shart. “Give me freedom” qo‘shig‘i tarkibidagi so‘zlarni kim ko‘p to‘g‘ri topish. Bu shart ham juda yaxshi esda qolarli taassurotlar bilan o‘tdi. Bu shartga ham en yuqori ball sifatida ball ajratildi. 3-shart


Download 17.12 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi17.12 Kb.
#1209667
Bog'liq
Shaxnoza


O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Psixologiya fakulteti, filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi 302-guruh talabasi Begaliyeva Shaxnozaning tadbir tashkillashtirganligi to‘g‘risidagi hisoboti.
Hisobot.
302-guruh talabalari 16-fevral 2023-yilda pedagogik amaliyotning so‘ngi kunlarida 7-sinflarga tadbir tashkillashtirdi. Unda maktabning ingliz tili o‘qituvchilari bilan birgalikda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ishtirok etdi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universiteti Jizzax filiali o‘qituvchilari ham tadbirga tashrif buyurib fakultet talabalarini qo‘llab quvvatlashdi.
Tadbir 5 ta shart asosida tashkil qilinib, barchasi o‘quvchilarning ingliz tilidagi bilimini tekshirishdan iborat edi. Tadbir shartlari boshlovchilar tomonidan ingliz va qisman o‘zbek tilida tushuntirib borildi.
1-shart. Tanishtiruv sharti.
Har bir guruhdan 5 tadan o‘quvchi erkin o‘zlarining tarjimai holi bilan birgalikda qiziqishi va kelajakdagi orzulari haqida qisqacha ingliz tilida aytib berishlari so‘raldi va guruhdagi o‘quvchilarning umumiy nutqiga eng yuqori ball sifatida 5 ball ajratildi. Bu shartda ikkala guruh ham yaxshi natija ko‘rsatishdi.
7-“J” sinf o‘quvchilari o‘zlarining tadbir uchun tayyorlagan chiroyli musiqiy chiqishlarini namoyish etishdi. Bu tadbirimizga juda katta ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
2-shart. “Give me freedom” qo‘shig‘i tarkibidagi so‘zlarni kim ko‘p to‘g‘ri topish.
Bu shart ham juda yaxshi esda qolarli taassurotlar bilan o‘tdi. Bu shartga ham en yuqori ball sifatida 5 ball ajratildi.
3-shart. Yes/No o‘yini.
Bunda ishtirokchilar berilgan savolga Yes/No so‘zlarini ishlatmasdan to‘liq javob berishlari kerak bo‘ladi. Bu shart shartlar orasida eng qiziq va hajviyaga boy bo‘ldi. Shartga eng yuqori ball sifatida 5 ball ajratildi.
4-shart. “What motivates you?” savoliga javob berish. Bu shart uchun hech qanday ball berilmadi. Bu savolga o‘quvchilarning javob berishi men uchun eng qizig‘i edi. Sababi, bu savol psixo-pedagogik savollardan biri edi.
5-shart. “Spelling bee” shaklida tashkil qilinib ishtirokchilardan A(2) darajasidagi so‘zlarni harflab aytish qobilyatlari tekshirildi. Bu shart ham kutilgandan ham muvaffaqiyatli yakunlandi.
Tadbir so‘ngida har bir jamoaga esdalik sovg‘alari sifatida universitetimiz o‘qituvchilari tomonidan “Booklash” tadbirining esdalik sovg‘alari sifatida o‘quvchilarga ingliz tilidagi ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ingliz tilidagi hikoyalar to‘plami berildi.
Pedagogik amaliyotdagi ilk tadbirimiz muvaffaqiyatli o‘tganidan hammamiz mamnun bo‘ldik. Kelajakda yoshlar ongini mustahkamlaydigan tadbirlarni tashkillashtirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.
Download 17.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling