Shaxs va shaxs psixik taraqqiyoti reja
Shaxs taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchlar
Download 42.16 Kb.
|
shaxs va shaxsning psixikasi
Shaxs taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchlar.
Shaxs odamning ijtimoiy, konkret-tarixiy sharoitlarda yashashi, ta’lim-tarbiya olishi tufayli tarkib topishining natijasidir. Bu masalani hal qilish yuzasidan psixologiya tarihida ikkita oqim mavjud edi. Ulardan birinchisi shaxs psixik taraiiiyotining biogenetik konsepsiyasi, ikkinchisi esa shaxs psixik taraqqiyotining sotsiogenetik konsepsiyasi deb yuritiladi. Biogenetik konsepsiyaning qarashiga muvofiq inson shaxsining taraqqiyoti biologik faktor ko‘proq nasliy faktor bilan belgilanadi. Shuning uchun shaxs taraqqiyoti ichki ta’sir tufayli yuzaga keladi (o‘z ixtiyoricha yuzaga keladi) degan nazariyaga asoslanadi. Sotsiogenetik konsepsiya shaxsning taraqqiyotini uning atrofidagi ijtimoiy muhitning bevosita ta’siri natijasi deb hisoblaydi. Sotsiogenetiklarning fikricha, odam “ijtimoiy muhit nus’hasidir”. Sotsiogenetiklar ham biogenetiklar singari rivojlanayotgan odamninng shaxsiy aktivligini inkor qiladilar. Shaxs taraqqiyotining qonkniyatlarini tushunishda biogenetik konsepsiyaga ham, sotsiogenetik konsepsiyaga ham asoslanib bo‘lmaydi. Biogenetik konsepsiya ham sotsiogenetik konsepsiya ham psixik taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlab berishga qodir emas. Psixik taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchlarini nemis psixologi V.Shtern tomonidan ilgari surilgan va ikki faktor (muhit va irsiyat)ning o‘zaro mexanik munosabati yoki konvergensiyasi deb atalgan nazariyasi ham ko‘rsatib bera olmaydi. Shaxs taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchlar problemasini hal qilishda dialektik materializm ta’limoti taraqqiyotda quyidan (soddadan) yuksakka (murakkabga) o‘tishni amalga oshiradigan ichki qarama-qarshiliklarni ochib berishni zaruriy ravishda talab qiladi. Shaxsning aktivligi odamni anglangan va anglanmagan motivlarning murakkab sistemasi orqali faoliyatga undovchi ehtiyojlar yig‘indisiga bog‘liqdir. Shaxs psixik taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari odamning o‘z faoliyati davomida o‘zgarib boruvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning haqiqiy imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarda yuzaga chiqadi. Shunday qilib, shaxsni rivojlantirish maqsadida bu qarama-qarshiliklarni yengish faoliyatida, ya’ni faoliyatni amalga oshirishning ma’lum vositalarini (yo‘l-yo‘riqlarini, bilimlarini va shu kabilarini) o‘zlashtirish orqali sodir bo‘ladi. Bularning hammasi ta’lim (o‘qitish) yordami bilan amalga oshiriladi. Bunda aktiv faoliyat orqali ehtiyojni qondirish qonuniy ravishda yangi yanada yuksakroq darajadagi ehtiyoj tug‘diradi. Download 42.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling