Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Boshlang’ich sinflarda vokal ijrochiligini rivojlantirish vazifalari
Download 97.74 Kb.
|
1Kurs ishi asosiy
4. Boshlang’ich sinflarda vokal ijrochiligini rivojlantirish vazifalari
Musiqa darslari boshqa fanlar darslaridan o’zining badiiyligi, qiziqarligi va bolalarda ko’proq, zavq emosional tuyg’ular va kechinmalar uyg’otish bilan ajralib turadi. Musiqa ayniqsa bolalarning aqliy va axloqiy rivojlanishga katta ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ma’lumki, musiqa darslari xorda kuylashlar, musiqa tinglash, musiqa savodi, musiqiy ijodkorlik kabi faoliyatlarni o’z ichiga oladi. O’quvchilarga musiqiy tarbiya berishning asosi qo’shiq aytish, chunki musiqaga bo’lgan qobiliyatni o’stirish musiqa san’atiga bo’lgan qiziqishni vazifalari o’quvchilarning o’z faoliyatlari jarayonida muvofaqqiyatli bajarishadi. Qo’shiq kuylash bolalarni musiqaga faol jalb etishning eng asosiy shaklidir. Qo’shiq kuylash o’quvchilarda qo’shiqchilik madaniyatining rivojlanishiga, ularning umumiy va musiqiy rivojiga ichki dunyosining tarbiyasiga, dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Qo’shiqning ifodasi ijrosi bolalarning hissiy ta’sirchangligini o’stirib, musiqiy obrazlarni yanada chuqurroq tushunishlariga, ularda musiqiy did va extiyojlarning shakllanishiga yordam beradi. Qo’shiq kuylash har bir bola uchun estetik hissiyotlar, kayfiyatlar, kechinmalar va badiiy ehtiyojlarni ifodalashning oddiy va tabiy yo’lidir. Qo’shiqda estetik tarbiyaning ikkita ta’sirchan vositasi so’z va musiqa birlashadi. Qo’shiq o’rgatish jarayoni doimiy vokal mashqlar aytishni va kuyni diqqat bilan tinglashni, uni to’g’ri qaytarish va eslab qolishni talab etadi. Shuning uchun u umumiy musiqiy tarbiyaning eng ommaviy, ta’sirchan vositasidir. Birgalikda kuylash o’quvchilarni bir ijodiy jamoa qilib birlashtiradi. Jamoaviy qo’shiq kuylashda ovoz va eshituv xususiyatlari turlicha rivojlangan bolalar birlashadilar, bu esa o’ziga ishonchi kam bo’lgan, uyatchan bolalarni ham ijodiy ishga jalb etadi. Qo’shiq kuylash tufayli bolalarda metodik, garmonik his – tuyg’ularini his etish sof intanasiya faol rivojlanadi, kuylash apparati mustaxkamlanadi, nafas rivojlanadi, qomat to’g’rilanadi, qon aylanish yaxshilanadi. Bu o’quvchilarning jismoniy o’sishga ham ijobiy ta’sir etadi. Qo’shiq kuylatishda o’qituvchi oldida quyidagi vazifalar turadi. - bolalarni jamoaviy kuylashga qiziqtirishi; - musiqa emosional ta’sirchanglikni o’stirish; - badiiy didni tarbiyalash; - qo’shiqchilik ovozini rivojlantirish chiroyli, tabiiy kuylashni shakllantirish, diapazonni kengaytirish; - badiiy ifodali, ongli ijroning asosi bo’lgan vlkal – xor malakalarini o’stirish; - melodik, ritmik, garmonik eshituvini har tomonlama rivojlantirish. Qo’shiq kuylash uchun tinglangan qo’shiqlar xilma – xil janrda bo’lib, ular ko’proq milliy musiqamizdagi lirik qo’shiqlar, hazil, bolalar xalq qo’shiqlari, bolalar o’yinlarini uynash uchun mos keladigan kuy, qo’shiqlar, marsh va vals kuylarini o’z ichiga olgan. Shuningdek dasturlarga qardosh va chet el kompozitorlari asarlaridan ba’zi namunalar ham keltirilgan. Boshlang’ich sinf o’quvchilari har bir sinfda, har bir o’quv yilda 12-14 qo’shiq o’rganadilar. Shu davrda ular asosan bir ovozli qo’shiqlarni kuylash malakalarini puxta o’zlashtiradilar va ayni paytda ikki ovozli kuylashga tayyorgarlik ko’radilar III sinf 3 choragidan boshlab ikki ovozli elementlari bor qo’shiqlar tavsiya etiladi. Musiqa asarni idrok qilish, g’oyaviy jixatdan yaxlittaassurot qoldirish uchun ularni o’rganishda bir yoki bir necha dars asosida musiqa qonuniyatlari, ijrochilik turlari yoki uning ifoda vositasi bo’lgan ma’lum mazmun bilan bog’lanish katta ahamiyatga ega. Ikkinchidan, dars tuzilishiga ham bog’liq. Darsda bir necha musiqiy faoliyat turlarini musiqa tinglash, qo’shiq kuylash, asarni musiqiy pedagogik tahlil etish, musiqaning badiiy xususiyatlarini ritmik xarakterlarda ifodalashni maqsad sari yo’naltirish va bu bilan dars mazmunini qiziqarli tashkil etish. Qo’shiq kuylash orqali o’quvchilarning his – tuyg’ularini shakllantirishda musiqa san’ati estetik tarbiyaning muhim omili bo’lib, u garmonik rivojlangan shaxsning kamolatga yetishi uchun unga muhim ta’sir etuvchi jarayondir. Boshlang’ich sinflarda musiqa mashg’ulotlarini qoniqarli uyushtirish yosh avlodni ichki dunyosini boyitish va san’atning to’g’ri tushinishdagi yagona yo’lidir. Musiqa kishilar extiyojini qondirib berar ekan, ularning ongini shakllantirishga ko’maklashadi, xis – tuyg’ularini boyitadi. Shaxsdagi ijtimoiy xususiyatlarni tarbiyalashga katta yordam beradi. Bolalikda erishilmagan narsaga kamolat yoshida erishish qiyin bo’ladi. Katta yoshli kishining xayoti, uning atrofdagi voqyelikka munosabati ko’p jixatdan bolalikda olgan tarbiyaga borib taqaladi. Umumta’lim va xunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo’nalishlarida shunday qayd etishgan «Nafosat his – tuyg’usini rivojlantirish yuksak estetik didni shakllantirish, san’at asarlariga baho berish mahoratini shakllantirish kerak. Umumta’lim maktabidagi musiqa ta’limi tarbiyasining muvofaqqiyatli boshlang’ich sinflarda boshlab musiqa darslarining qay darajada uyushtirilganligi va tashkil etganligiga bog’liqdir. Bunda o’qituvchi o’quvchilarga nisbatan estetik zavq uyg’ota bilishi kerak. Bu uchun avvalo o’qituvchining o’zi musiqa ma’lumotiga ega bo’lishi va quyidagi tadbirlarni amalga oshirish, kerak. - bolaning musiqaga nisbatan ijobiy munosabatini tarbiyalash; - qo’shiq kuylash va tinglashga o’rgatish; - darsning har bir bo’lagini, musiqa haqidagi har bir ma’lumotini kichik yoshdagi o’quvchilar quvnoqlik va qiziqish bilan qabul qilishlariga erishish. Musiqaviy tarbiya, bolalar musiqaviy qobiliyatining rivojlanishida maktab o’quvchilari estetik tarbiyasining qismidir. Musiqaviy estetik tarbiya masalalari kunda muhim ahamiyatga ega. Bola shaxsining shakllanishi jarayonida uning estetik madaniyat asosida har tomonlama badiiy rivojlanishi o’qituvchidan jiddiy mas’uliyatni talab qiladi. Chunki boshlang’ich sinfdagi musiqa tarbiyasi bolaning mehnatga, Vatanga va burchga bo’lgan muhabbatini shakllantiradi, tarbiyalaydi hamda uning butun xayoti mobaynida unga hamrox bo’lib boradi. Insondagi musiqaviy xazinalar yosh bolalarning ichki dunyosiga singib borishi asosan boshlang’ich maktabdan boshlanadi. Musiqa darslarining mazmunida faqat ma’lum bir musiqa materialni o’zlashtirish emas, balki o’quvchilarning ongini voqyelikka munosabatini rivojlanishi, estetik va xulq madaniyatining shakllanishida o’zgarishlar nazarda tutiladi. Bolalarning musiqaviy estetik tarbiyasida musiqa madaniyati darslarining ijodiy tarzda olib borilishi muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchining darsga ijodiy yondashishi bir qancha foydali maslaxatlarni o’z oldiga qo’yadi. - musiqa tarbiyasida yangi usul va vositalar izlash; - xayot va san’at o’rtasidagi uzviy bog’liqlikni ifodalash; - musiqa san’atining mazmun va ma’nosini tushintirish maqsadida aniq fakt va misollarini ishlatish; O’quvchilarni badiiy estetik ruhda tarbiyalashda, ular qalbida go’zallikka xavas uyg’otishda san’atning barcha turlari qatori qo’shiqning xizmati benixoya kattadir. Har bir zamonda bastakorlar, shoirlar va xonandalar xalq tafakkurini va xayotini ko’rsatuvchi juda ko’p qo’shiqlar yaratganlar. Ularning har bir usul ritm vositasida xis hayaajon uyg’otuvchi, mazmuni jihatdan esda qoluvchi, kishini o’ylashga, fikr muloxaza yuritishga majbur qiluvchi ta’sirchan kuchga egadir. Madaniy merosga to’g’ri yondoshish, undan unumli foydalanish masalasiga Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng e’tibor kuchaydi va taniqli olim va pedagoglar tomonidan dasturlar o’quv qo’llanmalar, metodik tavsiyalar chop etildi. Lekin bu tadqiqotlar qo’shiqlarning tarbiyaviy ahamiyati mazmuniga to’xtalgan vazifasini o’z oldiga qo’ymadi. Qo’shiq yoshlar diqqatini go’zallik, yaxshilik, insoniylikka jalb etishda katta ta’sir kuchiga ega ekanligini nazarda tutib, maktab xayoti qanday musiqa ruhi bilan sug’orilganligiga ahamiyat berish zarur. Bolalar uchun tushunarli, ular tomonidan ko’p kuylanib turadigan kuy, qo’shiqlarni tanlash, ularda ashula asarlarini qaytaqayta tinglash va ijro etish istagini uyg’otish, har xil yangi ta’surotlarga ega bo’lishlariga erishish kerak. Bolalarga atalgan qo’shiq va kuylar bir qatorda folklor qo’shiqlar, serjilo serqirra oxanglarga boy bo’lgan mazmunli klassik qo’shiqlarni o’quvchilargao’rgatish ularda bu san’at merosiga nisbatan muxabbat to’yg’ularini va uni xurmat qilishga o’rgatadi. Musiqa o’qituvchilari o’z o’quvchilariga kuy, qo’shiq o’rgatishda ijro yo’liga ijro maxoratini oshirish usullariga e’tiborlarini qaratish bilan birga o’rganilayotgan asar moxiyatini tushinib tahlil qilib, mazmuni, tarixi haqida ma’lumot berishga yetarlicha e’tibor berishlari kerak. Boshlang’ich sinflarda musiqa tarbiyasi vazifalarini amalga oshirish darsda o’qituvchining optimal metodlaridan unumli foydalanishga bog’liq. Ammo maktabda musiqa o’qitishning optimal metododlari va ulardan foydalanish usullari amaldagi qo’llanmalarda yetarlicha ochib berilmagan. Xozirda qo’llanilayotgan metodik qo’llanmalarda asosan musiqa darsining o’ziga xos xususiyatlari strukturaviy tuzishlari, musiqa faoliyati turlari va ularni amalga oshirish uslublari bayon etilgan. Ashulaning musiqiy tuzilishi xarakteri, ifoda vositalari xayotdagi o’rni jixatidan o’rganib quydagi bosqichlarda o’zlashtiriladi. 1. Asarni tinglashga bolalar diqqatini jamlash va asar xaqida o’qituvchining kirish so’zi. 2. O’qituvchi ijrosida yoki gramzapisda asarni tinglash. 3. Asarni suxbat yo’li bilan musiqaviy – badiy jixatdan oddiy taxlil etish. 4. Asarni butunlikcha qayta tinglash, so’ngasar xaqida bolalarning umumiy ta’surotlari yuzasidan yakuniy suxbat o’tkazish. Mazkur ishlar jarayonida bolalarda asar xaqida bilish tushunchasi va ko’nikmalari hamda umumlashma badiiy ta’surotlar va jarayonlar xosil bo’lib boradi. Taxlil davomida musiqa tuzilishiga doir o’rganiladigan yangi terminlar o’rganilib boriladi. Asarni tinglash bolalarning psixologik rivojlanish va axloqiy estetik tarbiyasi uchun o’qituvchining eng faol shakli hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda kuylash malakalarini shakllantirish orqali ularni kasbga yo‘naltirish. Boshlang’ich sinf o’qituchilarida qo’shiq kuylash malakalarini shakllantirish musiqa darsi oldida turgan muhim masalalardan biridir. Ko’pchilik bo’lib qo’shiq kuylash – musiqaviy qobilyatning rivojlanishidi, kuylash malakalarining shakllantirishda, shu jumladan, bo’lajak musiqashunoslarni tayyorlashda muhim o’rin tutadi. Qo’shiq aytish kuylovchiga faqat estеtik zavq bеrmasdin, bo’lajak musiqashunoslarni tayyorlashda ham katta ahamiyat kasb etadi. Qo’shiq aytish quylovchiga faqat estеtik zavq bеrmasdan, balki eshitish qobilyatining rivojlanishiga yordam bеradi, nafas yo’llarini rivojlantiradi. Yaxshi va ravon tarbilangan kuylash malakalari, tarbiya kеlajakda ijobiy samara kеltirib, rang – barang qo’shiqlarni ifodali quylash imkonini bеradi. Albatta bu jarayon oson kеchmay, o’qituvchidan qatsr muammo va vazifalarni to’laqonlilik bilan hal etishni talab etadi. Ma’lum qo’shiqni kuylash davomida o’qituvchi quyidagi vazifalarni hal etish yo’llarini olmog’i kеrak. -qo’shiq to’g’risida boshlang’ich tushunchalar bеrish orqali o’qituvchilarda hissiy taassurotlarini shakllantirish; -Ijro etish rеjasini to’zishga qaratilgan musiqiy yo’nalishni tahlil qilish; -Asarni kichik bo’laklarga bo’lib ishlash hamda kuylash malakalarini shakllantirish yo’llarini rеjalashtirish; -Ayrim jumlalarni puxta o’rganish maqsadida takrorlash hamda ifodali kuylashga zamin yaratadigan mashqlardan foydalanish; -Asarning badiiy har aktеrini tinglovchiga еtkazib kuylash o’qituvchi bu vazifalarni bajarishga kirishar ekan eng avvalo tanlangan bu qo’shiqning yaratilishi haqida o’quvchilarga qisqacha ma’lumot bеrib ma’lum cholg’u asbobi jo’rligida ifodali kuylab bеradi; Musiqiy tovushlarning baland – pastlik yo’nalishi hamda ijro xususiyatlarining bolalar yoshiga mos yoki mos emasligi to’g’risida ular bilan savol - javob qilish orqali qisqacha tahlil o’tkazadi. Qo’shiqning kichik bo’laklariga qayta ishlash, ular orasidagi bolalar qayta o’ylab aniq idrok etganlaridan so’ng qo’shiqni to’liqligicha kuylash mumkin: bolalar qo’shiqni to’lig’icha ijro etayotgan bir birini eshitishga harakat qila boshlaydilar. Bu holatni bo’lib navbat bilan qo’shiqni quylatadi. U еrda ham kuylovchilar,ham tinglovchilar hosil bo’ladi. Savol – javob tariqasida har qaysi g’uruhning qay darajada kuylanganligi aniqlanadi va o’qituvchi tomonidan baholanadi. Bu bilan asarning badiiy har aktеrini tinglovchiga еtkazib kuylash vazifasi amalga oshiriladi. Bu vazifalarning o’qituvchilarni bilim doirasini ya’ni kuylash madaniyatini shakllantirmasdan turib, amalga oshirib bo’lmaydi. Kuylash malakalarining shakllanishi har bir bolaning o’z xususiyati va qo’shiqchilik qobilyatiga ham bog’liqdir. Chunki bolaning maktabgacha musiqaga, qo’shiq aytishga bo’lgan munosabati, maktabda unlagi kuylash malakalarining ta’kidlanishi sifatiga ta’sir qiladi. Ma’lum bir qo’shiqni kuylash jarayonining o’z talablari to’g’ri va puxta bajarilgandan so’ng asarning musiqiy yo’nalishi orqali o’quvchilarda kuylash malakasining shakllanib borishga katta e’tibor bеriladi. Buning uchun esa quyidagi bosqichlar orqali maqsadga erishish rеjalashtiriladi: Oddiy va elеmеntlar kuylashni o’rganishga erishish. Oddiylikdan murakkablikka ko’chadigan mashqlar o’stida ishlash. Hosil bo’lgan kuylash mahoratidan o’rinli foydalanish. Birinchi bosqichdan boshlab o’qituvchilarga qo’shiq kuylash yo’llari o’rganilib boriladi. Albatta bunda tovush imkoniyatlari (diapazonni) hisobga olinadi va toza sof hamda ifodali kuylalariga harakat qilinadi. Yumshoq kuylash va to’g’ri talaffo’z qilish va erkin quylashga alohida e’tibor bеriladi. Buning uchun esa og’iz va jag’lar harakatini to’g’ri harakatga kеltirish ta’minlanib boriladi. O’quvchilarni toliqtirib qo’ymaslik maqsadida esa, kuylash faoliyatini musiqa tinglash faoliyati bilan tеz – tеz lmashtirib turish nazardan chеtda qolmaslik kеrak. Birinchi bosqichning amalga oshirishda musiqa o’qituvchisining ushbu malakalarini bir – biriga bog’liqligini ta’minlashga erishuvchi muhit hisoblanadi. Ikkinchi bosqichning maqsadi o’quvchilarning yorqinlikni puxta ta’minlash va hosil qilish, ovoz tеmbridagi yorqinlikni puxta ta’minlash va tovushlarda hamohanglikni xshilashdir. Shu maqsadda turli mashq yohud gammalardan foydalaniladi. Shuningdеk, nafasni to’g’ri taqsim etish va to’la shakllantirish yo’llari o’stida ish olib boriladi. Dеmak, har ikki bosqich ham o’qituvchilarda qo’shiq kuylash malakalarini shakllantirilib borishga qaratilgan bo’lib, jarangdorlikning sof va ifodali bo’lishi, ovoz hosil qilish usulining mustahkamlanishi, tovush tеmbri sifatining samarali oshishi yohud diapazonning sеzilarli darajada kеngayishi, talaffuzlarining to’g’ri va aniq bo’lishiga chorlaydi. Har ikkala bosqichda shakllangan kuylash malakalari uchinchi bosqichda yanada mustahkamlanadi. Chunki bu bosqich davrida o’quvchilar puxta va chuqur musiqiy his – tuyg’u, tushunchaga ega bo’ladilar, hamda qo’shiqning to’g’ri kuylash yo’llarini ancha yaxshi o’zlashtirilgan bo’ladilar. Shuning uchun ham bu davrga kеlib, tovushlarning katta sakrashlarini o’z ichiga olgan ayrim mashqlardan bеvosita foydalanish maqsadga muvofiqdir. Buning natijasi shunga chorlaydiki, o’quvchilarning o’zaro kuylash malakalariga ta’sir qiladi. Nafas olish mе’yorining tartibi bo’lishida o’quvchining kuchlm nazorati kuylashda ifodalilikni, urg’u va talaffo’zlarni ifodali bo’lishiga olib kеladi. Kuylash malakalarini shakllantirish va rivojlatnirib borishda kichik va qisqa kuylash mashqlari ham alohida ahamiyat kasb etadi. Buning uchun mashqlarni tеz – tеz takrorlab turish va o’quvchilarni guruhga bo’lib kuylashni joriy etish foydalidir. Musiqa asarini esa, kichik bo’laklarga bo’lib o’rganish yaxshi samara bеradi. Buning uchun qo’shiqning umumiy haraktеridan uzoqlashmaslik, jumlalar orasidagi o’zaro bog’lanish va izchillikning to’laligicha saqlash kеrak. O’quvchilar qo’shiqni ijro etayotganlarida o’zaro bir – birlarini eshitib quylashlariga alohida e’tibor bеrish, ayrim hollarda esa yakkaxonlik hamda ko’pchilik ijrosini qanday tinglash kеrak ekanligi to’g’risida tushuncha bеrib borish nazardan chеtda qolmasligi kеrak. Ma’lumki, o’qituvchilar biror bir musiqa asarni erkin tahlil qila olmaydilar, yohud dastlabki mashqlarda qo’lga kiritilgan natijalarni kеyingi mashqlarda ishlatishga qiynaladilar. Kuylash malakalari orasidagi bog’liqlikni esa yaxshi sеzmaydilar. Bunday hollarda bеvosita darsning samarali kеchishida, ma’lum bir asarni sifatli kuylashda ancha qiyinchiliklar tug’diradi. Shu sababli ham o’quvchilar orasida «qayta kuylash mashqlari» usulida qo’llash darkor. Bu usulning 2 sharti mavjud bo’lib, har ikkalasi bir – biri bilan o’zviy aloqadorlikka ega. Birinchidan, o’quvchi kuylayotganda aynan qilish va qanday ijobiy natijaga erishishi mumkin bo’lgan puxta va aniq bilimga ega bo’lishlik bo’lsa, ikkinchidan, nimaga erishganini har bir mashqning qanday natija bеrganini, shuningdеk, qanday xatolarga yo’l qo’yilganligini bilishlikdir. Shu yo’sinda qo’llanilayotgan kеyingi mashqlarda esa bеvosita ushbu xatolarni bartaraf etish, tuzatish, sof va tiniq kuylashga qaratilgan bo’lishi kеrak. Birinchi shartning puxta va to’g’ri bajarilishi uchun o’qituvchi savodxonligi jarayonini kuylash jarayoniga bog’liqligi hamda har ikkala jarayonning mantiqan o’zaro bir – biriga mos bo’lishiga e’tiborni qaratmog’imiz lozim. Ikkinchi shartning puxta bajarilishi esa qayta kuylash mashqning ma’lum maqsadga qaratilganligiga bog’liqdir. Ko’rinib turibdiki, har ikkala shartning yo’nalishi yuqorida ta’kidlab o’tilgan 3 bosqich maqsadi bilan uzviy aloqador bo’lib qoladi. Kuylash malakalarini shakllantirishdagi mana shu 3 bosqichni samarali bajarish o’qituvchidan yana quyidagilarga e’tibor bеrishni talab etadi; A) Har bir o’quvchining individual (alohida) xususiyati va imkoniyatini hisobga olish, Б) O'quvchilarning ohangdoshlikni his etishga erishish, V) O’quvchilarga tanish bo’lgan milliy cholg’u asboblaridan kеng foydalanish, G) Dars jarayonida ko’nikmagan o’quvchilarni o’z vaqtida musiqa dastlabki 2-3 mashg’ulotlardan boshlab bolalar qobilyatini hisobga olgan holda ularni 3 g’uruhga bo’lib o’tkaziladi. Kichik mashqlar o’stida ishlayotganda bolalarni individual musiqiy qobiliyati va imkoniyatlari o’quvchi tomonidan aniqlanib, o’rganilib boriladi. Xususan bolalarning musiqaga munosabati, ovoz pardasining imkoniyatlari, nafas olish yo’llari va kuylash ifodasi o’rganiladi. Bu xususiyatlarni to’g’ri shakllanishiga bolalarni uch guruhga bo’lib o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Bolalrni ohangdoshlikni his etish qobilyatini shakllantirishda o’qituvchi avvalo ularning maktabgacha musiqaviy tarbiyasini o’rganish kеrak. Bolalarga tanish bo’lgan qo’shiqlarni amalga oshirish ohangdoshlikni his etishda samarali natija bеradi. Kuylash malakalarining ijobiy shakllanishida milliy cholg’u asboblarining bеvosita muhim ahamiyati bor. Lеkin Ovrupa cholg’u asboblarining ham bu jarayonda muhim o’rni borligini rad etib bo’lmaydi. Jumhuriyatimizning hamma umumta’lim maktablarida ham turli cholg’u asboblari mavjud emas. Ko’pgina maktablar musiqa darslarida doira, nog’ora, g’ijjak, tanbur, nay kabi o’zbеk milliy cholg’u asboblaridan kam foydalaniladi. Agar bolalar milliy cholg’ular mohiyatini tubdan bilishsa, o’rganishsa ularda milliy san’atimiz va madaniyatimizning o’rganishga bo’lgan qiziqish yanada kuchayadi. Dеmak, ushbu cholg’ulardan ko’proq foydalanilsa kuylash malakalarini shakllanish jarayonining samarasi ijobiy bo’ladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari qo’shiq kuylashga o’rgatish umumta’lim maktabining amalga oshirilishi mumkin bo’lgan muhit masalasidir. Ko’pchilik bo’lib qo’shiq kuylash usuli musiqaviy qobiliyatning rivojlanishida vokal – xor malakalarini shakllantirishda, bo’lajak musiqashunoslarni tayyorlashda katta ahamiyat kasb etadi. Qo’shiq aytish kuylovchiga faqat estеtik zavq bеrmasdan, balki eshitish qobiliyatini rivojlanishiga yordam bеradi. Nafas yo’llarini rivojlantiradi. Musiqa ta'limining katta e'tibor bergan O‘rta Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi olim Al-Farobiy yosh avlodni tarbiyalash o‘qitish masalalariga ko‘plab ilmiy va amaliy g‘oyalar bildiradi. U shuningdek, musiqa nazariyasining asoschisi hamdir. Taniqli olim, faylasuf, musiqashunos Jomiyning “Risolai dar ilmi musiqa” nomli kitobida kompazitsiya, lad, ritm nisbatlari haqida yozilgan. O‘zbek shoiri Alisher Navoiy ham musiqa san'ati sohasida nixoyatda katta bilimga ega bo‘lgan edi. Uning musiqaviy estetik qarashlari “Sabbai-Sayyor”,[ “Maxbub-ul qulub”, “Xamsa” kabi asarlarida aks etgan. Barcha xalqlar qatori o‘zbek xalqi ham qadimdan o‘zining boy milliy ma'naviy qadriyatlari, urf-odatlari va an'analariga ega bo‘lib kelgan tarixan juda o‘tmishga borib taqaladigan boy musiqiy merosga ega. O‘zbek xalqining turmush tarzi, ruhiyati va salohiyatini belgilovchi xususiyatlarini belgilovchi uning musiqasi, kuy va qo‘shiqlaridir. Bu milliy musiqiy merosi nihoyatda boy va ko‘p janrlidir. Musiqiy xisni barcha yoshlarda rivojlantirish mumkin. Iste'dodni ma'lum sharoitda ustirish mumkin. Inson nerv sistemasi atrof muhit talabiga ko‘ra doimiy o‘sish va o‘zgaruvchanlikda. Musiqani xis eta olishning, ya'ni musiqiy tilni tushinishning, uning ma'nosini idrok etishning - agar bu vazifaga to‘g‘ri yondoshsa barcha insonlar uchun u yoki bu darajada imkoni bor. Tovush balandligini xis etish, ritm xissi, ladlar xissi, garmonik eshitish va boshqa musiqiy elementlarni xis etishni rivojlantirish mumkin. Jonli ijro vaqtida musiqiy til orqali borliqni, uning mahnosini tushinishni o‘rganish mumkin. O‘quvchini musiqaning ma'nosini ochishga o‘rgatish o‘kituvchining asosiy vazifalaridan, bu protsessni u musiqiy texnikani o‘zlashtirishi bilan bir vaqtda olib borishi shart. Musiqa inson uchun istiroblar, xissiyotlar va obrazlar xaqida so‘zlovchi til bo‘la olishi kerak. Bu urinda repertuarni to‘g‘ri tanlash lozim. Repertuarni tanlashdan avval oson tushiniladigan, keyinroq, sekin asta kiyinroq asarlarni tanlash maqsadga muvoffiq. Xonandani tarbiyalashda ikki vazifani xal etmoq lozim, bular: ijro aparatini ko‘rmoq, ya'ni professional kuylovchi ovozni xonandaning “sozini” va unda ijro etmoq, bular bir biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Aynan shu narsa xonandaning musiqiy tarbiyasida muhim va mushkul tomondirki, musiqiy sozlarda ijro etuvchilarni tarbiyalashdan tubdan farq qiladi. Shuning uchun bu etapda o‘qituvchi xonandaning sozini yaratadi, - ya'ni “ovozni tarbiyalash” vazifasini bajaradi. Tarbiyaning boshida ovozni to‘g‘ri xosil qilishning elementar bilimlari uchun ishlatiladigan mashqlar beriladi va xatto shu ma'nosiz (tekstsiz) mashqlarni xam musiqiy xis bilan ijro etishga axamiyat beriladi. Xar bir xato eng oddiy bilimlar xam elementar ijrochilik vazifalari bilan bog‘li bo‘lishi lozim. Musiqiy mashqlarni oddiy notalar ketma-ketligi shaklida kuylash mumkin, yoki aksincha rivojlangan musiqiy fikr sifatida kuylash xam mumkin. Vokalizlarni ijro etayotganda xam, asar ijrosi vaqtida xam, musiqiy obraz birinchi urinda bo‘lmog‘i lozim. Shunday qilib xonandaning vokal texnikasi birinchi mashqlardan to mukammal ijroga qadar musiqiy tasavvur bilan bog‘liklikda bo‘lishi kerak. Quyidagi 3 etap musiqiy bilimni o‘zlashtirishda eng muximlaridandir. Ovoz apparati ustida ishlashning to‘g‘ri yulini tanlash, ikkinchisi shu yo‘lni mustaxkamlash jarayonini aniqlash, uchinchisini rivojlantirib, saqlash. Bu uch etapni doim yodda tutish o‘qituvchidan talab etiladi, kuylash bilimining ko‘pqirrali tomonlarini o‘zlashtirish, asarga ijodkorona yondoshishga va ijro erkinligiga erishishga yordam beradi. O’quvchilar ovozini to‘g‘ri tarbiyalash va saklash uchun ular bilan muntazam suhbatlar va tushuntirish ishlari o‘tkazib turish lozim. O’quvchilarda musiqani idrok etish malakalarini shakllantirish uchun, avvalambor ularda musiqiy eshitish qobiliyatini shakllantirish kerak. Musiqiy asarni tinglab, idrok etish uchun asarning kuy yo‘nalishi, lad-garmonik tuzilishi, janri va hokazolarni bilishi lozim. Buning uchun nafaqat musiqa qonunlari, prinsiplari, musiqaning tuzilishi shakida bilish, balki musiqaga nisbatan muhabbat va qiziqish bo‘lmog‘i darkor. Gohida musiqaning hamma koidalarini biluvchi mutaxassis musiqachini uchratamiz, lekin u musiqaga nisbatan emotsional lokayd bo‘ladi. Gohida musiqa qonun-koidalaridan mutlako behabar, ammo musiqani jonu dili bilan sevuvchi insonlarni ko‘ramiz. Shuning uchun musiqiy tarbiyaning yeng asosiy vazifasi o’quvchilarga musiqiy qo’shiq o‘rgatish, musiqa savodi, nota yozuvini o‘rgatish emas, balki ularda emotsional ko‘tarinqilikni, badiiy-estetik dunyoqarashni, estetik didni shakllantirishdir. Darsda belgilangan asosiy pedagogik maqsadlar, musiqani idrok etish musiqiy faoliyatlar uzviy yaxlitlikda olib borilganda o’quvchilarda musiqiy malakalarni shakllantirish jarayoni samarali kechadi. Chunonchi: -musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish; -musiqani idrok etish malakalarini o‘stirish; -kuylash malakalarini o‘stirish; -musiqa nazariyasi asoslarini o‘rgatish; -musiqaga ritmik jo‘r bo‘lish, unga muvofiqharakatlar qilish bilan ijrochilik qobiliyatlarini rivojlantirish; -musiqiy-nazariy bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o’quvchi shaxsida ijodiy tafakkurni shakllantirish va boshqalarga erishadi. Natijada o’quvchilarda musiqa haqida mushoxada yurgizishning boshlang‘ich asoslari vujudga keladi. Musiqiy tarbiya tushunchasini keng va tor ma'nolarda tushunish mumkin. Keng ma'noda-insonning ruhiy ehtiyojlarini, axloqiy tasavvurlarini, g‘oyaviy emotsional tafakkurlarini va hayotiy voqeliklarni estetik baholash xissini shakllantiradi. Tor ma'noda-bu musiqani idrok etish qobiliyatini shakllantirish tushuniladi. Idrok etish qobiliyati musiqaning turli xil jarayonlarida amalga oshiriladi. Musiqani emotsional xis etish, uning mazmun mohiyatini anglash musiqiy madaniyatga ega bo‘lgan shaxsga xos fazilatdir. Zero, musiqa o’quvchilarni estetik jixatdan tarbiyalaydi, ularda dunyoga nisbatan o‘ziga xos «shaxsiy nuqtai nazar» tarkib topadi, unga (dunyoga) faol va ijodiy ko‘z bilan qarash xissi shakllana boradi. Musiqa alohida shaxsga va keng jamoaga ham birdek ta'sir qiladi (emotsional, ijodiy, estetik, g‘oyaviy, pedagogik, fiziologik va hokazo). Bu haqida musiqa madaniyati o’qituvchisi doim unutmay, bir xususiyatni shakllantirish hisobiga, boshqasini chegaralab o‘tmagan holda dars o‘tmog‘i lozim. Vokal-xor malakalarini shakllantirishning maqsadi. Musiqa ta'limining katta e'tibor bergan O‘rta Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi olim Al-Farobiy yosh avlodni tarbiyalash o‘qitish masalalariga ko‘plab ilmiy va amaliy g‘oyalar bildiradi. U shuningdek, musiqa nazariyasining asoschisi hamdir. Taniqli olim, faylasuf, musiqashunos Jomiyning “Risolai dar ilmi musiqa” nomli kitobida kompazitsiya, lad, ritm nisbatlari haqida yozilgan. O‘zbek shoiri Alisher Navoiy ham musiqa san'ati sohasida nixoyatda katta bilimga ega bo‘lgan edi. Uning musiqaviy estetik qarashlari “Sabbai-Sayyor”, “Maxbub-ul qulub”, “Xamsa” kabi asarlarida aks etgan. Hammamizga ma'lumki, qo’shiq kuylashdan oldin ovoz sozlash mashqlari olib boriladi. Bunda vokal-xor malakalarini shakllantirishning asosiy maqsadi – o’quvchilar ovozlarining tabiiy xususiyatlarini, yengil, yorkin va jarangdorligini saklagan xolda, ovoz apparatini mustahkamlash hamda ovoz diapazonini kengaytirish, shuningdek qo’shiq kuylash malakalarini rivojlantirish. Vokal-xor malakalari oddiydan-murakkabga prinsipi asosida qo’shiq kuylashga asta-sekin tayyorlab boriladi: 1. Eng oddiy mashqlarni ham solfedjio qilib kuylash lozim, chunki notalar nomi yordamida tovush balandligi o’quvchilar xotirasida saklanib koladi. 2. Vokal-xor mashqlari har doim o‘rta tovush sol yoki ishchi diapazondagi tovushlar mi, fa, soldan boshlash maqsadga muvofiq, chunki past yoki baland tovushlarda o’quvchilar sof intonatsiyada kuylay olmaydilar. 3. Mashqlarni ko‘rgazmali vositalar (plakatlar, doskadagi yozuvlar, kartochkalar, rasmlar) yordamida olib borish hamda o’qituvchi tomonidan ijro yetib berilishi o’quvchilarning diqqat, xotira va eshitish qobiliyatini yanada o‘stiradi. 4. O’quvchilarda asta-sekin ikki ovozda kuylash malakalarini rivojlantirib boriladi. Bu ularning garmonik eshitish qobiliyatini, lad-tonal sezgisini shakllantiradi. 5. Vokal-xor mashqlarini olib borish jarayonida har xil didaktik o‘yinlardan, rebus, topishmoq (tushirib qoldirilgan notani topish)lardan foydalanish. Bu kabi vokal-xor tamoyillarini qo’llash orqali o’quvchilarda sof unisonda uyg‘un va ravon kuylash malakalari shakllanadi. Bunda quyidagi vokal-xor mashqlari qo’llaniladi: 1. Sof unison xosil qilish mashqlari 2. Ovozni rivojlantirish mashqlari 3. Artikulyasiya apparatini rivojlantirish mashqlari 4. Keng nafas xosil qilish mashqlari 5. Ikki ovozda kuylash malakalarini xosil qilish mashqlari O’quvchilarda vokal-xor malakalarini xosil qilish uchun turli xil mashqlardan foydalanish kata ahamiyatga ega. Chunki, aynan vokal-xor malakalari vositasida o’quvchilar ovozini yoqimli va jarangdor qilib tarbiyalash mumkin. Vokal-xor malakalari olti turga bo‘linadi: 1. Qo’shiq kuylash xolati. 2. Ashulachilik nafasi. 3. Ovoz xosil qilish. 4. Sozlanish. 5. Ansambl. 6. Talaffuz. O’quvchilar mashq yoki qo’shiqlarni kuylash vaqtida o’qituvchining qo’l ishoralariga karab nafas olish va uni tejab chiqarish, bir vaqtda boshlab, bir vaqtda tugatishga o‘rgatib borish lozim. Shuningdek bakirmasdan yumshoq va mayin vokal ovozida kuylashlariga e'tibor berib borish muhim sanaladi. Teatrshunos olim M.Rahmonovning yozishicha “Kishilik tarixining ilk bosqichlarida musiqa ham pantomima va raqs san’ati bilan uzviy bog’liq holda maydonga kelgan. U O’zbekiston hududida yashagan ibtidoiy jamiyat odamlari hayoti va mehnat faoliyatining ajralmas qismini tashkil etgan. Ibtidoiy davrdagi eng ilk qo’shiqlar juda sodda bo’lardi. “Ov o’yini” va turli marosimlarda pantomim raqs o’yinlarini olib boradigan “musiqa” va “qo’shiqlar” asosan so’z va tovushni takror-takror qaytaruvchi ohang va rechitativlardan tashkil topardi”. Xor jamoasining asosini undagi vokal xor ishlari tashkil qiladi. Vokal xor kompleks ishlari xorning muvaffaqiyatli faoliyati uchun zamin yaratadi. Xorda vokal ishlarining sifat darajasi xor dirijyorining malakasiga, vokal qobiliyati va pedagoglik mahoratiga bog‘liq. Xorda olib boriladigan vokal ishlarining maqsadi, xonandalarda to‘g‘ri kuylash malakalarini o‘stirishdir. Vokal ishlariga: - xorning muhim elementlari ustida ishlash (hamohanglikka, yaxshi so‘zga, so‘z talaffuziga, badiiy ifoda vositalariga erishish); - to‘g‘ri nafas olish, vokal tovush barpo qilish va uni shakllantirish; - xor kollektivi a'zolarini bir xil vokal malakalariga ega qilish kabilar kiradi. Xor ijrosining muhim elementlarini barpo qilish uning vokal xor texnikasiga bog‘liq. Vokal xor texnikasiga asosan, nafas, tovush hosil qilish, uni cho‘zish, dinamika, intonatsiya va diksiya malakalari kiradi. Xor kollektivi yaxshi vokal texnikaga ega bo‘lmasa, u xorning ijrosida na uyg‘unlik (ansambl), na tiniq soz, na aniq talaffuz va badiiy ifoda bo‘ladi. Shuning uchun xorda har doim vokal xor texnikasini rivojlantirish va ularni takomillashtirib borish zarur. Chunki xorda yaxshi ansamblga, sozga, dinamik mustahkamlik mustaxkam bo‘lishi kerak. Xorda vokal shunchalik muhim ahamiyatga ega ekanki, xor rahbari vokal pedagogikasini yaxshi bilishi va o‘zi yaxshi ijro eta olishi talab qilinadi. xonandalar esa ovoz gigienasini bilishi va ovozlarini ehtiyot qilib yurishlari kerak. Tovushni shamollatish, ovoz pardalarini toliqtirish qattiq qichqirish (xususan havaskorlik xorlarida) hollari xorda vokal ishlari saviyasini pasaytiradi. Rahbar har doim vokal tarbiyasi ustilda ish olib borishi, xorning ish faoliyatini shu tarbiya asosida boshqarishi va xorning chiroyli, ifodali jarangiga erishmog‘i kerak. Download 97.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling