Shartnom a
Download 19.11 Kb.
|
3-4 kurslar uchun ped amaliyot shartnomasi
Namangan davlat universiteti talabalarning malakaviy amaliyotini o‘tkazish to‘g‘risida SH A R T N O M ANamangan shahri “_____” _________ 20___ y. Nizom asosida ish yurituvchi Namangan davlat universiteti rektori C.T.Turg‘unov bir tomondan va nizom asosida ish yurituvchi ______________________________________ rahbari ____________________________________ ikkinchi tomondan Namangan davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti ____ bosqich talabalasi __________________________________ ni pedagogik amaliyot rahbari _____________________ rahbarligida 20__ yil ________dan 20__ yil _________gacha pedagogik amaliyot o‘tkazishi to‘g‘risida o‘zaro kelishdilar. I. UNIVERSITETNING MAJBURIYATLARI 1.1. Amaliyot boshlanishidan avval amaliyotga boradigan talabalar soni, yo‘nalishi (ixtisosligi), amaliyot o‘tkazish muddati va amaliyot dasturi haqida kelishilgan tashkilot raxbariga ma’lumot berish; 1.2. Amaliyot rahbari etib, tajribali professor, dotsent va o‘qituvchilardan tayinlash; 1.3. Fan, texnika va madaniyatning eng yangi yutuqlari, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, ta’lim va jamoat muassasasida ish yuritish hamda uni ilmiy tashkil qilish haqida amaliyot ob’ektlari ma’muriyati bilan birgalikda mutaxassislar ma’ruzasini tashkil qilish; 1.4. Amaliyot ob’ektlarini amaliyot dasturlari bilan ta’minlash; 1.5. Amaliyot ob’ektlaridagi amaliyotni tashkil etish tartibi va o‘tkazilish muddati hamda mazmunini nazorat qilish. II. AMALIYOT O‘TKAZILADIGAN TASHKILOTNING MAJBURIYATLARI 2.1. O‘quv rejaga muvofiq Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari pedagogik amaliyotining samarali o‘tkazilishiga imkoniyat yaratish; 2.2. Talabalar malakaviy amaliyotiga buyruq asosida umumiy rahbar tayinlash; 2.3. Talabalarni amaliyot dasturlari hamda adabiyotlar bilan tanishtirish; 2.4. Talabalarga malakali mutaxassislarni biriktirish; 2.5. Talabalarni ishlab chiqarish va tarbiyaviy ishlar bilan tanishtirish, o‘z tajribalarini talabalarga o‘rgatish ishlarini tashkil etish; 2.6. Hayot faoliyati havfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berish. 2.7. Amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan bo‘ladigan baxtsiz hodisalarni to‘liq zimmasiga olish; 2.8. Amaliyotchi talabalarning mazkur amaliyot ob’ektida joriy qilingan ichki mehnat tartib – qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlash va nazorat qilish; 2.9. Talabalarga texnik vositalar, adabiyotlar va boshqa hujjatlardan foydalanish imkonini yaratish; 2.10. Malakaviy amaliyotini yakunlash bilan har bir talabaga tavsifnoma berish; III. SHARTNOMANING BOSHQA ShARTLARI 3.1. O‘quv yurtining nizomiga muvofiq ko‘zda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganda shartnoma bekor qilinishi mumkin; 3.2. Shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish faqat yozma ravishda ikki tomon vakillari ishtirokida amalga oshiriladi; 3.3. Shartnoma har ikki tomonning imzosi qo‘yilgan kundan boshlab kuchga kiradi; 3.4. O‘z majburiyatlarini tomonlar bajarmagan holda yoki o‘z vaqtida bajarmaganda qonunchilikda belgilangan tartibda javobgardir. Tomonlarning kelishmovchilik va muammolar qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda hal etiladi. V. ShARTNOMA MUDDATI 4.1. Shartnomaning amal qilish muddati 20___ yil _________dan 20___yil________gacha. TOMONLARNING YuRIDIK MANZILLARI Namangan shahar, Boburshox ko‘cha, 161 __________________________________ Namangan davlat universiteti __________________________________ (amaliyot o‘tkazish joyi) Rektor: _________________ direktor _________________________ C.T.Turg‘unov ______________________________ Download 19.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling