Sharq yoki Gʼarb yozuvchilarining badiiy asarlari tahlili va taqdimoti. Jek London va Abdulla Qahhor ijodida badiiy psixologizm
Download 11.26 Kb.
|
Sharq yoki Gʼarb yozuvchilarining badiiy asarlari tahlili va taq-hozir.org
Asar voqealari boshlanganda Martin ham, Saidiy ham ota-onalaridan ajralib, yetim bo‘lib qolgan edilar; har ikkala qahramonning bu olamdagi eng yaqin kishilari – opalari edi. Saidiyning bir, Martinning ikki opasi bor edi. Tabiiy qon-qardoshlik bog‘lab turgan bu opalar o‘z jigariga ona singari har qancha mehribon bo‘lmasin, ular Martin va Saidiyning yuksak orzu-niyatlarini anglay olmaydilar. Ruf otasi, onasi, akalaridan iborat to‘laqonli badavlat oilaning erka farzandi bo‘lgani singari, Munisxon ham onasi va akasining mehr-muhabbati panohida to‘q, betashvish hayot kechiradi.Har ikkala romanda ham pochcha obrazi bor. Martinning pochchasi Bernard Xigginbotam va Saidiyning pochchasi Muhammadrajab savdogarlik bilan shug‘ullanadi. Ularning ikkalasi ham o‘z rafiqalarini ayovsiz xo‘rlaydi, bu mushfiq ayollarni inson o‘rnida ko‘rmaydi, uka tufayli oilada g‘idi-bidi bo‘lib turadi. Gertrudaning taqdiri Martinning yurak-bag‘rini ezgani singari, Saidiy ham opasiga qarab qattiq iztirob chekadi. Martin ham, Saidiy ham ma’lum muddatga qo‘li kaltalik sabab pochchalarinikida turishga majbur bo‘ladilar. Har ikkisining orasi pochchasi bilan boshqalar tushunmaydigan orzu-niyatlar tufayli – Martinda adib bo‘lish orzusi, Saidiyda esa o‘qishga kirish niyati tufayli buziladi. Har ikkala asar qahramonlarining hayotidagi juda muhim o‘zgarish – ular ilohiy muhabbat bilan sevgan qizni uchratishlari voqeasi bilan boshlanadi. Ruf ham, Munisxon ham yuqori tabaqa vakili bo‘lib, Martin uchun ham, Saidiy uchun ham qo‘l yetmas yuksaklikda yashaydilar. Voqealar har ikki romanda bir-biriga mushtarak ravishda rivojlanib boradi. Yuqori tabaqaga mansub bo‘lgan boy-badavlat qizga erishish maqsadi Martin va Saidiyni birdek iztirobga solib, ulardagi ichki kuchni uyg‘otib yuboradi. Har ikkala yigit o‘z sevgilisiga munosib bo‘lish, unga erishish uchun jamiki imkoniyatni ishga soladilar. Martin va Ruf o‘rtasidagi muhabbatni Rufning yaqinlari qabul qila olmaganlari singari, Munisxonning akasi Muxtorxon ham ikki yosh o‘rtasidagi munosabatga yuzaki qaraydi, bilib turib o‘zini bilmaslikka soladi. Download 11.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling