Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi


Abu Ali ibn Sinoning tarbiya va ta’lim


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana02.02.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1146897
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi (1)

Abu Ali ibn Sinoning tarbiya va ta’lim
haqidagi qarashlari Abu Ali Ibn Sino
(980 -1037)
Abu Ali ibn Sinoning tarbiya va ta’lim haqidagi qarashlari
Asarlari: «Tadbir al-Manozil» , «Tib qonunlari» «Axloq haqida
risola» , «Burch haqida risola» , «Al-konun» , «Ishq hakida
risola» , «Xay ibn. Yakzon» , «Donishnoma» va boshqalar.
Ta’lim-tarbiyaga doir qarashlari: Ibn Sinoning fikricha insonlar
xulq-atvorida birmuncha nuqsonlar bor. Bular: aldash, rashk,
o’ch olish, adovat, bo’xton, irodasizlik kabilardir. Ibn Sino bilim
olishda bolalarni jamoa bo’lib maktabda o’qitish zarurligini
ko’rsatadi va ta’limda quyidagilarga rioya etish zarurligini
ta’kidlaydi: 1) bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band
qilib qo’ymaslik; 2) ta’limda yengildan qiyinga borish orqali
bilim berish; 3) olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos
bo’lishi; 4) o’qitishda jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e’tibor
berish; 5) bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va
qobiliyatini hisobga olish; 6) o’qitishni jismoniy mashqlar bilan
qo’shib olib borish.
17


Kaykovusning tarbiya va ta’lim haqidagi
qarashlari (XI asr)
Kaykovus (XI asr) To’liq ismi – Unsurul Maoliy Kaykovus. Hayoti haqida to’liq ma’lumot yo’q. U G’arbiy
Eron podshohi Shamsul Maoniy Qobusning nabirasi bo’lgan. Asarlari: Kaykovus o’g’li Gilonshohga atab
«Qobusnoma» asarini 60 yoshida yozadi. Asar pand-nasihat tarzida yozilgan bo’lib, unda yoshlar
tarbiyasida juvonmardlik talablaridan eng muhimi axloq tarbiyasiga alohida e’tibor beradi. Kaykovus
yoshlarda yuksak axloqiy fazilatlarni tarkib toptirishni istaydi, yoshlarni doimo to’g’rilikka, yaxshilikka,
adolatlilikka undaydi. Asarda asosan o’zgalarga nisbatan insoniy munosabatda bo’lishlik uqtiriladi.
Kaykovus odamlarning xislatlarini uch xilga bo’ladi: biri aql, biri rostlik, yana biri juvonmardlikdir. U bilim
va aqlning ahamiyatini ulug’lar ekan, uni mol-dunyodan ham yuqori qo’yadi. Asarda yoshlar tarbiyasida
– juvonmardlik talablaridan eng muhimi – axloq tarbiyasi, deb ko’rsatiladi. U yoshlarda insonga
nisbatan insoniy munosabatda bo’lish, adolatlilik, samimiylik, saxiylik kabi xislatlarni tarkib toptirishni
istaydi va asarning boshidan oxirigacha ana shu ezgu maqsadini amalga oshirishga harakat qiladi.
Ko’rinib turibdiki, Kaykovus qarashlarida inson tarbiyasi omili muhim o’rin tutadi. U axloqlilikning
birinchi belgisi suxandonlik deb biladi. U notiqlikda rost so’zlash kerakligini ta’kidlaydi. Kaykovusning
axloqiy ugitlari kitobda ota-ona haqqini bilish bilan boshlanadi. Unda Kaykovus Qur’on va Hadislardagi
talablardan kelib chiqqan holda o’zining nuqtai nazarlarini bayon qiladi: «O’z farzanding sening
haqingda qanday bo’lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday bo’lg’il, nedinkim sen ota-
onang haqida ne ish qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish qilur, chunki farzand
mevaga, ota-ona daraxtga o’xshaydir». Kaykovus oilada ota vazifasi va burchiga alohida e’tibor beradi.
Farzand tug’ilganda avvalo unga yaxshi ot qo’yish, undan so’ng aqlli va mehribon murabbiyga
topshirish, o’qitish, ulg’aya boshlaganda kasb-hunar o’rgatish, harbiy ish bilan tanishtirish, so’ng suvda
suzishni o’rgatish kerak, deydi. Kaykovus otaning burchi yana o’z farzandiga adab ham o’rgatishda,
deb ta’kidlaydi. U ilm, hunar va adabni farzandga meros qoldirish har bir otaning farzandi haqqini
bajargani, deb hisoblaydi. Kaykovus otalarning o’z farzandlariga nisbatan qattiqqo’l bo’lishini talab
etadi. Lekin bolalarni jazolashni otaning o’zi emas, murabbiy tomonidan bajarilishini istaydi. Chunki
otaning o’z qo’li bilan farzandini jazolashi unda adovat hissini paydo qaladi. Lekin otadan farzand
hayiqib tursin, agar u hayiqmasa, ota-onani xor qiladi, deb ta’lim berad
17



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling