Shartnoma № 2023 yil


Download 23.89 Kb.
bet1/4
Sana05.05.2023
Hajmi23.89 Kb.
#1432502
  1   2   3   4
Bog'liq
шурчи шартнома 122 мактаб


SHARTNOMA № _______


«___» _____ 2023 yil ________________________
Dilnur Fayz mebellari MCHJ, bundan buyon «Ta’minotchi» deb ataluvchi, rahbari R CHoriyev, Nizom asosida ish yurituvchi bir tomondan va Surxondaryo viloyati Sho’rchi tumani kar va Zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirikgan maktab internati , bundan buyon «Iste’molchi» deb ataluvchi, rahbari F. Raunov Nizom asosida ish yurituvchi ikkinchi tomondan quyidagilar to’g’risida shartnoma tuzadilar:
1. Shartnoma predmeti
1.1 .«Ta’minotchi» «Iste’molchi» ehtiyoji uchun lozim bo’lgan tovar-moddiy boyliklarni yetkazib beradi, «Iste’molchi» esa tovar-moddiy boyliklarni qabul kilib, mazkur shartnoma shartlari asosida to’lovlarni amalga oshiradi.
2.Tovar moddiy boylikning narxi va umumiy qiymati

2.1 Tovar moddiy boylikning qiymati Respublikamiz milliy valyutasi so’mda belgilanadi.





Tovar moddiy boylikning nomi

O’lchov birligi

Miqdori

Narxi



QQS

QQS bilan

Umumiy summasi QQS bilan

1

Диван кроват с матрасом



Komplekt

50

1473214,28

176785,72



1650000

82 500 000

2

Шкаф для кнежные



Dona

18

1116071,43

133928,57

1250000

22 500 000

3

Шкаф для одежды
(1200*1830*400)

Dona

30

1339285,72

160714,28

1500000

45 000 000




Jami:
















150 000 000

2.2 Shartnoma umumiy summasi QQS bilan 150 000 000 (bir yuz ellik million) so’mni tashkil qiladi.


2.3 «Ta’minotchi» tovar moddiy boyliklarning qiymati narx oshganligi natijasida o’zgarganda, «Iste’molchi»ga oldindan xabardor qilib, tovar moddiy boylikning o’zgargan narxini asoslagan holda sotadi.
2.4 «Iste’molchi» o’zgargan narxlar asosida qo’shimcha to’lovlarni budjetda ko’rsatilgan limit doirasida shartnomaga qo‘shimcha kelishuvlar tuzilishi asosida amalga oshiradi .
3. To’lov shartlari
3.1 «Iste’molchi» shartnoma umumiy summasining oldindan 30 %i miqdordagi to‘lovni shartnoma g‘aznachilik bo‘linmasida ro‘yxatga olingandan so‘ng 10 bank kunida «Ta’minotchi»ning maxsus xisob raqamiga pul o’tkazish yo’li bilan to’lovni amalga oshiradi.
3.2 Tovar moddiy boyliklar to’lik yetkazib berilgandan so’ng 10 bank kunida xisob faktura asosida qolgan 70% miqdorida to‘lov «Ta’minotchi»ning maxsus xisob raqamiga o’tkazib beriladi.
3.3 «Iste’molchi» tomonidan mazkur shartnomaning 3.1. bandi talablari bajarilmagan taqdirda «Ta’minotchi » shartnomada ko’rsatilgan maxsulotlarni bermaslikga haqli bo’ladi.
3.4 «Ta’minotchi » tomonidan tovar moddiy boyliklarni oz vatida yetkazib bermasa, buning natijasida ikkinchi tomon jiddiy zarar kursa bir tomonlama shartnomani bekor qilishga asos bo’ladi.


4. Tovar moddiy boylikni yetkazab berish tartibi
4.1. Tovar moddiy boylikni belgilangan vaqtda «Ta’minotchi» tomonidan (manzil) Termiz shaharda joylashgan «Iste’molchi » ning omborxonasigacha yetkazib beradi.
4.2. Ishonchnoma noto’g’ri rasmiylashtirilgan xolda «Ta’minotchi» tovar moddiy boyliklarni chiqarishdan bosh tortishga xaqli.
5. Tomonlarning majburiyatlari
5.1 «Ta’minotchi» majburiyatlari:
• Oldindan shartnomaning 3,1 bandini amalga oshirilgandan keyin, «Iste’molchi»ga shartnomada ko’rsatilgan tovar moddiy boylikni yetkazib beradi;
• «Iste’molchi»ga tovar moddiy boylikning servis kitobchasini, pasportini, schet-spravkasini va yaroqlilik sertifikatidan nusxa takdim qilish;
• Tovar moddiy boylikni yetkazib kelinganligi haqida «Iste’molchi»ni xabardor qiladi. 5.2 «Iste’molchi» majburiyatlari:
• Tovar moddiy boylikni qabul qilib olguncha «Ta’minotchi» ning omborxonasida obdon ko’zdan kechiradi va uning sifatiga, butligiga, yaroqliligiga e’tibor beradi;
• Agar tovar moddiy boylik talabga javob bermasa, ya’ni sifatsiz bo’lib is’temolga yaroqsiz bo’lsa «Iste’molchi» qabul qilmaslikga va o’rniga boshqasini almashtirib berishini talab qilishga xaqli bo’ladi.
• Tovar moddiy boylik «Ta’minotchi» omborxonasidan «Iste’molchi» tomonidan qabul qilingandan keyin javobgarlik to’liq «Iste’molchi»tomoniga o’tadi.

Download 23.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling