Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi Islom Karimov xiyoboniga bordi 2
Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazish jarayoniga start berildi
Download 49.61 Kb.
|
ANVAROVA.M
Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazish jarayoniga start berildiRossiya prezidenti Putin Rossiya ishonchli tabiiy gaz yetkazib beruvchi maqomini tasdiqlashini qayd etib, mamlakat bundan keyingi hamkorlikka ochiq ekanini bildirdi. Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot Avvalroq Rossiya prezidenti Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berish 7-oktarbdan boshlanishini ma’lum qilgandi. Shavkat Mirziyoyev, Vladimir Putin va Qosim-Jomart Toqayev birgalikda bu ikki davlatga Rossiya gazini yetkazib berish jarayoniga start berdi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi. Putin avvalroq Markaziy Osiyoga Rossiyada ishlab chiqarilgan gaz hech qachon yuborilmaganiga e’tibor qaratgandi. Endi Rossiya gazi O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali tranzit yo‘l bilan keladi, uning bir qismi esa Qozog‘istonga ham yetkazib beriladi. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bu butun mintaqaning energiya xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan o‘zaro manfaatli loyihadir. “Gazprom” gaz ta’minotining tegishli yo‘nalishlari va parametrlari ustida ishlamoqda. Rossiya ishonchli tabiiy gaz yetkazib beruvchi maqomini tasdiqlaydi va biz bundan keyingi hamkorlikka ochiqmiz, […] manfaatdor iste’molchilarning yoqilg‘ining ushbu turiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga intilamiz", — deya qayd etdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin marosimda. Endilikda mamlakatdan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yiliga qariyb 2,8 mlrd kubometr gaz yetkazib beriladi. Avvalroq Putin gaz yetkazib berish oktabrda boshlanishini bildirib, hozir 3 mlrd kub metr gaz yetkazib berilishini, keyinchalik bu hajmlar oshirilishi mumkinligini qayd etgandi. “O‘rta Osiyo — Markaz” gaz quvuri 2022-yil noyabrida Rossiyaning O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan “gaz ittifoqi"ni tuzish taklifi ma’lum bo‘ldi. Ommaviy axborot vositalari uning maqsadlari qatorida gaz tranziti va uni boshqa bozorlarga, xususan, Xitoyga yetkazib berishni muvofiqlashtirishi bo‘yicha yozdi. O‘tgan yilning dekabr oyi oxirida Aleksandr Novak Markaziy Osiyoga gaz yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar davom etishini ma’lum qilgandi. Yanvar oyiga kelib, O‘zbekiston “Gazprom” bilan hamkorlik qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi"ni imzoladi. Shundan so‘ng, Energetika vazirligi bu bo‘yicha izoh berib, tomonlar o‘rtasida tuzilgan Ishchi guruh Qozog‘iston va O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi “O‘rta Osiyo — Markaz” gaz quvuri orqali gaz tranzitini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan texnik chora-tadbirlarga va o‘rganishga kelishib olingani hamda gaz transport tizimi kimgadir berilishi yoki suverenitetga qandaydir tahdid yo‘qligi qayd etildi. Fevral oyida “Gazprom” bilan hamkorlikning navbatdagi bosqichini tezlashtirish bo‘yicha kelishuv amalga oshirilgandi. Aprel oyi oxirida Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov Rossiyadan O‘zbekistonga gaz “Markaziy Osiyo-Markaz” gaz quvuri orqali yetkazilishi rejalashtirilganini ma’lum qildi. Download 49.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling