Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik
Download 21.59 Kb.
|
1 2
Bog'liqpsixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologik yondashuv
Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot bo'lib, uning butun xatti-harakatlari tug'ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo'ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.
2.Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tug'iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta'siri ostida ijtimoiylashadi. 3. Psixologik yondashuv - insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo'nalganligi-qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi. 4.Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega bo'lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o'ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari - motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. 16. Shaxs rivojlanishining yosh davrlariga tavsif bering 1.Go‘daklik davri - chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo‘lgan davr. 2.Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha. 3.Maktabgacha bo‘lgan yosh davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha. 4.Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar (bolalar) -7 yoshdan 11-12 yoshgacha. 5.O‘rta va kata maktab yoshidagi o‘quvchilar (o‘smirlar, ilk o‘spirinlar) - 12-17 yosh. Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda quyidagi davrlarga bo‘linadi: 1. Go‘daklik (1 yoshgacha); 2. Ilk yosh (1-2 yosh); 3. Ilk yosh guruhi (2-3 yosh); 4. Kichik yosh (3-4 yosh); 5. O‘rta yosh (4-5 yosh); 6. Katta yosh (5-6 yosh); 7. Maktabga tayyorlov davri (7 yosh, majburiy ta’lim). 17. Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari Gender” atamasi 1968 yilda amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan ilmiy iste’molga kiritilgan bo’lib, “jins” ma’nosini bildiradi. Jinsiy munosabatlar ilgari ham psixologiyada faol o’rganilgan bo’lsa-da, yangi atamaning paydo bo’lishi ijtimoiy fanlarda yangi oqimlarni yuzaga keltirdi. “Gender tarixi”, “Gender psixologiyasi”, “Falsafaning gender tomonlari”, “Gender antropologiyasi”, “Gender sotsiologiyasi”, keyinchalik esa “Gender pedagogikasi” kabi fan tarmoqlari shakllandi. “Gender” tushunchasi, avvalo, erkak va ayol, o’g’il va qiz bolalar munosabatlarining ijtimoiy-psixologik hamda pedagogik tomonlarini qamrab oladi. 18. Shaxs ijtimoiylashuvi mazmun mohiyati yoritib bering Rus sotsiologi N.Andreyenkova ijtimoiylashuv jarayonini ikki katta bosqichda tasavvur qiladi. Uning birinchi bosqichi — individning ijtimoiy mavjudod sifatida shakllanishini ta’minlovchi hayot bo‘lagini o‘z ichiga olib, u inson hayotining qariyb uchdan bir qismini tashkil etadi. Bu bosqichda quyidagilar amalga oshadi: • ilk ijtimoiylashuv (bolalik davri); • m e’yortiv xulqning marginal jihatlarini o‘zlashtirish (o'smirlik davriga to‘g ‘ri keladi); • ijtimoiylashuv oqibatlarining yaxlit namoyon bo‘lishi (o‘spirinlikdan balog'at yoshiga o‘tish davrini o‘z ichiga oladi). Ikkinchi bosqich — shakllanib bo‘lgan shaxsning jamiyatda faoliyat yuritishi davrlarini o‘z ichiga olgan hayot bosqichi. Bunda shaxs dastlab mehnatga yaroqli jamiyat a’zosi sifatida, so‘ngra nafaqa yoshiga yetgan inson sifatida o‘z o‘rniga ega boladi. Ijtimoiylashuvning dastlabki yillarida uning samaradorligi ko‘proq yuqorida ta’kidlaganimizdek, oila, undagi ijtimoiypsixologik muhit va ota-onaning tarbiyachilik burchini qanday ado etganligiga bog'liq bo‘lsa, uning keyingi bosqichlarida ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarining roli ortib boradi. Shunga mos ravishda ijtimoiylashuv usullari ham turlicha bo‘ladi. Ijtimoiylashuv bosqichlari haqida F.Akromova quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: Birinchi bosqich — mehnat faoliyatigacha bo‘lgan bosqich bo‘lib, unga bolaning maktabgacha yosh davri hamda o‘qish yillari kiradi. Bu davrdagi ijtimoiylashuvning ahamiyati va o‘ziga xosligi shundaki, bu davrda asosan tashqi ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta’sirlar faol ravishda ongga singdiriladi, mustaqil hayotga tayyorgarlik borasida muhim bosqich o‘tiladi. Ikkinchi bosqich — mehnat faoliyati davri — bu davr odamning yetuklik yillari bilan bog‘liq bo‘lib, avvalgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta’sirlarni bevosita faoliyatda, shaxslararo munosabatlarda namoyon etadi. Bu davrda kasbga ega bo‘lish, aniq hayot yo‘lini tanlash, turmush qurish, kelgusi avlodni tarbiyalash kabi shaxsning barcha ijtimoiy fazilatlari shu davrda shakllanadi. Nihoyat, uchinchi bosqich — mehnat faoliyatidan keyingi davr bo‘lib, bunga asosan mehnat faoliyatidan so‘nggi qarilik gashtini surayotganlar kiradilar. Download 21.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling