 g/mol.

96

97

2) 2 litr (2000 ml) eritmada 16 gramm NaOH erigan holda mavjudligi



masala  shartidan  ma’lum.  1  litr  (1000  ml)  shunday  eritmada  erigan

NaOH ning massa sini bilish kerak.

2000 ml eritmada – 16 g NaOH erigan.

1000 ml eritmada – x g NaOH erigan.

1000 · 16

x = —————= 8 g NaOH bor.

2000

m · 1000


3) C

M

= —————



= formuladan foydalanib eritmaning molar konsentratsiyasi

M · V


topiladi.

m · 1000 8 · 1000

C

M

= ————= ———— = 



0,2 mol/l. 0,2 M li.

M · V


40 · 1000

Ushbu  masalani  yechishda  ikkinchi  ishni  bajarmasdan  ham,  masala

shartida berilganlardan foydalanib formula asosida yechish mumkin.

m · 1000 16 · 1000

C

M

= ————= ———— = 



0,2 mol/l. Javob: 0,2 mol/l. 0,2 M li.

M · V


40 · 2000

2. Kalsiy xloridning konsentratsiyasi 2 mol/l bo‘lgan 500 ml eritmasini

tayyorlash uchun qancha tuz kerak? Bunday eritmani qanday tayyor-

lash mumkin?

Yechish:

1) M (CaCl

2

) = 111 g/mol.   2) 2 mol CaCl



2

= 222 g.


3) 2 mol/l degani 1 l (1000 ml) eritmada 2 mol, ya’ni 222 g CaCl

2

borligini



bildiradi. Endi 500 ml eritma uchun qancha tuz kerakligini topib olamiz.

1000 ml da 222 g tuz bo‘lsa,

500·222

500 ml da x g tuz bo‘ladi:   x



= ————

= 111.   Javob: 111 g.

1000

4)  111 g CaCl



2

tuzini  tarozida  tortib  olib,  500  ml li  o‘lchov  kolbasiga

solinadi.  Tuz  erib  ketguncha  oz-ozdan  suv  quyiladi.  Tuz  erib

bo‘lgach,  kolba ning  o‘lchov  belgisigacha,  ya’ni  500  ml bo‘lguncha

suv quyiladi. Eritma yaxshilab aralashtirilib, maxsus yorliq yopishti -

rilgan idishga quyiladi va og‘zi tiqin yoki qopqoq bilan berkitiladi.

Mustaqil yechish uchun masalalar

1. Dorixonalarda sotiladigan yodli eritma yodning spirtdagi 10% li erit-

masidir.  500  g shunday  eritma  tayyorlash  uchun  qancha  yod  va

erituvchi kerak?

4 – Kimyo, 7-sinf

2. Natriy  sulfat  tuzining  7,1%  li  200  g eritmasiga  mol  miqdor  bariy

xlorid  eritmasi  quyilganda  hosil  bo‘lgan  cho‘kmaning  massasini

hisoblang.

3. 5 litr 0,1 M li eritma tayyorlash uchun qancha aluminiy sulfat olish

kerak?


4. Nitrat  kislotaning  10%  li  eritmasining  (zichligi  1,056  g/sm

3

)  molar



konsentratsiyasini toping.

5. 200 g 10%  li  tuz  eritmasi shu  tuzning 300 g 20%  li  eritmasi  bilan

aralashtirilganda  hosil  bo‘lgan  yangi  eritmadagi  tuzning  massa

ulushini % larda aniqlang.

6. 5  g  osh  tuzi  35  g suvda  eritildi.  Natijada  hosil  bo‘lgan  eritmadagi

eruv chining  massa  ulushini  va  eritmaning  foiz  konsentratsiyasini

aniqlang.

7. Natriy  sulfat  tuzining  6,5  foizli  50  g eritmasi  tarkibida  qancha  tuz

bo‘ladi?

8. 3 foizli 200 g kalsiy xlorid tuzi eritmasini tayyorlash uchun qancha

quruq tuz va qancha hajm suv kerak?

IV BOB YUZASIDAN TEST TOPSHIRIQLARI

1. A g tuz B g suvda eritildi. Eruvchini eritmadagi massa ulushini

foiz  konsentratsiyada  topish  imkonini  beradigan  formulani

ko‘rsating.

A + B


A

A.  C% 


= ————

· 100%.


B.  C%

= ———


· 100%.

B

A + B



A + B

A

C.  C%



= ————

· 100%.


D.  C%

= —




· 100%.

A

B



2. Molar konsentratsiya qanday formula bilan hisoblanadi?

m ·1000


E ·1000

A. C


M

= ————.                                 

B. C

M

= ———— .



M · V

M · V


M ·1000

m ·1000


C. C

M

= ———— .                                  



D. C

M

= ————.



m · V

E · V


3. Gazlarning suvda eruvchanligi quyidagi qaysi hollarda ortadi?

A. Harorat ortganda.

B. Bosim ortganda.

C. Aralashtirib turilganda.

D. A, B, C hollarning barchasida.


98

99

4. Quyidagi qaysi moddalar suvda juda oz eriydi?



1. Shakar. 

2. Osh tuzi.

3. Gips. 

4. Soda. 

5. Kislorod.

A. 1, 2, 4. 

B. 3, 5.

C. 2, 3.


D. 4. 

5.  Eruvchanlik nima?

A. 100 g erituvchida eruvchining erishi mumkin bo‘lgan qiymati.

B. 1000 g erituvchida eruvchining erishi mumkin bo‘lgan qiymati.

C. 10 g erituvchida eruvchining erishi mumkin bo‘lgan qiymati.

D. 1 g erituvchida eruvchining erishi mumkin bo‘lgan qiymati.

6. 100 g eritmada  34  g tuz  erigan  holatda  bo‘lsa,  uning  foiz

konsentra tsiyasi nechaga teng?

A. 0,34. 


Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling