"sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati

bet1/21
Sana09.01.2020
Hajmi
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
83496

М А Ш  
SVIFT
GUUIVERNING 
SAYOHATLARI
Roman
“SHARQ”  NASHRIYOT-MATBAA 
AKSIYADORLIK  KOMPANIYASI 
BOSH  TAHRIRIYATI 
TOSHKENT  —  2009

J77
T a h r i r   h a y ’ a t   i:
Omonulla  YUNUSOV  (rahbar),  Ahror  AHMEDOV  (rahbar 
o'rinbosari),  Alisher  IBODINOV,  Nizom  KOMILOV,  Tohir 
MALIK,  Erkin  MALIK  (hay’at  kotibi),  Qodir  MIRMUHAME- 
DOV,  Anvar  OBIDJON,  Xudoyberdi  TO ‘ XT ABO YE V ,  Barno- 
bek  ESHPO4LATOV.
T a r j i m o n
Sotuboldi  Yo* Idoshev
S  o ‘  z  b  о  sh  i 
Mahkam  Mahm udov
R a s s o m l a r :
Aleksandr  P etro v
, 
Dolina  Shumilova
Jonatan  Svift
Gulliverning  sayohatlari:  roman/Jahon  sarguzasht 
adabiyoti.  —  Т.:  Sharq,  2009.  —  288  b.
BBK  84.4Ang.
ISBN  978-9943-00-377-4
©  “ Sharq”  nashriyot-matbaa  aksiyadorlik 
kompaniyasi  Bosh  tahririyati,  2009-yil

MUALLIF  VA  UNING  ASARI  HAQIDA
Hurmatli  o‘quvchi!  Sizga  taqdim  etilayotgan
 
ushbu  ikki  asar
 
—  
“Gulliverning  sayohatlari”  va
 
“Cho‘lda  topilgan  bola”  jahon  bolalar  adabiyotining
 
durdonalari  qatoriga  kiradi.  H ar  biringiz  bolaligingiz-
 
da  shahar  bog'larida  sayr  qilgansiz,  katta  va  kichik
 
hovuzlarda  cho'milgansiz,  bolalar  maydonchasida  ot
 
o'yinlariga  tushgansiz.  Ana  shu  bolalar  maydonchasi-
 
ga  kiraverishda  siz  darvoza  o'rnida  baland  bo‘yli
 
Gulliverning  uzun  oyoqlari  ostidan  turna  qator  bo‘lib
 
o'tayotganingizda  Sviftning  mashhur  romanidagi
 
mittivoylarga  o'xshab  qolganingizdan  zavqlanib,  xa-
 
xolab  kulgansiz.  Keyinroq,  kutubxonalardan  ana  shu
 
kitobni  qidirib  topib  o‘qiganingizda  esa,  o‘zingizni
 
dunyoning  turli  dengizlari  va  ummonlari  osha  uzoq
 
sayohatlarga  chiqqan  kapitan  Gulliver  deb  his  etgan-
 
siz.  Endi  yanada  aqlingiz  to'lishib,  zehningiz  o'tkir-
 
lasha  boshlaydi  va  bu  asar  qiziqarli  sayohatnoma
 
bo'libgina  qolmay,  unda  murakkab  ruhiy  va  ijtimoiy,
 
falsafiy  muammolar  haqida  donishmand  odamning
 
ajoyib-g'aroyib 
hikoyalari 
mujassam 
ekanligiga
 
ishonch  hosil  qilasiz.
Sharqning mashhur “A lif Laylo”,  “M in g bir kecha”
 
ertaklarini  eslatuvchi  bu  durdona  asarni  yozgan  ulug‘
 
ingliz  adibi  Jonatan  Sviftning  hayoti  ham,  xuddi
 
Gulliverniki  singari  juda  ajabtovur  voqealarga  boy.
Sizning  sevimli  asaringiz  avtori  Jonatan  (Jo  va
 
Natan  ismlaridan  olingan)  Svift  1667-yilda, Angliya-
 
ning  yaqin  qo'shnisi  va  oroldagi  mustamlakasi
 
bo‘lgan  Irlandiyaning poytaxti  Dublinda  ingliz  muho-
 
jiri  oilasida  tug'ilgan.  Otasi  и  tug‘ ilmasdan  sal  avval-
 
roq  vafot  etgan  edi.  Ziyrak  Jo  huquqshunos,  advokat
 
tog'asi' qo'lida  tarbiya  topdi.  Bola  boshlang'ich  mak-
 
tabda  tahsil  ho'rgach,  o‘ n  to'rt  yoshida  tog‘asi  Dublin
5

universitetining  dindorlik  fakultetiga  o'qishga  beradi.
 
Jonatan  universitetni  tugatgan  vaqtda  Dublinda
 
irland  katoliklarining  inglzlarga  qarshi  qo'zg'oloni
 
yuz  beradi.  Shu  paytda  Irlandiyadan  quvilgan  ingliz
 
oilalari  qatori,  yosh  dinshunos  olim  S v ift  ham
 
Dublinni  tark  etadi,  kemaga  o'tirib,  “ katta  yer”ga,
 
Angliyaga  y o ‘ l  oladi.  U  Angliyada  marhum  otasining
 
qalin  do‘sti,  sobiq  Uilyam  Templning  Mur-Park  degan
 
so'lim  qishlog'ida  boshpana  topadi.  Uilyam  Tempi
 
uzoq  vaqt  Angliyaning  Gollandiyadagi  elchisi  bo'lib
 
ishlagan,  obro'li  odam  edi.  U  adabiyot  ixlosmandi,  o‘ zi
 
ham  ijodkor  bo'lgan.  Shuning  uchun,  и  iste’dodli  yosh
 
shogirdi  Jonatan  Sviftn i  o'ziga  kotib  qilib  oladi  va
 
yaxshigina  maosh  to'lab  turadi.  Janob  Templning
 
Mur-Parhda  katta  va  boy  kutubxonasi  bor  edi,  Svift
 
o‘z  bilimlarini  kamol  toptirishda  bu  xazinadan  juda
 
yaxshi  bahra  olib,  gazetalarga  maqola,  pamflet,  she’r
 
va  felyetonlar  yoza  boshladi.  Tabiiyki,  yosh  yozuvchi
 
o'zining g 'am xo'r  ustozi  Templning asarlarini  tuzatib,
 
tahrir  qilib  berardi.
Mur-Parkda  janob  Templning  ish  boshqaruvchisi
 
Jonsonning Ester-Yulduz  ismli  tiyrak  va  zehnli  asran-
 
di  qizchasi  bor  edi.  Janob  Tempi  uni  o'ziga  tutingan
 
farzand  qilib  oladi.  Yosh  S vift  janob  Templga  kotib-
 
ligidan  tashqari,  mana  shu  qizchaning  ham  muallimi
 
va  murabbiysi  edi.  Ester-Yulduz  aqlli,  barkamol  qiz
 
bo'lib  voyaga  yetdi  va  ustozi  Jonatan  Sviftning  bir
 
umrli  do‘sti  va  sirdoshi  bo4ib  qoladi.
X V I I   asrning  oxirlarida  Fransiyada,  keyinroq
 
Angliyada  qadimgi  adabiyot  tarafdorlari  bilan  yangi
 
adabiyot  tarafdorlari  o'rtasida  qizg'in  bahslar  bo'lib
 
o'tdi.  Bu  adabiy  bahsga  janob  Tempi  va  uning  shogir­
di  S vift  ham  qatnashdi.
0 ‘shanda  buyuk  faylasuf  olim  Bualo  qadimgi
 
adabiyotni,  folklorshunos,  xalq  ijodi  muxlisi  Shari
 
Perro  yangi  davr  adabiyotini  himoya  qilib  chiqdi.
 
S v ift 
1697-yili 
shu 
bahsga 
bag'ishlab, 
(u stozi
 
Templning  topshirig'i  bilan)  “Kitoblar  jangi”  nomli
 
mashhur  hajviya-pamfletini  yozdi,  Sviftning  bu  ilk
 
asarida  qadimiy  va  yangi  kitoblar  ramziy  ma’noda
6

bir-biriga  qarshi  qo'shin  tortishar,  qadimgi  yunon
 
shoiri  Pindar yangi  ingliz  shoiri  Kauliga  qarshi,  ulug'
 
“Iliada”  ijodchisi  H om er  yangi  qasidachi  Draydenga
 
qarshi jang qilishardi. Bu jangda  Zevs, Afina, Apollon,
 
Afroditalar  qadimgi  adabiyot  qo‘shinlarini  himoya
 
qilar,  yangi  davr  adabiyotiga  esa  “Adabiy  tanqid”
 
nomli  mayib-majruh  “ tangri”  homiylik  ko'rsatardi.
 
Svift  ijodiga  зcos  kinoya,  qochiriqlar  mana  shu  ilk
 
asaridayoq  ko'rinib  qoldi.
Qadimiy  va  yangi  kitoblar  o'rtasidagi  jangda
 
S viftn in g  o‘ zi  ihkala  tomonni  himoya  qildi.  U
 
hajviyasini  o'rgimchah  va  asalari  haqidagi  hikoyat
 
bilan  tugatdi.  Sviftning  fikricha,  “Haqiqiy  adib
 
o‘ rgimchak  singari  o‘z  ichidan  chiqqan  to'qima  iplari
 
bilan  tanob  tortaverishi  yaxshi  emas,  asl  ijodkor
 
asalariday  hamma  yerda  hayot  materiali  sharbatini
 
y ig ‘ ib, 
uni 
san’at 
asaliga 
aylantirishi 
kerak”
 
( Z.Grajdanskaya  va  boshqalar.  “Chet  el  adabiyoti  ta-
 
rixi.  X V I I I   asr”  kitobidan.  M G U ,  1974-yil,  37-bet.)
1699-yilda  Sviftning  g ‘amxo‘r  ustozi  janob  Tempi
 
vafot  etgach,  o‘ ttiz  ikki  yoshli  adib  Mur-Parkdan
 
chiqib  ketadi. Adib  shundan  so‘ng Irlandiyaga  qaytib,
 
Larakor  qishlog'ida  cherkov  noziri  vazifasida  ishlay
 
boshlaydi.  0 ‘sha  vaqtlarida  cherkov  ruhoniylari  juda
 
erkin  fikrlashardi,  ular  turli  latifa  va  hajviyalar
 
to‘qishar,  sevgi  mojarolari  haqida  she’r,  hikoyalar
 
yozishardi.  “Qavmlarning  ko'pchiligi  katolik  mazhabi-
 
da  bo'lgani  uchun,
  —  
deb  yozadi  Z.  Grajdanskaya,
  —  
ingliz  cherkoviga  hech  kim  kelmas,  ko'pincha  ruhoniy
 
voiz  burchakda  mudrab  o'tirgan  qorovulga  qarab  va’z
 
aytardi.  Svift  esa  ko'pincha  hazil-mutoyibali  yoki
 
hajviy  nutqlar  irod  etar  edi.  Gohida  esa  и  cherkovga
 
qulf  osib,  Londonga  ketib  qolardi
” . 
O'sha  vaqtlarda
 
Irlandiya  ruhoniylari  huhmron  Angliya  ruhoniylari
 
bilan  huquqda  teng  emasdi.  Inglizlar  irland  ruhoniy-
 
lariga  past  nazar  bilan  qarab,  ularning  huquqlarini
 
cheklab  qo‘yishgan  edi.  Balandroq  mansablarga  irland
 
ruhoniylari  yaqinlashtirilmasdi.  Irlandiya  hukumati
 
vakillari  shoir  va  hajvchi  Sviftning  obro'sidan  foy-
 
dalanib,  o'z  huquqlari  uchun  kurashda  undan  yordam
7

so‘ rashadi.  S vift  bunga  rozi  bo'lib,  ko'p  yillar  irland-
 
larning  iltimosini  amalga  oshirish  uchun Angliyaning
 
martabali  rahbarlari  doirasiga  yaqinlashdi,  uzoq  vaqt
 
muzokaralar  olib  bordi.
B ir  yili  S vift  o'zi  tashkil  etgan  jurnalda  mashhur
 
“ ka rom a tgo'y”  Is'h oq  B ikerstafga  qarshi  kurash
 
ochdi.  U,  jurnalning  bir  sonida  Bikerstafning  falon
 
yili,  falon  soatda  olamdan  o'tishini  “ bashorat  qilib”
 
yozib  chiqdi.  Keyinroq  jurnalning  boshqa  bir  sonida
 
xuddi  o'sha  bashorat  qilingan  vaqtda  uning  o'lganlig-
 
ini  e ’lon  qildi.  Bu  voqea  katta  shov-shuvlarga  sabab
 
bo'lib,  S viftn in g  shuhrati  yanada  oshib  ketdi.  Hali
 
o'lmagan  B ikerstaf  dushmani  Sviftga  qarshi  qancha
 
raddiya  e’lon  qilsayam,  odamlar  uning  tirikligiga
 
ishonmay  qo'yishdi.
Qirol  saroyida  galma-gal  hukmronlik  qilayotgan
 
torilar  bilan  viglar partiyasi  Jonatan  Sviftning  o'tkir
 
san’atkorligidan  foydalanish  maqsadida  unga  nis-
 
batan  izzat-hurmat  ko'rsatib,  saroyga  yaqinlashtira
 
boshlashdi.  S vift  bu  yaqinlikning  o‘z  xalqiga  nafi
 
tegishini  o'ylab,  rozi  bo'ldi.  U,  qirolicha  Annaning
 
arzanda  bosh  vaziri,  viglarning  rahbari  gersog
 
Malboro  bilan  do' stlashdi.  Lekin  viglarning  o'n  yillik
 
urushni  davorn  ettirish  tarafdori  ekanligi,  mansabla-
 
ridan  foydalanib,  boyishga  intilishi,  olchoqligi  adibga
 
yoqmadi.  Shuning  uchun,  u,  xalqqa  erkinlik  va’da
 
qilayotgan,  qirg'in  urushni  to'xta tish   tarafdori
 
bo‘ lgan  torilarni  qo‘ llab-quvvatlay  boshladi.  Torilar
 
boshlig‘ i  gersog  Bolingbrok  ham  Sviftga  tog'-tog'  va’-
 
dalar  berib,  sulh  tuzish  uchun  kurash  zarurligi  haqi-
 
da  jamoatchilik  fikrini  uyg'otishda  undan  yordam
 
so'radi.  Adib  o'zining  o'tkir  maqola  va  hajviyalari
 
bilan  Yevropadagi  urushning  xalq  ommasiga  juda
 
katta 
zarar 
keltirayotganligini 
isbotlab, 
keng
 
jamoatchilikni  sulh  uchun  kurashga  da’ vat  etdi.
 
Yozuvchi, publitsist  S vift  torilar tomonidan  turib,  ger­
sog  Malboroning  jinoiy  ishlarini,  urush  bahonasida
 
davlat pulini  o'g'irlab,  boyib  ketganligini  fosh  etuvchi
 
bir  turhum  maqolalar  yozib,  viglarga  qaqshatqich
 
zarba 
berdi. 
Shunday 
qilib, 
1711-yild a  
gersog
8

Malboroning  bosh  qo‘ mondonlikdan  olib  tashlanishi-
 
ga,  torilarning  davlat  tepasiga  kelishiga,  1 7 1 3-yilda
 
Angliya  bilan  Fransiya  o'rtasida  tarixiy  Utrekt  sulhi
 
tuzilishiga  Jonatan  Svift  hal  etuvchi  ta’sir  ho'rsatdi.
Atoqli  jamoat  arbobi  bo'lishiga  qaramay,  S vift
 
kambag' alchilikda 
yashadi. 
Uning 
Londondagi
 
faqirona  uyiga  ministrlar  va  boshqa  arboblar  masla-
 
hat 
so'rab 
kelib 
turishardi. 
U, 
torilarning
 
“Ekzaminer”  gazetasiga  jamoatchilik  asosda  (haq
 
olmasdan)  muharrirlik  qilar,  qirolicha  va  ministr-
 
larning  nutqlarini  yozishib,  tahrir  qilib  berar  edi.
“  Svift  Angliyada  yashagan  yillar,
  —  
deb  yozadi
 
adibning  eng  iqtidorli  biograflaridan  biri  A.  G.  Inger,
—  
viglar  va  torilar partiyatari  o'rtasidagi  kurash  avj
 
olgan  paytlar  edi.  Ispaniya  taxti  uchun  kurash,  sira
 
tinmagan  diniy  nizolar  bu  partiyalar  o'rtasidagi
 
ixtilofni  yanada  keskinlashtirardi.  Malika Anna  og'ir
 
betob  edi  va  merosxo'ri  y o ‘q  edi.  Viglar  chiqartirgan
 
parlament  qonuniga  ko‘ ra,  malika  o'limidan  so'ng
 
toj-u  taxt  uning  olis  qarindoshi,  Gannover  kurfyursti
  —  
knyaziga  tegishi  herak  edi,  chunki  faqat  protestant
 
mazhabidagi  odamgina Angliya  qiroli  bo'lishi  mumkin
 
edi. Ammo,  Fransiyada,  1689-yili  quvilgan  Styuartlar
 
xonadoni  a’zolari  yashar,  ular  esa  katolik  mazhabida­
gi  odamlarni  quvvatlar  edilar.  Fransiya  qiroli
 
Lyudovik  X I V   ham  Styuartlarning  ingliz  taxtiga 
da’vogarligini  qonuniy  deb  bilar  va  ularga  har  tomon-
 
lama  yordam  berardi...  Bir  mazhabdagi  odamlar
 
o'rtasida  ham  turli  ixtiloflar  bor  edi”.  (Svift.  “Stella
 
uchun  yozilgan  kundaliklar”.  “Nauka” ,  1981.  So'ng
 
so‘z.)
Mamlakat  ijtimoiy,  iqtisodiy,  ma’ naviy  hayotini
 
inqirozga  uchratayotgan  ana  shu  ixtiloflarga  qarshi
 
Jonatan  Svift  o'zining  eng  yaxshi  asarlaridan  biri
 
“Bochka 
ertagi” 
hajviyasini 
yozdi. 
Adibning
 
yozishicha,  bir ota  o'zining  uch  o'g'liga  turli  mol-mulk
 
bilan  birga  uchta  bir  xil  ko'ylak  meros  qoldiribdi.  Ota
 
o'g'illariga:  “Hech  qachon  bu  ko'ylaklarni  buzib,
 
tuzatib,  o'zgartirmanglar,  hamisha  bir  xil  kiyi-
 
ninglar” ,  deb  vasiyat  qilibdi.  Farzandlar  ota  vasiyati-
9

ga  yetti  yil  amal  qilishibdi. A m m o

shundan  so'ng  ular
 
o'rtasida  janjal  chiqib,  har  kim  o‘z  ko'ylagini  o'zicha
 
buzib,  so'kib,  tuzatadigan  bo‘ libdi.  T o‘ ng‘ ich  o'g'il
 
Piter  o‘z  ko'ylagini  turli  kashtalar,  nishonlar  bilan
 
bezab  tashlabdi.  Kichik  o‘g ‘il  Jekning  ko'ylagi  uvadasi
 
chiqib,  ilma-teshik  bo'lib  ketibdi.  Faqat  o'rtancha  o'g'il
 
M artin   ko'ylagini  o‘ zgartirm ay,  ota  vasiyatiga  amal
 
qilishga  urinibdi.  Bu  eriakda  S v ift  xristian  dinining
 
turli  mazhablari  o‘ rtasidagi  noaniqlikni  fosh  etadi.
 
Fransuz  mutafakkiri  Volter  bu  asarga  qoyil  qolib:
 
“ S v ift  o'g‘illarga  qamchi  urganida,  otasiga  ham  tegib
 
ketadi” ,  deya  hajviyachining  jur'atiga  ishora  qilgan
 
edi.
M a vju d   qonunlarga  ko‘ ra,  S vift  ruhoniy  bo'lgani
 
uchun  dunyoviy  amaldorlik  ( masalan,  ministrlikka)
 
saylanolmasdi.  M ansabdor  do'stlari  Sviftga  oliy  diniy
 
lavozim
  —  
yepiskoplikni  olib  berishga  va’da  qilishgan
 
edi. A m m o,  adib  bu  niyatiga  ham  yetolmadi.  Do'stlari-
 
ning  va’dalari  yolg‘on  bo‘ lib  chiqdi.  Malika  Anna
 
aslzoda  tabaqadan  chiqmagan  Sviftn i  ju r’atli  fikrlari
 
uchun  yaxshi  ko‘ rmasdi.  M in istr  do'stlari  esa  uning
 
qalami 
va  xalq  o'rtasidagi  obro‘ sidan  foydala-
 
nishnigina  ko‘zlardilar,  xolos.  Buyuk  ingliz  adibi,
 
mashhur  “M anm anlik  bozori”  romani  avtori  Uilyam
 
Tekkereyning  aytishicha,  “ Yepiskoplik  nishoni  kela-
 
yotgan  kareta  (soyabon  arava)  boshqa  yo'ldan  o‘tib
 
ketdi,  S v ift  esa  so'kinganicha, 
to ‘ pponchasidan
 
osmonga  o‘q  otib  qolaverdi
” .  
Aksincha,  Sviftni  poy-
 
taxtdan  chetlashtirish  uchun,  uni  Dublindagi  avliyo
 
Patrik  ibodatxonasiga  nozir  qilib  tayinlashdi.
Umid,  orzulari  amalga  oshmagan,  qizg'in  kurash-
 
larda  holdan  toygan  adib  yana  Angliyaning  dengiz
 
ortidagi  chekka  viloyati
  —  
Irlandiyaga,  Dublinga  y o ‘l
 
olarkan:  “Qolgan  umrimni  margumish  yegan  kala-
 
mushday,  bir  kavakda  jon  talvasasida  o'tkazadigan
 
bo'ldim” ,  deb  qayg'uga  botdi.
Am m o  Angliyaning  mashhur  publitsisti  bo'lgan
 
adib  o'zini  dunyo  ishlaridan  chetga  olmadi.  Irland
 
xalqining  milliy  ozodlik  uchun  kurashiga  qizg'in  yor-
 
dam  berdi.  Va  xuddi  shu  yerda  и  o'ziga  shon-shuhrat
10

keltirgan  asarlarini  yozdi.  Ayniqsa,  S viftn in g  shoh
 
asari,  jahon  adabiyotining  ham  durdonasi  bo'lmish
 
“Gulliverning  sayohatlari”  mana  shu  quvg‘in  yillari
 
vujudga  keldi.
Jonatan 
S v ift 
asli 
ingliz 
bo'lib, 
avvallari
 
Irlandiyaga  past  nazar  bilan  qaragan  bo‘lsa  ham,
 
haqiqatgo'y  ijodkor  sifatida  har  qadamda  bechora
 
irlandlarning  insoniy  huquqlari  toptalayotganligini
 
ko'rib,  jim  tura  olmadi.  U,  Dublinda  ekanligida,
 
Angliyaning  hukmparast,  olchoq  lordlari  irland
 
dehqonlarini  xonavayron  qilayotganligini,  irland
 
hukumatini  barcha  huquqlari  tortib  olinganligini,
 
irland  xalqining  taqdiri  Londonda  hal  etilayotganli-
 
gini  g'azab  bilan  fosh  etuvchi  asarlar  yozdi.
Xuddi 
mana 
shu 
singari 
muam molar
 
“Gulliverning  sayohatlari”da  ayniqsa  yorqin  badiiy
 
quvvat  bilan  aksini  topdi.  Aslida  Jonatan  S vift  bu
 
asarini  boshqa  bir  buyuk  ingliz  adibi  Daniel  D efoning
 
“Robinzon  K ru zo”  romaniga  hajv  sifatida  boshlagan
 
edi.  Afsuski,  bir  zamonda  yashagan  ikki  buyuk  adib
 
bir-biriga  yov  edi.  Defo  ham,  Svift  ham  bir-birini  amal-
 
dorlarga  xushomadgo'ylik  qilishda,  sotqinlihda  ayblar
 
edilar.  “Robinzon  K ruzo” ning  bir  necha  qismdan  ibo-
 
rat  davomi  bo'lib,  ularda  qahramon  mavjud  qirollik
 
tuzumida, 
adolatli 
qonunlar 
asosida 
oddiy
 
mehnatkash  odam  o‘z  baxtini  topadi,  degan  g'oyani
 
ilgari  surgan  edi.  Svift  esa,  aksincha,  bir-biridan  bat-
 
tar  olchoq,  ochko'z,  molparast,  mansabparast,  te-
 
kinxo'r,  takabbur  qirollar  va  ministrlar  hukmronlik
 
qilgan  jamiyatda  inson  hech  qachon  baxtini  topol-
 
masligini  Gulliver  sayohat  qilgan  o'lkalar  timsolida
 
ravshan  ko'rsatadi.
Lem yuel  Gulliver  m ittivoylar  o'lkasida 
Tog‘
 
odamga  aylanadi.  Oyog'i  ostida  minglab  lilliputlar
 
uymalashadi.  Gulliverning  ro‘ molchasida  chavandoz-
 
lar  ot  o'ynatadi,  qahramon  600  ta  to‘shakda  uxlaydi.
 
Darozlar  o'lkasida  esa  Gulliverning  o'zi  mitti  bo'lib
 
qoladi.  Kichkina  quticha



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling