Sharq taronalari
Download 207.64 Kb.
|
Sharq taronalari
Mavzu:"Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi milliy musiqa san'atining eng yaxshi na'munalarini keng targ'ib qilish, milliy musiqa an'analarini saqlash va rivojlantirish, yosh avlodda san'atga muhabbat tuyg'usini uyg'otish hamda xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, tinchlik, do'stlik, o'zaro hamjihatlik, madaniy- ma'naviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalini tashkil etgan. Festival 1997 yildan buyon har ikki yilda bir marotaba Samarqand shahridagi ko’hna “Registon” maydonida avgust oyining 2-yarmi oxirida o’tkazilib kelinadi. Festivalda ishtirokchi davlatlar soni yildan yilga ko’paymoqda. Jumladan, I festivalda 34 ta davlat, II festivalda 36ta davlatdan 250 dan ortiq vakillar o’z san’atlarini namoyish etdilar. Festivalga har yili katta tayyorgalik ko’riladi va rang-barang namoyishlarga boy ochilish marosimi dasturi bilan festival boshlanadi. Ochilish marosimida faxriy mehmonlar ,jumladan UNESCO prezidenti, O’zbekiston Prezidenti va hokimiyat vakillari o’z nutqlari bilan chiqishadi. Ochilish marosimidan keyin bir hafta mobaynida saralash bosqichlari bo’lib o’tadi. Har bir davlatning vakil guruhi uchun jami 30 daqiqa belgilangan bo’lib , shtirokchilar o’zlari uchun belgilangan muddat davomida quyidagi yo’nalishlarda ijro etishlari mumkin: 1. Xalq musiqiy ijodiyoti; 2. Milliy mumtoz musiqa; 3. Zamonaviy musiqa, shu jumladan estrada asarlari. Barcha yo’nalishdagi ijrolar jonli tarzda bo’lishi shart. “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivalidan koʻzlangan asosiy maqsad – dunyo xalqlari oʻrtasidagi tinchlik va doʻstlik rishtalarini mustahkamlash, Sharq xalqlari musiqa sanʼatini rivojlantirish va uning ahamiyatini yanada oshirish, Oʻzbekiston hamda boshqa davlat xalqlarining musiqa sanʼati anʼanalarini qamrab olish, ular bilan yaqindan ilmiy va ijodiy muloqot olib borish hamda hamkorlik qilish, Sharq mamlakatlari musiqa sanʼati anʼanalarini asrash, madaniy muloqotni yanada rivojlantirishdir. ShARTLARI Tanlovda professional va havaskor badiiy jamoalar hamda yakkaxon xonandalar qatnashishlari mumkin. Tanlov uch bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqich saralovchi sifatida oldindan o‘tkaziladi va unda tanlovda qatnashishga istak bildirgan ijrochilarning audio-videokassetalarga yoki lazer disklariga yozilgan uchta qo‘shig‘i tinglanadi. Qo‘shiqlar ijrosi 15 daqiqadan oshmasligi va ilgari boshqa xalqaro tanlovlarda ijro etilmagan bo‘lishi shart. Audio-videokassetalar ijodkorlar tomonidan tashkiliy qo‘mitaga belgilangan muddatda yuborilishi lozim. Ikkinchi va uchinchi bosqichlarda qo‘shiqlar “jonli” holda tarkibi 7 kishidan oshmagan sozandalar jo‘rligida yoki — 1 (minus 1) fonogramma yordamida ijro etilishi mumkin. Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar ko‘rsatilgan namuna bo‘yicha 1997-yil 30-iyungacha quyidagi manzilga yuborilishi shart: O‘zbekiston, Toshkent shahri, 700011, Navoiy ko‘chasi, 30, Madaniyat ishlari vazirligi. •Adabiyot •https://lex.uz/docs/-509710 Download 207.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling