Shaxs axloqiy ongi borasidagi nazariy tahlillar


INTERNATIONAL JOURNAL OF PHILOSOPHICAL STUDIES AND


Download 169.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana08.03.2023
Hajmi169.67 Kb.
#1248981
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
42-46-shaxs-axloqiy-ongi-borasidagi-nazariy-tahlillar

INTERNATIONAL JOURNAL OF PHILOSOPHICAL STUDIES AND 
SOCIAL SCIENCES 
ISSN-E: 2181-2047, ISSN-P: 2181-2039 
http://ijpsss.iscience.uz/index.php/ijpsss
Vol 2, Issue 1 2022
Copyright © Author(s). This article is published under the Creative Commons Attribution (CC BY 4.0) licenses. Anyone may reproduce, 
distribute, translate and create derivative works of this article (for both commercial and non-commercial purposes), subject to full attribution to 
the original publication and authors. The full terms of this license may be seen at
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/legalcode
45 
Ikkinchi bosqich. “An’anaviy axloq”. Bu darajadagi odam o‘z jamiyatida hukmronlik 
qiladigan pozitsiyalardan odamlarning xatti-harakatlari va e’tiqodlariga baho bera boshlaydi. Odamlar 
jamiyatning yaxshi ishlashiga, tartibsizlikdan qochishga imkon beradigan tizimni saqlab qolishadi. 
Xulq-atvorning asosiy motivi, shuning uchun ijtimoiy qonunlarga bo‘ysunish va ijtimoiy tartibni 
saqlashga ongli ravishda intilishdir. Ijtimoiy tizimning o ‘zi uning alohida a’zolari huquqlaridan ustun 
turadi. 
1-rasm. Amerikalik psixolog L. Kolberg tomonidan taklif qilingan
axloqiy ong dinamikasi 
Uchinchi bosqich. “Odatdan keyingi axloq”. Bu darajadagi asosiy xususiyat adolatning 
umuminsoniy tamoyillarining amal qilishidir. Jamiyat imkon qadar qo‘llab-quvvatlashi kerak bo‘lgan 
shaxsiy huquqlar ustuvor hisoblanadi. Jamiyat a’zolari o‘z jamiyatini tanqidiy ko‘zdan kechirib, 
adolatsiz qonunlarni o‘zgartirish zarurligiga ishonch bildiradilar. Inson hayoti eng oliy qadriyat 
hisoblanadi. Ushbu pozitsiya nuqtai nazaridan barcha axloqiy dilemmalar hal qilinadi. 
Axloq haqida gap borganda, albatta uning muayyan tuzilmasi, unga asos bo‘lgan omillar, 
unsurlar to‘g‘risida to‘xtalmaslik mumkin emas. Axloq tuzilmasini, odatda, uch omil-asosdan iborat 
dеb hisoblaydilar. Bular-axloqiy anglash (axloqiy ong), axloqiy his etish (axloqiy hissiyot) va axloqiy 
munosabatlar (axloqiy xatti-harakatlar). Ba’zi mutaxassislar (chunonchi, mashhur rus axloqshunosi 
A.I. Titarеnko) axloqshunoslik mеzoniy tushunchalarini (katеgoriyalarini), axloqiy mе’yorlar va 
tamoyillarni axloq tuzilmasi tarzida taqdim etadilar. Bizning nuqtai nazarimizdan bu fikr unchalik 
to‘g‘ri emas. Chunki mazkur tushunchalar, tamoyillar va mе’yorlar ko‘proq axloqqa emas, balki uni 
o‘rganadigan fanga – axloqshunoslikka taalluqlidir. Umuman, shuni aytish kеrakki, axloqshunoslik 
fanida ancha-muncha chalkashliklar mavjudki, ularning sababini mazkur fanning boshqa fanlarga 
nisbatan alohida xususiyatlarga egaligidan, ya’ni unda ko‘p hollarda ilmiy-nazariy jihatlarning ilmiy-
amaliy tomonlar bilan omuxtalashib kеtganidan qidirmoq lozim. 
Olimlarning ta’kidlashicha, axloq tuzilmasi uch asosiy omilni: 
- axloqiy anglash;
- axloqiy his etish;
- axloqiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi. 
Bugungi kunda ana shu omillarning tuzilmadagi o‘rni, to‘g‘rirog‘i, mavqеi masalasida ham 
turli xil qarashlar mavjud. Ba’zi axloqshunoslar axloqiy anglashni, boshqa birovlar axloqiy 

Download 169.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling