Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlari Reja: Xitoy kalendari. Yaponiya kalendarlari
Download 15.82 Kb.
|
Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlari referat
Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlari Reja: 1. Xitoy kalendari. 2. Yaponiya kalendarlari. 3. Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlaridagi oltmish yillik sikl. Xitoy kalendari. Xitoy, Misr, Bobil va Hindistonda astronomiya fani salkam bir vaqtda paydo boigan. Insonlarning ehtiyojidan kelib chiqib, bu fan taraqqiy etgan. «Shuszin» (Tarix kitobi) nomli tarixiy kitobda ma’lumot berilishicha, Xitoy kohinlari Quyoshning qachon tutilishini oldindan ayta oigan. Bu ularning asosiy vazifalaridan biri edi. Eramizdan avvalgi 360-yilda xitoyliklar birinchi yulduz katalogini tuzib chiqadi. Qadimgi Xitoy fanining asosiy yutuqlaridan biri ularning tuzgan kalendaridir. Bir qancha Xitoy solnomalari, arxeologik ma’lumotlarga ko’ra Shan-In sulolasi davri (er.avv. XVIII-XII asrlar)da yilning uzunligi 365 kun qilib belgilansada, oylar 29-30 kundan iborat 12 oydan tashkil topgan. Vaqti-vaqti bilan qo'shimcha oylar joriy qilingan. Ular osmon jismlarini kuzatishi natijasida Oy oylarini 29.5, Quyosh yilini 365,25 sutka ekanligini hisoblaganlar. Xitoyda asosan Oy-quyosh kalendaridan foydalanilgan. Oy-quyosh kalendari asosida tuzilgan Xitoy yilida bir yil 29 va 30 kunlik 12 oy, ya'ni 354 kundan iborat bo'lgan. Quyosh yili Oy vilidan 10 kun 21 soat uzun boigani uchun. o‘n to’qqiz yilda yetti marta qo‘shimcha o'n uchinchi oy qo‘shilgan: 12 yil • 12 oy + 7 yil • 13 oy = 235 yil. O’n to’qqiz yilning uchinchi, oltinchi, _sakkizinchi, o‘n birinchi, o‘n to’rtinchi, o’n oltinchi, o’n to’qqizinchi yillarida qo’shimcha oylar bo’lgan. Shuningdek, qo’shimcha oylar Quyoshning qishki tik turishidan keyin kelgan. Kalendar oylari hiloldan boshlangan. Oylarning maxsus nomlari bo’lmagan. Ular tartib raqami bilan (birinchi, ikkinchi, uchinchi) nomlangan. Bir oy 10 kunlik davr (hafta)ga bo’lingan va oyning birinchi, o’n birinchi, yigirma birinchi kunlari maxsus ieroglitlar bilan belgilangan va dam olish kuni hisoblangan. «Chjuan-yuy li» nomli kalendar qadimgi kalendarlardan biri liisoblanadi. U mukammalligi jihatidan yarim asr keyin yaratilgan Yulian kalendari bilan bahslasha olardi. Xitoyda Sin sulolasi (er.avv. 246-201) davrida yigirma to‘rt mavsumga bo‘lingan qishloq xo‘jaligi kalendari ishlab chiqilgan. linda yillarni, mavsumlarni Oy harakatiga ko'ra bo'lishgan. Dehqonlar shu kalendardan urug‘ ekish. hosil yig'ish va boshqa qishloq xo'jaligi ishlarida foydalanishgan. Bunday kalendarlardan hugungi kunda ham dehqonlar foydalanishadi. Eramizdan avvalgi 104-yilda kalendar islohoti o'tkaziladi va «Tay ehu-li». keyinchalik, «Santun» nomini oigan kalendar qabul qilinadi. Kalendar mualliflari tropik yilining uzunligini, har bir qishloq xo‘jaligi mavsumining boshlanish vaqtini va sinodik oyning uzunligini aniq hisoblab chiqishgan. Ular bir oyni 29,4381, ya'ni 29,530864 sutka liisoblaganlar. Bu zamonaviy hisobdan 24 sekund farq qilgan. Santun kalendaridan ikki asr davomida foydalaniladi. Kalendar nazariyasi ustida astronom va matematik Szu Chun-chji ishlagan. U Santun kalendaridagi kamchiliklarni bartaraf qiladi. Xitoyda original kalendarlardan biri oltmish yillik davriy kalendar liisoblanadi. Oltmish yillik davriy kalendar eramizdan avvalgi 3-2 ming yillikda qabul qilingan. Mazkur kalendar Xitoydan tashqari Yaponiya, Koreya, Mo'g’ulistonda keng tarqalgan. Kalendar boshqa kalendarlardan tuzilishi jihatidan butunlay farq qiladi. Unda yil bir davriylik (sikl)ni tashkil qiladi va u oltmish yildan iborat. Butun oltmish yil ikki «ver» va «fazoviy» tarmoqlarga bo'linadi. Davriylikda beshta «fazoviy tarmoq» mavjud. Bular: daraxt (mu), olov (xo), yer (giu), metall (szin), suv (shuy)dir. Har bir fazoviy tarmoq ham ikkiga bo‘linadi. Masalan, daraxt - o‘simlik, daraxt - buyum shaklidagi, olov - tabiiy olov va yoqilgan olov, metall - tabiatdagi va metall buyum, yer - haydalgan va haydalmagan yer, suv - oqayotgan va oqmayotgan suv tarzida. Oltmish yillik davriylik kalendarida o‘n ikkita yer tarmoqlari ham boMgan. Ular biror bir hayvon nomi bilan atalgan. Masalan, sichqon (szi), sigir (chou), yoMbars (in), quyon (mao), ilon(chen), ot(u), qo'y(vey), maymun(shen), tovuq(yu), it(svuy), to'ng'iz(xav). Kalendarda oltmish yil davomida «yer tarmoqlar»i besh marta takrorlanadi. Oltmish yil davomida «fazoviy» va «yer» tarmoqlaridagi uyg'unlik hech takrorlanmavdi. Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlaridagi oltmish yillik sikl. Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarida oltmish yillik siklning kelib ehiqish tarixi quyidagicha: qadimda olam suv. olov, tuproq, metall va * og’och kabi beshta unsurdan tashkil topgan deb hisoblangan hamda ular iiobiy va salbiy xususiyatlarni mujassamlashtirgan. Quyidagi jadvalda oltmish yillik Xitov davriy kalendaridagi yillarning nomlanishi berilgan. Yupiterning 12 yillik harakat yoli 30° dan qilib, 12 bo‘lakka bo"litigan (360° ■ 12 = 360°) va har bir boTagiga «fazoviy tarmoq» ileb ataluvchi o‘n ikki oyning belgilari qo'yib chiqilgan. Kevin milod boshlarida bu belgilarga hayvonlarning nomlari qo'shib qo'yilgan. Bular Ouyoshning yillik ko'rinma harakati yo‘lida joylashgan ushbu yulduz turkumlari egallagan hududlarga mos keladi: liamal, savr, javzo, saraton, asad, sunbula, mezon, aqrab, qavs. jadiy, dalv va hut. Sharqiv Osiyo mamlakatlari xalqlari «fazoviy tarmoq», «yer tarmoqlar»i belgilaridan tashkil bo'lgan (60x5) yilni o'z ichiga oigan siklik jadval kalendarni tuzganlar. Mazkur kalendar ma’lum yil «fazoviy tarmoq»ning vertikal ustuni va «yer tarmog‘i»ning gorizontal yo‘li kesishgan katakda joylashib, qo‘shma «quvon-olov», «maymun-metall» yoxud «olov-suv» kabi nomlar bilan ataladigan bo‘lgan va aynan shu nomlarga mos ravishda, 60 yildan so‘nggina qaytarilgan. 60 yillik siklga ega bo‘lgan bu kalendar hozirgi kunda Xitoy, Yaponiya, Koreya, Vetnam va Mo‘g‘ulistonda qo‘llaniladi. Xitoy va Koreyada «fazoviy tarmoq»ni tashkil etgan unsurlar ikkilamchi ijobiy va salbiy xususiyatlarga ko‘ra ikkiga bo'lingan holda, Yaponiyada ular yosh xususiyatlariga ko‘ra katta va kichik nom bilan, Mo‘g‘ulistonda esa besh unsur faqat ranglar bilan ko‘k (ba’zan yashil), qizil, sariq. oq va qora bilan qoilaniladi. Download 15.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling