Shaxs va uning faoliyati. Faoliyat tushuncha


Download 1.08 Mb.
bet10/10
Sana03.11.2020
Hajmi1.08 Mb.
#140169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4 Ma'ruza. Shaxs va uning faoliyati. Faoliyat haqida tushuncha

5.Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o’zgartirish muammosi


Yuqorida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni hatti-harakatlarimizning sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin.

Yuqorida keltirilgan barcha misollarda va holatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini, nima sababdan muvaffaqiyatga erishayotganligi yoki mag’lubiyatga uchraganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy xulqimizning sabablari bizga ayon bo’lavermaydi.




Ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy obyektlar, hodisalar, guruhlar va shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik holatiki, u bu baho yoki munosabatning aslida qachon shakllanganligini aniq anglamaydi. Masalan, Vatanimizni hammamiz sevamiz, bayrogimiz muqaddas, nemis investorlarga ishonamiz, negrlarga rahmimiz keladi, tijorat ishlari bilan shug’ullanadiganlarni albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va hokazo. Bu tasavvurlar, baho va hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda ornashib qolganligiga e’tibor bermasdan yuqorida sanab o’tgan hissiyotlarni boshdan kechiraveramiz. Mana shularning barchasi ijtimoiy ustanovkalar bo’lib, ularning mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi va uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlarda royobga chiqadi.

Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimini ishlab chiqqan:




Bu uch xil komponentlar o’zaro bir-birlari bilan bog’liq bo’lib, vaziyatga qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo’lishi mumkin.



Shuni aytish lozimki, komponentlararo monandlik bolmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burchi va tartib - intizom bilan juda yaxshi tanish bo’lsalar ham, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish», «jamoatchilik joylarida tartibni buzish» kabi holatlar kognitiv va harakat komponentlarida uyg’unlik yo’qligini korsatadi. Bu bir qarashda so’z va ish birligi tamoyilining turli shaxslarda turlicha namoyon bo’lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqqa zid harakat qilsa, va bu narsa bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga organib qoladi va ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanksiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bolmasligiga yoshlarni orgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
O’z-o’zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar:

1. Faollik so’zining ma’nosi qanday?

2. Inson faolligining turlari?

3. Aqliy harakat korinishlari qanday?

4. Interiorizatsiya deb nimaga ataladi?

5. Eksteriorizatsiya qanday jarayon?

6. Malaka va ko’nikmalar qanday hosil bo’ladi?

7.Motiv va motivatsiya” tushunchalari qanday ma’noga ega?

8. Shaxsiy dispozisiyalar nima?

9. Motivlarning qanday turlari mavjud?

10. Ijtimoiy ustanovka qanday ahamiyatga ega?
Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling