Sharqiy zardushtiylikning Yaqin Sharq dinlari(Yaxudiylik, islom, xristianlik) iloxiyoti va falsafiy qarashlar rivojiga ta`siri. Reja


Download 1.07 Mb.
bet1/2
Sana10.02.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1186144
  1   2
Bog'liq
. Sharqiy zardushtiylikning Yaqin Sharq dinlari iloxiyoti va falsafiy karashlar rivojiga ta`siri.




Sharqiy zardushtiylikning Yaqin Sharq dinlari(Yaxudiylik, islom, xristianlik) iloxiyoti va falsafiy qarashlar rivojiga ta`siri.


Reja:


1.Zardusht xayoti va faoliyati.
2. «Avesto» zardushtiylikning asosiy manbai va mukaddas kitobi.
3. Zardushtiylikning ta`limoti.
4. Sharqiy zardushtiylikning Yaqin Sharq dinlari iloxiyoti va falsafiy karashlar rivojiga ta`siri.
5. Zardushtiylik dini falsafasi



Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo`lib, bu din eramizdan avvalgi vii-vi asrlarda dastavval o`rta osiyoda-xorazm vohasida paydo bo`lgan. Uning payg`ambari zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdaiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi yakkaxudolik dinini ijod etgan.
Zardushtiylik-ilgarigi diniy tasavvurlar va ko`p xudochilikka asoslangan diniy e`tiqodlarni takror zardusht isloh qilishi oqibatida yuzaga kelgan dindir. Bu qadimiy din haqida bir-birini istisno etuvchi fikrlar hanuz davom etib keladi. Ko`p tadqiqotchilar zardusht tarixiy shaxs bo`lib, milodgacha 589-512 yillarda yashab ijod etgan birinchi ilohiyotchi, faylasuf, tabiyotshunos va shoir ekanini e`tirof etadilar. Bu haqiqatga yaqindir.
Zardushtiylik paydo bo`lgan davr dastlabki sinfiy jamiyat, ya`ni quldorlik tuzumi endigina paydo bo`layotgan davr edi. U urug`-qabilachilik tuzumi yemirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo`linayotgan davr bo`lgan. Bu din eng avval o`rta osiyo, so`ng eron, ozorbayjonda qaror topgan edi.
I.A.Karimov “O`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan qurmoqdamiz” degan asarida biz o`zbek xalqi mansub bo`lgan xalqning tarixi g`oyat uzun, beqiyos, betakror ekanini ta`kidlab, bunday degan edilar; “biz jahon maydonida kuni kecha paydo bo`lgan xalq emasmiz. Bizning millatimiz xalqimiz ko`xna xorazm zaminida “avesto” paydo bo`lgan zamonlardan buyon o`z hayoti, o`z madaniyati, o`z tarixi bilan yashab keladi”.
O`zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q“ degan asarida bu fikrni yanada kengaytirgan va terranlashtirgan akademik olimimiz yana bunday degan edi: “eng mo`tabar, qadimgi qo`lyozmamiz “avesto” ning yaratilganiga 3000 yil bo`lyapti. Bu nodir kitob bundan xxx asr muqaddam ikki daryo oralig`ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma`naviy, tarixiy merosidir”. Bu, ta`bir joiz bo`lsa shaklan diniy, mazmunan boshdan oyoq dunyoviy yozuvning qadr-qimmatini teran anglab, uning o`zbek yozma madaniyatining ilk sarchashmalaridan biri sifatida xorazmda yaratilgan durdonaga yuksak baho berib, yana bunday deb yozgan edi muallif: “avesto” ayni zamonda bu qadim o`lkada buyuk davlat, buyuk ma`naviyat, buyuk madaniyat bo`lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi”.
Butun o`rta osiyo xalqlari, jumladan o`zbek xalqi moddiy va ma`naviy madaniyatining beshigi xorazm vahasi va u yerda yashagan turkiy elatlar bo`lgan. Shulardan keyinchalik o`zbek elati, so`ng xalqi, millati tashkil topgan.
I.A..Karimov yuqorida qayd etilgan asarida juda o`rinli qayt qilganidek, xorazm davlati tarixini biz 2700 yillik tarix deb bilamiz. Bu o`rinda birinchi davlat tashkil topgandan keyingi “yozma tarix” nazarda tutilgan. Yunon, xitoy tarixchi sayyohlari o`z xotiralarida yozib qoldirgan,keyin zardushtiylik yozuvlarida berilgan tarixiy dalillar g`oyat o`rinli tarzda nazarda tutilgan.
Xorazmda o`troq hayot undan ham birmuncha oldin yuzaga kelgan; davlat esa uning maxsuli tarzida tashkil topgan. Bu haqda bundan tahminan 3 ming yil avval yaratilgan “avesto”ning qo`lyozmasi, binobarin, yozma tarixning ilk debochasi ishonchli dalolat bergan. Yuqorida qayd qilganimizdek, yurtboshimiz “avesto” xorazmdek qadimiy o`lkada buyuk davlat, boy ma`naviyat, qimmatli madaniyat yodgorligi ekanligi hech kim inkor eta olmasligi ham ta`kidlagan.
Zardushtning diniy islohotini tushunish uchun o`sha davr turonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va siyosiy vaziyatni e`tiborga olish kerak. Gap shundaki, turon iqlimining kontinental, ya`ni nisbatan mo`tadilligi, geografik jihatdan ikki katta qit`a o`rtasida, amu va sir daryolari oralig`ida joylashgani sababli savdo-sotiqning kuchayishi bu mintaqada sun`iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik ertaroq vujudga kelishiga sabab bo`lgan. Xuddi shu tarixiy davrda hunarmandchilik va ovchilik ham anchagina rivojlangan. Bu hududda yilqichilikning rivojlanishi, ayniqsa farg`ona vodiysida qorabariy zotiga o`xshash otlar boqish keng ko`lam olgani ham ijtimoiy hayotda katta rol o`ynagan. Buning ustiga mis va qo`rg`oshin konlariga boy bo`lgan oltoyning yaqinligi bu yerda temirchilik, misgarlik rivojiga asos bo`lgan.
Zardusht yashagan davrda o`troqlik hayoti afzalligi yaqqol namoyon bo`lgan. Ammo unga qabilalar o`rtasidagi qirg`inbarot urushlar raxna solayotgan edi. Urushlar ko`pincha har bir qabila va elatning o`z xudolariga ko`plab qurbonliklar qilish odatlari zaminida ham yuzaga kelardi. O`z davrining kohinlari, sehrgarlari va mo`tabar qariyalari bilan keng munozaralar olib borgan zardusht yuqoridagi odatlarni bartaraf etish va halqlarga tinch mehnat bilan shug`ullanish imkonini yaratish uchun ko`pxudolik e`tiqodlariga va otashparast-likka barham berib, yakkaxudolikka sig`inishni targ`ib etish deb bilgan va shu vazifani bajargan.
Shunday qilib, zardushtiylik eradan avvalgi vii-vi asrlarga xos bo`lgan din sifatida undan oldingi urug`-qabilachilik dinlari negizida paydo bo`lgan yakka xudolik dini bo`lgan. U eramizning to vii-ix asrlargacha turli shaklda davom etib, so`ngra uning o`rni islom egallagan. U dastavval xorazm vohasida shakllanib, yaqin va o`rta sharqgacha tarqalib, ayrim asoratlari haligacha saqlanib kelmoqda.
Zardushtiylik dinining asoschisi Zardusht (Zaratushtra) qachon yashaganligi aniq ma'lum emas. Odatda, eramizdan avvalgi IX va VI asrlar o’rtasida yashagan, deb hisoblashadi. Zardushtiylar, ma'bud Ahura Mazda Zardushtga Gotlar deb atalgan hamda 17 madhiyada bayon etilgan vahiy yuborgan, deb ishonadilar. Gotlar zardushtiylikning muqaddas kitoblari to’plami — Avestoga kiritilgan.
Zardushtiylarning marosimlarida olov asosiy o’rin tutgan. Olovga bag’ishlab ibodatxonalar qurilgan. U yerda otashkadalar bo’lib, ularda doimo muqaddas olov yonib turgan. Uning alangasi ba'zan 2 metrgacha ko’tarilgan. Olov xudoni o’zida mujassamlantirgan. Ibodatxonalarda olovdan boshqa hech narsa bo’lmagan.
Eramizning birinchi asrlarida Yaqin Sharqda yuzaga kelgan zardushtiylik diniga e'tiqod qiluvchilarning muqaddas kitobi Avesto deb ataladi. Rivoyatga ko’ra, Avestoning matni ushbu dinning bosh payg’ambari Zardusht tilidan taxminan eramizning III—VII asrlarida uning shogirdlari tomonidan yozib olingan.
Bizgacha yetib kelgan matnlar 21 jilddan iborat bo’lgan, yo’qolib ketgan ulkan yodgorliklar to’plamining qoldiqlari ekanligini tadqiqotchilar aniqlashgay. Matnlarni tahlil qilish ular turli zamonlarda turli joylarda yaratilganligini ko’rsatadi. Uzog’i bilan VI asrda ular yagona to’plamga jamlanib, ushbu muqaddas matnlarni bitish uchun maxsus yaratilgan alohida alifboda yozilgan.
Katta Avesto deb atalmish kitobning asosiy qismi Gotlar deb ataladi. Bular — zartushtiylikning asoslarini bayon etuvchi besh she'riy kompozitsiyadan iborat. Gotlarning har biri 17 bobdan iborat.
Katta Avestoga Gotlardan tashqari, Yasna — yetti bobdan iborat bo’lgan, pandnoma tarzidagi uncha katta bo’lmagan asarlar, shuningdek, har xil qisqa duolar ham kiradi.
Kichik Avestoni yuqorida eslab o’tilgan Yasna — zardushtiylikning muqaddas matnlaridan eng asosiysi, poklovchi videvdat duolari, marosim qo’shiqlari — vispered to’plamlari, shuningdek, Yashtlar — turli ma'budlarga bagishlangan madhiyalar tashkil etadi.
Dastlab Avesto o’zlarini «forslarning eng yaxshisi», deb atagan, hayotini shu dinga bag’ishlagan bir qism odamlarga mo’ljallab bitilgan edi. Qo’lyozma o’sha davrning so’zlashuv tilida emas, balki deyarli hech kim tushunmaydigan tilda bitilgani shu bilan izohlanadi.
Hozirgi o’quvchi uchun Avestoning eng qiziq qismi Gotlardir. Ularda olamning yaratilishi va tuzilishi tamoyillari, uning kelajakdagi taqdiri bayon etiladi.
Gotlar matnini Bibliya bilan qiyoslash ularda umumiy jihatlar ko’pligini ko’rsatdi. Masalan, boshida barcha matnlar payg’ambarga ma'bud Axuramazda tomonidan yuborilgan farishta Voxuman tomonidan berilgachligi haqida hikoya qilinadi. Unda ham, Bibliyadagi kabi, zulmat doimo yovuz kuchlar kirdikorlari bilan bog’lanadi.
Hozirgi paytda zardushtiylikka e'tiqod qiluvchilar janubi-g’arbiy Eronda hamda hindistonning g’arbiy qismida saqlanib qolgan.
Zardushtdir. U eramizdan oldingi VII asrning oxiri va VI asrning birinchi yarmida Axura-Mazdani yakka-yagona Ilox deb e`lon qilib, tarixda birinchi bor vahdoniyat g’oya siga tayangan - zardushtiylik diniga asos solgan. Zardusht Spitama qavmidan (so`g’diycha Spitamen degan ism ham shundan kelib chiqqan) bo`lib, otasini - Purushasp, onasini - Dug’dova deb ataganlar.
Zardushtiylik ini bundan kariyib 3000 yil mukaddam Urta SHark, Urta Osiyodagi kupgina davlatlar xududiga yoyilgan va asosiy diniy e`tikodga aylangan. Eramizdan oldingi V-IV asrlardagi qadimgi yunon olimlarining asarlarida ilk bor Zardushtning nomi uchraydi. YUnonlar uni Zoroastra, u asos solgan dinni esa "zoroastrizm" nomi bilan yuritishgan.
Zardushtiylik atamasi dinga nisbatan shartli ravishda ishlatilgan. Bu hol dinni uning payg’ambari nomi bilan boglashdir. Aslida Zardusht dini Mazda Yasna deb atalgan, ya`ni Mazdaga, «Mutloq oqil» zotga sig’inish demakdir.
Zardushtiylik ta`limotiga ko`ra bu dunyoning boshi bo`lganligi kabi oxiri ham muqarrar, ya`ni borliq, vaqt, zamon o`lchamida cheksiz emas. Hayot esa yaxshilik va yomonlik, rost va yolg’on, yorug’lik va zulmat o`rtasidagi doimiy va kelishtirib bo`lmaydigan kurashlardan iborat. Yo’rug’lik, yaxshilik va ezgulik kuchlarini Axura-Mazda va muqaddas ruh "Spenta-Mayn", qora zulmat kuchlarini esa buzg’unchi ruh Angramanyu (keyinchalik Axriman deyilgan A.A.) boshqaradi.. Axriman qo`shinlariga devlar, oldingi xudolar, hasad, yalqovlik, yolg’onchilik kabi jonlantirilgan yomon tushunchalar, yovuz kuchlar va jodugarlar kirgan bo`lib ular olovga, erga, suvga, chorvaga ziyon etkazishga harakat qilganlar. Axriman o`limni, qishni, sovuqni, jazirama issiqni, zararli hayvonlarni va hasharotlarni yaratgan. Axura-Mazda esa yaxshilik, sog’lik, baxt keltiruvchi iloh hisoblangan. Zardusht "Biz Axura-Mazdani ulug’laymiz, u chorvani, suvni, o`simliklarni va yorug’likni yaratgan" - deb aytadi. Axura-Mazda hayotni va dastlabki odamni yaratuvchi iloh deb faraz qilinadi.
Har bir e`tiqodli zardushtiy butun hayoti davomida yuqoridagi uchlikni o`ziga mujassam etmog’i kerak. Bu to`g’risida Zardusht: «Madh etaman ezgu fikrat, ezgu kalom ila ezgu amalni. Jamiy ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amalga bag’ishlanaman, jumla yovuz fikrat, yovuz kalom va yovuz amallardan yuz buraman" - deb ta`kidlaydi.
Avesto faqat diniy manbagina emas, balki dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar, o`zi tarqalgan o`lkalar, elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy va ma`naviy qarashlari, diniy e`tiqodlari, urf-odatlari haqilagi manba hamdir. Unda bayon etilgan asosiy g`oyalar diniy e`tiqodning ilk sodda bilimlari zardusht degan payg`ambar nomi bilan bog`langan. U “avesto” ning eng qadimiy qismi “gat” (xat nomi) ni ijod etgan. “avesto” tarkibiga kirgan bilim, ma`lumotlar qariyb milloddan avval 3000-yillik oxirlari va 2000-yillik boshlaridan to milodning boshlarigacha o`tgan davrda yuzaga kelgan; avloddan-avlodga og`zaki o`tib olingan, uning buqa terisiga yozilgan ko`p qismi yo`qolgan, yettidan bir qismi saqlangan. U miloddan avvalgi 3 asrda ashrakiylar sulolasi davrida to`plangan.
Zardushtiylik dini ta`limotini quyidagi uch tarixiy qismga bo`lish mumkin;
1.eng qadimiy qismi miloddan avvalgi 3-ming yillikda vujudga kelgan yashtlardir; ularda urug`chilik tuzumidagi e`tiqodlar, ko`p xudolik tasavvurlari tasvirlangan;
2.gatlar deb atalgan qismidir. Bunda axuramazda nomli xudo haqida fikrlar yozilgan;
3.qadimiy ko`pxudolilik va keyingi yakkaxudolik g`oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan avvalgi v asrda har ikkisini kelishtirgan mazdahiylik dini shakllangan. “avesto” bu dinning oxirgi va asosiy qismini bayon etgan.
Shoh vishtasia farmoniga binoan “zardusht 1200 bobdan iborat pandnomasi “avesto”ni oltin taxtachalarga yozib, shohning otashkadasiga topshirgan” deb yozgandi firdavsiy. Keyinchalik bu “kitob” 12 ming buqa terisiga bitilgan, makedoniyalik iskandar zulqarnayn sharq ulamolari bir qismini zabt etganda uning nodir nusxasini elladaga eltib, kerakli joylarini tarjima qildirgan, qolganini yondirgan”. “avesto” yuqorida aytilganidek, eng qadimiy yakka xudochilikka asoslangan dinning birinchi muqaddas kitobigina bo`lib qolmay hozirgacha, e`tiborli tarixiy manba va madaniyat yodgorligi hisoblanadi. Unda dastlabki oddiy ijtimoiy-falsafiy qarashlar bilan diniy-mifologik tasavvurlar uyg`unlashib ketgan; shu zaminda ma`naviy, jumladan ahloqiy barkamol odam ezgulikni barqaror qila oladigan kurashchan, adolatparvar insonni shakllan-tirish g`oyasi markaziy o`rinni egallagan. “avesto”da tabiiy bilim-lar-agronomiya, meteorologiya, zootexnika, meditsina, falakiyot, astronomiya, geografiyaga doir bilimlar ham mavjud.
Vujudga kelishi. Zardushtiylik mil. av. II-I ming yilliklarda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan dindir. Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra, bu din vahy orqali nozil bo’lgan. U insoniyatga boshqa barcha dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita eng ko’p ta’sir o’tkazgan dindir. Insoniyat tarixida har bir kishi ustidan ilohiy hukm amalga oshirilishi, jannat va jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning qayta tirilishi, tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din doirasida fikr yuritildi. Keyingi asrlarda bu g’oyalar yahudiylik, xristianlik va boshqa dinlar tarafidan o’zlashtirildi. Aytib o’tish joizki, ushbu din paydo bo’lgan davr va uning vatani – hali fanda oxirigacha to’liq echilgan masalalar emas. Zardushtiylik dini payg’ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish Avestoda «Mazdayasna» dini deb atalgan. Bu so’zni «Mazdaga sig’inmoq» deb tarjima qilish mumkin. «Mazda» so’zi «donish, donishmand, oqil» kabi talqin etiladi.
Zardushtiylik yana «Behdin», ya’ni «Eng yaxshi din» deb ham ulug’langan. Uning ta’limotiga ko’ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. «Mazda» so’zi oldiga ulug’lash ma’nosini anglatuvchi «Axura» qo’shilib, zardushtiylikning ilohiyoti – Axura-Mazda nomi paydo bo’lgan. Bu – «Janob Mazda» yoki «Iloh» demakdir.
Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zardust, Zoroastr ko’rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar o’rtasida Zardushtning tarixda bo’lgan yoki bo’lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Ba’zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil. av. 1200-570 yillar orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Tadqiqotchi M. Boys ta’kidlashicha, u mil. av. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo hududida mavjud bo’lgan ko’pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi.
Z a rdushtning tug’ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joy xususida ikki xil qarash bor.
Birinchisi – «G’arb nazariyasi» bo’lib, unga ko’ra Midiya (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili shuki, birinchidan, zardushtiylikning Qadimgi Eron hududlarida keng tarqalganligi bo’lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy eron-pahlaviy tilida bo’lganligidir. E’tibordan chiqarmaslik kerakki, zardushtiylik uch buyuk Eron imperiyasi – Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar davrlarida, ya’ni mil. av. VI asrdan to mil. VII asrigacha ketma-ket aynan Yaqin va O’rta Sharqda davlat dini maqomida bo’lgan.
Ikkinchisi, «Sharq nazariyasi» bo’lib, unga ko’ra, Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi. Ko’pchilik manbashunoslar ikkinchi nazariya tarafdorlaridirlar. Xorazm zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng buyuk xudo – Axura-Mazdaning Zardusht bilan bog’langan joyi hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoda: «Birinchi bor muqaddas olov – «Ozarxurra» «Airyanem-Vaeja» (ba’zi manbalarda – «Eran-vej»)da yoqildi», ­ deyiladi.
«Airyanem-Vaeja»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to’g’ri keladi. Avestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan «Barakat va najot» sohibi bo’lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, «dunyoda hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vaeja», keyin esa «odamlar va chorva podalariga mo’l» Sug’d, «qudratli va muqaddas» Mouru (Marv), «baland ko’tarilgan bayroqlar mamlakati» Baxdi (Baqtriya) zikr etiladi.
Zardushtiylik ta’limoti. Zardushtiylik ta’limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo’lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e’tiqodlarga (Markaziy Osiyo qadimgi aholisining «eski dini»ga) nisbatan monoteistik ta’limotdir. U behuda qon to’kuvchi qurbonliklar, harbiy to’qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o’troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug’ullanishga da’vat etadi.
M oddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo’riq er ochib, uni bog’u rog’ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog’lar, ekinzorlarni, sug’orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar. Zardusht insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni o’rgatmoqchi bo’ladi. Bunga ko’ra insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri ham bo’lajak, har bir inson o’lgandan so’ng o’zining bu dunyodagi qilmishiga yarasha abadiy rohat – jannatga yoki yomon ishlari ko’p bo’lsa, na xursandlik va na xafalik ko’rmaydigan arosat joy – misvongatuga tushadi.
Zardushtiylik negizida olamning qarama-qarshiliklar kurashi asosiga qurilgani turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, hayot va o’lim o’rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha yaxshiliklarni Axura-Mazda va barcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki Axriman) ifodalaydi.
Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi.
Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so’zning sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshga qarab, uni olqishlab sig’inishi shart.
Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda dunyodagi to’rt unsur – suv, olov, er va havo ulug’lanadi.
Zardushtiylik dafn marosimi o’ziga xos bo’lib, o’lganlar bir necha past, baland «sukut minoralari» – daxmalarga solinadi, u erda murdalarning go’shtlarini qushlar eb, suyaklarini tozalaydi. Go’shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol idishlarga solinib, minora o’rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi. Bunda poklik bilan nopoklikning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi.
Zardushtiylik dini dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri hisoblanib, mil. av. XII – VI asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik Osiyo xalqlari unga e’tiqod qilganlar. Eronda Sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida uning muqaddas kitobi Avesto ruhoniylar tomonidan og’zaki rivoyatdan yig’ilib, birinchi marta kitob shakliga keltirilgan. Ayrim qismlariga, ayniqsa, «Videvdat» bo’limiga o’zgartirishlar kiritilib, qayta ishlangan.
VIII asrda O’rta Osiyoga islom dini kirib kelib keng tarqalguniga qadar zardushtiylik mahalliy xalqlarning asosiy dini hisoblangan. Buni, jumladan, arxeologik tadqiqotlar isbotlaydi.
Hozirgi kunda zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi diniy jamoalar mavjud. Ular Hindistonning Mumbay (Bombey, G’ujarot shtatlarida 115 ming kishiga yaqin), Pokiston, Shri Lanka, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSh, Avstraliya va Eronning (Tehronda 19 ming kishidan ortiq) ba’zi chekka viloyatlarida saqlanib qolgan. Eron Islom Respublikasida zardushtiylik diniga e’tiqod qilish qonun tomonidan ruxsat etilgan. Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi Koma nomidagi institut faoliyat olib boradi. Undan tashqari Mumbayda homiy Dxalla raisligida dunyo zardushtiylari madaniyati fondi ishlab turibdi. 1960 yilda zardushtiylarning I umumjahon kongressi Tehronda o’tkazildi. Keyingi kongresslar Bombeyda o’tkazildi.
Avesto. Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apastak, Ovisto, Ovusto, Abisto, Avasto kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. Avesto O’rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to’g’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatini o’rganishda muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davomida vujudga kelib, avloddan-avlodga og’zaki tarzda uzatilib kelingan.
Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo’laklari Turon va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo’laklar turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig’ila boshlangan. Bular Zardushtning o’limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» – «O’rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar» deb nom olgan.
Bu qadimiy yozma manba bizgacha to’liq holda etib kelmagan. Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy (vaf. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida [Abistoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o’sha vaqtda Abistoning beshdan uchi yo’qolib ketdi».
Avestoning Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gretsiyaga olib ketilgani, zarur joylarini tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol terisidagi tillo matn haqida (at-Tabariyda – 12000 pergament) keyingi davrlarda yaratilgan zardushtiylik adabiyotida («Bundahishn», «Shahrihoi Eron», «Dinkard»; IX asr, «Arda Viraf-namak»; IX asr, «Tansar xatlari», al-Mas’udiyning «Muruj az-zahab», «Fors-noma» va boshqalarda) ma’lumotlar bor. Bu asarlarda yunonlar otashxonalarni vayron qilganlari, ibodatxonalar boyliklarini talon-taroj etganlari, din arboblarini o’ldirib, asir olib ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha etib kelgan Avesto, Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. U «Avesto 30 «nask» edi, majusiylar (zardushtiylar) qo’lida 12 nask chamasi qoldi» deb yozgan.
Yozma manbalarga ko’ra, haqiqatan ham Avestoni mo’badlar avloddan-avlodga, og’izdan-og’izga olib o’tib, asrlar osha saqlaganlar. Buning sababi mo’badlar mag’lub xalqlar (Yaqin va Sharq xalqlari) yozuvini harom hisoblab, muqaddas xabarni unda ifodalashga uzoq vaqt jur’at etmaganlar. Dastavval (mil. I yoki II asrlarida), Arshakiylar davrida Avesto qismlarini to’plash boshlangan. Keyinchalik Sosoniy Ardasher Popakon (227-243) davrida, ayniqsa, Shopur (243-273) davrida astrologiya, tabobat, riyoziyot va falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma qismlari tartibga keltirilgan, so’ng bu asosiy matn to’ldirib borilgan. Avestoning ana shu to’ldirilgan nusxasining ikki to’liq qo’lyozmasi Hindistonda saqlanadi – biri Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi bo’lmish Koma nomidagi institutda, ikkinchisi – Kalkuttadagi davlat kutubxonasida.
Avestoning eng qadimiy qismlarida Zardusht tug’ilgan va o’z faoliyatini boshlagan yurt haqida ma’lumot berilgan. Unda aytilishicha, «bu mamlakatning ko’p sonli lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog’lari bor, yaylov va suvlari bilan go’zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo’l, chuqur ko’llari, keng qirg’oqli va kema yurar daryolari o’z to’lqinlarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava (sug’dlar yashaydigan yurt), Xvarazm (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari bor».
Shubhasiz, «keng qirg’oqli, kema yurar daryolar» bu Amudaryo va Sirdaryo bo’lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O’rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qirg’oqlarida joylashganlaridir.
Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, zardushtiylikning ilk makoni va Avestoning kelib chiqish joyi deb – Xorazm, tarqalish yo’nalishi deb – Xorazm-Marg’iyona-Baqtriyani ayta olamiz.
Avestoning «Yasna» kitobida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmay, uning ta’limotini qabul qilmaganlar. Zardusht vatanni tark etib, qo’shni davlatga ketadi, u erning malikasi Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning xayrixohligiga erishadi. Ular Zardusht ta’limotini qabul qiladilar. Natijada qo’shni davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g’alaba qozonadi. Shundan so’ng bu ta’limot xalqlar o’rtasida keng tarqala boshlagan. Keyingi davr rivoyatiga ko’ra, Shoh Kavi Vishtaspa farmoni bilan Avesto kitobi o’n ikki ming mol terisiga yozib olinib, otashkadaga topshirilgan.
Avestoning tarkibiy qismlari. Avesto zardushtiylik muqaddas kitoblarining majmuidir. U – murakkab to’plam. Avestoning saqlanib qolgan to’rtta kitobidan birinchisining nomi «Videvdat» (vi-daevodatam – «Devlarga qarshi qonun») deb ataladi. Ushbu kitob Avestoning saqlanib qolgan kitoblari orasida eng mukammali hisoblanadi. U yigirma ikki bob bo’lib, boblari fragard deb nomlangan. Fragardlarning ma’nosi, vazifasi, uslubiy tuzilishi turlicha: birinchi fragard – odamlar yashaydigan barcha yurtlarni Axura-Mazda qanday yaratgani to’g’risida bo’lib, ular orasida Xorazm, Sug’d, Marg’iyona, Baxdi (Balx) va boshqalar bor; ikkinchi fragardda Jamshid podsholigi – kasallik, o’lim, azob-uqubatlar bo’lmagan zamon haqida, ya’ni insoniyatning oltin asri haqida gap boradi; uchinchi fragard dehqonchilikning savobli sharofatlari va h.k. haqida. Shuningdek, Videvdatning boshqa fragardlaridan Zardusht bilan Axura-Mazdaning savol-javoblari va muloqotlari ham o’rin olgan.
Ikkinchi kitob «Yasna» deb atalib, Avestoning e’tiborli bo’limi sanaladi. Yasna – yaz o’zagidan bo’lib, «sajda, topinch, namoz» ma’nolarini ifodalaydi. Yasna 72 bobdan iborat bo’lgan. Boblari ha, haitiy deb atalgan. Har bir ha zarur o’rniga qarab marosimlarda, ibodatlarda kohinlar tomonidan o’qilgan, qavmlar unga ergashib ibodat qilganlar. Yasna kitobi (nask) tarkibiga Zardusht o’zi ijod qilgan targ’ibot she’rlari ham kirgan. Ular Yasnaning 28-34, 43-46, 47-50, 51, 53-jami bo’lib, 17 ta hasini tashkil qiladi. Zardusht she’rlari ilmiy adabiyotda gatalar deb atab kelinadi. Ha – «bashorat» demakdir. Yasnaning 35-42-halari ayniqsa, yuksak qadrlangan. Bu etti ha Haptanxati Yasna – «Etti bob Yasna» deb nomlangan. Ular orasida olovning muqaddasligi haqida bob bo’lib, zardushtiylik urf-odatlari orasida olovga e’tiqod qilish, dinning esa «otashparastlik» deb atalishi shunga bog’liq. Binobarin, olov Axura-Mazda nurining quyoshda namoyonligi va uning erdagi zarrasi deb hisoblangan. Oliy haqiqat Arta ham olovda o’z ifodasini topgan. Olov haqni nohaqdan, eng oliy gunoh hisoblanmish yolg’onni rostdan ajratib bergan. Yolg’on esa chin e’tiqodga xiyonat deb qoralangan. Arta so’zi fonetik o’zgarib, dastlab atar, hozir esa otash shaklida ishlatilib kelmoqda.
U chinchi kitob «Vispered» deb nomlangan. U 24 bobdan tashkil topgan va har bir bob alohida karde deb atalib, ma’budlar sha’niga o’qilgan duolar va ibodat ustida ularga muro jaatlar hamda olamni bilishga doir pand-nasihatlardan iboratdir. Uni ibodat namozlari yig’indisi ham deyishadi. Ayni paytda u Yasnaga qo’shimcha hisoblanadi.
To’rtinchi kitob «Yasht» (gimn) deb ataladi. U Avestoning eng qadimiy qatlami bo’lib, 22 bobdan iborat. Har bir bob Axura-Mazdadan boshlab, u yaratgan va uning ma’lum vazifalarini bajaruvchi ma’budlar sha’niga aytilgan madhiyalardan iborat.
Avestoning bizgacha etib kelmagan kitoblaridan ba’zi qismlari uning yig’ma parchalar to’plami «Xo’rdak Avesto» kitobida jamlangan. Masalan, Exrpatastan kitobidan mo’badlar (kohinlar) uchun qonun-qoidalar, diniy boshqaruv tizimiga xos ma’lumotlarga oid qismlari, Nirangastan – diniy-mavsumiy, ijtimoiy marosimlar tartib-qoidalari qismi, 20-naskda jonning u dunyodagi ahvoli haqidagi qismi va boshqalar shu kitobda saqlangan.
Avesto haqida eng muhim manba IX asrga oid «Dinkard» (din amallari) asaridir. Unda Avestoning 21 kitobi to’la ta’riflab berilgan. Bu ta’riflar savobli ishlar yo’riqnomasi; diniy marosimlar va rasm-rusumlar qoidasi; zardushtiylik ta’limoti asoslari; dunyoning Axura-Mazda tomonidan yaratilishi; oxirat kuni va undagi hisob-kitob; falakiyot; ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar; Zardushtning tug’ilishi va bolaligi; haq yo’lini tutish; jamiyat a’zolarining haq-huquqlari; devlar, jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o’qiladigan duolar, amallar va boshqalardan iboratdir.
Zardushtiylik dini haqida frantsuz olimi Anketil-Dyuperron juda qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Masalan, Anketil-Dyuperron 1755 yilda Hindistonga ilmiy safar qilib, u erdagi zardushtiylar orasida uch yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlarini yaxshi o’rgangan va Avestoni frantsuz tiliga tarjima qilgan. Uch jildlik tarjima 1771 yilda nashr etilgan. Ayni paytda, shuni ham ta’kidlash joizki, olimlarimizning fikricha, Avesto G’arbiy Evropa, Eron va Hindiston tillari orqali bizga etib kelgani uchun undagi nomlar, atamalar aksariyat hollarda asliga to’g’ri kelmaydi. Avestoda turkona jihatlar kam qolgan.
Zardushtiylikni o’rganish hozirgi kunlarda ham faol olib borilmoqda. Ta’kidlash kerakki, bu sohadagi tadqiqotlar O’zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki milliy qadriyatlar va ko’p qatlamli diniy tajribada mazkur dinning tutgan o’rni beqiyosdir.
Tarixiy manbalar va adabiyotlardan ma`lumki, zardushtiylik dinining asosiy qonun-qoidalari, axloqiy g’oyasi, falsafasi, urf-odatlari va an`analari ushbu dinning muqaddas kitobi -»Avesta«da bayon qilingan.
«Avesta«ning o`n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan yozilganligi to`g’risida qator tarixiy manba va adabiyotlarda ma`lumotlar mavjud. Ushbu fikrlar hozirgacha qator ilmiy nashrlar va maqolalarda ko`p marotoba ta`kidlangan bo`lsada, biz uchun mazkur faktning uch jihati juda muhimdir. Birinchidan, «Avesta»ning 12 ming qoramol terisiga yozilganligi o`sha davrlarda o`lkamizda chorvachilik xo`jaligi juda taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Ikkinchidan, biz bundan bir necha ming yillar oldin ham mamlakatimiz xududida yozuv madaniyati bo`lganligi va ajdodlarimizning yuksak rivojlangan hamda nozik hattotlik maktabi bilimdonlari bo`lganligiga ikror bulamiz. Qolaversa ushbu faktning uchinchi muhim jihati shundan iboratki, aynan 12 ming qoramol terisiga muqaddas kitobning yozilganligi, bu davrda teriga ishlov berish san`at darajasida taraqqqiy etganligidan dalolat beradi.
«Avesta« nafaqat ko`hna SHarq dini, tarixi va ma`naviyatining ilk yozma merosi tarzida, balki buyuk umuminsoniy qadriyati hamdir. Unda mazdoparastlik dinining asosiy qoidalari, farz va sunnatlari, YAzdoni pokning yakkayu yagona yaratuvchilik qudrati zikr qilinishi bilan birga milloddan avvalgi ikkinchi ming yillik o`rtalaridan birinchi ming yillik boshlarigacha o`lkamizda yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar ilk davlatchilik an`anlari, turli ijtimoiy tabaqalar, moddiy olam, xar-xil kasb sohiblarining turmushda tutgan o`rni, dunyo va insonning nokomilligi,oilaviy turmush-tarzi va u bilan bog’liq urf-odatlarga oid oid qimmatli ma`lumotlar mavjud. Zardushtiylik ta`limotiga ko`ra bu dunyoning boshi bo`lganligi kabi oxiri ham muqarrar, ya`ni borliq, vaqt, zamon o`lchamida cheksiz emas. Hayot esa yaxshilik va yomonlik, rost va yolg’on, yorug’lik va zulmat o`rtasidagi doimiy va kelishtirib bo`lmaydigan kurashlardan iborat. YOrug’lik, yaxshilik va ezgulik kuchlarini Axura-Mazda va muqaddas ruh "Spenta-Mayn", qora zulmat kuchlarini esa buzg’unchi ruh Angramanyu (keyinchalik Axriman deyilgan) boshqaradi. Axriman qo`shinlariga devlar, oldingi xudolar, hasad, yalqovlik, yolg’onchilik kabi jonlantirilgan yomon tushunchalar, yovuz kuchlar va jodugarlar kirgan bo`lib ular olovga, erga, suvga, chorvaga ziyon etkazishga harakat qilganlar. Axriman o`limni, qishni, sovuqni, jazirama issiqni, zararli hayvonlarni va hasharotlarni yaratgan. Axura-Mazda esa yaxshilik, sog’lik, baxt keltiruvchi iloh hisoblangan. Zardusht "Biz Axura-Mazdani ulug’laymiz, u chorvani, suvni, o`simliklarni va yorug’likni yaratgan" - deb aytadi. Axura-Mazda hayotni va dastlabki odamni yaratuvchi iloh deb faraz qilinadi.
Endi esa tadqiqotning asosiy muammosi zardushtiylik urf-odatlari va marosimlarini hada ularning o`zbek halqi an`anaviy turmush -tarzida islomiy an`analar bilan sinkretik tarzda saqlanib kelayotgan ko`rinishlarini tahlil borasida kengroq to`xtalib o`tamiz.

«Avesta« ning ko`p o`rinlarida oila, oila a`zolari va oila boshlig’ining vazifasi va majburiyatlari, oilada nikoh munosobatlari turli o`rinlarda, har-xil munosabatlar bilan mahsus bayon qilingan.


Zardushtiylar bir necha asrlar davomida ruhoniylar kuzatuvi ostida o`zlarining urf-odat va marosimlarini shakllantirganlar. Zardushtiylar yil fasllari bilan bog’liq bayramlar, Navro`z, oylar bayrami, ajdodlar e`tiqodi, turli duolar aytish, poklanish marosimlari, o`smirlarni zardushtiylikka qabul qilish (sidrapo`shlik  oq libos kiyib, belbog’ bog’lash) va boshqa zardushtiylik tantanalari muhim rol’ o`ynagan. Bundan tashqari zardush¬tiy¬larda nikoh marosimi, bola tug’ilishi va dafn bilan boglik kator marosimlari ham mavjud bo`lib, bularda asosan yaqin qarindoshlari, shahar va qishloqning hurmatli kishilari bilan birga ruhoniy ham ishtirok etgan. Zardushtiylik marosimlari sirasiga kundalik ibodat ham kirgan.
Zardushtiylar jamoasi orasida nikoh bir umrga muhrlangan, bir erkakka ikki ikki nikoh yoki vaqtincha nikoh mumkin bo`lgan emas. eru xotinning bir-biriga xiyonati qattiq qoralangan, begona erkak bilan juftlashgan ayol badnom qilingan, jazolangan va nikohdagi eru uchun «harom« hisoblangan. «Avesta«ning Vendidot qismining to`rtinchi fargatida «kimning xotini bo`lsa, u xotinsiz va dunyodan farzandsiz o`tayotgan kimsadan yaxshiroqdir».-deb ta`kidlanadi.
Zardushtiylar tasavvuricha o`lim - bu yomonlik ifodasi, kasallik va o`limni keltiruvchi serjahl xudo Axrimandir. Qazo qilgan odamning tanasi harom hisoblangan. SHu bois zardushtiylar o`zlarining dunyodan o`tgan yaqinlarini erga ko`mishmagan, olovda ham kuydirishmagan, suvga ham tashlashmagan. Balki, zardushtiylik marosimlariga muvofiq o`limdan so`ng uch kechayu-kunduz o`likning ruhi narigi dunyoga etib borgunicha, maxsus xonaga qo`yilib, pok narsalardan ma`lum masofa uzoqlikda saqlangan. Bunda olovdan o`ttiz qadam, suvdan o`ttiz qadam uzoqlashtirilgan va hatto yaqin qarindoshlaridan ham chetlatilgan. SHu bois marhumlarga o`lik xizmatchilari - "nasasalar"gina (nasu - bu o`lim ifodasi, o`limni SHimoldan uchib kelgan pasha olib keladi, deb faraz qilingan) shug’ullanganlar Umuman olganda zarudshtiylarning o`limdan keyingi ikkinchi hayot to`g’risidagi kontseptual qarashlari garchi Gohlar (gatlar) da uchramasada «Vendevdot» qismida juda yaxshi bayon qilingan.
«Vendidod»da bayon qilinishicha, marhumlarga tegib makruh bo`lgan kiyimlarni quyosh nurida poklash lozim bo`lgan. Farg’ona vodiysi bo`ylab olib borgan dala tadkiqotlarimiz jarayonida biz shunga o`xshash odatni ko`plab kuzatdik. Jumladan, Namangan viloyatining Kosonsoy, CHust, Pop, Yangiqo`rg’on tumanlarida dafn marosimi vaqtida marhumni qabristonga olib borishda ishlatilgan ko`rpa, yostiq, ko`rpacha, palak kabi narsalar qabristondan qaytib kelinganidan so`ng bir kecha-kunduz yulduz ko`rsin deb tashqariga osib qo`yilgan. Vodiyga qo`shni bo`lgan Toshkent viloyatida shahrida esa marhumni qabristonga olib borishda ishlatilgan ko`rpa, ko`rpachalar bilan birga marhumning kiyimlari ham yulduz ko`rsin deb tashqariga yoyib qo`yilgan. Biz bunda osmon yoritgichlari oy, yulduz va quyoshning poklovchilik xususiyatiga bo`lgan ishonchni kuzatamiz. Qolaversa, bu odat ham qaysidir ma`noda zardushtiylik an`analari izlaridan bo`lsa kerak.
Zardushtiylarning dafn marosimlarida koxinlar va marhumning qarindoshlari uch kecha-kunduz davomida zardushtiylarning maxsus duolarini o`qib turganlar. Marosimlar davomida suv ichish va ovqatlanish ma`n etilgan. To`rtinchi kun boshlanishi bilan, o`likning ruhi narigi dunyoga uchib ketganidan so`ng murda shahar, qishloq qo`rg’onlaridan chetdagi tepalik yoki tog’u toshlarga chiqarib, ochiq qo`yilgan. Murdalarning suyaklari qushlar, yirtqich hayvonlar tomonidan etidan tozalangach, "nasasalar" zardushtiylarning ochiq qabristonlariga kelib, suyaklarni maxsus xumchalar yoki sopoldan yasalgan qutisimon idishlarga yig’ib, "naus" deb ataluvchi maxsus maqbarada saqlashgan. Yilda ikki marotaba bahorgi Navro`z va kuzgi Mehrjon bayramlarida ota-bobolari arvohlariga atab, is chiqarib, sadaqa va qurbonliklar qilishgan.
Yuqorida ta`kidlaganimizdek, zardushtiylar tasavvuriga ko`ra, inson vafotidan so`ng uning ruhi uch kun jasad atrofida bo`ladi va to`rtinchi kuni ertalab quyoshning zarrin nurlari ostida mayin shabadalar bilan samoviy olamga parvoz etadi. U olamda CHinvot deb atalgan ko`prik bor. U jahannam ustidan o`tkazilgan bo`lib Mehr, Surush va Rashna nomli yazdonlar (farishtalar) bu ko`prik yonida ko`z-quloq bo`lib turadilar.o`limdan so`ng marhum ruhi bilan o`tkaziladigan savol-javob jarayonida Haqiqat ilohi Roshnu ularni tarozida salmoqlab ko`radi. Tarozining bir pallasiga ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amallar boshqa pallasiga esa yovuz fikrat, yovuz kalom, yovuz amallar qo`yiladi. Agar ezgulik yovuzlikdan ziyodlik qilsa, marhum ruhi jannatga, Axura-Mazdaning yorug’lik maskaniga parvoz qiladi, aks holda tubanlikka  Axriman va devlar jamiyatining mashaqqatli domiga tushib ketadi. Zardushtiylar tasavvurida do`zax abadiy muzlik, sovuq joy ko`rinishida bo`lgan. Agar kishining yaxshi va yomon ishlari baravar kelsa ruh aralash joy "mivson tatu"ga ketadi. Bu erda na xafalik va na xursandlik bor, jon noxush kun kechiradi. Ularning tasavvurlariga ko`ra ming yilliklardan so`ng hamma tiriladi va so`nggi sud bo`ladi. Ya`ni tog’dan oqib tushayotgan olovsimon erigan ma`dan daryosidan insonlar ruhi birin - ketin o`tadilar, undan yaxshilar beziyon qutuladilar, hamma gunohkorlar, yomonlik va yovuzlik xudosi Axriman bilan birga halok bo`ladilar. Dunyoda abadiy baxtli hayot boshlanadi.
«Avesta«da doimiy badantarbiya bilan shug’ullanish, kunda yuz qo`lni bir necha marta yuvish, qo`lni yuvmasdan turib tananing boshqa joyini ushlamaslik, sochni toza tutib tirnoqlarni tozalab turish maslahat berilgan. Chunonchi, «Vendidot«ning 17-bobida shaytonning najosati to`planadigan va kesib tashlanadigan tirnoq va sochni nima qilish kerakligi to`g’risida yo`l-yo`riq beriladi.
“Avesto” qayerda paydo bo’lgan? Bu savol azal- azaldan olimlarni juda qiziqtirib kelgan. Lekin olimlar buning ham uddasidan chiqdilar, ya’ni uni qayerda paydo bo’lganligini aniqladilar. Eng qadimiy, mo’tabar qo’lyozma Xorazmda vujudga kelgan. Avestoshunos olimlarning aniqlashi cha, Eron, Ozarbayjon, Afg’oniston va O’rta Osiyo xalqlarining birinchi yodgorliklaridir.
’’Avesto’’ da nimalar haqida ma’lumot berilgan degan savol tug’ilishi mumkin? Avvalambor bu kitobda hozir aytgan xalqlarning madaniyati, urf-odatlari, tabiati va ko’plab fikrlarini bayon etilgan. Bu kitob eski pahlaviy ya’ni sanskrit tiliga yaqin bo’lgan tilda bitilgan . Kitob boshqa tillarga juda ko’plab tarjima qilingan va “AVESTO” kitobini o’rganishga ya’ni qiziqishga olib keldi. “Avesto”dagi ko’plab va muhim ma’lumotlar asosan o’g’zaki tarzda avloddan – avlodga o’tib kelgan .Ma’lumotlarga qaraganda, bu kitob ahomoniylar sulolasi poytaxti Sheroz yaqini dagi Taxti Jamshidda saqlangan . “Avesto” dagi ma’lumotlarning qadimgi qismi eramizdan avvalgi 3000 – 2000 yillarga tegishli deb taxmin qiladi olimalar”. Podshoh Doro Ibn Doro xazinasida 12 ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan. Iskandar (Aleksandr Makedonskiy) esa bu yurtga bostirib kelgan va otashxonalarni vayron qilib, Zardusht diniga e’tiqod etuvchi xalqni taziyq ostiga olib , ularni o’ldirib yuboradilar.
Shuning uchun ham “Avesto” ning 3G’5 qismi yo’qolib ketdi. Lekin, Iskandar( Aleksandr Makedonskiy) falsafa, tibbiyot, astronomiyaga tegishli qismini saqlab qolgan. Bu qo’lyozmalardan keng foydalanilgan va uni yunon tiliga tarjima qildirgan. Iskandarning hukmronligi tugagach , miloddan avvalgi 250-yilda Arshohiylar davrida “Avesto” yana yo’qotilgan qismlari tiklangan va yangi matnlar bilan to’ldirilgan. Bu voqea eramizdan avvalgi III asrida sosoniylar podshosi Shopur davriga kelib, to’la kitob holiga keltirilgan. Eron va Turon zaminining bosib olinganligi sababdan zardushtiylik dini ta’qibga olindi va islom dinini joriy etishga kirishildi. Islom dinini qabul qilishga majbur etilgan va qabul qilmaganlari esa Hindistonga qochib ketib shu yerda jon saqlaganlar. Hammamizga ma’lumki , hozirda ham Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlarida yashaydigan aholi bu dinga e’tiqod qiladi va zardushtiylikka amal qiladilar . Ular “Avesto”ning bir qismini saqlab kelmoqdalar. Bu kitob birinchi bora 30 ta kitobdan , keyin 21 ta kitobdan iborat edi. Bizgacha bu kitobning 4 tasi saqlanib qolgan. Bu kitoblar quyidagilar:
Birinchi kitob“Vadovdot” (Vendidat) deyiladi. Bu kitob 22 bobdan iborat bo’lgan holda, payg’ambar Zardusht va xudo Ahura Mazdalarning savol- javoblari bayon etilgan .
Ikkinchi kitob esa , “Yasna” deb ataladi . Bu yerda asosan Zardushtning xatlari va 72 ta ”Ha” degan bashoratlardan iborat.
Uchinchi kitob, “Vispart” deb nomlanadi va 24 bobdan iborat. U pand- nasihatlar
yig’indisidan tashkil topgan.

To’rtinchi kitob esa, “Bundaxash” (YASHTA) deyiladi . bunda Ahuramazdaning zolim


kuchlarga qarshi kurashda ulug’lovchi 22 ta qo’shiqdan tashkil topgan.
“Avesto” ko’p xudolikdan yakka xudolikga o’tish davrida vujudga kelgan. Bu kitobda
aytilishicha olam ikki asos, ikki ibtido, ya’ni yorug’lik va zulmat, yaxshili va yomonlikning kurashishidan iborat deyiladi. “Avesto” bizning qadim tariximiz va ma’naviyatimiz demakdir. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi UNESKO bosh konferensiyasining 1999 – yil noyabr oyida bo’lib o’tgan sessiyasi qaroriga muvofiq, 2001 – yilning oktabr oyida “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligi nishonlash to’g’risida qaror qabul qilindi. O’zbekistonda ham “Avesto” ni o’rganish davom etmoqda. “Avesto” kitobini o’rganish , tajribalar bizga juda ko’p ma’lumotalrni oshkora qilib berdi. Shunga binoan, Prezidentimiz shunday fikr bildirdilar :“Avesto” bundan XXX asr oldin muqaddam ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir".
Avesto haqidagi eng muhim tadqiqotlardan biri “Din amallari” asarlarida aytilib o’tilgan. Bunda Avestoning 21 kitobi mazmuni sharhlab berilgan. Bu sharhlar shulardan iborat:
- savodli ishlar yo’riqnomasi;
- diniy marosimlar va rasm – rusmlar qoidasi;
- zardushtiylik ta’limoti asoslari;
- dunyoning Ahura-Mazda tomonidan yaratilishi;
- oxirat kuni va undagi hisob – kitob;
- falakiyot;
- ijtimoiy – huquqiy qonun – qoidalari;
- zardushtning tug’ilishi va bolaligi;
- haq yo’lini tutishi;
- jamiyat a’zolarining haq – huquqlari;
- dev, jinlar kabi yozuv kuchlarga qarshi o’qiladigan duolar, amallar.
Avesto o’sha davrlar tarixi , madaniyati haqida ma’lumot beruvchi qomusiy asardir . U pahla viy tiliga tarjima qilingan va unga sharhlar yozilgan. Unga yozilgan sharhlar “Zend Avesto“ nomi bilan mashhur. Markaziy Osiyoga arablar kirib kelishi bilan zardushtiylik diniga sig’inuv chilar taqib ostiga olingan. Shu tarzda u asta – sekin O’rta Osiyo xalqlari orasida iste’moldan chiqa borgan.
Eron xalqlarining eng qadimgi mitralari Mitra, Anaxita, Osha va Ardvissuralar to’g’risidagi miflarning mazmunlari, sarguzashtlari haqida turli va mattiqiy dostonlar mavjud. Ulardan birida Mitra haqida quyidagicha dostonlar yaratilgan:
Mitra qo'sh otli aravasida, musallah holda goh el –yurtni balo-qazolardan asrar va vatanparvarlik ko’rsatar, goh Ahuru-Mazdadan mahf etar va hammani xursand etar edi.
Asqar Mahkamning ruschadan o’girgan tarjimasini keltirib o’tamiz. U quyidagicha:

Epchilardan epchilroq Mitra,


Ahl saxl ichida mumtoz,
Dovyuraklar ichida she’rdir ,
J asurlardan jasoratliroq.
Yashnatadilar , gurkitadilar ,
To’kinlar yaratguchidir
Ko’rkam hayot ayladi in’om
Haqiqatga hokimlikni ham.

Rizoiy, Bahromiy, Meriboyslar 1 million she’rning hammasi zardushtning qalamiga mansub deyishsa boshqalari esa, qadimiy ijod mevasi , degan fukrlarini bayon etishgan. (“San’at “1991 yil , N-6 , 24 bet).


“Avesto” (asli Ovasto) – zardushtiylik ( zaroastrizm) dinining muqaddas kitobi O’rta Osiyo, Ozarbayjon ,Eron xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy – iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari , olam to’g’risidagi tasavvurlari , urf-odatlari , ma’naviy madaniyatini o’rgan- ishda muhim va yagona manbadir. “Avesto” tarkibiga kirgan materiallar , olimlarning isbotlashlaricha ,qariyib 2- ming yil davomida (mil.av 3-ming yillik - 2-ming yillik boshlaridan milodning boshlarigacha) vujudga kelib, avlodan –avlodga og’zaki ko’chib kelgan . Uning ko’p qismlari yo’qolib ketgan, uning taxminan yettidan bir qismi saqlanib qolgan va mil.av 3-asrda Arshakiylar davrida to’planib kitob qilingan . “Avesto” fanda uch qismga ajratiladi:
1. Eng tarixiy qismi. Mil. avvalgi 3-ming yillik oxirlari va 2-ming yillikda vujudga kelgan Yashtlar; ularda sinfiy jamiyatdan ilgarigi qabilaviy e’tiqodlar ,ko’p Xudolik tasavvurlari o’z ifodasini topgan.
2. Bu qismi Gotlar deyiladi. Unda xudo Axura Mazda haqidagi ta’limot o’z aksini topgan. Bu kitob mil . avVI-asrda yashagan Zaratushtra (Zardusht) ijodiga mansub deb taxmin qilinadi.
3. Qadimiy ko’p xudolik g’oyalari va Yakka xudolik g’oyalri o’rtasidagi kurash sharoitidagi mil .av. 5-asrda har ikkalasini kelishtiruvchi mazdayasna ( mazdaiylik)ta’limoti shakllari va bu “Avesto” ta’limotining asosiy va oxirgi qismi hisoblanadi. Bu voqea eramizdan avvalgi III asrda sosoniylar podshosi Shopur davriga kelib , to’la kitob holiga keltirilgan .Eron va Turon zaminining bosib olinganligi sababdan zardushtiylik dini ta’qibga olindi va islom dinini joriy etishga kirishildi. Islom dinini qabul qilishga majbur etilgan va qabul qilmaganlari Hindistonga qochib ketib shu yerda jon saqlaganlar. Hammamizga ma’lumki, hozir ham Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlarida yashaydigan aholi bu dinga e’tiqod qiladi va zardushtiylikga amal qiladilar. Ular “Avesto”ning bir qismini saqlab kelmoqdalar. 30 ta kitobdan keyin 21 ta kitob va shulardan keyin bizgacha bu kitobning 4 tasigina saqlanib qolingan. Bundan tashqari o’sha davrning adabiy tili hisoblangan pahlaviy tiliga tarjima qilinib, asosiy matnga keng sharhlar yozilgan. Bular “Zend” nomi bilan bizga ma’lum. “Avesto” katta hajmda bo’lganligi uchun ”Kichik Avesto” yaratilgan. “Kichik Avesto”da “Katta Avesto”dan tanlab olingan duolar to’plamidan iborat bo’lgan, VII asrda sosoniylar davlati mag’lubiyatga uchrab , Eron va O’rta Osiyo arablar tomonidan bosib olinganligi haqida ma’lumotlar berilgan. Zardushtiylik dinini siquvga olishgandan keyin, “Avesto”ning ko’p qismlari unutilgan va yo’qolib ketgan. "Avesto" bizgacha yetib kelgan Yasht, Vispard, Videvdot, Yasna nomlari bilan bog’liq bo’lgan ma’lum bo’laklardan iborat.
”Avesto” qadimiy kishilarning dunyoqarashi va ideallarini, huquqiy va axloqiy kodekslarni o’z ichiga olgan.
Zardo’st, Zaratushtra, Zaroastr- zardushtiylik nomini olgan qadimgi Eron dinining payg’ambari. Zardushtning hayoti taxminan mil.av. VI asrning birinchi yarmiga to’g’ri keladi. Zardushtning tarixiy shaxs ekanligi fanda hali ham tortuvshuvli masala bo’lib qolmaoqda. U Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”ning eng qadimiy qismi “Got”ni ijod etgan.Zardushtiylik o’z ta’limotini Sharqiy Eron va O’rta Osiyoda targ’ib etgan, deb taxmin qilinadi. Sharq rivoyatlariga ko’ra, Zardushtr Baqteriyada shoh Vishtaspa davrida yashagan, yangi diniy ta’limotni targ’ib qilgan, Vishatspa birinchi bo’lib uning ta’limotini qabul quldi. “Avesto”ning keyinroq yozilgan boblarida Zardushtning shaytonlarga qarshi so'zi, mo’jizalar bilangina emas, qurol bilan ham jang qilgan afsonaviy kurashchi sifatida tasvirlangan.
Olimlarning aniqlashicha, jannatdagi hurlar to’g’risidagi rivoyatlar “Avesto”obrazlari orqali (asosida)shakllanadi. Zardushtiylikning hozirgi shakli forsiylik. Hozir Hindistonning Bombay, Gujarot shtatlarida Zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi 115 mingdan ziyod aholi yashaydi. Eronda ham e’tiqod qiluvchilar yashaydi.
Zardushtiylikning hozirgacha saqlanib qolgan marosimlaridan koinotning to'rt unsuri - suv, olov, yer, havoni ulug’lash xarakterlidir. Hozirgi paytlargacha saqlanib qolgan dafn marosimlari o’ziga xos xususiyatlari mavjud: murdalar bir necha past- baland “sukunat minoralari ”dahmalar"ga solinadi, u yerda murdalarning go’shtlarini qushlar yeydi; go’shtdan tozalangan suyaklar minora o’ratsidagi chuqur quduqga sochib yuboriladi. Bunda “halol” bilan “harom”ning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi. Zardushtiylik ibodatxonalarida mangu olov yonib turadi. Zardushtiylikningasrlar mobaynida mazmun- mohiyati o’zgarib keldi, Arshakiylar va Sosoniylar davrida davlat diniga aylangan.
Zardushtiylik dinida olov gunohlardan tozalovchi sehrli kuch deb qaraldi. Zardushtiylik esxatologiyasda Jahon tarixi 12 ming yil davom etadi, shundan 3- ming yili Ahura Mazdada “oltin asri”bo’lgan, undan so’ng Anxra–Mayniyonning 3-ming yillik hukmronligi boshlandi, biroq yomonlik abadiy emas , deb ta’kidlanadi. Zardusht Ahura Mazda tarafdorlariga o’lgandan so’ng rohat-farog’at vada qiladi, ularning dushmanlarini esa do’zahka mahkum qilinib , har xil azoblarga uchraydi, deb tushuntiriladi. Olamdagi
barcha yaxshilklarni Ahura Mazda , yomonliklarni – Anxra- Maynyo ifodalaydi. Odam bu kurashda oliy kuchlar qo’lidagi o’yinchoq emas, tanlash erkinligiga ega bo’lgan, o’z faolligi bilan dunyoda adolat tantanasi ta’sir eta oladigan shaxslardir. “Avesto”ning bir qismi Gotlarda ko’chmanchilk va dehqonchilik o’rtasidagi qarama-qarshilik bayon etiladi, ko’chmanchilkka hamma yovuzliklarni keltirib chiqaradigan hayot tarzi deb qaraladi vau qoralanadi , dehqonchilik esa yaxshilik sifatida rag’batlantiriladi.Zardushtning diniy islohoti bo`sh joyda yuzaga kelgan emas. /arbiy yevropa va rus tadqiqotchilarning fikricha, milodgacha bo`lgan 3-2 ming yilliklarda markaziy osiyoda oriy deb atalgan qabila yashagan. A.p.primakning aytishicha, oriylar ko`chmanchi chorvadorlar bo`lishgan. Ularda yozuv bo`lmagan, ammo hayratomuz og`zaki ijod iste`dodiga ega bo`lib, ular yaratgan o`ziga xos ashula, gimn, pand-nasihat shaklidagi qo`shiqlar avloddan avlodga o`tib borgan. Umuman sharqda qadimdan inson ichki olamini munavvar etish, niyat bilan amal mushtarakligiga jiddiy ahamiyat berish diniy va falsafiy fikrlarning markazida turgan. Angliyadagi oksford universiteti-ning professori maks myuller pomir atrofida yashagan oriy qabilalarining bir qismi bundan 3,5 ming yil muqaddam hindistonga, bir qismi yevropa va eronga ko`chib ketganini ta`kid-lagan. Ular albatta o`zlari bilan birga shu yerdagi osoriatiqalarni (mifologiya) ni ham olib ketishgan, deb hisoblagan. Demak, yevropa va hindistonga hamda yaqin va o`rta sharqqa tarqalgan ko`p xudolik asoslari avvalo markaziy osiyoda vujudga kelgan shu bilan birga zardusht asos solgan yakka xudolik dini ham boshqa joyda yashayotgan xalqlar e`tiborini o`ziga jalb etgan. Zardushtiylikning muqaddas yozuvlar to`plami “avesto” mintaqada iskandar asos solgan hokimiyat tugagach, eramizgacha bo`lgan 250-yillarda arshohiylar sulolasi hukmronligi davrida yana tiklana boshlagan; u yangi matnlar bilan to`ldirilgan. Sosoniylar sulolasi hokimiyati davrida (milodning iii-vii asrlari) bu ish nihoyasiga yetkazilgan. “avesto”ning uchta kitobi (bobi) qadimgi turon tilda va bittasi pahlaviy tilida tiklangan. Uning birinchi kitobi “vadovdot”, ya`ni devlarga qarshi qonun, deb atalgan. “yosin” va “visparad”ni qo`shgan holda “vadavdot-sade” nomi bilan yuritilgan. “vadovdot”ni poklanish qonun-qoidalari majmuasi deyish ham mumkin. “avesto”ning ikkinchi kitobi “yosin” bo`lib, zardusht xat (noma)lari uning asosiy mazmunini tashkil etgan. U 72 “ha”- bashoratdan iborat bo`lib, birinchi bashoratda tabiat va halolliklar hukmdori, hamma narsani biladigan va hamma narsaga qodir oxuramazdaning vahiylari haqligiga imon keltirishga doir duolar bor. 19- bashoratda olam yuzaga kelmasdan ilgari mavjud bo`lgan xudolar sha`niga shukronalar bayon etilgan.
“avesto” ning uchinchi kitobi “visporat” deb nomlangan. Unda olamni yoki hamma narsani bilishga doir pand-nasihatlar o`rin olgan. U ibodat namozlari yig`indisi bo`lib, 25 qismdan iborat. Oxirgi kitob “bundaxash” qadimgi eron tili - pahlaviy tilida yozilgan.
Yoshtlar va yosinlar 3 qatlamdan iborat: birinchisi xalq dostonlarining zardushtgacha bo`lgan qo`shiqlari (she`rlari); ikkinchisi zardusht xat (noma) lari va uchinchisi zardusht halok bo`lgandan keyin kitob holiga keltirilgan va kichik avesto nomi bilan yuritiladigan qismidir. Demak, “avesto” ning ilk va kichik (keyingi) qismlaridan uning asosiy qismi zardusht nomalarini farqlash lozim. Bu nomalar ko`p xudolikni, o`tga va tabiatning stixiyali kuchlariga sig`inishni qoralab, yakka xudolikka e`tiqod qilishni talab etgan. Hozirgacha bo`lgan ilmiy adabiyotlardagi farqlar ko`proq “kichik avesta” ga asoslanib bildirilgan. Bunda yakka xudolik g`oyalari ko`p xudolilik e`tiqodlari bilan qorishib ketgani uchun tadqiqotchilar zardushtiylik ko`p xudolik yoki ikki xudo dini sifatida talqin etadilar. Bunday qarashlar zardushtiylikning uchinchi yo`nalishi-ko`pxudolilik bilan yakka xudolilik qorishmasi-dan iborat mazdaizm bilan aralashtirish oqibatidir.
Zardushtgacha bo`lgan oxura, mitra, mazda, onaxit va boshqa xudolar haqida har xil fikrlar bo`lgan. Ammo ular odamlardek hayot kechirgan bo`lsalar, zardusht talqinida oxuramazda oliy ibtido bo`lib, uning na xotini, na bolalari bor. U hamma mavjudotlarni yaratuvchi va boshqaruvchi sifatida, ezgulikni barqaror qiluvchi, odamlar qalbini munavvar etuvchi oliy ruh sifatida namoyon bo`lar emish.
Eron shohlari o`z imperiyalarini barqaror qilishda zardushtiylikning o`rni va roliga to`g`ri baho berganlar. Biroq, bu dindagi o`rtahol dehqonchilik, mo`tadil, kamtarona hayotdan iborat turmush tarzini ilohiylashtirib, quldorlik munosabatlarini qoralash ularga yoqmaydi. Shuning uchun eron shohlari zardushtiy-likni zardusht payg`ambargacha bo`lgan va yaqin sharqda ham keng tarqalgan ko`p xudolilik g`oyalari bilan aralashtiradilar. Zardusht o`rniga o`zlarini xudo vahiylarini odamlarga yetkazib turuvchi payg`ambar o`rniga qo`yadilar. “kichik avesto”da oxuramazda olamni yaratuvchi va tartib o`rnatuvchilikdan ko`ra ko`proq qabilaviy xudolarni boshqaruvchi bosh xudoga aylantirib qolgan. Ahamoniylar gretsiyani bosib olish uchun olib borgan urushlari (bunda markaziy osiyodagi turk jangchilari katta rol o`ynagani uchun iskandar zulqarnayn ulardan qasos oladi) hamda greklarning eron va turonni ishg`ol etishi oqibatida oxuramazda qadimgi gretsiyada bosh xudo zevs, aflotun (platon) sifatida talqin etila boshlaganiga tadqiqotchilar e`tiborni qaratadilar. Ahamoniylar zardushtiylikni o`z e`tiqodla-riga bo`ysundirgan bo`lsalar, iskandar bu dinni butunlay yo`q qilish uchun unga oid yozuvlarni yoqtirib yuborgan. Arab istilochilari eron va turonni bosib olishgach, mazdaizm ko`rinishidagi zardushtiylikka e`tiqod qiluvchilarni zo`rlik bilan islomga kiritganlar. O`z e`tiqodidan voz kechmaganlarni o`ldirganlar, quvg`in ostiga olganlar. Zardushtiylikning bizgacha yetib kelishida unga e`tiqod qilib kelayotgan hindistondagi eronliklarning hissasi kattadir.
Zardushtiylikning asosiy g`oyalari olamdagi barcha tartiblar, ezgulik (yaxshilik) va yomonlikdagi, ziyo va zulmat, hayot va o`lim o`rtasidagi kurashga bog`liq; dunyodagi barcha ezguliklarni ahuramazda, yomonliklarni ahriman ifodalaydi; bu kurashda odam asosiy kuch va rolni o`ynaydi, u tanlash erkinligiga ega, u o`z g`ayrati bilan bu dunyoda adolat topishiga ta`sir eta oladigan kishidir. Demak, hozir ham kimki, o`zining irodasi, aql-zakovatiga ishonib, uni ishga solsa, o`ziga biror kasbni tanlab olsa, g`ayratli bo`lsa, adolatsiz-likka duch kelsa, unga qarshi kurashsa aslo kam bo`lmaydi, adolatning tantanasiga erishadi.
“avesto” ning muqaddas kitoblarida qadimgi dunyo falsafaning 4 asoslari (substansiyasi)-tuproq, suv, havo, olov muqaddaslashti-rilgan. Tuproq, suv, havoni bulg`ash, ifloslantirish eng og`ir gunohlar qatoriga qo`shilgan. Hatto marhumlarning murdalari yerni, suvni, havoni zaharlab qo`ymasliklari uchun ularning jasadlarini maxsus sopol idishlarda ko`mish rasm bo`lgan. Oxuramazda “yerga yaxshi, mustahkam urug`lar sepishdan ortiq savob ish yo`q“, degan. Xudoning bu aytganiga amal qilish, 10 ming marta ibodat etish yoki yuzlab jonivorni qurbonlikka so`yishdan afzal hisoblangan. Ekin ekish yerdagi yovuzlikka barham berish, hisoblangan. “odam go`zalligi dehqondan, dehqonchilikdan, - deyilgan bashoratlarda,-kimki yerga urug` qadabdi, u odamiylikka iymon keltiradi, shu yo`lgina yagona haqiqat bo`lib, qolgani sarobdir. Zardushtiylikning vazmin, musiqa bilan uyg`unlashib ketgan dono o`gitlari ona zaminga, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilikka va vatanga, xalqqa ulug` muhabbat ruhi bilan uyg`unlashib ketgan. Bu hol unda diniy mazmunga qaraganda dunyoviy elementlar ko`p bo`lganidan dalolat beradi.
Zardushtiylikning barcha marosimlari, jumladan, navro`z, mehrjon bayramlari tantanalarida bu ruh ayniqsa ulkan qudrat bilan namoyon bo`lgan. Boychechakning chiqishi, lolaqizg`aldoqning ochilishi, bodomning gullashi, umuman bahor bilan birga tabiatning go`zallashib borishi ezgulik ruhining tantanasi bo`lib, ularning har biri katta shodiyonalikka sabab bo`lgan. Odamlar tabiatning bu go`zalliklarini muqaddas bilib, ularni xalq bayramlari va sayillariga aylantirib yuborganlar.
Zardushtiylikda diniy dasturlar haqidagi g`oyalar bilan birga real, dunyoviy, hozir ham foydali nasihat, tavsiya, cheklash, taqiqlash, rag`batlantirishga doir ugit va da`vatlar ko`p bo`lgan. Ulardan hozirgi mustaqilligimiz davrida ham foydalanish mumkin va lozim.
Hozirgi zamonning hamma dinlarida vorislik, ya`ni meros qilib olish tamoyili bor. Shunga binoan o`rta osiyoda tarqalgan yahudiylik va islomda zardushtiylikning muayyan ta`siri borligi hozir ham seziladi. Bu din keng yoyilganligi va uzoq vaqt davom etganligi uchun u ajdodlarimiz ongi, turmushiga katta ta`sir o`tkazgan. U ham vaqt, sharoit, o`ringa qarab o`zgargan, zamonaviylash-gan; ijobiy, dunyoviy jihatlari boshqa dinlarga bevosita va bilvosita singgan. Masalan, mehnatga, dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilikni rivojlantirishga da`vatlar bajonidil qabul qilingan. Uning to`rt element: suv, tuproq, havo, olovni e`zozlash, avaylash, asrash haqidagi nasihatlari hozir ayniqsa dolzarbdir. Shuningdek zardushtiylikdagi halollik, poklik, vijdonlilik, odillik, mehnatsevarlik kabi nasixatu da`vatlari deyarli barcha diniy ta`limotlarda ham uchraydi.
Zardusht asos solgan g`oyalar kishilar ongi, turmushiga singib, uzoq vaqtlar yashab kelmoqda. Uning olam, odamning yaratilishi, ikki dunyo haqidagi g`oyalari, jannat va do`zax, qiyomat-qoyim, oxiratda jonning tirilishi, gunoh va savob ishlar yozib borilishi, so`roq-savollar, “chinvot” ko`prigi, jihod, erkin va ozod turmushga asoslangan barqaror tartibotlarni qaror toptirish, yakka xudo bilan odamlar o`rtasidagi vositachi-payg`ambar v.h. To`g`risidagi fikrlar budda, xristian, islom dinlarida o`ziga xos ravishda hanuz yashab kelmoqda. Shuning uchun tadqiqotchilar jahon dinlarining vujudga kelishi va shakllanishida zardusht asos solgan dinning o`rni va rolini munosib baholashlari talab etiladi. Masalan, zardushtiy-likka binoan katta va izchil tadqiqot olib borayotgan ingliz olimasi meri boys bunday deb yozgan: “zardushtiylikning ulug`vor va original ta`limotlari butun yaqin sharq hududiga ta`sir etib, uning asosida iudaizm rivojlangan, xristianlik va islom paydo bo`lgan”, shuningdek, buddizmning maxayana oqimi ham zardushtiylikdan oziqlangan. “shuning uchun, - degan u, - jahon dinlarining barcha jiddiy tadqiqotchilari zardushtiylikni o`rganadilar”.
Agar zardushtiylik qadimgi turon va baqtriyadagina emas, balki araxoziya, sakiston (hozirgi afg`oniston va shimoliy hindiston), fore, midiya, parfiya, assuriya, vaviloniya, lidiya, likiya va kappodoniya (kichik osiyo), gretsiya, suriya, falastin hududlariga ham tarqalgani hisobga olinsa, uni haqli ravishda jahonga tarqalgan birinchi din deyish mumkin. Zardushtiylikning markaziy osiyoda vujudga kelganligi, u jahon madaniy hayoti (sivilizatsiyasi) ga ko`rsatgan zo`r ta`sirini inkor etish qiyin. Bu din haqidagi ma`lumotlarga ega bo`lishimizda avvalo ingliz d.j.buger, so`ngra fransuz tadqiqotchisi a.dyupperondan minnatdor bo`lishimiz lozim. 1755 yilda dyupperon hindistonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiy (mazdaiy) lar orasida uch yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlari bilan yaqindan tanishgan va “avesto” ni fransuz tiliga tarjima qilgan. Hozir “avesto” ning to`rtdan bir qismini eng nodir nusxasi bombaydagi kama sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. U 1915 yilda ko`chirilgan bo`lib, 672 betdan iborat. “avesto” ning /arbiy yevropa, eron va hind tillari orqali bizga ma`lum bo`lgani uchun undagi nomlar va terminlar, aftidan asliga mos kelmaydi. Ko`pgina osoriatiqalar, ismlar, joylarning nomlari hindcha tus yoki hind-yevropa tillariga xos shakl olgan. Undagi turkona jihatlar kam qolgan. Har bir sohada birinchi ish, ilk qadam, dastlabki kashfiyot bag`oyat qadrlanib, insoniyat bu qadamni boshlab bergan kishilarni minnatdorchilik tuyg`ulari bilan doimo eslab turishni o`z burchi deb hisoblab kelmoqda. Shu ma`noda jahon dinlari keyingi 2,5-1,5 ming yil davomida takomillashgan, ularning marosimlari, urf-odatlari, rasm-rusumlari nechog`lik xilma-xil tus olgan bo`lmasin, ular baribir zardusht asos solgan yakka xudochilik e`tiqodlarining vorisi hisoblanishi kerak. Ulug` vatandoshimiz zardusht sepitomaning tarixda, madaniy taraqqiyotda o`ynagan buyuk rolini tiklash orqali o`z milliy qadriyatlarimizni ham tiklagan bo`lamiz. Markaziy osiyoliklar, jumladan o`zbeklar ham milliy adabiyotlar xaritasida xitoy, hindiston, gretsiya, eron, arabiston, yevropa xalqlari orqasidan doimo ergashib yuradigan xalq bo`lmaganligi, u o`z mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega ekanligi jahon afkor ommasiga ayon bo`lib qoladi.
Bizning kunlarimizda eng kichik xalqlar, elatlar ham jahon hamjamiyatlari orasida o`z o`rinlarini topish uchun o`tmishlarini ilmiy asosda tiklashga intilmoqdalar. Ba`zi ko`p sonli va qudratli millatlar esa boshqa xalqlar madaniyati va qadriyatlarini o`zlariniki qilib ko`rsatishgacha borib yetmoqdalar va ko`pincha bunni isbotlashga muvaffaq bo`lmoqdalar. Ammo turkiy xalqlarning bunday qalbaki ishlar bilan shug`ullanishlari uchun hojat yo`q. Ular tarixning “ichkarisi” ga kirib borishdan qaytmasalar va bosqinchi- kelgindilar qadriyatlari doirasidan chiqib olishga aqllari yetib qolsa, bas, boy va ibratomuz tarix tiklanadi; shunda o`zbekning ham ko`zi ochilib, istiqlol sari intilishda qudratli kuchga ega bo`lib qoladi. Bu esa uning millat sifatida o`z milliy manfaatlarini to`la-to`kis anglashi, natijada maxalliychilik, urug`-aymoqchilik, separatizm illatlaridan xoli bo`lish uchun kafolat bo`lib qolishi mumkin va lozim.
Adabiyotlar:


  1. Download 1.07 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling