7
tashqari, millat tafakkuridagi o’zgarishlarni hisobga olib o’rganilganda u haqida xaqqoniy
to’xtamga kelish mumkin bo’lishi haqida baxs yuritiladi.
2. Dilmurod Quronov. Xurshida Polvonova. “Mukammallik yo’lida” Sharq yulduzi 2007\1
Maqolada “O’tkan kunlar” romanining matni ustida va matnini
sayqallash borasidagi ish
ancha uzoq davom etganligi haqida so’z boradi. Abdulla Qodiriy nashrdan nashirga matnni badiiy
jixatdan mukammallashtirib unga muayyan o’zgarishlar kiritib borgan.
Jumladan, romanning 1933-
yilgi nashri oldidan ham yozuvchi matnni ko’zdan kechirgan, unga zarur tahrirlar kiritgan. Agar
shuni etiborga olinsa asos matn sifatida xozirgidek uning 1926-yilgi
nashrini emas, balki adib
hayotligida amalga oshirilgan nashrlarning so’ngisi 1933-yilgi nashrini qabul qilish to’g’riroq
bo’ladi degan fikrlarni ilgari suradi.
3. Adiba Davlatova. “Gavhari noyob” ” Sharq yulduzi 2007\2
Maqolada
Abdulla Avloniy, Muhammadsharif So’fizoda
kabi jadid adabiyoti
namoyondalarining
asarlari
tahlil
ostiga
olinadi.Agar
dunyo
go’zali
bo’lsa-da
u
odobli,tarbiyali,ilmli bo’lmas ekan ,u qiz zamonaviy emas,ya’ni
zamonaga mansub
emas.So’fizodaning ushbu estetik ideal qahramoni ,avvalo, ana shunday
fazilatlar asosida kamol
topmog’i lozim edi. Xulosa qilib aytganda ,ijtimoiy –estetik
ideal jadid adabiyotining
namunalarida poetik masalalarning bir yo’nalishi sifatida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: